Mustazod janrining o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish reja: Mustazod



Yüklə 24,91 Kb.
səhifə2/2
tarix19.12.2023
ölçüsü24,91 Kb.
#153075
1   2
MUSTAZOD JANRINING O\'ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI O\'RGANISH

"Arzimas" g'azali. Ogahiy ijodidagi dunyoqarash, ruh, badiiy mazmun tasavvuf ta'limoti bilan yo'g'rilib ifoda etilgan asarlar ko'pchilikni tashkil qiladi. Uning "Arzimas" radifli g'azalida ham insoniylikni mukammal jabhalari sari ko'tarilish g'oyalari, tasav-vufning umuminsoniy masalalari orifona talqin etiladi. Bu asar shoirning hayotiy sarguzashtlarining xulosasi, uning dunyo' qarashidagi haqparastlik, haqiqatbinlikning shakllanishidan tug'ilgan. Bir so'z bilan aytganda, bu g'azal dunyoning g'atfiu anduhidan zardob bo'lgan shoir qalbining afg'onidir.
Badiiyat ilmini chuqur egallagan shoir, uni she'riyatida о'гni bilan qo'llay oladi va badiiy usul imkoniyatlaridan foydalanib ajabtovur she'riy manzaralar chizdi. Mazkur g'azal ham boshdan-oyoq tazod san'ati asosida qurilgan bo'lib, bu bir tomondan o'quvchiga fikrni chuqurroq anglatishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, she'rxon idrokini charxlashga yordam beradi. G'azal baytlarida tazodning turli xil suratlari sayqallangan. G'azal matla'sidanoq buni anglash qiyin emas:
Dahr bazmu ayshi anduh-u g'amiga arzimas,
Sharbati jonparvari muhlik samig'a arzimas.
Shoir bu dunyoning ayshu ishratlari, o'tkinchi rohat-farog'atlari uning g'am-u anduhlariga arzimasligini, vaqtincha jonbaxsh etuvchi sharbatlari esa jon oluvchi zahri zaqqumga aylanishini chuqur ta'kidlaydi.
G'azalning ikkinchi baytida silsilaviy taftish yanada takomillashadi. Shoir iqroricha, agarchi yuz yil yor vaslining munavvar tongidan bobahra bo'lsangiz ham, bu shodlik "bir zamonlig'" hajrning, ayriliqdagi zulmatning zulmidagi qayg'uga arzimaydi:
Yuz yil o'lsang yor vaslining safolig’ subhida,
Bir zamonlig' hajri - shomi muzlamig'a arzimas.
Lirik qahramon yana shunga amin bo'ladiki, inson umr bo'yi hayotini davr-u davronda, to'y ustiga to'yda, bazm ustiga bazmda o'tkazsada, bir nafaslik g’am, motam musibati, ayriliq zulmati hammasini yuvib ketadi va bu o'tkazgan surur damlar hech narsaga arzimaydi:
Yetsa davrondin sanga gar umrlar sur uzra sur,
Bir nafas yetgan malol-u motamig'a arzimas.
Inson yuragi va tafakkuri ortiqcha sevinchni ham, g'amni ham ko'tara olmaydi. Haddan ziyod sevinchdan hovliqib, atrofidagilarni ham taniyolmay qoladi yoki ozgina g'amdan mutlaqo tushkinlikka tushib egilib qoladi. Shoir sevinchli kunlar abadiy uning o'rnini qayg'uli onlar egallashi mumkinligini an-baytga kuchliroq faryod bilan bayon qiladi, ya'ni o'limni eslatadi:
Lalidin gar jon topub quchsang muroding shohidin,
Naz vaqti paykaring pech-u xamig'a arzimas.
Zero inson har qanday chog'da ham o'limning haqligini yodda tutmoq darkor. Baytning mazmunidan, yor vasliga vosil sarmast qalb baxtiyor damlarda har narsani unutadi, ammo ajal vaqti yetganda, vujudini o'lim tahlikasi bosganda, tanasi о'lim bilan olishayotgan damdagi azobdan titraydi o'sha qalb. Demak, shoir xulosa qiladiki, visol murodiga yetmoqlik jon berish azoblari oldida hech gapmas, arzimas hoi.
Ko'rinadiki, g'azalning barcha baytlari bir-biri bilan bog'liq, bir-birini to'ldiradi, mazmuniiii chuqurlashtiradi, dalillaydi. Tubandagi baytda ham yetakchi mavzu yangicha qirralarda ochilgan:
Madhinga ochsa ulus gar xush iborat birla til,
Bir qabih alfoz ila qilg'on zamig'a arzimas,
Ya'ni til shunday narsaki, u insonni bir lahzada ko'kka chiqarsa, bir lahzada yerga kirgizdirib yuboradi. Shuning uchun o'sha bir lahzalik madh va maqtovdan esankiramaslik darkorki, bu madhlar bir og'iz achchiq so'zga yoki qalbni og'rituvchi qa'pol muomalaga arzimaydi, chunki bu birgina badso'z sizning qalbingizni sindiradi.
Navbatdagi bayt lirik qahramonning o'z-o'ziga va o'zgalarga taskin-o'g'it aralash murojaati, xitobi tarzida bitilgan. Uning iqroricha: bu dunyoning boru yo'g'iga sabr qilish, borlikda kekkayib, yo'qlikda egilib qolmaslik, ko'pida ham, ozida ham o'zini teng tutish iozim. Zero, borlikdagi baxt kamlikdagi g'amga arzimaydi:
Teng tut amvoli jahon beshu kaminikim, oning Inbisoti beshi anduhi kamig'a arzimas. Shoir g'azalni naqadar zukko mushohada bilan boshlagan bo'lsa, shunchalik teran hayotiy o'g'it bilan yakunlaydi: Istabon aysh, Ogahiy, g'am boshinga kelturmakim, Dahr bazm-u ayshi anduhi g'amiga arzimas. Shoir insonga doim raxna solib kelgan nafs balosidan ogoh etadi, nafsni deb, o'tkinchi aysh-ishratni deb o'z boshiga ortiqcha g'am-tashvish orttirmaslikni maslahat beradi. Zotan, har qanday "bazm-u aysh" "anduhi g'amga arzimaydi deya xulosalaydi.
Bu nazmiy falsafa va xulosa hali hanuz o'zining hayotiy qudratini saqlab kelmoqda. U Ogahiy zamondoshlari uchun qanchalik qadrli bo'lsa, bugungi kun va kelajak uchun ham undan-da ko'proq saboq bo'lgulik ahamiyatga ega.
Har davr va zamon uchun mashhur va manzur bo'lgan bu g'azal aruzning ramali musammani mahzuf vaznida (foilotun-foilotun-foilotun-foilun) bitilgan.
Ogahiyning adabiy merosi xalqimiz ardog'idagi umrboqiy, mo'tabar ma'naviy xazina. Olimlarimiz e'tirof etganlaridek, Ogahiy ijtimoiy hayotning ilg'or shaxsi sifatida ham, adabiy jarayonning yuksak iste'dodi sifatida ham qadr-qimmati zamon o'tgan sari ortib bormoqda. Uning pandnoma, oshiqona, rindona g'azallari, muazzam tarjimalari-yu nodir tarix kitoblari bugungi istiqlol kunlarimizda, milliy ma'naviyatimiz, milliy ongimiz qaytadan shakllanayotgan bir davr da dasturil amal bo'lib xizmat qilishi tabiiy. Bu ulkan ma'naviy boylik har birimizning siyratimizga singmog'i, qalblarimizga jo bo'lmog'i lozim.
 Tayanch tushunchalar:

  • mustazod

  • “Taviz ul- oshiqin”

  • Mirob

  • "Gulsham davlat"

  • "Shohidi iqbol" (Baxt shohidi)

  • "Riyoz ud-davla" ("Jannat bog'lari")

  • "Zubdat ut-tavorix" ("Tarixlar qaymog'i")

  • "Jome ul-voqeoti sultoniy" ("Sulton voqealarining yig'indisi")

Katta olimlar pleyadasini etishtirib bergan, yuksak madaniyat o’chogi bo’lgan xorazmda X1X asrda buyuk tarixchi, shoir, olim, tarjimon va davlat arbobi Erniyozbekning o’g Muxammad Rizo, adabiy taxallusi Ogoxiy, etishib chiqdi. Ogaxiy adabiyotimiz tarixida Alisher Navoiydan keyingi eng sermaxsul ijodkordir.
Shoirning serqirra ijodiyotining bir qator masalalariga bagishlangan ko’pgina ilmiy ishlar yuzaga keldi. Shoirning adabiy merosi “O’zbek adabiyoti tarixi xrestomatiya” (1945 yil), “O’zbek adabiyoti” tom, 1959; dan o’rin oldi. Tanlangan asarlari-T., 1958, 1960 yillarda (so’z boshi avt. Nashr.tay. Dolimov) bosilib chiqdi. O’zSSR FA nashriyotida shoirning (nashrga tayyorlagan) “Ta’vizul oshiqin” devoni (O.Sharafiddinov va Xurshidlar nashrga tayyorlangan) bosilib chiqdi. Nixoyat, 1971-1980 yillar mobaynida Ogaxiy asarlarining 6 jildlik nashri yuzaga keldi. (Nashrga tayyorlaganlar S.Dolimov, ¢.Karimov).
Olimlardan V.Zoxidov “O’zbek adabiyoti tarixidan” 1961 yil; Q.Munirov “Ogaxiy”-ilmiy-adabiy faoliyati”. T., Fan-1959; Yana o’sha “Munis, Ogaxiy, Bayoniyning tarixiy asarlari”. T., Fan. 1960; R.Majidiy-“Ogaxiy lirikasi”, T., “Fan” 1963 yil v.b. ilmiy ishlari vujudga keldi. M.Yunusov “Barxayot meros saxifalari” T., “O’qituvchi”, 1986 yil, 79-bet.
Muxammadrizo Erniyozbek o’gli-Ogaxiy 1809 yilda Xiva shaxri yaqinidagi Qiyot qishlogida mirob oilasida dunyoga keladi. Uning ota-bobolari ko’p zamondan buyon Xorazm xonligida miroblik vazifasini bajarib kelganlar. Ogaxiy dunyoga kelganda amakisi-mushxur shoir va muarrix Shermuxammad Munis mirob edi. Ogaxiyning otasi Erniyozbek, (ya’ni Munis Xorazmiyning ukasi) Ogaxiy 3 yasharlik paytida vafot etadi. Ogaxiyning tarbiyasi va buoila xususidagi gamxo’rlik Munisning zimmasiga tushadi.
Munis dargoxida o’sha zamonning tolibi ilmlari, shoirlari va adabiyot muxlislarining suxbatlarida qatnashib yurgan Ogaxiy yoshligidayoq o’qib-o’rganish, ilm va she’riyat xazinasidan baxramand yuo’lish orzu-Xavasi bilan jo’shadi. Bu xaqda uning o’zi keyinchalik bunday degan edi: “Shabob ayyomining avoyimidakim, umrim bogining navbaxori va Xayotim navbaxorining navshukufta lolazori erdi, fazlu kamol iqtisobiga mayl va ragbat ko’rguzub, madrasonishinlik rasmin ixtiyor qildim va xar erdakim, fuzula va shuaro xayrining majmui va majlisi bo’lsa, ularning xizmatiGa bormoqni Uzimga vojib va lozim bildim:
Qadam aylabon ilm yo’lida bosh,
Hunar kasbida aylar erdim talosh,
Ne tunlar mango xobu roxat edi,
Ne kunlar zamone farogat edi.
Lekin Ogaxiy xayotida turli to’siq va qiynchiliklar yuz berib, ro’zgor mashaqqati tufayli madrasani qo’yib, istar-istamas ota-bobosining kasbi bo’lgan miroblik bilan shugullanishga majbur bo’ladi.
Shoir miroblik davridagi bo’giq va sertashvish xayoti xaqida quyidagilarni yozgan edi:
“Goxo motamdorlig taxassuridin afsurda va gox so’kvorlig tafakkuridin pojmurda va goxo avqotgu zorlig asbobi saranjomining fikri bila boshimda qaro qaygu va goxo sipoxlorlig olotining taxyasi bilan ko’nglimda ming gam va gox vazir mulozamatining tajassusi bila jonimda yuz alam. Masnaviy: Ogaxiy, Asarlar 1 jild. ¢.¢ulom nashriyoti 1971 yil. Z7-bet.
Kuyidagi misralardan ko’rinishicha, Ogaxiy miroblik mansabida xizmat qilsa-da, yirik mulkdor bo’lmagan:
Er yuzida, Ogaxiy, chun yo’q sango bir kulcha er,
Barche umringda na xosil aylasang miroblik.
Ogaxiyning asosiy maqsadi amaldorlik bilan emas, balki yuksak saviyali madaniy kishi bo’lib jamiyat uchun xizmat qilish, olimlik va shoirlik bilan shuxrat qozanish bo’lgan. Ogaxiyning miroblik vazifasidagi bir necha yillik xizmati uning mavjud jamiyat xaqidagi tushunchalarining shakllanib etishida katta rol’ o’ynadi. Binobarin, u keyinchalik devoni debochasida o’zining xayot yo’lini eslab shunday yozadi: Ogaxiy 1 jild-38 bet.
Ogaxiy ish paytida otdan yiqilib, oyogi qattiq shikastlanadi. Shunga qaramay, u yana bir necha yil o’z vazifasini ado etadi va nixoyat 1857 yilda iste’fo beradi. Hayotining qolgan yillarini butunlay ijodiy ishga bagishlab, 1874 yilda vafot etadi.
Ogaxiy she’riyati xajman salmoqli bo’lgandek, janr jixatdan xam boy. o’ klassik lirikaning 10 dan ortiq janrida samarali qalam tebratib, mazmunan boy va badiiy jixatdan etuk gazallar bilan birqatorda, mustazod, muxammas, musaddas, murabba’ va musamman, tarjiband, qit’a, ruboiy, tuyuq va qasidaning xam o’nlab orginal namunalarini yaratgan.
Ogaxiy devoni devon tuzishning traditsion talablari asosida tartib berilgan. Shu sababli devonga kiritilgan she’rlarning xronologiyasi ma’lum emas. Bu xol shoir ijodiy yo’lining tadrijiy o’sishini kuzatishga imkon bermaydi. Ogaxiy ijodida ijtimoiy qarashlarini bayon qilgan fikrlar nixoyatda ko’p bo’lib, ular shoirning deyarli ko’pchilik asarlarida uchraydi. Shoir devonida ayniqsa ishq-muxabbatmavzui etakchi o’rin tutadi. Binobarin uning o’z gazallari xaqidagi quyidagi ta’rifi o’rinli va orginaldir:
Ishq xurram margzorining gazali sho’xidir.
Har gazalkim, Ogaxiy, sabt o’ldi devonimaro.
Ogaxiyning o’z devonini “Ta’vizul-oshiqin”(Oshiqlar tumori) deb atashi xam bejiz emas, albatta. Uning “dilso’z nazmi” xaqiqiy oshiqlar qalbi”, armon va intilishlarining samimiy poetik ifodasidan iborat. Chindan xam:
Ogaxiy, dil so’z nazminingni eshitsa axli ik,
Bo’yniga ta’vizdek aylarlar ash’oringni band.
Ma’lumki, muxabbat temasi juda qadim zamonlardan beri adabiyotimizda qalamga olib kelinayotgan etakchi temalardandir. Chunki muxabbatsiz xayot bema’ni xayotdir. Haqiqiy muxabbat vafodorlik, samimiyat va jo’shqin xis-tuygular bilan sugorilgan bo’ladi. Subutsizlik, jafokorlik va razillik xaqiqiy ishq-muxabbatga yotdir. Lirik shoir Ogaxiy xam chinakam oshiqlik, pok, samimiy muxabbat kuychisidir:
Ogaxiy xolini gar ishq ichra bilmoq istasang,
Chashmi ibrat birla dardangiz devoniga boq.
Ogaxiy devonidagi ishq-muxabbat temasida yozilgan she’rlarning deyarli xammasida erkin ishq, erkin oilaviy xayot qurish yo’lidagi intilishlar oldida katta govlar borligidan shikoyat qiladi, sof muxabbat axllarining fikr-tuygulariga xamdard bo’ladi. Unonchi:
Yorsiz naylay, bu maxzun jonni olgil, ey ajal,
Kim o’lim ushbu bu tiriklikdin base xushdur manga.
Misralaridan ko’rinib turibdiki, yor bilan xamisha baxtiyor turmush qurush orzusi Ogaxiy gazallarining magzini tashkil qiladi. Shoirning fikriga, feodalizmning sergurbat va sertashvish, notinch va noma’lum sharoitida ayriliqda xor-zor yashashdan ko’ra, oshiq uchun o’lmoq va mashaqqatlardan xolos bo’lmoq “xushroq, afzalroq”dir. Ayriliq esa “gulzordin” judo bo’lgan bulbul nola-figonlari bilan tengdir:
Figonu nola qilsam ayb emas tayyordin ayruv,
Ki bo’lmas tushsa bulbul nolasiz gulzordin ayruv.
“Suymaganga suykanma” kabi xalq maqolalarida ifodalangan mazmun Ogaxiy ishqiy she’rlarining asosiy mazmunidir. Sevish va sevilish, sinash va sinalish, oshiq va ma’shuqaning xar jixatdan bir-biriga munosib bo’lishi lozim, degan fikr shoirning ishqiy she’rlariga singdirib yuboriladi.
Ey ko’ngul, kimdakim seni sevmas,
Qoch. Aning tegrasiga aylanma.
Gar nasixat qilurda o’tganlar,
Dedilar: “suymaganga suykanma...”
Shoirning fikricha, samimiy oshiq bilan ma’shuqa orasiga raqiblar, agyorlar, xusumatchilar suqulib kirib, turli fitnalar qilganida xam oshiq va ma’shuqa bir-biridan voz kechmasligi, ranjimasligi, o’zini dadil tutishi, ruxsizlanmasligi, mustaqil fikrlashi va xarakat qilishi, xar qanday mashaqqat bilan bo’lsa-da yoriga gamxo’rlik qilishi lozim: chunonchi u “Oshiq” sarlavxali she’rida shunday yozadi:
Agar ming javr qilsang, dardi ishqing tarkin etmon kim,
Bo’lur shavqi fuzunroq nechakim cheksa jafo Oshiq.
Qilurman etsa sandin xar jafou javr yuz ming shukr,
Ki qilmoqdur shikoyat er javridin xato oshiq.
Aga javr et va gar exson, na qilsang nomim uldurkim,
Rizoi yorsiz xech ishni qilmas muddao oshiq.
Shoirning fikricha, ishq-muxabbatda xalqning “teng-tengi bilan” degan dono maslaxatiga amal qilish lozim. Aks xolda, “bir quxanga” (qariga) toza juvon tutqazish “muzdan sovuq”roq voqea bo’lur edi:
Lek axli aql olida muzdien sovuqdurur,
Bur kuxanga toza juvon birla ixtilot.
Sevish-sevilish normalari taxqirlangan, yosh-yosh qizlar mol-dunyo evaziga zo’rlik bilan qari-qartang kishilarga berilgan feodalizm tuzumi sharoitida shoir Ogaxiyning muxabbat masalasidagi “teng-tengi bilan” degan fikrni yoqlab chiqishi katta axamiyatga ega.
Ogaxiyning o’zbek tilidagi “Ta’vizul-oshiqin” devonini ko’zdan kechirar ekanmiz, shoirning yashagan muxitidan, feodal zodagonlardan qattiq shikoyat qilib, yozgan she’rlarini ko’plab uchratamiz. Chunonchi: Ogoxiy-269 bet. 1 jild.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1.A.Muxtorov., U.Sanaqulov. O`zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 1995. 


2. U.Tursunov., B.O`rinboev., A.Aliev. O`zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 1982. 
3. A.Aliev., Q.Sadiqov. O`zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 1992.
Internet saytlari:

  1. www.tdpu.uz.

  2. www.edu.uz.

  3. www.ziyonet.uz.

  4. www. lex.uz

  5. www.srategy.uz

  6. www.bilim.uz.

  7. www.ma`naviyat.uz

Yüklə 24,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə