Inklyuziv ta’lim



Yüklə 22,77 Kb.
tarix12.12.2023
ölçüsü22,77 Kb.
#148884
inklyuziv talim mus ishi


“Inklyuziv ta’lim” fanidan 3-kurs (maktabgacha ta’lim yo‘nalishi) maxsus sirtqi bo‘limi talabasi Abduqayumova Shahrinisoning 1-mustaqil ish topshirig‘i


Siz yoritishingiz kerak bo’lgan masalalar quyidagilar:
Jadvalning chap tarafida berilgan tushunchalar bilan tanishing va jadvalning о‘ng tarafidagi keltirilgan mazkur tushunchalarga mos bо‘lgan sharhlarni toping. Tushunchalar va ularning sharhini о‘zaro moslab namunaga muvofiq rasmiylashtiring.


Namuna:

  1. e 6-d

2-j 7-h
3-b 8-g
4-f 9-i
5-c 10-a

1.

Inklyuziv ta’lim

a.

rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning jismoniy va ruhiy jihatdan rivojlanish xususiyatlarini, ularning ta’lim va tarbiyasi qonuniyatlarini o‘rganadigan fan

2.

Alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalar



b.

barqaror jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari tufayli hayotiy faoliyati cheklanganligi munosabati bilan davlat va jamiyat tomonidan ijtimoiy yordam ko‘rsatilishiga hamda o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslar

3.

Segregasion ta’lim

c.

bu model shaxsning jarohatlarini davolashni, organizmi funksiyalarini qayta tiklashni (reabilitasiya), ruhiy holatini izga solishni ilgari suradi

4.

Ijtimoiy moslashuv

d.

bu model barcha insonlarning jamiyatdagi teng huquqli ishtiroki va faoliyatini ta’minlash uchun alohida shaxslarni o‘zgartirish emas, balki jamiyatdagi to‘siqlarga barham berish g‘oyasini ilgari suradi

5.

Nogironlikning tibbiy modeli

e.

bolalarning alohida ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini hamda individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlarni ta’minlaydigan jarayon

6.

Nogironlikning ijtimoiy modeli

f.

shaxsning jamiyatda qabul qilingan insoniy qadriyat, maqsad, ahloqiy meyorlarni qabul qilishi va egallashi yo‘li bilan ijtimoiy muhit sharoitlariga moslashishi

7.

Deklarasiya

g.

xalqaro shartnomalarning bir turi

8.

Konvensiya



h.

umumsiyosiy tamoyillarni tantanali ravishda e’lon etish

9.

Nogironligi bo‘lgan bolalar

i.

nogironligi bo‘lganidan yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar, oila, pedagoglar, mutaxassislar, jamiyat va davlatning alohida e’tiboriga muhtoj bo‘lgan individual ehtiyojlarga ega bolalar

10.

Maxsus pedagogika

j.

bolalarga maxsus ta’lim asosida, ya’ni meyorda rivojlanayotgan bolalardan ajratilgan holda ta’lim va tarbiya berish

Yüklə 22,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə