Mavzu: Membranasiz organoidlar. Reja


Tsitoplazma mikronaychalari



Yüklə 485,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix21.10.2023
ölçüsü485,54 Kb.
#130650
1   2   3   4   5   6   7
7-maruza. Membranasiz organoidlar.

Tsitoplazma mikronaychalari. 
Deyarli barcha eukariot hujayralar gialoplazmasida uzun 
erkin mikronaychalar uchraydi. Kwp miqdorda ular wz shaklini wzgartiruvchi hujayralarda 
bwladi. Bular ham tubulindan tarkib topgan. 
Bu mikronaychalarning asosiy funktsional vazifasi hujayra shaklini ushlab turuvchi 
elastik va mustaxkam ichki skeletni xosil qilish. 
Undan tashqari bu mikronaychalar hujayraning wsishida ishtirok etadi. Wsimlik 
hujayralarida vakuolning kattalashishi hisobiga hujayraning xajmi ortganda mikronaychalar 
kwplab tsitoplazmaning periferik qismida yig`iladilar va hujayra devorini mustaxkamlaydilar. 
Mikronaychalar hujayra ichida turli komponentlarining xarakatini ta`minlaydilar. Ular 
bir tomonga ywnalgan oqimni (tsikloz) yuzaga keltirib molekulalar xarakatiga yordam 
beradilar. 


Tsitoplazmaning fibrillyar tuzilmalari. 
Bularga ipsimon tuzilishga ega bwlgan 
mikrofibrillalar (10nm) mikrofilamentlar (6nm) kiradi. 
Mikrofibrillar hayvon hujayralari uchu xos, oqsildan tuzilgan. Epiteliy hujayralarida 
mikrofibrillar plazmatik membrana yaqinida bwlib desmosomalar tarkibiga kiradi. Bular ham 
tayanch vazifasini bajaradi. 
Mikrofilamentlar. Plazmatik membrananing ostidagi kortikal qatlamda uchraydi. 
Amyobalarning psevdopodiyalarida, ichak epiteliysi mikrovorsinkalarida, wsimlik hujayrasi 
tsitoplazmasi oqimida uchraydi. Mikrofilamentlar hujayrada xarakat yuzaga keladigan 
qismida uchraydi ,ular tarkibida mushak tolalarida uchraydigan oqsillar: aktin, miozin, 
torpomiozinlar topilgan. 
 
Tsentriolyar tsikl. 
Hujayra tsikli davomida tsentriolalarning aktivligi wzgarib turadi. Mitoz vaqtida xujayra 
markazlarida 2 tadan diplosomalar joylashib ularning biri ona ikkinchisi qiz tsentriol. Qiz 
tsentriol uchi ona tsentriolga qaragan bwladi. Ona tsentriol mitozning xamma fazasida 
maxsus ingichka fibrillalar zonasi bilan – tsentriolyar fibriollyar galo bilan wralgan bwladi. 
Bu galodan mikronay chalar chiqadi. Qiz tsentriolda galo xam mikronaychalar xam 
bwlmaydi. Bwlinish dukini xosil qilishda asosan ona tsentrioladan chiqqan mikronaychalar 
ishtirok etadi. Yangi mikronaychalar tsentriolalarning wzidan emas ularning galo qismidan 
wsib chiqadi. tsentriolalar bu mikronaychalarni polimerizatsiyasida ishtirok etadi. 
Telofazani oxirida bwlinish dukining buzilishi kuzatiladi. 2ta tsentriol wzaro 
perpendikulyarligini ywqotib birg`biridan biroz uzoqlashadi. Ona tsentriola atrofida 
mikronaychalar kuzatilmaydi. Interfaza davrida ona tsentriol atrofida satellit deb ataluvchi 
wsimtalar xosil bwlib ulardan mikronaychalar wsa boshlaydi. Bular tsitoplazma 
mikronaychalari. Mikronaychalar wsgan sari tsentrioladan uzoqlashib u bilan aloqasi uziladi, 
uning wrnida yana yangilari xosil bwladi, eskilari parchalanadi- shunday qilib xujayrada 
mikronaychalarning xosil bwlish konveyri yuzaga keladi. 
Hujayraning keyingi bwlinishiga tayyorgarchilik kwrganda ikkala endi ona 
tsentriolalar atrofida satellitlar ywqolib fibrillyar galolar paydo bwladi va ikkala tsentriolalar 
atrofida mikronaychalar wsa boshlaydi. 
Bwlinmayotgan xujayralarda tsentriolalar tsitoplazma mikronaychalarini va 
kiprikchalar mikronaychalarini xosil qiladi. 


15

Yüklə 485,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə