Mavzu: Membranasiz organoidlar. Reja



Yüklə 485,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix21.10.2023
ölçüsü485,54 Kb.
#130650
  1   2   3   4   5   6   7
7-maruza. Membranasiz organoidlar.



Mavzu:
Membranasiz organoidlar. 
Reja 
1.
Ribosoma tuzilishi 
2.
Ribosomalarda oqsil sintezining borishi 
3.
Tsitoplazmaning fibrillyar va mikrotubulyar komponentlari 
4.
Tsentriolalar. 
5.
Bazal tanacha, kiprikcha va xivchin. 
6.
Kiprikcha va bazal tanachalar kimyosi. 
7.
Bwlinish duki mikronaychalari 
Diametri 20 nm ga teng mayda organoidlar. Birinchi marta elektron mikroskop 
yordamida 1953 yilda Dj. Pallade tomonidan topilgan. 
Prokariot hujayralarda ribosomalar gialopalzmada, eukariotlarda gialoplazma
endoplazmatik twr va yadro membranalarida uchraydi. Mitoxondriya va plastidalarda 
wzining xususiy ribosomalari bwlib ular prokariotlar ribosomaga wxshash. Prokakriot 
hujayralarda ularning soni 10 mingtagacha bwlsa eukariotlarda bir necha marta kwproq. 
Ribosomalar tarkibida ribosomal RNK va oqsillar mavjud bwlib(ribonukleoproteinlar) 
ularning wzaro munosabatidan 2 subbirlik tuziladi: katta va kichik. Kichik subbirliklar 1ta 
molekula rRNKdan tuzilgan bwlib oqsillar soni prokariotlarda 21 ta eukariotlarda-34ta. Katta 
subbirligi prokariotlarda 2 ta rRNKdan va 34 ta oqsildan va prokariotlarda 3 ta rRNK va 49ta 
oqsildan iborat. Ribosomalar tarkibiga kiruvchi rRNK yadrochada sintezlanadi. 
Ribosomalar tarkibiga kirgan oqsillar geterogendir: eukariotlarda 100 molekuladan 
prokariotlarda 50 mol.-dan iborat. 
Ribosomalar juda kichik bwlgani uchun hujayrani differentsial tsentrifugalashda ular 
eng oxirida ajraladi ya`ni sedimentatsiyalanadi. Sedimentatsiyalash bwyicha qilingan 
tajribalar ribosomalarning asosiy 2ta tipini aniqladi:ular prokariotlardagi 70S ribosomalar va 
eukariotlardagi 80S li. S-(svedberg) birligi bwlib tsentrifugadagi sedimentatsiya tezginini 
ifodalaydi. Uning soni qancha yuqori bwlsa sedimentatsiya tezligi shuncha tez bwladi. 
Mitoxondriya va plastidalarda uchraydigan ribosomalar ham 70S ga teng bwlib bu ularni 
prokariotlarga yaqinligini ifodalaydi. 

Yüklə 485,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə