Reja: Plastidalar tuzilishi



Yüklə 117,45 Kb.
səhifə1/2
tarix19.01.2023
ölçüsü117,45 Kb.
#98807
  1   2
plastidalar z


Mavzu: Plastidalar tuzulishlari va ularning bugungi kundagi klassifikatsiyasi va bugungi kundagi ahamiyati va o‘rni.
Reja:
1. Plastidalar tuzilishi.
2. Xloroplastlarda fotosintez jarayonining kechishi.
3. Plastidalar turlari va ularni shakllanishi.

Plastidalar (yun. plastos — shakllangan) — avtotrof oʻsimliklar hujayrasining pigmentli organoidlari; organik moddalar sintezini amalga oshiradi. Yuksak oʻsimliklarda 3 xil-ga: yashil xloroplastlar (XP), rangsiz leykoplastlar (LP) va rangli xromoplastlar (XR)ga boʻlinadi. XP — lin-zasimon yoki sharsimon tangachalar, oʻlchami 4—6 mkm; tarkibida 50% ga yaqin oqsillar, 35% lipidlar va 7% pigmentlar, shuningdek, ozroq dezok-siribonuklein kislota (DNK) va ribonuklein kislota (RNK) bor. Yuksak oʻsimliklarda XP pigmentlari yashil a va v xlorofillar hamda karotinoidlardan iborat. XPdagi DNKlar yadro DNK sidan farq kiladi va koʻkyashil suvoʻtlar hamda bakteriyalar DNKsiga oʻxshaydi. LP-rangsiz, dumaloq yoki choʻziq mayda tanachalar boʻlib, oʻsimliklarning hamma tirik hujayralarida mavjud. LPda oddiy organik birikmalardan birmuncha murakkab moddalar (kraxmal va boshqalar) sintezlanadi. LP toʻplanadigan moddalariga qarab amiloplastlar, eleoplastlar va proteinoplastlarga boʻlinadi. XR dumaloq, notoʻgʻri koʻp qirrali yoki ignasimon shaklda; tarkibida kuzgi barglar, gul-yonbargchalar, pomidor, chetan, marvaridgul va boshqalarning pishayotgan mevalariga sariq, qizil rang beradigan karotinoidlar bor. P.ning bir xili boshqa-siga (mas, LP XP ga, XP XR ga) aylanishi mumkin.



Xlorofil pigmentlari a va b yashil rang berib quyoshdan kelayotgan 300-700 nnm toʻlqin uzunligidagi nurlarni yutadi va bu nurlar ishtirokida fotosintez amalga oshadi.


Xloroplastlar (yun. chloros — yashil va plastos — yasalgan) — oʻsimliklarning fotosintez qiladigan ichki organoidlari (plastidalari). Xloroplastlar oʻsimliklarning yer ustki qismida joylashgan hujayralari, ayniqsa, barglar va yashil mevalar hujayralari sitoplazmasida kup uchraydi. Yashil suvoʻtlar hujayrasi Xloroplastlari xromatoforalar deyiladi. Xromatoforalar, odatda, bitta, baʼzan bir nechta boʻladi. Xloroplastlarda fotosintez bilan bir vaqtda aminokislotalar va yogʻ kislotalari ham sintezlanadi; kraxmalning vaqtinchalik zaxiralari saklanadi. Xloroplastlar 5—10 mkm, eni 2—4 mkm ga yaqin, shakli yumaloqlinzasimon yoki ellipssimon. Xloroplastlar sitoplazmadan ikki qavat membrana bilan ajralgan, ichki boʻshligʻi stroma deyiladi. Xloroplastlar stromasida joylashgan tuzilma birlik — tilakoidlar yassi xaltachalarga oʻxshaydi. Bir guruh disksimon tilakoidlar ustmaust joylashib, granlar (qirralar) hosil qiladi. Granlardagi tilakoidlar boʻshligʻi oʻzaro tutashgan boʻladi. Xloroplastlarda granlar soni 40—60, baʼzan 150 taga yetadi. Tilakoidlar membranalarida asosiy pigment — xlorofillar va qoʻshimcha pigmentlar — karotinoidlar joylashgan. Elektron mikroskopda tilakoidlar ustmaust qoʻyilgan tangachalarga oʻxshaydi. Xloroplastlar stromasida ribosomalar, DNK hamda fotosintez va ATF sintezida qatnashuvchi fermentlar joylashgan; stromada lipidlar, kraxmal va oqsil ham uchraydi. Xloroplastlarda ribosomalar, fotosintezning yorugʻlik fazasi reaksiyalarini katalizlovchi fermentlar va tilakoid membranalari tarkibiga kiruvchi oqsillar ham sintezlanadi. Xloroplastlar oʻz genetik apparate va maxsus oqsil sintezlovchi sistemaga ega boʻlgani uchun hujayraning avtonom organoidlari qatoriga kiritiladi. Xloroplastlardagi oqsillarning 25—30% ga yakini ularnint oʻzida, qolgan qismi yadro genlari nazoratida sintezlanadi. Xloroplastlar tuzilishiga binoan ayrim bakteriyalarga oʻxshaydi. Xuddi bakteriyalardagi singari Xloroplastlar stromasida bir yoki bir nechta DNK molekulalari mavjud, lekin gistonli oqsillar boʻlmaydi. Xloroplastlar ham bakteriyalar kabi boʻlinish nuli bilan koʻpayadi va hujayradagi soni ortadi. Xloroplastlar proplastidlarning boʻlinishi natijasida hosil boʻladi. Barglar va poyalar qariganida yoki mevalar pishganida xlorofill pigmentlari parchalanishi tufayli oʻsimlik yashil rangini yoʻqotadi; barglar sargʻayib, mevalar oʻziga xos rangta kiradi. Bu oʻzgarishlar tufayli Xloroplastlar oʻzgarib xromoplastlarga aylanadi. Xloroplastlar sianobakteriyalarning qadimgi yadroli geterotrof suvoʻtlar bilan simbiogenezi natijasida kelib chiqqan deb taxmin qilinadi.




Yüklə 117,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə