Mustazod janrining vazn xususiyatlari. Raxmatova Karima Erkinovna ToshDO'tau 3-kurs talabasi Annotatsiya



Yüklə 10,88 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü10,88 Kb.
#153164
  1   2
Mustazod janrining vazn xususiyatlari. Raxmatova Karima Erkinovn-fayllar.org


Mustazod janrining vazn xususiyatlari. Raxmatova Karima Erkinovna ToshDO'tau 3-kurs talabasi Annotatsiya

Mustazod janrining vazn xususiyatlari.
Raxmatova Karima Erkinovna
ToshDO'TAU 3-kurs talabasi
Annotatsiya
Ushbu maqolada mustazod janrining vazn xususiyatlari davrlar osha tadrijiy taraqqiyoti va shakllanishiga oid ma’lumotlar batafsil yorilgan.
Kalit so‘zlar: mustazod,aruz, hazaj,ramal, mujtass,an’ana
Dastlab mustazod vazni bilan bog’liq ,aruzga oid manbalar, xususan, Navoiyning "Mezon ul-avzon"ida ramali musammani mahzuf (maqsur) vaznida yozilgan g‘azallarga nisbatan "turkiy", hazaji musammani solim vaznida yozilgan g‘azallarga nisbatan "aruzvoriy" atamalari qo‘llangan.1
Sharq mumtoz she’riy shakllari orasida mustazod janrining o‘ziga xos o‘ringa ega.Mustazod turkiy adabiyotda keng tarqalgan janrlardan biri bo‘lib, Alisher Navoiy “Mezon ul-avzon” asarida mustazod janriga alohida ta’rif berib, uning ohangi surud nag‘amoti (kuy ohangi)ga mos kelishini aytadi: “...xalq orasida bir surud bor ekandurkim, hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf vaznida anga bayt boshlab bitib, aning misraidin so‘ngra hamul bahrning ikki rukni bila ado qilib, surud nag‘amotig‘a rost keltururlar ermish va ani “mustazod” derlar ermish, andoqkim, mustazod:
Ey husnunga zarroti jahon ichra tajalli.
Maf’uvlu mafoiylu mafoiylu fauvlun
Mazhar sanga ashyo.
Maf’ulu fauvlun
Sen lutf bila kavnu makon ichra muvalli,
Olam sanga mavlo”. 2
Demak,Alisher Navoiy ta’rifidan ma’lum bo‘ladiki, mustazod hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf vaznida yozilib , oxirgi ikki rukniga to‘la bo‘lmagan misra orttirilar ekan.Shuning uchun mustazodga quyidagi ta’rif beriladi.
Y.E.Bertels “Mustazod nisbatan kamroq uchraydigan shaklllardandir.Bunday she’rlar quyidagicha tuziladi:o‘z shakliga ega bo‘lgan odatdagi g‘azalga har misra oxirida qofiyadan keyin qo‘sh vaznning bir yoki ikki rukni qo‘shiladi. U yangi qofiyaga ega bo‘lib, g‘azalning umumiy qonuniyatiga bo‘ysunadi.Bu o‘ziga xos naqoratdir,” deb ta’kidlaydi. 3
Mustazod uchun g‘azal asos – zamin vazifasini o‘taydi. Ikkala janrning qofiyalanish tizimi, baytlar soni, matla’ va maqta’, taxallusning mavjudligi bu fikrni isbotlaydi. Lekin g‘azal aruz tizimining barcha bahrlarida yaratilgani holda mustazod faqat hazaj bahrining hazaji musammani axrabi makfufi mahzufi mustazod (ruknlari va taqti’i: maf’ulu mafoiylu mafoiylu fauvlun maf’ulu fauvlun – – V / V – – V / V – – V / V – – / – – V / V – –) vaznida yoziladi.
Turkiy adabiyotda mustazodning ilk namunalari Hofiz Xorazmiy va Gadoiy ijodida uchraydi. Hofiz Xorazmiy devonida har biri 7 baytdan iborat ikki mustazod, Gadoiy devonida esa besh baytli bir mustazod mavjud. Aruzshunos Anvar Hojiahmedov o‘zining O‘zbek aruzi lug‘ati kitobida turkiy she’riyatida yaratilagan mustazodlarning to‘rtta vaznda :
1)hazaji musammani axrabi makfufi mahzufi mustazod
2)hazaji musammani axrabi makfufi mahzufi maqsuri mustazod
3)hazaji musammani axrabi makfufi maqsuri mahzufi mustazod
4) hazaji musammani axrabi makfufi maqsuri mustazod yaratilganini ta’kidlaydi.
Aruzshunos Dilnavoz Yusupova ham mustazod janriga to‘xtalib , uning hazaji musammani makfufi mahzufi mustazod vaznida yozilishi,lekin ayrim paytda vazn talabi bilan fauvlun (V – –) rukni mafoiyl (V ̶̶̶̶ ̴ )ga o‘zgarishi mumkinligini qayd etadi. XIX asrga kelib ,mustazod janrining vaznida va shaklida o‘zgarishlar sodir bo‘la boshlanganligi oydinlashdi.Mustazodlar an’anaviy hazaj bahri vaznlarida emas,balki ramal, mujtass bahri vaznlarida yozildi, qo‘shimcha misralar orttirildi.Mumtoz adabiyotda ramal bahri vazlardagi mustazodlar dastlab Xiva adabiy muhiti vakili Munis ijodida uchraydi.Munisning ushbu bahr vaznlarida yozilgan mustazodi haqida Anvar Hojiahmedov O‘zbek aruzi lug'ati kitobida ma'lumot beradi:
Oy yuzung hajrida har tun qilib ohim sharari avji gardunig‘a suud,
Yoqadur anjuma oy sham’ini oning asari charxi bil anga dud .
matla’ bilan boshlanadi. U ramal bahrining ramali musammani maxbuni mahzufi maqsuri mustazod vaznida yozilgan.Mazkur vaznning birinchi rukni ba’zan , “failotun “tarzida ham kelishi mumkin , ya’ni birinchi misra foilotun bilan boshlansa,keying misra failotun bilan boshlanadi.Mustazod asosiy misralari sharari ,asari… tarzida, qo‘shimcha misralari esa suud, dud… singari mumtoz mustazodlarga xos qofiyalangan.
Bu davr adabiy muhitining yana bir vakili Muhammad Rizo Ogahiy ham mutazod janrining takomiliga hissa qo‘shgan o‘ziga xos ijodkorlardir.Uning “Ta’viz ul-oshiqin “devonida 3 ta mustazod mavjud.Ushbu mustazodlar mumtoz an’anaviy mustazodlarga o‘xshash jihatlarida ega bo‘lish bilan birga shakliy xususiyatlari bilan ulardan farq qiladi.Shundan kelib chiqib, biz Muhammad Rizo Ogahiy mustazodlarini shartli ravishda uchga ajratish mumkin deb hisoblaymiz:
1. An’anaviy shakl va vaznga ega bo‘lgan mustazod;
2.Qo‘shimcha misralari orttirilgan mustazod;
3.Noan’anaviy vaznda yaratilgan mustazod;
Muhammad Rizo Ogahiy mustazodlarning har uchalasi oshiqona mavzuda yaratilgan bo‘lib,bu mumtoz adabiyotimizdagi mustazodlarlarga xos xususiyati.Alisher Navoiy mustazodlari ham orifona va oshiqona mavzularda yozilganligini olimlarimiz e’tirof etilgan.Shundan Ogahiy devonidagi qo‘shimcha misralari orttirilgan mustazod quyidagicha :
Ey yor, sango ushbu jahon bog‘i aro gul
bir oshiqi hayron,
diydoringa shaydo.
Bir sheftadur kokuli mushkinga sunbul,
ham holi parishon,
ham boshida savdo.
Ogahiy kashfiyoti natijasida ,uzun misralarni to‘ldirib, xulosalab , alohida ohangdorlik kasb etib turadigan orttirma qo‘shmisralar professor E. Bertels ta’biri bilan aytganda“o‘ziga xos naqarot “darajasiga ko‘tarildi.Ushbu mustazod hazaj bahrining hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf vaznida yozilgan.Bir qarashda an’anaviy mustazodga o‘xshaydi,ammo hajm jihatdan kengaygan ya’ni asosiy misraga qo‘shilib keladigan yarim misrani juftlashtiradi4. Buni rukn va taqti’sida aks ettirish mumkin:
Maf’uvlu /mafoiylu /mafoiylu/ fauvlun /maf’uvlu/fauvlun/ maf’uvlu/fauvlun
̶ ̶ V / V ̶ ̶ V / V ̶ ̶ V/ V ̶ ̶ / ̶ ̶ V / V ̶ ̶ / ̶ ̶ V / V ̶ ̶ /
Ogahiy devonidagi noan’naviy vaznda yozilgan mustazod quyidagi bayt bilan boshlanadi:
Vah menga qahr etib ul qotili bebok sanam
beradur zahri jafo.
Iltifot aylabon ag‘yorg‘a tinmay bir dam
tutadur jomi vafo.
Bir qarashda ushbu mustazod ham an’anaviy mustazodlar sirasiga kirgandek tuyuladi. Chunki undagi har misradan keyin qo‘shimcha misralarning orttirilishi mustazod degan shaklga muvofiqlik paydo qiladi. Ogahiy mustazodi Munis mustazodi vaznidan so‘nggi hijoning cho‘ziqligi ( ̶ ) farq qiladi.Ushbu mustazod ramal bahrining ramali musammani maxbuni mahzufi mustazod
Foilotun failotun failotun failotun foilotun failun
̶ V ̶ ̶ / V V ̶ ̶ / V V ̶ ̶ / V V ̶ ̶ / ̶ V ̶ ̶ / V V ̶
Ogahiyning mustazodi noan’anaviy vaznda bo‘lishidan qat’iy nazar, u boshqa mustazodlar singari oshiqona mavzudadir.
E’tibor berilsa, mustazodning bu shaklda qofiyalanishi qofiyaning mujarrad turiga kiradi.Lekin shoir g‘oyat mahorat bilan mujarradning ikki turidan ustalik bilan foydalangan.Mazkur mustazod garchi boshqa vaznda yozilgan bo‘lsa ham ,badiiy mahoratning yuksak namunasi sifatida e’tirof etishga loyiq mustazod hisoblanadi.
XX asr ikkinchi yarmi she’riyatida ham mumtoz an’analar asosida mustazodlar yaratilgan . Xususan, Habibiy , Sobir Abdulla , Chustiy ,Charxiy , Erkin Vohidov ijodida hazaji musammani axrabi makfufi mahzufi mustazod ( Sobir Abdulla 2 ta, Chustiy 1ta, Charxiy 3 ta , Erkin Vohidov 2 ta ) hamda hazaji musammani axrabi makfufi maqsuri mustazod (Habibiy 2 ta , Sobir Abdulla 1ta , Chustiy 2 ta , Charxiy 1 ta ) vaznlarida bitilgan mustazodlar mavjud.Bu davr she’riyatida mustazodning muxammas – mustazod turi ham uchraydi.Rahmonqul Orzubekov tojik olimlari muxammasning bu turi “Muxammasi mustazod “nomi bilan atashini va uning ilk namunalari mashhur shoir va adib Sayido Nasafiy (XVII asrning oxiri va XVIII asr boshi ) she’riyatiga uchrashini ta’kidlaydi.Yoqubjon Is’hoqov Tabibiy Navoiy mustazodiga taxmis bog‘laganligi haqida ma’lumot berib , bu borada “Tabibiy (XIX –XX ) mustazodni muxammas janriga tatbiq etib, o‘ziga xos yangilik yaratgan “ligini ta’kidlaydi. XX asr ikkinchi yarmi she’riyatida ilk bor Chustiy “Husningdan o‘par yoz “, Charxiy esa “Qalam “ mustazodini muxammasga joriy qilib, buni an’anaga aylantirdi.5
Yuqoridagi ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki,mustazodning asosiy vazni hazaj bo’lsa ham, keyingi yillarda juda ko’plab ijodkorlar tomonidan boshqa vaznlarda yozilganini ko’rishi mumkin.Vaznga asoslangan janrlar tarkibida ham bir qancha istisnolar mavjud ekanligini ko’rsatadi.


Yüklə 10,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə