Mehnat resurslari



Yüklə 311,63 Kb.
səhifə1/3
tarix23.09.2023
ölçüsü311,63 Kb.
#123029
  1   2   3
Mehnat resurslari

MEHNAT RESURSLARI


Reja:

  1. Mehnat resurslari va ulardan foydalanish.

  2. Turli tipdagi mehnat resurslaridan foydalanish.

  3. O`zbekistonda mehnat resurslari va aholining bandligi

Foydalanilgan adabiyotlar

Mexnat resurslari ishlab chiqarish zvenosida asosiy vazifani bajarganligi tufayli bu sohani o`rganish iqtisodiy geografiya zimmasidadir. Xozirgi iqtisodiy tushunchalar bo`yicha 16 yoshdan 59 yoshgacha erkaklar, 16 yoshdan 54 yoshgacha bo`lgan xotin-qilar mehnat yoshidagi aholi sanaladi va mamlakatni asosiy mexnat resurslari xisoblanadi.Bu yoshdagi aholining xammasi xam ishlaydi deb bo`lmaydi, albatta. Masalan, ishlab chiqarishdan ajralgan xolda o`qiyotganlar va salomatligi yomonligi tufayli ishlay olmaydigan invalidlar va h.k. lar shular jmlasidandir. Aksincha pensiya yoshidan oshib ketgan keksalar va shuningdek, hali 16 yoshga to`lmagan baozi o`smirlar ham ijtimoiy ishlab chiqarishga ishtirok etadi. Bu mehnatga qobiliyatli aholi tushunchasini kiritishni taqozo qiladi. Mehnatga qobiliyatli aholi deganda har qanday mamlakatning yoshidan qatoiy nazar real mehnat resurslari tushuniladi. Bu mehnat resurslari soniga bevosita taosir qiladi. Ishchi kuchidan foydalanish muammolarini yanada ratsional hal qilish maqsadida mehnatga qobiliyatli aholini ijtimoiy mehnat bilan bandlik darajasi va haraktrini hisobga olish xalq xo`jaligi uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi kunda umuman mamlakatimiz bo`yicha va alohida iqtisodiy rayonlar, shaharlar bo`yicha ishchi kuchidan oqilona foydalanish masalasi alohida ahamiyat kasb etmoqda.


Mamlakat alohida iqtisodiy rayon shahar aholisi tarkibidagi ishga qobiliyatli aholi sonini aholining tabiiy o`sish darajasiga jins -yosh strukturasiga mehnat harakati ko`rsatkichiga va boshqalarga boliq bo`ladi. Mehnatga qobiliyatli aholi soni Farona vodiysi shahar aholisining yarmidan ko`proini tashkil etadi. Bu yerda bu ko`rsatkich O`zbekistondagi ishga qobiliyatli shahar aholisining salmoidan sobiq Ittifoqdagi barcha mehnatga qobiliyatli aholining umumiy aholi tarkibidagi salmoini belgilaydigan umumittifoq ko`rsatkichidan ancha kamdir. Vodiydagi mehnatga qobiliyatli shahar ahoolisi salmoining kamligi bu yerda aholi sonining tabiiy o`sish ko`rsatkichlari ancha yuqoriligi bilan izohlanadi. Bu esa aholining umumiy sonida bolalar va o`smirlar salmoining ko`pligiga olib keladi va mehnatga qobiliyatli aholining salmoiga bevosita taosir qo`llaniladi. Shunday qilib vodiydagi biz so`z yuritgan yosh strukturasi 16 yoshgacha bolalardan iborat anchagina mehnat resurslari rezervi va aholining yangi-yangi kontingentini ijtimoiy ishlab chiqarishga doimo jalb qilib turish imkoniyati mavjudligi nuqtai nazardan umuman qulaylik tudiradi. Butun O`rta Osiyoda bo`lgani kabi Farona vodiysida ham mehnat resurslarining o`sish suroatlari nisbatan yuksakligiga va texnika taraqqiyotining katta muvaffaqiyatlariga qaramay, sanoat va madaniyatning tezlik bilan o`sishi negizida mehnatga qobiliyatli aholini ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonlarida band butun aholining 40 % bevosita ijtimoiy mehnat bilan shuullanadi. Farona vodiysi shaharlaridagi mehnat resurslarining ish bilan bandlik darajasi umumittifoq darajasiga deyarli tengdir.
Mehnat resurslarini unumdorligiga ko`ra 5 guruhga bo`lib o`rganiladi.
16 yoshdan -19 yoshgacha ko`proq majburiy holdagi mehnat resurslari sifatidagi ishlar namoyon qilinadi.
20 yoshdan - 29 yoshgacha. Bu davr mehnat resurslarining yoshlik davri bo`lib, asosiy vaqt va kuch mehnatga tayyorlanishga sarflanadi.
30 yoshdan - 39 yoshgacha bo`lgan aholi aktiv mehnat resurslari hisoblanadi.
40 yoshdan - 49 yoshgacha bo`lgan aholi mehnat resurslarini o`rta daridir. Bu davrda to`plangan bilim, ko`nikma va malakalar ishga solinadi.
50 yoshdan - 59 yoshgacha bo`lgan davr mehnat resurslarining katta davridir. Unumdorlikda pasayish boshlanadi.
Mehnatga yaroqli aholi o`z navbatida 2 guruhga bo`linadi: iqtisodiy aktiv aholi va iqtisodiy aktiv bo`lmagan aholi.
Mehnat resurslarini geografik jihatdan o`rganish mamlakatlar va rayonlar aholisining hududiy joylanish uning yosh tarkibini o`rganish bilan birga mehnatga yaroqli aholining ishlab chiqarishda qatnashuvi va bu qatnashuvdagi fikrlar hamda ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etayotganlarning xalq xo`jaligi ayrim tarmoqlari bo`yicha taqsimlanishi xalq xo`jaligi ayrim tarmoqlarida ishchi kuchidan mavsumiy foydalanish xususiyatlarini o`rganish ham mehnat resurslaridan foydalanishni geografik tadqiqot qilishning muhim tomonlaridan biridir.

Mehnat resurslarining sifat taraqqiyoti jamiyatning ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyot darajasiga, davlatning aholi bandligi bo`yicha olib borayotgan siyosatiga bog`liq. O`zbekistonda 16 – 54 yoshdagi ayollar va 16 – 59 yoshdagi erkaklar mehnat resurslariga kiritiladi.


Mehnat yoshidagi aholi mehnat resurslari nuqtai nazaridan o`rganilganda 2 guruhga ajratiladi:
40 yoshgacha bo`lgan;
40 yoshdan keyingi mehnat yoshi.
O`zbekistonda mehnat yoshidagi aholi salmog`i katta handa mehnat resurslari tez ko`payib bormoqda.
Respublika qudratli mehnat salohiyatiga ega: mehnat zahiralari jami aholining 55,4%ni (14427,6 ming kishi) mehnat resurslari tashkil etadi va har yili 300 – 350 ming kishiga ko`paymoqda.
Iqtisodiy faol aholi soni 10,2 million kishi (82%) ga eng.
O`zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar reja, moliya, mehnat, ish haqi boshqarmalari va bo`limlarining boshliqlari o`rtasida o`zbeklarning ulushi 29,8%ga teng bo`lgan.
1992 yildan boshlab narxlar va tashqi savdo liberallashtirildi. Qishloq xo`jaligi va maishiy xizmat korxonalarining ma`lum qismi xususiylashtirildi.
Moliya va budjet sohalarida islohotlar o`tkazildi. Xususiy mulk va horijiy investitsiyalar bo`yicha qonunlar йфигд qilindi. Aholining tez sur`atlar bilan ko`payishi va uning tarkibi bandlikni barqaror ravishda o`sishini ta`minlashni taqozo etadi.
Qishloq joylarda aholining zich joylashganligi, qishloq xo`jaligida ortiqcha ishchi kuchi mavjudligi hamda haydaladigan yerga to’g’ri keluvchilar sonining kattaligini hisobga olganda O’zbekistonda mehnat resurslariga muhtojlik bo’lishi kutilmaydi. Ba’zi iqtisodiy, demografik va geografik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda aholi bandligi tizimini o’zgartirish lozim bo’ladi. Shu maqsadda 1992 – yil yanvarida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Aholining ish bilan ta’minlash to’g’risida” gi qonuni asosida aholini ish bilan ta’minlash davlat xizmati tashkil etilgan. Mazkur vazifani amalgam oshirishda samarali faoliyat ko’rsatuvchi mehnat bozorlari – mehnat birjalari muhim o’rin egallaydi. O’zbekistonda mehnat birjalari ishsizlarni ro’yxatga oladi, ularni kasbga yo’llaydi, ishsizlik bo’yicha nafaqalar to’laydi. Har yili o’rtacha 300 mingga yaqin aholi mehnat birjalari orqali ishga joylashtiriladi.

Sanoatni, ayniqsa, uning mehnatni ko’p talab qilib, xom ashyo, suv va elektr energiyani kam iste’mol qiluvchi “eksportbop” mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlarini, maishiy xizmat sohalarini qishloq joylarda keng ko’lamda va tez fursatlar ichida rivojlantirish hamda shunga o’xshash boshqa tadbirlarning amalgam oshirilishi respublikada aholi bandligiga xos muammolarni tez vaqt ichida ijobiy hal etishga imkon beradi. O’zbekiston mustaqillikka erishishi va bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asta – sekin o’ta borishi yangi mulkchilik shakliga asoslangan ishlab chiqarishning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratib berdi. Mamlakat iqtisodiyoti tuzilmasi qanchalik “rivojlanganligini” ish bilan bandlarning iqtisodiyot sohalari bo’yicha, xususan, moddiy ishlab chiqarish sohasi o’rtasida taqsimlanishidan bilish mumkin. Bu nisbatning o’zgarishiga ishlab chiqarish soxasining rivojlanish suratlari ta’sir ko’rsatadi. Qisqa davr ichida 1995 – 2005 O’zbekistonda axolining iqtisodiyot tarmoqlarida qayta taqsimlanishida o’zgarishlar yuz berdi. Sanoatning bosh tarmoqlarida va qishloq xo’jaligida aholi bandligi son jihatdan ham, foiz jihatdan ham kamaydi. Moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo’lganlar ulishining qisqarishi O’zbekiston uchun yangi tendentsiya bo’lib, ijobiy xodisadir. Jahonning yuksak darajada rivojlangan mamlakatlarida moddiy ishlab chiqarishga qaraganda nomoddiy ishlab chiqarishda band bo’lganlar ustunlik qiladi. So’nggi yillarda respublikada xususiy mehnat faoliyati bilan shug’illanuvchi kishilarning soni qishloq xo’jalik, savdo, hizmat ko’rsatuvchitarmoqlarda ayniqsa tez sur’atlar bilan o’sdi: 2004 – yilda


O’zbekistonda 23 mln. kishi (yoki band bo’lganlarning 22,9%) davlat sektorida, 7,9 mln. kishi (yoki 77,1%) esa iqtisodiyotning nodavlat sektorida band bo’ldi.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida 10,2 mln. kishi (2005) band bo’lib, shundan sanoatda 1347,5 ming kishi, qishloq va o’rmon xo’jaligida2969,5 ming kishi, qurilishda 848,5 ming kishi, transport va aloqada 488,1 ming kishi, savdo, umumiy ovqatlanish va moddiy texnik ta’minotda 903,9 ming kishi, uy – joy kommunal xo’jaligida va aholiga maishiy xizmat ko’rsatishning nomoddiy turlarida 316,4 ming kishi, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya sport, ijtimoiy ta’minotda 735,5 ming kishi, ta’lim – fan, madaniyat va san’at sohalarida 1385,1 ming kishi, moliya, kredit va sug’urtalash tarmog’larida 54,2 ming kishi, ma’muriy boshqaruv organlarida 205,7 ming kishi, qolgan sohalarda 941,9ming kishi band.





Yüklə 311,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə