Oila tarbiyasida kop uchraydigan xatoliklar va ularni oldini olish reja



Yüklə 27,54 Kb.
səhifə1/3
tarix05.10.2023
ölçüsü27,54 Kb.
#125691
  1   2   3
Oila tarbiyasida kop uchraydigan xatoliklar va ularni oldini oli-fayllar.org


Oila tarbiyasida kop uchraydigan xatoliklar va ularni oldini olish

OILA TARBIYASIDA KOP UCHRAYDIGAN XATOLIKLAR VA ULARNI OLDINI OLISH


Reja:
1. Oila – ilk axloqiy maskan sifatida.

2. Fuqarolik jamiyati va davlatning axloqiy mohiyati.
3. Axloqiy madaniyat va kasbiy odob muammosi.
4. Axloqiy tarbiya hamda uning yo’llari va vositalari.
1. Oilani fuqarolik jamiyatining, davlatning eng muhim hujayrasi deyishadi. Chunki har bir jamiyat a’zosining, bo’lajak fuquroning tarbiyasi oiladan boshlanadi. Oila uch jihatni: o’zining bevosita ko’rinishi bo’lmish nikohni; oilaviy mulk va anjomlar hamda ular haqidagi g’amxo’rlikni; bolalar tarbiyasini o’z ichiga oladi.

Avvalo, nikoh xaqida to’xtalib o’taylik. Qonunga binoan nikoh tuzish shartlarida eng muhimlari – nikohga kiruvchilarning o’zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga etganliklari. Bizda yigitlar uchun – 18, qizlar uchun – 17 nikoh yoshlari qilib belgilangan. Bu – masalaning huquqiy tomoni. Uning ikkinchi – axloqiy tomoni ham borki, u sevgi bilan bog’liq. Nikoh tuzishdan avval ikki yosh orasida goh ochiq sevgi – muntazam uchrashuvlar, ahdu paymonlar qilish yoki orqavorotdan bir-birini yoqtirishi hollari bo’lishi mumkin. Har ikkala holda ham rozilik o’zgarmas shart hisoblanadi.


Ba’zan, qadimda Sharq xalqlarida, shu jumladan o’zbeklarda qizning yoki yigitning roziligisiz to’y qilib yubora berishgan, ota-onalar kelishsa – bas, degan fikrlarni uchratadi kishi. Ayniqsa, bunday gaplar sho’rolar davrida tinimsiz takrorlanar edi. Vaholanki, bunday hol kam bo’lgan, uni musulmonchilik inkor etadi. Rivoyat qilishlaricha, payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom uylariga sovchi kelganida, qizlari Fotimadan doimo rozilik so’raganlar va rad javobi olganlar. Faqat Hazrat Ali sovchi qo’yganlarida, Bibi Fotima rozilik berganlar. Demak, farzandninng roziligini olish bizga payg’ambarimizdan qolgan sunnat.
Hozirgi kunda ham ko’pgina yoshlarimiz sovchi orqali turmush quradilar. Odatda sovchi kelib ketgach, yigit bilan qiz uchrashtiriladi, ikkalasi bir-birini ma’qul ko’rsagina, fotiha qilinib, to’y taraddudi ko’riladi. Juda ko’p hollarda bunday yoshlar o’rtasida keyinchalik haqiqiy muhabbat shakllanadi. Abdulla Qodiriy «o’tgan kunlar» romanida tasvirlagan Otabek bilan Kumush o’rtasidagi sevgini buning mumtoz namunasi desa bo’ladi. Ochig’ini aytish kerakki, muhabbatning ham o’z darajasi bor: Layli bilan Majnunning muhabbati hamma sevishganlarga ham nasib etavermaydi. Bunday romantik-sururiy sevgi real hayotda kamdan-kam uchraydi. Buning ustiga, oilaviy muhabbat ma’lum ma’noda salobatli, ko’proq yashirin tarzda namoyon bo’ladi.
Garchi bu satrlar yarim kinoya, yarim hazil qabilida bo’lsa-da, ularda ma’lum ma’noda hayotiy asos bor. Agar muhabbat har ikki tomondan e’zozlab, avaylab-asralmasa, undagi jannatiy bo’yni yo’qotib qo’yish hech gap emas. Zero dunyodagi hamma narsa -hodisalar kabi muhabbat ham parvarishga muhtoj.
Nikoh o’z mohiyatiga ko’ra axloqiy hodisa. Unda ehtiroslar axloqqa bo’ysundiriladi. Oddiy birga yashashda esa tabiiy ehtiyotni qondirish birinchi o’rinda turadi, nikohda u ikkinchi darajali mavqe egalaydi.
Oilaning yana bir jihati – uning o’z mulkiga egaligi. Agar nikoh oilaning botiniy ko’rinishi bo’lsa, oilaviy mulkni uning tashqi ko’rinishi deyish mumkin. Oilaning mavjud bo’lishi uchun ishlab topiladigan mablag’ ham zarur. Oila uchun topiladigan ana shu mablag’, shubhasiz axloqiy tabiatga ega: oila boshlig’i oila a’zolarini halol edirib-ichirishi, kiydirishi lozim. Oilani erkak kishi boshqaradi. U nafaqat «topib keladi», balki oilaviy mulkka xo’jayinchilik qilish, uni taqsimlash huquqiga ham ega.
Oilada bolaning ahamiyati nihoyatda katta. Ota bolada o’z jufti halolini, ona esa sevimli erini ko’radi: bolada er xotinning muhabbati predmetlashadi, jonlanadi. Bola – oilani tutib turuvchi jonli muhabbat. Bolalar oilada umumiy oilaviy mulk hisobiga eb-ichadilar, tarbiya oladilar.
Oilada bolalar intizomli bo’lib o’smoqlari, ota-onaga bo’ysinishlari lozim. Lekin bu intizom qullikka o’rgatish emas, balki bolalariga hos erka-tantiqlik, o’zboshimchalik singari salbiy hususiyatlarni yo’qotishiga xizmat qilishi kerak. Ota-onaga bo’ysunishdan bosh tortishga yo’l qo’yish bolaning kelajakda qo’pol badxulq nokamtarin bo’lib etishuviga olib keladi. Shu bois oila ilk axloqiy tarbiya o’chog’i sifatida ham katta ahamiyatga ega.
Oila buzilishi ham mumkin. Buning turli sabablari bor. Biri – oilani axloqiy nuqtai nazardan buzilishi. Bunda bolalar balog’atga etgach, erkin shaxs sifatida yangi oilaga asos bo’lishlari – o’g’il bolalarning uylantirilishi, qizlarning erga berilishi nazarda tutiladi.
Uylantirilgan farzandlarga ham, erga berilgan qizlarga ham yangi oila qurish va uni moddiy jihatdan dastlabki paytlarda muhtojlikdan saqlab turish uchun etarli bo’lgan uy-ro’zg’or ashyolari ajratiladi. SHuningdek, oilaning tabiiy buzilishi ham mavjud. Unda ota-onaning, yoki otaning vafoti tufayli oila mulkining meros bo’lib bir yoki bir necha farzandga o’tishi munosabati bilan oila buzilishi mumkin.
Bundan tashqari, nikoh bekor qilinishi munosabati bilan oila buziladi. Aslida nikoh ham diniy, ham dunyoviy nuqtai nazardan buzilmasligi kerak. Lekin o’rtada xiyonat sodir bo’lishi yoki yana boshqa bir xil sabablar tufayli nikohni faqat axloqiy obro’ga ega, qonun bilan tan olingan idoralar, masalan sud, va vakolatli ruhoniy bekor qilishi mumkin, zero u, aytganimizdek, axloqiy hodisa. Har bir jamiyat mana shu so’nggi turdagi oila buzilishiga qarshi kurashadi. Bunday oila buzilishi qancha kamaysa, u o’sha jamiyat axloqiy takomillashib borayotganini anglatadi.
2. Dastlabki axloq maskani bo’lmish oilalar yig’indisi fuqarolik jamiyatini, millatni tashkil etadi. Fuqarolik jamiyati mohiyatan oila bilan davlat o’rtasidagi daraja. Garchand, uning taraqqiyoti davlat taraqqiyotidan keyinroq ro’y bersa haa, u albatta davlatni taqozo etadi, ya’ni fuqarolik jamiyatining yashashi uchun uning oldida mustaqil nimadir bo’lishi kerak. Fuqarolik jamiyati zamonaviy dunyomizda vujudga keladi, zero, hozirgi paytdagina fuqarolar huquqi haqiqatan ham inobatga olinadi. Fuqarolik jamiyatida har bir odam o’zi uchun maqsad. Biroq, u boshqalar bilan o’zaro munosabatda bo’lmasdan turib, o’z maqsadiga to’la erisha olmaydi: boshqalar uning maqsadga etishishi yo’lidagi vositadir. Natijada har bir alohida maqsad boshqalar bilan o’zaro munosabatlar vositasida, ularning farovonlikka intilishini qanoatlantirgani holda, o’zi ham qanoatlanadi. Boshqacharoq qilib aytganda, fuqarolik jamiyatida yaxshi, badavlat, baxtli, huquqiy yashash uchun bo’lgan har bir fuqaroning intilishi pirovard natijada butun jamiyatning o’shanday yashashiga olib keladi.
Bundan tashqari, bizda fuqarolik jamiyati qurishni ma’lum ma’noda tezlashtiradigan, G’arb mentalitetiga xos bo’lmagan mahallalar bor. O’zbek mahallalari tom ma’noda axloqiy tarbiyaning maskani; oila kattalari bolaga qanchalik tarbiya bera olsa, o’sha oila yashayotgan mahallaning tarbiya borasidagi hissasi ham shuncha bo’ladi, desak xato qilmaymiz. Buning ustiga, mahallada xalqimizning qadimiy demokratik an’analari hozir ham o’z kuchini yo’qotgan emas. Mahallada yashayotgan, hukumat a’zosi ham, millioner tijoratchi ham, farrosh ham, odiy o’qituvchi ham bir xildagi mahalladoshlik huquqiga ega. Chunonchi, mahallanig oqsoqoli oddiy o’qituvchi bo’lishi mumkin va ko’p hollarda shunday ham. Hukumat a’zosi yoki millioner esa, mahallada faqat mahalladoshlik «lavozimida» bo’ladi. Ularning farqlanishi faqat axloqiy jihatlari bilangina belgilanadi. Ana shu xususiyatlari bilan mahalla o’z-o’zini boshqarish tuzilmasi sifatida oiladan fuqarolik jamiyatiga o’tish uchun axloqiy ko’prik bo’lib xizmat qiladi. Bunday oraliq bog’lovchi tuzilma, yuqorida aytganimizdek, G’arb olamida yo’q. Demak, shunga ko’ra ham, bizda fuqarolik jamiyatiga o’tish nisbatan osonroq kechadi, degan fikr bildirish mumkin. Bu borada Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning: «Shu ma’noda mahallani o’z-o’zini boshqarish maktabi, ta’bir joiz bo’lsa, demokratiya darsxonasi, deb atash mumkin», degan so’zlari ayni haqiqatdir.
Buyuk olmon faylasufi Hegel davlatni axloqiy g’oyaning voqe bo’lishi deb ta’riflaydi va tabiiy munosabatlarni ma’naviy munosabatlar bilan muqoyasa qilib, oilani –hissiyotga, fuqarolik jamiyatini – asabning ta’sirlanish qobiliyatiga, davlatni esa o’zi uchun asab tizimiga o’xshatadi; u o’z ichida botinan tashkil topgan, biroq uning yashashi o’zida ikki holatning taraqqiy topishi bilan bog’liq, bular – oila va fuqarolik jamiyati. Davlat aqlning ro’yobga chiqishi sifatida har bir shaxs ixtiyoriga mosdir. Odatda, davlatning maqsadi o’z fuqarolarini baxtli qilish deb hisoblanadi. Agar fuqarolar qiynalsa, ularning sub’ektiv ehtiyoj-maqsadlari qondirilmasa, davlatning mustahkamligi shubha ostida qoladi. Davlatning asosi – siyosiy tuzum. Uning taqdiri ham ana shu siyosiy tuzumga bog’liq.
Ko’pdan-ko’p turli-tuman boshqaruv va tashkiliy institutlardan iborat bo’lgan davlatning eng muhim axloqiy vazifalaridan biri-tarbiya. Davlat tomonidan maktabgacha bo’lgan tashkilotlarda, maktablarda va oliy o’quv yurtlarida ta’lim bilan qo’shib olib boriladigan tarbiya alohida ahamiyatga ega. Agar mazkur tarbiyada ommabop usullarning toshi bosib ketsa, u hol maqtarli emas; yoshlarning o’zligini anglagan shaxs bo’lib etishuvi mushkullashadi. Shu bois imkon boricha tarbiyada individual yondoshuvga intilish maqsadga muvofiq.
Demokratik tamoyillarni amalga oshirish jarayonlarida davlat, hamma fuqaro baravar teng, degan usulda ish ko’rmasligi lozim; hammaning huquqiy tengligini tan olgan holda, ijtimoiy tenglashtirish tamoyiliga yo’l qo’ymaslik kerak.
Davlatning mavjud bo’lish sharti, eng avvalo, uning suverenitetida. Bunda xalq tashqi olamga nisbatan mustaqil bo’ladi va o’z davlatini shu mustaqillik asosida tuzadi. Biz mustaqillikka erishganimizdan keyin o’z davlatimizni qadimiy davlatchiligimizning eng yaxshi an’analari bilan birga zamonaviy demokratik tamoyillar asosida qurishga kirishdik. Davlatimiz ham ma’naviy-axloqiy, ham jismoniy tarbiyaga katta ahamiyat berib kelmoqda. 2000-yilning «Sog’lom avlod yili» deb atalishi bejiz emas; yosh avlod tarbiyasi bizda davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Mana, ko’rinishidan juda oddiy bir misol. O’zini eng insonparvar davlat deb e’lon qilgan Sho’rolar Ittifoqi bunyodga kelganidan boshlab, deyarli yarim asr mobaynida bola tug’ilgach, onani uch oy ishdan ozod qilardi; ona uch oylik chaqaloqni bog’chaga tashlab, ishga chiqishga majbur bo’lardi, aks holda u buyruq bilan ishdan bo’shatilardi. Keyinchalik bu tarbiya ta’tili 1 yil qilib belgilandi. Bizning davlatimiz esa tashkil bo’lgani barobaridayoq bola tarbiyasini yuksak ijtimoiy-axloqiy hodisa sifatida e’tirof etib, yangi tug’ilgan bola tarbiyasi uchun onaga 3 yillgacha muddat berdi. Uch yilgacha onaning ish joyi saqlanib turadi. Shu birgina misolning o’ziyoq totalitar tuzum davlati bilan demokratik davlat naqadar katta farq qilishini ko’rsatib turadi. Totalitar tuzum davlati yolg’on, aldov – axloqsizlik instituti. Biz tanlagan demokratik davlatning asosida esa yuksak axloqiylik yotadi.
3. Davlat va fuqarolik jamiyatidagi axloqiy yuksaklik darajasini ular fuqarolari axloqiy madaniyati belgilaydi. Axloqiy madaniyat shaxsning jamiyat axloqiy tajribalarini egallashi va bu tajribalardan boshqa odamlar bilan bo’lgan munosabatlarida foydalanishi, o’z-o’zini muntazam takomillashtirib borishi singari jihatlarni o’z ichiga oladi. Qisqasi, u shaxs axloqiy taraqqiyotining belgisi hisoblanadi. Zero axloqiy madaniyat axloqiy tafakkur madaniyatining qator unsurlarini o’z ichiga olgan tuzilmadir. U shaxsning o’zgalar bilan o’zaro munosabatlarida namoyon bo’ladi.
Umuman olganda, muomala odobi kishilarning nasihat va odob o’rgatishsiz bir-biriga ta’siri, tarbiya va o’z-o’zini tarbiya vositasi sifatida diqqatga sazovor. Shu sababli yoshlarimizda muomala odobini shakllantirish hozirgi kunda jamiyatimiz oldida turgan muhim vazifalardan. Bunda ota-onaning, mahalla-ko’yning ta’siri katta. Undan foydalana bilash kerak. Zero axloqiy komillikka erishish muomala odobini egallashdan boshlanadi.
Umuman, axloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi-san’at. Bu vosita aholining barcha tabaqasini, turli yoshdagi shaxslarni qamrab oladi. Ayniqsa, san’atning badiiy adabiyot turi keng qamrovli. Ertakdan tortib, romangacha bo’lgan janrlarda chop etilgan asarlar shaxsning axloqiy shakllanishida ulkan xizmat ko’rsatadilar. Ular orqali kitobxon tarbiyalanuvchi sifatida ezgulik va yovuzlik nimaligini badiiy idrok etadi; ideal tanlashda ham ularning ahamiyati katta. Bundan tashqari, badiiy adabiyotning bevosita axloqiy tarbiyaga mo’ljallangan hikoyatlar, rivoyatlar va nasihatlar majmualari borki, biz ularni, yuqorida ko’rganimizdek, pandnomalar deb ataymiz: «Kalila va Dimna», «Qobusnoma», «Guliston», «Zarbulmasal» singari bunday mumtoz asarlar an’anaviy axloqiy tarbiya vositasi sifatida necha asrlardan buyon qanchadan-qancha avlodlarga xizmat qilib keldi, bundan buyon ham shunday bo’lib qolajak.
Axloqiy tarbiyaning barcha zamonlar uchun dolzarb bo’lgan yo’li bu – namunaviylik tamoyili. Oilada, avvalo, yuqorida aytilganidek, ota-ona bolaga axloqiy namuna bo’lishi kerak. Maktabda va oliy o’quv yurtida muallimlarning ta’lim berish usullaridan tortib, to «mayda-chuyda» xatti-harakatlarigacha o’z shogirdlari tomonidan shaxsiy namuna tarzida qabul qilinishini nazardan qochirmaslik lozim. Ustoz-shogirdlik munosabatlaridagi muomala odobi, halollik, rostgo’ylik yoshlar axloqiy tarbiyasining shakllanishini ta’minlovchi omillardandir.
Hozirgi paytda axloqiy tarbiyaning eng kuchli zamonaviy vositasi sifatida televidenieni keltirish mumkin. U deyarli barcha san’at turlarida yaratilgan asarlarni ekranlashtirish va ekranda ko’rsatish imkoniga ega. Bundan tashqari, unda maxsus axloqiy tarbiyaga bag’ishlangan muntazam ko’rsatuvlar ham berib boriladi. O’zbek tilidagi «Otalar so’zi-aqlning ko’zi», «Rivoyat», «Oqshom ertaklari» singari ko’rsatuvlar bunga misol bo’la oladi. Shu bois televidenie hech qachon engiltaklikni targ’ib etuvchi qo’shiqlar, salkam pornografik reklamalar, inson qalbini qatttiqlashtiradigan «o’ldir-o’ldir»lardan iborat videofilmlar korxonasi bo’lib qolmasligi kerak.
Axloqiy tarbiyaning aqliy-ma’naviy va jismoniy tarbiya bilan qo’shib olib borilishi maqsadga muvofiq. O’shanda jamiyatimiz har jihatdan kamol topgan fuqarolik jamiyatiga aylanadi. Mamlakatimizda buning uchun barcha huquqiy-ijtimoiy shart-sharoitlar yaratilgan.



Yüklə 27,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə