Oila tushunchasi va oiladagi ijtimoiy munosabatlar



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix29.11.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#139999
1   2   3   4   5   6
oila-tushunchasi-va-oiladagi-ijtimoiy-munosabatlar-tizimi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№2 2022 
136 
normalar bo‘lmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari 
tamoyillariga zid bo‘lmagan mahalliy urf – odat va an’analar qo‘llaniladi”. 
Bunda o‘zbek xalqida kelin - kuyovga eskicha nikoh o‘qitish, shuningdek 
Respublikamizda yashovchi boshqa xalqlar, jumladan, ruslarda cherkovda nikoh 
o‘qitish, turklarda esa nikoh to‘yidan keyin hurmat belgisi sifatida kelin-kuyovni 
ma’lum muddat davomida oila a’zolari bilan gaplashmay yurishlari singari an’anaviy 
udumlar ko‘zda tutilgan. “Oila ham ijtimoiy institut, ham kichik guruh ekanligidan 
kelib chiqib, unga quyidagicha ta’rif berish mumkin: oila - bu uyushgan ijtimoiy 
guruh bo‘lib, uning a’zolari umumiy hayot, nikoh yoki qarindoshlik munosabatlari 
bilan, shuningdek, jamiyatning jismoniy ehtiyojlari tufayli ma’naviy javobgarlik 
bilan bog‘lanadi”[3]. 
Oila va uni xarakterlovchi turli mezonlarga koʻra quyidagilarga 
farqlanadi: 
1) Toʻliqligiga koʻra: toʻliq, notoʻliq, qayta tuzilgan( 2 nikoh) oilalar. 
2) Boʻgʻinlar soniga koʻra: nuklear (ota-ona va bolalardan iborat) va koʻp 
nomli(ikki va undan ortiq avloddan iborat oila aʼzolari birga yashovchi ) oila. 
3) Bolalar soniga koʻra: farzandiz, bir bolali, ikki bolali, uch- toʻrt bolali, besh 
va undan ortiq bolali oila. Masalan: AQSH, Fransiya,Germaniya, Gretsiya, Rossiya 
va boshqa rivojlangan davlatlarda toʻrt bolali oilalar koʻp bolali oilalar hisoblanadi. 
Oʻzbekistonda bunday oilalar, farzandlar soni oʻrtacha boʻlgan oilalar sirasiga kiradi. 
4) Er-xotinning ijtimoiy kelib chiqishiga koʻra: ishchilar, dehqonlar
xizmatchilar, ziyolilar, aralash tipdagi oilalar kiradi. 
5) Oilaning yoshiga koʻra: yosh oila (1 yilgacha, 3-5 yillik, 6-10 yillik turmush 
tajribasiga ega boʻlgan oilalar), oʻrta yishdagi oila, yetuk yoshdagi oila ( qariyalar 
oilasi) kabi oilalar. 
6) Er-xotinning maʼlumot saviyasiga koʻra: oliy maʼlumotli, oʻrta maxsus, oʻrta, 
tugatilmagan oʻrta, maxsus yordamchi maktab malumotiga va turli saviyadagi 
maʼlumotlarga ega boʻlgan er-xotinlardan tashkil topgan oila. 
7) Er-xotinning ota onasi, oilasining moddiy taʼminlanganlik darajasiga koʻra: 
qudalarning bir-biriga mos yoki ular orasida katta tafovut mavjudligi boʻyicha bir-
biriga mos boʻlmagan oilalar. 
8) Regional jihatlarga koʻra: shahar, qishloq, aralash tipdagi oilalar. 
9) Nikohdan qoniqqanlik saviyasiga koʻra: ajralish saviyasida, nikohdan 
qoniqqanlik darajasi, quyi darajali, oʻrta darajali oilalar. 
10) Oilada er-xotin orasidagi munosabatlariga koʻra: avtoritar, demokratik
liberal aralash tipdagi oilalar. 
11) Er-xotinning millatiga koʻra: bir millatli, baynalmilal oilalar. Baynalmilal 
oilalarni oʻz navbatida 2 boʻlish mumkin; 



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə