Yaratilgan sanasi: Tue, 7 Oct 2023 13: 41: 22 +0500 Page 1-savol


Yaratilgan sanasi: Tue, 17 Oct 2023 13:41:22 +0500



Yüklə 70,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix29.11.2023
ölçüsü70,19 Kb.
#140161
1   2   3   4   5   6   7
30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan RRIHHQ qo‘mitasi xodimlari o‘rtasidagi Zakovat turniri

Yaratilgan sanasi: Tue, 17 Oct 2023 13:41:22 +0500
Page 7
22-savol:
Janubiy Koreyada homiladorlik tasdiqlanganidan keyin ayollarga Blutuzli nishon (znachok) beriladi. Bu
nishon jamoat joylarida chiroqlarni pushti rangda avtomatik ravishda yonishiga xizmat qiladi va
boshqalarning eʼtiborini tortadi. Savol: Bu pushti rang chiroqlar qachon oʻchadi?
Javob:Ayolga transportda joy berilsa.
Izoh: Ushbu blutuzli nishon jamoat transportida tutqichlarga oʻrnatilgan lampalarning yonishiga xizmat
qiladi. Ular homilador ayol salonga kirgandan soʻng darhol yonadi va ularga joy berilganidan soʻng oʻchadi
Zachot: Ayol oʻtirganda. Jamoat transportining har qanday turlarini eslatish bilan sinonimik javoblar.
23-savol:
. Savolda U soʻzi bilan bir soʻz almashtirilgan. U haqidagi taʼrifda “qismlarni bir-biri bilan qoʻshib turadigan
suv yoʻlagi” deya izoh beriladi. 1986-yilda yozilgan asarda darsda U haqida gapirish soʻralganda bosh
qahramon uyidagi sigirning qisir qolganini oʻylab ketadi. Savol: U oʻrnidagi soʻzni yozib bering.
Javob:Boʻgʻoz.
Izoh: Geografiyada boʻgʻoz — okean, dengiz, koʻlni va ularning ayrim qismlarini bir-biri bilan qoʻshib
turadigan suv yoʻlagi hisoblanadi. Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Shirin qovunlar mamlakati” asari bosh
qahramoni Akbar Madumarov esa geografiya darsida boʻgʻoz haqida soʻralganda oʻzlarining sigirining bu
yil boʻgʻoz emas, qisir qolganini oʻylab ketadi
Manba: 1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Boʻgʻoz 2.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xudoyberdi_To%CA%BBxtaboyev 3.
https://quvonch-books.uz/storage/uploads/files/shirin_qovunlar_mamlakati.pdf 9-10 bet.
24-savol:
Maʼlum nuqsonga ega boʻlgan kishilarning bu kasbga maʼqul koʻrilishi minoralarning baland qilib qurila
boshlangani bilan bogʻliq. Bu kasb vakili boʻlgan turkiyalik Rajab Uyar oʻz kasbida noodatiy boʻlgan sabo,
rost, hijoz, sagoh va ushshoq kabi 5 ta uslubdan foydalanadi. Savol: Gap kimlar haqida ketmoqda?
Javob:Muazzinlar (Azon aytuvchilar).
Izoh: Masjidlar yonida baland minoralar qurilishi bilan muazzinlikka koʻrlar maʼqul koʻrila boshlagan. Sababi
ular tepadan nomahramlarga qaray olishmaydi. Turkiyalik Rajab Uyar ham muazzin boʻlib, 5 vaqt namoz
paytida 5 xil ijro usulida azon chaqiradi.
Manba: 1. https://www.islamisemya.com/tureczkij-muedzin-chitaet-neobyknovennyj-azan.html 2.
https://www.kavkaz-uzel.eu/articles/208747/


Yaratilgan sanasi: Tue, 17 Oct 2023 13:41:22 +0500
Page 8

Yüklə 70,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə