Oila tushunchasi va oiladagi ijtimoiy munosabatlar



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix29.11.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#139999
1   2   3   4   5   6
oila-tushunchasi-va-oiladagi-ijtimoiy-munosabatlar-tizimi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№2 2022 
139 
Ochiq tartib - qoidalardan tashqari, har bir oilaning yashirin qoidalari ham 
mavjudki, ular ham oilaviy munosabatlarning yaxshi boʻlishida katta rol oʻynaydi. 
Odatda bunday qoidalar muayyan mavzularning oila davrasida koʻtarilmasligi yoki 
maʼlum tarzda his kechinmalarning namoyon etmasligida koʻrinadi. 
Oila energetikasi. Bu tushuncha oʻz ichiga koʻplab jabhalarni xususan, oilaning 
tibbiy biologik xususiyatlardan tortib, uning psixologik mavjudligini belgilovchi 
omillar, shart sharoitlardan boshlab tiriklik mezonlari boʻlmish ovqatlanish, hamda 
bir oila aʼzosining xatti harakatlarining namoyon boʻlishigacha qamrab oladi. V.Satir 
oilaning oila energetikasini tavsiflaydi. Yaʼni, “oilaning emotsional qozoni” 
tushunchasini ishlatadi. Oila aʼzolari kundalik muloqot, muomala jarayonlarini u 
goʻyoki bir qozonda qaynovchilarning birgalikda yashashda namoyon boʻladigan 
hissiyotlar koʻzgusida" tasavvur etadi. 
Oilaning chegarasi va hududi. Bunda, oilaning boshqa sotsiomadaniy muhit 
vakillari bilan aloqasi ularga bogʻliqligi darajasi nazarda tutiladi. Satirning fikricha, 
shunday oilalar ham boʻladiki, ular boshqalar bilan deyarli muloqatga kirmaydi. Bu 
oilaga darvozadan va devordan ham oshib kirib boʻlmaydi, yani u oila oʻz qobigʻiga 
oʻralib olganday. Oʻz navbatida, u boshqa oilalarga ham qiziqmaydi, oilaviy 
tantanalarga, teatr, kino, klublarga bormaydi. Odatda bunday “yopiq” turdagi oilalar 
unchalik inoq ham yashamaydi. Shuning uchun"ochiq" turdagi oilalar keng 
muloqotlarga asoslangan oila baxtli va mustahkam hisoblanadi. Amerikalik olim, 
oliaviy psixoterapevt Salvodor Minuxin ham xos kontseptsiyaning asoschisidir. 
Uning fikricha oila murakkab tuzilishga ega boʻlib, tarkibiga ayrim alohida 
individlarni bir qator tuzilmlarni qamrab oladi. Ichki tuzilmalar koalitsiyalarga 
birlashib, oila doirasida turli hodisa va jarayonlarni keltirib chiqaradi. Har qanday 
oila, boshqa oʻziga oʻxshash tuzilmalar bilan murakkab munosabatlarni oʻrnatadiki, 
bu tashqi tizimlar bazan oilani qoʻllab quvvatlash vazifasini ham bajaradi. 
Oilaviy munosabatlar. Oila aʼzolari oʻrtasida sodir boʻlayotgan murakkab 
munosabatlar koʻplab olimlar, shu jumladan, Oʻzbekistonlik olimlar M.Davletshin, 
B.Qodirov, X.Karimov, N.Sogʻinovlar tomonidan oʻrganilgan. Ularda koʻproq 
oʻzbek oilasiga xos urf-odatlar, anʼanalar udumlar nuqtai nazaridan oilaviy 
munosabatlarning etnopsixologik qirralari tadqiq etilgan. Oila institutini ijtimoiy 
voqelik sifatida uning qonunyatlarini tahlil etar ekanmiz, bu oʻrinda biz oilaviy
oʻzaro munosabatlarga xos boʻlgan munosabatining psixologik tabiatdan kelib 
chiqishi, va dinamikasiga eʼtiborni qaratgan koʻplab tadqiqotlada ilgari surilgan 
maʼlumotlarni keltirishni joiz deb bildik. 
Oila muhitini barkamol avlod va komil insonni tarbiyalash muommosi turkiy 
xalqlarning mushtarak yodgorligi, Avesto, shuningdek, Abu Nasr Farobiy, Abu 
Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, tortib hozirgi zamon 
pedagoglarining oʻziga xos fikr mulohazalar bildirilgani diqqatga sazovordir. 



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə