Yaratilgan sanasi: Tue, 7 Oct 2023 13: 41: 22 +0500 Page 1-savol


-savol: Yaratilgan sanasi: Tue, 17 Oct 2023 13:41:22 +0500



Yüklə 70,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix29.11.2023
ölçüsü70,19 Kb.
#140161
1   2   3   4   5   6   7
30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan RRIHHQ qo‘mitasi xodimlari o‘rtasidagi Zakovat turniri

15-savol:


Yaratilgan sanasi: Tue, 17 Oct 2023 13:41:22 +0500
Page 5
Mitsubishi kompaniyasi oʻz mashinalarining inson hayoti uchun xavfsiz ekanligiga alohida urgʻu berar ekan,
reklamalaridan birida keksa ULARNI tasvirlagan. U niderlandcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tiliga “odam” deb
tarjima qilinadi. Savol: Uni yozib bering.
Javob: Maneken.
Izoh: Maʼlumki, mashinalarning avariya holatini test qilish uchun (krash-test) manekenlardan foydalaniladi.
Mitsubishi kompaniyasi esa oʻz mashinalarining hatto test jarayoni ham xavfsiz ekanligiga ishora qilmoqda.
“Maneken” soʻzi niderland tilidagi mannekijn yaʼni “odam” soʻzidan paydo boʻlgan.
Manba: 1. https://t.me/kreativnayadura/2972 2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Манекен
16-savol:
Maʼlumki, hozirda butun dunyoda, va ayniqsa rivojlangan Gʻarb davlatlarida ortiqcha vazn, semirish jiddiy
muammoga aylanib bormoqda. Bu muammo inglizlarni ham chetlab oʻtmagan. Inglizlar semirib ketishning
turli sabablari haqida gapira turib, bu muammoga “U bilan qabr qazish” deya taʼrif berishadi. Savol: U
deganda nima nazarda tutilganini yozib bering.
Javob:Tish.
Izoh: Semirishning asosiy sababi ortiqcha yeyish
17-savol: Дуплет
1.
Duplet. Savollar soliq mavzusida. 1. Bir o‘zbek insonning haziliga ko‘ra, agar insonning 88%i suvdan iborat
bo‘lsa, qolgan qismi esa Undan iborat ekan. Savol: Uni bir abbreviatura bilan yozib bering.
Javob:QQS (qo‘shilgan qiymat solig‘i).
2.
Yozuvchi Chexov shunday degan: “Ayol shunday mast qiluvchi mahsulotki, hozirgacha U qo‘llanilmagan”.
Javob:Aksiz solig‘i.
Izoh: O‘zbekistonda QQS 12% ni tashkil etadi, har bir xaridor QQS to‘lovchi hisoblanadi. Spirtli ichimliklarga
esa aksiz solig‘i solinadi.
18-savol:
Qozoqlar ham mehmondoʻst xalqlardan hisoblanadi. Qadimda qozoqlar xonadoniga mehmon kelganida
qurol aslahalarini tashqariga qoʻyib keyin uyga kirgan. Bu mezbonni hurmat qilishning bir koʻrinishi
boʻlgan. Lekin mehmon uyga olib kirishi mumkin boʻlgan bir predmet boʻlgan. Uni yovuz ruhlardan himoya
qiladi deb ishonishgan. Savol: Mehmon uyga qaysi predmet bilan kirishi mumkin boʻlgan?
Javob:Mehmon uyga qamchi bilan kirishi mumkin boʻlgan. Qamchi yovuz ruhlardan himoya qiladi deb
ishonishgan.



Yüklə 70,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə