1-ma’ruza. Kirish. Diskret tuzilmalar va ularga misollar. To‘plamlar. Qism to‘plamlar (4 soat). Reja



Yüklə 70,94 Kb.
səhifə1/12
tarix23.12.2023
ölçüsü70,94 Kb.
#156745
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-ma’ruza. Kirish. Diskret tuzilmalar va ularga misollar. To‘pla-fayllar.org


1-ma’ruza. Kirish. Diskret tuzilmalar va ularga misollar. To‘plamlar. Qism to‘plamlar (4 soat). Reja

1-MA’RUZA. Kirish. Diskret tuzilmalar va ularga misollar. To‘plamlar. Qism to‘plamlar (4 soat).
REJA
  1. Diskret tuzilmalar fani nimani o`rganadi. Algebraik tuzilmalar.


  2. To’plamlar tushunchasi, to’plamlar elementlari.


  3. To’plamga tegishlilik tushunchasi.


  4. Universal to’plam.


  5. Qism to‘plam, bo’sh to’plam, chekli(cheksiz) to’plamlar, xos to’plam.


  6. To’plamlarning berilish usullari.




Kalit so’zlar: Diskret tuzilmalar, algebraik tuzilmalar, to’plamlar, to’plamlar elementlari, to’plamga tegishliligi, universal to’plam, bo’sh to’plam, chekli(cheksiz) to’plamlar, xos to’plam, to’plamlarning berilish usullari.
1.1 Diskret tuzilmalar fani nimani o`rganadi? Algebraik tuzilmalar.
Diskret tushunchasi “uzluksizlik” tushunchasiga teskari tushuncha hisoblanib, to`plamlar nazariyasi, diskret avtomatlar nazariyasi, matematik mantiq, graflar va zanjirlar nazariyasi, kombunatorika, halqa va maydonlar nazariyasi, algebraik sistemalar va algoritmlar nazariyasi kabi bir qancha bo`limlardan iborat bo`ladi.

Diskret tuzilma(matematika)ning elementar kirish qismini o’rganmay turib, informatika va dasturlashdan muvaffaqiyatga erishib bo’lmaydi. Bundan ko’rinadiki, diskret (tuzilma)matematika fani “Informatika va hisoblash texnikasi”, “Raqamli qurilmalar va ularning matematik asoslari”, “Elektrotexnika” kabi fanlar bilan chambar – chas bog’liqdir. Mazkur fanning fundamental tushunchalari – to’plamlar, munosabatlar, kombinatorika, mantiq hamda graflar qiziqarli misollar tarzida tushunarli bayon qilingan. Nazariy bilimlar oliy matematikaning bo’limlaridan xabari bo’lmagan kishilar uchun ham tushunarli tilda yozilgan.


Hozirgi kunda diskret tuzilmalarga(matematikaga) bo‘lgan qiziqish oshib bormoqda. Oliy o‘quv yurtlari majburiy dasturlariga to‘plamlar nazariyasi, kombinatorika elementlari, matematik mantiq, graflar nazariyasi kurslari kiritilmoqda. Zamonaviy kompyuter texnologiyalari mutaxassislari matematikaning ushbu bo‘limlari axborot texnik tizimlar uchun zarur matematik ta‘minot nazariyasini yaratishda asos bo‘lishini anglab yetishdi.
Ushbu fanda nafaqat matematik mantiqning asosiy fundamental tushunchalari to‘g‘risida nazariy bilimlar va ularga oid misollar keltirilgan bo‘lib, undan tashqari matematik mantiqning texnikada, dasturlash texnologiyasida uchraydigan masalalrda qo‘llanilishi, tadbiqlariga real misollar va ularni yechish uchun uslubiy ko‘rsatmalar keltirilgan. Undan tashqari matemarik mantiqning asosiy masalaridan bo‘lgan Bul ifodalarini soddalashtirishda eng amaliy usul bo‘lgan Karno kartalari va ularning qo‘ollanilishiga oid nazariy bilimlar, amaliy misollar keltirilgan.

Yüklə 70,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə