Mustazod janrining o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish reja: Mustazod



Yüklə 24,91 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü24,91 Kb.
#153075
  1   2
MUSTAZOD JANRINING O\'ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI O\'RGANISH


MUSTAZOD JANRINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI O'RGANISH
Reja:

  1. Mustazod janri haqida umumiy ma’lumot

  2. Ogahiy –mukammal mustazod kashfiyotchishi

  3. Arzimas” g’azali tahlili.


Mustazod (arab.) — lirik janr. M.da uzun misralar (14 va undan ortiq boʻgʻinli) qisqa misralar (6 boʻgʻinli) bilan oʻzaro almashib keladi. Uzun miyera uzun misra bilan, qisqa misra qisqa misrabilan qofiyalanadi. Bir bandda misralar soni har xil (2 misradan 10 uzun va qisqa misragacha) boʻlishi mumkin. Qofiyalanish tizimi: birinchi band (muhammasda) — ab, ab, ab, ab, ab,; ikkinchi band — vg , vg , vg , vg , ab; uchinchi — de, de, de, de, ab... va shahrik. Agar M. ikki juft misra iborat boʻlsa, birinchi bandda qofiya kesishuvchi — ab, ab; keyingilarida birinchi misralar qofiyanmay, ikkinchilari birinchi banddagi qofiyani takrorlaydi. M. Mashrab ijodida koʻp uchraydi, Alisher Navoiy, Ogahiylar ham M. yaratgan.
Ogahiy muhabbat timsolida ma'rifatni ham targ'ib qiladi, ayollarnida ilm-ma'rifatli bo'lishmi xohlaydi, ma'rifatparvarlik g'oyalarini targ'ib qiladi. Ogahiy ajoyib she'riy shakl sanalmish mustazodning namunalarini yaratdi. Ma'lumki, mustazod "orttirilgan" degan ma'noni bildiradi, ya'ni g'azalga monand she'r misralaridan har biriga yana yarim misra orttiriladi, natijada har qatori bir misralik she'r paydo bo'ladi. Bu she'riy shakl o'zining oshiqona mazmuni va musiqiy ohangdorligi bilanda ajralib turadi. San'atkor shoir Ogahiy mustazodning an'anaviy qofiya tuzilishini takomillashtirib, har qaysi yarim misradan so'ng yana ya­rim misra orttirib, har qaysi qatordagi qofiyalar sonini uchtaga yetkazadi:

Ey yorr sango ushbu jahon bog'i aro gul bir oshiqi, hayron, diydoringa shay do.
Bir sheftadur kokuli mushkininga sunbul, ham holi parishon, ham boshida savdo.

Ham sarv qading jilvasini ko'rgali qumri har dam chekibon oh, bilkul borur o'zdin,
Ham gul yuzunga mahvi jamol o'lg'ali bulbul, tun-kun chekar afg'on, tinmay dami aslo...
Ogahiy mustazodi sof oshiqona ruhdagi asar bo'lib, uning boshdan-oyoq mazmuni oshiqning mahbubuni vasf etishi va unga dil izhorini ifodalashiga qaratilgan.



Yüklə 24,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə