3-Ma’ruza. Mulohazalar algebrasi. Mantiqiy bog‘lovchilar



Yüklə 324 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü324 Kb.
#149096
3-Ma’ruza. Mulohazalar algebrasi. Mantiqiy bog‘lovchilar


3-Ma’ruza. Mulohazalar algebrasi. Mantiqiy bog‘lovchilar.
Mulohaza.
Matematik mantiqning mulohazalar algebrasi deb atalgan ushbu bo‘limida asosiy tekshirish ob’yektlari bo‘lib gaplar xizmat qiladi. Mulohazalar algebrasida ma’nosiga ko‘ra chin (rost, haqqoniy, to‘g‘ri) yoki yolg‘on (noto‘g‘ri) bo‘lishi mumkin bo‘lgan gaplar bilangina shug‘ullaniladi.
Mulohazalar algebrasi mantiq algebrasi deb ham yuritiladi.
1- m i s o l . “Toshkent – O‘zbekistonning poytaxti.”, “Oy yer atrofida aylanadi.” va “Agar fuqaro oliy ta’lim muassasalaridan birini muvaffaqiyatli tamomlasa, u holda unga oliy ma’lumotliligini tasdiqlovch diplom beriladi.” degan gaplarning har biri chin, ammo “Yer oydan kichik.”, “ 5 <3” va “Ot, qo‘y, echki, it va mushuk uy hayvonlari emas.” degan gaplarning har biri esa yolg‘ondir. ■
Shuni ham ta’kidlash kerakki, ko‘pchilik gaplarning chin yoki yolg‘onligini darhol aniqlash qiyin. Masalan, “Bugungi tun kechagidan qorong‘iroq.” degan gap qaysi holda, qachon va qaysi joyda aytilishiga (tasdiqlanishiga) qarab chin ham, yolg‘on ham bo‘li shi mumkin. Albatta, chin yoki yolg‘onligini aniqlash imkoniyati bo‘lmagan gaplar ham bor. Masalan, “Oldimga kel!”, “Uyda bo‘ldingmi?”, “Yangi yil bilan tabriklayman!”, “Agar oldin bilganimda…” degan gaplar shunday gaplar jumlasira kiradi.
Bundan keyin, chin qiymatni, qisqacha, ch, yolg‘on qiymatni esa, yo bilan belgilaymiz. Yozuvni ixchamlashtirish maqsadida chin qiymat 1, yolg‘on qiymat esa, 0 bilan ham belgilanishi mumkin. Bunday belgilash mantiqiy qiymatni sonli qiymat bilan, aniqrog‘i, sonning ikkilik sanoq sistemasidagi ifodalanishi bilan aloqasini o‘rnatishda yordam beradi.
1- t a ’ r i f . Ma’nosiga ko‘ra faqat chin yoki yolg‘on qiymat qabul qila oladigan darak gap mulohaza deb ataladi.
Bu ta‘rifga ko‘ra har bir mulohaza muayyan holatda chin yoki yolg‘on bo‘lishi mumkin. Mulohazalarni belgilash uchun, asosan, lotin alifbosining kichik harflari (ba’zan indekslari bilan) ishlatiladi:
.
Shunday mulohazalar borki, ular mumkin bo‘lgan barcha hollarda (vaziyatlarda) ch (yoki yo) qiymat qabul qiladi. Bunday mulohazalar absolyut chin (yolg‘on) mulohazalar deb ataladi.
Mulohazalar algebrasida, odatda, muayyan o‘zgarmas mulohazalar (ch, yo) bilangina emas, balki istalgan mulohazalar bilan ham shug‘ullaniladi. Bu esa o‘zgaruvchi mulohaza tushunchasiga olib keladi. Agar berilgan mulohazani x deb belgilasak, u holda x ch yoki yo qiymat qabul qiladigan o‘zgaruvchi mulohazani ifodalaydi. Faqat bitta tasdiqni ifodalovchi mulohazani elementar (oddiy) mulohaza deb hisoblaymiz. Elementar mulohazalar qatoriga ch, yo o‘zgarmas mulohazalar ham kiradi.
O‘zbek tilidagi “emas”, “yoki”, “va”, “agar ... bo‘lsa, u holda … bo‘ladi”, “.... bo’ladi faqat va faqat .... bo’lsa”, shunda va faqat shundagina ...., qachonki ....” so‘zlar (bog‘lovchilar, so‘zlar majmuasi) vositasida mulohazalar ustidagi (orasidagi) mantiqiy amallar deb yuritiluvchi amallar ifodalanishi mumkin. Bu amallar yordamida elementar mulohazalardan murakkab mulohaza tuziladi (quriladi, yasaladi). 1- misolda bayon etilgan 1-, 2-, 4-va 5- mulohazalar elementar mulohazalarga, 3- va 6-mulohazalar esa murakkab mulohazalarga misol bo‘la oladi.
Mulohazalar ustidagi mantiqiy amallar matematik mantiqning elementar qismi hisoblangan mulohazalar mantiqi, ya’ni mulohazalar algebrasi qismida o‘rganiladi. Har ikkala atama (“mulohazalar mantiqi” va “mulohazalar algebrasi”) sinonim sifatida ishlatiladi, chunki ular mantiqning muayyan qismini ikki nuqtai nazardan ifodalaydi: u ham mantiqdir (o‘z predmetiga ko‘ra), ham algebradir (o‘z usuliga ko‘ra). Mulohazalar algebrasidagi mantiqiy amallar o‘ziga xos xususiyatlarga ega, chunki ularning tarkibiga kiruvchi mulohaza(lar) faqat ikki (ch, yo) qiymatdan birini qabul qilishi mumkin.
Mantiqiy amallarni o‘rganishdan oldin bu amallarda qatnashuvchi o‘zgaruvchilar qiymatlari kombinatsiyalari bilan tanishamiz. Berilgan bitta o‘zgaruvchi elementar mulohaza uchun ikkita ( ) mumkin bo‘lgan bir-biridan farqli qiymatlar satrlari bor:
ch.
yo,
Berilgan ikkita o‘zgaruvchi elementar mulohazalar uchun barcha mumkin bo‘lgan bir-biridan farqli qiymatlar satrlari kombinatsiy alari to‘rtta ( ):
ch. ch,
yo, ch,
ch, yo,
yo, yo,
O‘zgaruvchi elementar mulohazalar soni 3, 4 va hokazo bo‘lgan hollarda ham yuqoridagidek mumkin bo‘lgan qiymatlar satrlari kombinatsiyalarini yozish mumkin. Umuman olganda, berilgan n ta o‘zgaruvchi elementar mulohazalar uchun barcha mumkin bo‘lgan bir-biridan farqli qiymatlar satrlari kombinatsiyalari soni bo‘lishini osonlik bilan isbotlash mumkin (II bobdagi 3- paragrafga qarang). Agar biror amal tarkibiga kiruvchi operandlar (parametrlar, o‘zgaruvchi va hokazo) soni birga teng bo‘lsa, u holda bunday amal unar amal deb, operandlar soni ikkiga teng bo‘lganda esa, binar amal deb yuritiladi
ch. , ch , ... ch, ch, ch,
. .......... .......... ..........
yo, yo, , ... yo, yo, ch,
. .......... .......... ..........
ch, ch, , yo,... yo, yo,
yo, ch, , yo,... yo, yo,
ch, yo, , yo,... yo, yo,
yo, yo, , ... yo, yo, yo,
Matematik mantiqning ko‘pchilik bo‘limlarida chinlik jadvali deb ataluvchi jadvallardan foydalanish qulay hisoblanadi. Quyida unar va binar mantiqiy amallarning chinlik jadvallari keltiriladi.

Berilgan bitta x o‘zgaruvchi elementar mulohaza uchun bir-biridan farqli qiymatlar satrlari ikkita bo‘lgani sababli jami ta turli unar mantiqiy amallar bor. Barcha unar mantiqiy amallar ( ) natijalari 1- jadvalda (chinlik jadvalida) keltirilgan.
Berilgan ikkita x va y o‘zgaruvchi elementar mulohazalar uchun jami to‘rtta bir-biridan farqli qiymatlar satrlari kombinatsiyalari tuzish mumkin bo‘lgani sababli barcha turli binar mantiqiy amallar soni ga teng. Mumkin bo‘lgan barcha turli binar mantiqiy amallar ( ) natijalari 2- jadvalda (chinlik jadvalida) keltirilgan.
Mantiqiy amallarni yuqoridagi usul bilan o‘rganishni davom ettirib, berilgan uchta x , y , z o‘zgaruvchi elementar mulohazalar uchun hammasi bo‘lib sakkizta ( ) bir-biridan farqli qiymatlar satrlari kombinatsiyalari tuzish mumkinligini va, shu sababli, turli ta ternar mantiqiy amallar borligini ta’kidlaymiz. Tarkibidagi o‘zgaruvchi elementar mulohazalari to‘rtta bo‘lgan turli mantiqiy amallar esa ta.
Mulohazalar ustida mantiqiy amallar.
Asosiy mantiqiy amallar beshta bo‘lib, ulardan biri unar, to‘rttasi esa binar 2- jadval.



amaldir. Ular quyida bayon etilgan.
1. Inkor amali. Inkor amali mulohazalar mantiqining eng sodda amallaridan biri bo‘lib, u unar amaldir, ya’ni inkor amali bitta elementar mulohazaga nisbatan qo‘llaniladi.
2- t a ’ r i f . Berilgan x elementar mulohaza chin bo‘lganda yo qiymat qabul qiluvchi va, aksincha, x yolg‘on bo‘lganda ch qiymat qabul qiluvchi murakkab mulohaza x mulohazaning inkori deb ataladi.
“Berilgan mulohazaning inkori unga inkor amalini qo‘llab hosil qilindi” deb aytish mumkin. Inkor amali 1- jadvalda ifodalangan amalidan iborat bo‘lib, unga o‘zbek tilidagi “emas” bog’lovchisi mos keladi. Berilgan x mulohazaning inkori kabi belgilanadi. mulohaza “ x emas”
deb o‘qiladi. Inkor amalini belgilashda “ ” belgi ham qo‘llanilishi mumkin. Bu holda mulohazaning inkori shaklda yoziladi. x mulohazaning inkori uchun chinlik jadvali 3- jadval bo‘ladi (1- jadvalning x va ustunlariga qarang). 3- jadvalni inkor amalining ekvivalent ta’rifi sifatida ham qabul qilish mumkin.
3-jadval





yo

ch

ch

yo








0

1

1

0

2- m i s o l . “Bugun havo sovuq.” degan elementar mulohazasi x bilan


belgilangan bo‘lsa, uning inkori x “Bugun havo sovuq emas.” ko‘rinishdagi
murakkab mulohazadan iboratdir. ■

2. Kon’yunksiya (mantiqiy ko‘paytma) amali. Endi ikkita mulohazaga


nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan binar amallardan biri hisoblangan kon’yunksiya (mantiqiy ko‘paytma) amalini o‘rganamiz.
3- t a ’ r i f . Berilgan x va y elementar mulohazalar chin bo‘lgandagina ch qiymat qabul qilib, qolgan hollarda esa, yo qiymat qabul qiluvchi murakkab mulohaza x va y mulohazalarning kon’yunksiyasi deb ataladi.
“Berilgan mulohazalarning kon’yunksiyasi bu mulohazalarga kon’yunksiya amalini qo‘llab hosil qilindi” deb aytish mumkin. Kon’yunksiya amali 2- jadvalda ifodalangan amali bo‘lub, unga o‘zbek tilidagi “va” bog‘lovchisi mos keladi. Berilgan x va y elementar mulohazalar ustida bajariladigan kon’yunksiya (mantiqiy ko‘paytma) amalini belgilashda “ ” yoki “&” belgi qo‘llaniladi, ya’ni bu amal natijasida hosil bo‘lgan murakkab mulohaza (yoki x&y ) ko‘rinishda belgilanadi. Mantiqiy ko‘paytma amalini ifodalovchi “ ” yoki “ & ” belgi ba’zan yozilmasligi (masalan, x va y o‘zgaruvchi mulohazalarning mantiqiy ko‘paytmasi xy ko‘rinishda ifodalanishi), ba’zan esa, nuqta ( ) belgisi bilan almashtirilishi ( ko‘rinishda yozilishi) mumkin, ( x&y, , xy) mulohaza “ x va y ” deb o‘qiladi. x va y elementar mulohazalarning kon’yunksiyasi uchun chinlik jadvali 4- jadval bo‘ladi (2-jadvalning x , y va ustunlariga qarang).



y



0

0

0

0

1

0

1

0

0

1

1

1
4-jadval



y



yo

yo

yo

yo

ch

yo

ch

yo

yo

ch

ch

ch

3- m i s o l . “5 soni toq va tubdir.” ko‘rinishdagi murakkab mulohaza chindir, chunki berilgan mulohaza ikkita “5 soni toqdir.” va “5 soni tubdir.” elementar mulohazalar kon’yunksiyasi sifatida qaralishi mumkin hamda bu ikkita elementar mulohazalarning har biri chindir. ■
4- m i s o l . “10 soni 5ga qoldiqsiz bo‘linadi va 7>9.” murakkab mulohaza yolg‘on, chunki bu mulohaza ikkita “10 soni 5ga qoldiqsiz bo‘linadi.” va “7>9.” elementar mulohazalar kon’yunksiyasi sifatida qaralsa, bu ikkita elementar mulohazalardan biri, aniqrog‘i, “7>9.” mulohaza yolg‘ondir. ■
3. Diz’yunksiya (mantiqiy yig‘indi) amali. Mulohaza mantiqida ishlatiladigan yana bir binar amal, diz’yunksiya (mantiqiy yig‘indi) amali bo‘lib, unga o‘zbek tilidagi “yoki” bog‘lovchisi mos keladi. Shuni ta’kidlash joizki, “yoki” bog‘lovchisidan o‘zbek tilida ikki xil ma’noda foydalaniladi. Bu so‘z, birinchi holda, rad etuvchi “yoki”, ikkinchi holda esa rad etmaydigan “yoki” ma’nosida ishlatiladi. “Yoki” bog‘lovchisi rad etuvchi ma’noda ishlatilganda bog‘lanayotganlardan faqat bittasi, rad etmaydigan ma’noda ishlatilganda esa bog‘lanayotganlarning hech bo‘lmaganda biri ro‘yobga chiqishi nazarda tutiladi. Masalan, “Bugun yakshanba yoki men kinoga boraman.” murakkab mulohazani olaylik. Agar haqiqatdan ham bugun yakshanba bo‘lsa va men kinoga borsam, u holda bu mulohaza chinmi, yolg‘onmi? Agar yuqoridagi mulohaza yolg‘on deb hisoblansa, u holda “yoki” bog‘lovchisi rad etuvchi ma’noda, chin deb hisoblaganda esa “yoki” rad etmaydigan ma’noda ishlatilgan bo‘ladi. Lotincha “conjunctio” so‘zi o‘zbek tilida “bog‘layman” ma’nosini beradi. Lotincha “dizjunctio” so‘zi o‘zbek tilida “ajrataman” ma’nosini beradi.
Agar x va y mulohazalarning ikkalasi ham yolg‘on bo‘lsa, u holda “ x yoki y ” mulohazasi, shubhasiz, yolg‘on bo‘ladi. x chin va y yolg‘on bo‘lgan holda yoki x yolg‘on va y chin bo‘lganda, “ x yoki y ” mulohazani chin deb hisoblash kerak, bu esa o‘zbek tilidagi “yoki” bog‘lovchisining rad etmaydigan ma’nosiga to‘g‘ri keladi. Tabiiyki, har ikkala x va y mulohazalar chin bo‘lganda “ x yoki y ” mulohaza chin bo‘ladi.
4- t a ’ r i f . Berilgan x va y elementar mulohazalar yolg‘on bo‘lgandagina yo qiymat qabul qilib, qolgan hollarda esa, ch qiymat qabul qiluvchi murakkab mulohaza x va y mulohazalarning diz’yunksiyasi deb ataladi.
“Berilgan mulohazalarning diz’yunksiyasi bu mulohazalarga diz’yunksiya amalini qo‘llab hosil qilindi” deb aytish mumkin. Diz’yunksiya amali 2- jadvalda ifodalangan amali bo‘lub, unga o‘zbek tilidagi rad etmaydigan ma’noda ishlatiladigan “yoki” bog‘lovchisi mos keladi. Diz’yunksiya amalini belgilashda “ ” belgidan foydalaniladi. Berilgan x va y elementar mulohazaning diz’yunksiyasi “ ” kabi yoziladi va “ x yoki y ” deb o‘qiladi.
Berilgan x va y elementar mulohazalarning diz’yunksiyasi uchun chinlik jadvali 5-jadval bo‘ladi (2- jadvalning x , y va ustunlariga qarang).





y



0

0

0

0

1

1

1

0

1

1

1

1
5-jadval



y



yo

yo

yo

yo

ch

ch

ch

yo

Ch

ch

ch

Ch



5- m i s o l . “10 soni 5ga qoldiqsiz bo‘linadi yoki 7>9.” murakkab mulohaza chin, chunki berilgan mulohaza ikkita “10 soni 5ga qoldiqsiz bo‘linadi.” va “7>9.” elementar mulohazalar diz’yunksiyasi sifatida qaralishi mumkin hamda bu ikkita elementar mulohazalardan biri, aniqrog‘i, “10 soni 5ga qoldiqsiz bo‘linadi.” mulohazasi chindir. ■
4. Implikatsiya amali. Navbatdagi amalni o‘rganish maqsadida quyidagi misolni qarab chiqamiz.
6- m i s o l . Quyidagi mulohazalarni ko‘raylik:
1) “Agar 2x5=10 bo‘lsa, u holda 6x7=42 bo‘ladi.”;
2) “Agar 30 soni 5 ga qoldiqsiz bo‘linsa, u holda 5 juft son bo‘ladi.”;
3) “Agar 3=5 bo‘lsa, u holda 15+2=17 bo‘ladi.”;
4) “Agar 4x3=13 bo‘lsa, u holda 9+3=13 bo‘ladi.”.
Bular murakkab mulohazalar bo‘lib, ularning har biri ikkita elementar mulohazadan “agar ... bo‘lsa, u holda ... bo‘ladi” ko‘rinishdagi qolip (andoza, bog‘lovchilar) asosida tuzilgan. ■
5- t a ’ r i f . Berilgan x va y elementar mulohazalarning birinchisi chin va ikkinchisi yolg‘on bo‘lgandagina yo qiymat qabul qilib, qolgan hollarda esa, ch qiymat qabul qiluvchi murakkab mulohaza x va y mulohazalarning implikatsiyasi deb ataladi.
“Berilgan mulohazalarning implikatsiyasi bu mulohazalarga implikatsiya amalini qo‘llab hosil qilindi” deb aytish mumkin. Implikatsiya amali 2- jadvalda ifodalangan binar amaldir.
Implikatsiya amalini belgilashda “ ” (yoki “ ”) belgidan foydalaniladi. Shuni ta’kidlash kerakki, implikatsiya amali bajarilganda berilgan elementar mulohazalarning o‘rni, ya’ni ulardan qaysi birinchi va qaysi ikkinchi bo‘lishi muhimdir. Berilgan x va y elementar mulohazaning implikatsiyasi “ ” kabi yoziladi va “agar x bo‘lsa, u holda y (bo‘ladi)” deb o‘qiladi. implikatsiyani “ x dan y ga implikatsiya” deb ham yuritishadi. So‘zlashuv tilida implikatsiyani “ x bo‘lsa, y bo‘ladi”, “agar x bo‘lsa, u vaqtda y bo‘ladi”, “ x dan y hosil bo‘ladi”, “ x dan y kelib chiqadi”, “ y , agar x bo‘lsa”, “ x y uchun yetarli shart” va boshqacha o‘qish holat lari ham uchraydi. x va y elementar mulohazaning implikatsiyasi uchun x mulohaza Lotincha “implicatio” so‘zi o‘zbek tilida “o‘raman (chirmashtiraman)” ma’nosini, “implico” so‘zi esa “zich o‘raman, bog‘layman (birlashtiraman)” ma’nosini beradi.





y



0

0

1

0

1

1

1

0

0

1

1

1
6-jadval



y



yo

yo

ch

yo

ch

ch

ch

yo

yo

ch

ch

ch



asos (shart, gipoteza, dalil), y mulohaza esa x asosning oqibati (natijasi, xulosasi) deb ataladi. x va y mulohazalarning implikatsiyasi uchun chinlik jadvali 6- jadval bo‘ladi (2- jadvalning x , y va ustunlariga qarang).
Implikatsiya uchun chinlik jadvalining dastlabki ikkita satri yolg‘on asosdan yolg‘on xulosa ham, chin xulosa ham kelib chishi mumkinligini anglatadi. boshqacha qilib aytganda, “yolg‘ondan har bir narsani kutish mumkin”.
Implikatsiya uchun chinlik jadvalidan ko‘rinadiki, 2- misoldagi mulohazalarning ikkinchisi yolg‘on bo‘lib, qolganlari chindir.
5. Ekvivalensiya amali. Matematik mantiqda ko‘pchilik murakkab mulohazalar berilgan elementar mulohazalardan “… zarur va yetarlidir”, “… zarur va kifoyadir”, “faqat va faqat …”, “shunda va faqat shundagina, qachonki …”, “... bajarilishi yetarli va zarurdir” kabi qolip (andoza, bog‘lovchilar) vositasida tuziladi.
6- t a ’ r i f . Berilgan x va y elementar mulohazalarning ikkalasi ham bir xil qiymat qabul qilgandagina ch qiymat qabul qilib, ular turli qiymat qabul qilganda esa yo qiymat qabul qiluvchi murakkab mulohaza x va y mulohazalarning ekvivalensiyasi deb ataladi.
“Berilgan mulohazalarning ekvivalensiyasi bu mulohazalarga ekvivalensiya amalini qo‘llab hosil qilindi” deb aytish mumkin. Ekvivalensiya amali 2- jadvalda ifodalangan binar amaldir.
Ekvivalensiya amalini belgilashda “ “ (yoki “ ”) belgidan foydalaniladi. Berilgan x va y elementar mulohazaning ekvivalensiyasi (yoki ) kabi yoziladi va “ x ekvivalent y ” deb o‘qiladi. x va y mulohazaning ekvivalensiyasiga “ x bo‘lsa (bajarilsa), y bo‘ladi (bajariladi) va y bo‘lsa, x bo‘ladi” degan mulohaza mos keladi. Demak, x va y elementar mulohazaning ekvivalensiyasi ikkita va implikatsiyalarning kon’yunksiyasi ko‘rinishida ham ifodalanishi mumkin. Shuning uchun ekvivalensiya ikki tomonli implikatsiyadir. ekvivalensiyaga “ x dan y kelib chiqadi va y dan x kelib chiqadi” degan mulohazani ham mos qo‘yish mumkin. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, ekvivalensiyaga matematikada zaruriy va yetarli shartni ifodalovchi tasdiq mos keladi.
Berilgan x va y mulohazalarning ekvivalensiyasi uchun chinlik jadvali 7- jadval bo‘ladi (2- jadvalning x , y va ustunlariga qarang).





y



0

0

1

0

1

0

1

0

0

1

1

1
7-jadval



y



yo

yo

ch

yo

ch

yo

ch

yo

yo

ch

ch

ch



6- m i s o l . Ushbu tasdiqlarni tekshiramiz: ”Berilgan natural son 3ga qoldiqsiz bo‘linadi.”, ”Berilgan natural sonning o‘nli sanoq sistemasidagi yozuvini tashkil etuvchi raqamlar yig‘indisi 3ga qoldiqsiz bo‘linadi.”. Bu x va y mulohazalarning har biri elementar mulohaza bo‘lib, ularning ekvivalensiyasi murakkab mulohaza sifatida quyidagicha ifodalanishi mumkin: “Berilgan natural sonning 3ga qoldiqsiz bo‘linishi uchun uning o‘nli sanoq sistemasidagi yozuvini tashkil etuvchi raqamlar yig‘indisi 3ga qoldiqsiz bo‘linishi
yetarli va zarurdir.”. ■
Yuqorida keltirilgan inkor, kon’yunksiya, diz’yunksiya, implikatsiya va ekvivalensiya amallarining chinlik jadvallari asosiy chinlik jadvallari deb yuritiladi.
6. Boshqa mantiqiy amallar. Yuqorida bayon etilgan asosiy mantiqiy
amallar 20 ta turli unar va binar amallarning 5 tasidir, xolos. Qolgan 15 ta mantiqiy amallarning ham matematik mantiqda o‘z o‘rinlari bo‘lib, ularning ba’zilariga olimlarning nomlari qo‘yilgan.
Jumladan, binar mantiqiy amal Sheffer amali yoki Sheffer shtrixi degan nom olgan. Bu amalni, ba’zan, antikon’yunksiya amali deb ham atashadi. Sheffer amalini belgilashda “ | “ belgidan foydalaniladi. Berilgan x va y mulohazalarga Sheffer amalini qo‘llab x|y murakkab mulohaza hosil qilingan bo‘lsa, x|y yozuv “ x Sheffer shtrixi y ” deb o‘qiladi. x va y elementar mulohazalarga Sheffer amalini qo‘llash natijasi x|y mulohaza uchun chinlik jadvali 8- jadval bo‘ladi (2- jadvalning x , y va ustunlariga qarang).





y

x|y

0

0

1

0

1

1

1

0

1

1

1

0
8-jadval



y

x|y

yo

yo

ch

yo

ch

ch

ch

yo

ch

ch

ch

yo



Olimning nomi bilan atalgan yana bir mantiqiy amal binar mantiqiy amal bo‘lib, bu amal haqidagi dastlabki ma’lumotlarni Pirs e’lon qilgan. Bu amal Pirs strelkasi yoki Pirs amali degan nom olgan bo‘lib, uni, ba’zan, antidiz’yunksiya amali deb ham atashadi.
Pirs amalini belgilashda “ “ belgidan foydalaniladi. Berilgan x va y mulohazalarga Pirs amalini qo‘llab murakkab mulohaza hosil qilingan bo‘lsa, yozuv “ x Pirs strelkasi y ” deb o‘qiladi. x va y elementar mulohazalarga Pirs amalini qo‘llash natijasi mulohaza uchun chinlik jadvali 9- jadval bo‘ladi (2- jadvalning x , y va ustunlariga qarang).





y



0

0

1

0

1

0

1

0

0

1

1

0
8-jadval



y



yo

yo

ch

yo

ch

yo

ch

yo

yo

ch

ch

yo



Qolgan 3 ta unar va 10 ta binar mantiqiy amallarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
1. Unar amallar.
va amallar vositasida, mos ravishda, absolyut yolg‘on va absolyut chinni hosil qilish mumkin. amali esa x mulohazaning qiymatini o‘zgartirmaydi (1- jadvalga qarang).
2. Binar amallar.
va amallar vositasida, mos ravishda, absolyut yolg‘on va absolyut chinni hosil qilish mumkin. amali y dan x ga implikatsiya amalini ifodalaydi. va
amallari, mos ravishda, y dan x ga va x dan y ga implikatsiya inversiyasi amallaridir. amallar faqat bitta operandga bog‘liqdir. amaliga ikki modulli qo‘shish amali degan nom berilgan bo‘lib, bu amalni belgilashda belgidan foydalaniladi. Berilgan x va y mulohazalarga ikki modulli qo‘shish amalini qo‘llab murakkab mulohaza hosil qilinadi.
x|y bu amal Ukrainada tug‘ilgan AQShlik mantiqchi Henry Maurice Sheffer (1882-1964) nomi bilan bog‘liq. amali esa Pirs Charlz Sanders (Charles Sanders Peirce, 1839-1914) – AQShlik faylasuf, mantiqchi va matematik nomi bilan bog’liq. Bu amalni, ba’zan, Dagger funksiyasi yoki Vebb funksiyasi deb ham atashadi.
XULOSA
1. Matematik mantiq va diskret matematikasi hozirki zamon elektron qurilmalarining va
informatikaning nazariy asosi hisoblanadi.
2. “Matematik mantiq va diskret matematika” faninnig barcha tushunchalari mulohazalar va
ular ustida bajariladigan amallar tushunchasiga tayanadi.

№ Quyidagi Asosiy tushunchalarni ta’riflang?


1. matematik mantiq
2. diskret matematika
3. diskret texnika
4. mulohaza
5. inkor
6. dizyunksiya
7. konuynksiya
8. implikasiya
9. ekvivalensiya
10. Sheffer shtrixi
11. Pirs strelkasi
Sinov savollari
1. Quyidagi gaplarning qaysilari mulohaza bo‘lishini aniqlang:
a) “Qarshi shahri O‘zbekiston Respublikasida joylashgan.”;
b) “Bir piyola suv bering.”; d) “ 303 >45 ”;
c) “Oy Mars planetasining yo‘ldoshidir.”; f) “ 0 < a ”;
d) “Yashasin ozodlik!”; h) “Soat necha bo‘ldi?”.
2. Quyidagi mulohazalarning chin yoki yolg‘on ekanligini aniqlang:
a) {0, 1, 3, 2,7} to’plam R haqiqiy sonlar to’plamining qismi bo’ladi ;
b) “Yoshi o‘z otasining yoshidan katta odam yo‘q.”.
3. Quyidagi implikatsiyalarning qaysi birlari chin?
a) agar 2x2=4 bo‘lsa, u holda 3>2 bo‘ladi;
b) agar 2x2=4 bo‘lsa, u holda 3<2 bo‘ladi;
c) agar 2x2=4 bo‘lsa, u holda 3<2 bo‘ladi;
d) agar 2x2=5 bo‘lsa, u holda 3>4 bo‘ladi.
4. “Qodirova talabadir.” mulohazasi a bilan, “Qodirova ingliz tilini biladi.” mulohazasi esa b deb belgilangan bo‘lsin. U holda , b , ko‘rinishdagi murakkab mulohazalarni so‘zlar vositasida ifodalang hamda mumkin
bo‘lgan barcha vaziyatlarda bu mulohazalarning chin yoki yolg‘on bo‘lishini tekshirib
ko‘ring.
5. Mulohaza bo‘lishi mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan gaplarga 10 tadan misol keltiring.
6. Quyidagi murakkab mulohazalarga mos elementar mulohazalarni qandaydir harflar bilan
belgilab, ularni mantiqiy algebra amallari vositasida ifodalang:
a) “100 natural sondir va u 10ga qoldiqsiz bo‘linadi.”;
b) “Botirning yoshi o‘z singlisining yoshidan katta emas.”;
c) “Agar fuqaro o‘rta ma’lumotga ega bo‘lsa, u holda u oliy o‘quv muassasalaridan
birida o‘qishi mumkin.”.
7. Quyidagi mulohazalarni elementar va murakkab mulohazalarga ajrating va murakkab
mulohazalardagi bog‘lovchilarni toping:
a) “Natural son 10ga qoldiqsiz bo‘linishi uchun uning o‘nli sanoq sistemasidagi yozuvi 0
raqami bilan tugashi zarur va yetarlidir.”;
b) “Sanamning yoshi o‘z opasining yoshidan katta emas.”
c) “O‘zbek alifbosida 38ta harf bor.”;
d) “Agar fuqaro o‘rta ma’lumotga ega bo‘lsa, u holda u oliy o‘quv muassasalaridan birida o‘qishi mumkin.”.
8. Sheffer shtrixi ishtirok etgan mulohazaga misol keltiring.
9. Pirs strelkasi ishtirok etgan mulohazaga misol keltiring.
10. Ikkilik sanoq sistemasida yozilgan natural sonlar ustida qo‘shish va ko‘paytirish amallarini mos ravishda mantiqiy yig‘indi (diz’yunksiya) va mantiqiy ko‘paytma (kon’yunksiya) amallari bilan solishtiring.
Yüklə 324 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə