Turar joy tumaning asosiy funksional qismlari



Yüklə 54,5 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü54,5 Kb.
#134044
TURAR JOY HISOBLASH USULLARI; AHOLI JOYLASHISH TIZIMLARINI SHAKLLANTIRISHNING

TUMANNI REJAVIY YECHIMLAR CHIZMASI

  • rasm. Turar-joy tumanining kichik tumanlar va turar-joy guruhlariga taqsimlanish bosqichlari.

Turar-joy tumanlarini loyihalashtirish va qurishda eng muhim shartlardan biri shaharning arxitekturaviy-fazoviy kompozitsiyasini belgilab beruvchi ijtimoiy va shaharsozlik omillaridir.

  • Turar-joy tumanlarini loyihalashtirish va qurishda eng muhim shartlardan biri shaharning arxitekturaviy-fazoviy kompozitsiyasini belgilab beruvchi ijtimoiy va shaharsozlik omillaridir.
  • Turar-joy tumanlarini funksional-rejaviy tashkil etishda ijtimoiy talablar. Turar-joy tumani shahar yashash hududi rejaviy tuzilmasining asosiy elementi hisoblanadi va u shaharsozlikning ijtimoiy mazmunini tashkil etadi – aholi uchun maksimal qulayliklar yaratish va sanitar-gigiyenik me’yorlarga amal qilgan holda, shuningdek, qurilish iqtisodiyotini hisobga olgan holda qurilmalarning ko‘rimli arxitekturaviy manzarasini yaratishdir.
  • Maksimal qulayliklar yaratib berish deganda, aholi uchun har tomonlama qulay muhitni yaratish ko‘zda tutiladi. Bu aholiga xizmat ko‘rsatuvchi madaniy-maishiy tashkilotlar – maktab, bog‘chalar, do‘konlar, kinoteatrlar, klublar, sport inshootlari va x.k.larning zamonaviy sistemasini loyihalashdir, shuningdek, jamoat transporti, ko‘kalamzorlashtirish hamda, mahalliy milliy-maishiy talablardan kelib chiqib bo‘sh vaqtini o‘tkazish va marosimlar o‘tkazish joylari sistemasini tashkil etishdir.

Turar-joy tumani, kichik tumanni loyihalashda hal etiladigan masalalar:

  • Turar-joy tumani, kichik tumanni loyihalashda hal etiladigan masalalar:
  • turar-uylar va xizmat ko‘rsatish muassasalari turlarini to‘g‘ri tanlash; aholi talablarini maksimal qondirish va xizmat ko‘rsatish muassalaridan foydalanish qulayligini oshirish maqsadida ularni turar-joy tumani va kichik tumanda to‘g‘ri joylashtirish;
  • binolar va turar-joy tumanlari ichki muhitlarining sanitar-gigiyenik me’yorlar talablarini qondirish; insolatsiya va aeratsiyasini ta’minlash;
  • dam olish, sport bilan shug‘ullanish va bolalar o‘ynashi uchun ko‘kalamzorlashtirilgan hududlarni to‘g‘ri joylashtirish.
  • Turar-joy tumanlarining funksional-rejaviy tashkil etilishi estetik jihatdan to‘laqonli yashash muhitini yaratish, qurilmalarning ko‘rimli arxitekturaviy-fazoviy manzarasini shakllantirish, yashash muhitini kelajakda mukammallashtirish imkoniyatini yaratib berishi lozim.

O‘zbekistonning yashash hududlarini shakllantirishda asosiy ijtimoiy-iqtisodiy va shaharsozlik omillari. Yashash hududlarining – turar-joy tumani va kichik tumanlar strukturaviy birliklari shakllanishining umumiy prinsiplari turli tabiiy-iqlimiy sharoitlardagi barcha shaharlarga xosdir. Lekin shu bilan birga, O‘zbekistonning alohida hududlari o‘ziga xos tabiiy-iqlimiy, demografik va ijtimoiy-maishiy xususiyatlarga ega va ularni shaharning yashash hududlarini shakllantirishda hisobga olish zarur. Ushbu omillar majmuasini hisobga olish yashash sharoitlarini qulaylashtirishga yordam beradi va qurilmalarning o‘ziga xosligining shakllanishiga obyektiv asos bo‘lib xizmat qiladi.

  • O‘zbekistonning yashash hududlarini shakllantirishda asosiy ijtimoiy-iqtisodiy va shaharsozlik omillari. Yashash hududlarining – turar-joy tumani va kichik tumanlar strukturaviy birliklari shakllanishining umumiy prinsiplari turli tabiiy-iqlimiy sharoitlardagi barcha shaharlarga xosdir. Lekin shu bilan birga, O‘zbekistonning alohida hududlari o‘ziga xos tabiiy-iqlimiy, demografik va ijtimoiy-maishiy xususiyatlarga ega va ularni shaharning yashash hududlarini shakllantirishda hisobga olish zarur. Ushbu omillar majmuasini hisobga olish yashash sharoitlarini qulaylashtirishga yordam beradi va qurilmalarning o‘ziga xosligining shakllanishiga obyektiv asos bo‘lib xizmat qiladi.
  • Demografik holati jihatidan O‘zbekiston quyidagi xususiyatlarga ega:
  • aholi o‘sishining yuqoriligi;
  • oilaning yetarli darajada kattaligi;
  • tug‘ilish darajasining nisbatan yuqoriligi;
  • maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar nisbatining kattaligi.
  • Demografik holatning bu xususiyatlari turar-joy va jamoat qurilishi strukturasiga ta’sir ko‘rsatadi. Uning ta’sirining muhim tomonlaridan biri bu bolalar muassasalari va maktablarda o‘rinlar sonini oshirishdir.

Geografik joylashishidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston hududi eskidan o‘zlashtirilgan vodiylar, qumli cho‘llar va tog‘li hududlarni o‘z tarkibiga oladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston hududi keskin farq qiluvchi tabiiy-iqlimiy sharoitlarga ega va bu o‘z navbatida, aholining yashashi uchun qulay sharoitlarni yaratish uchun zarur bo‘lgan tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi.

  • Geografik joylashishidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston hududi eskidan o‘zlashtirilgan vodiylar, qumli cho‘llar va tog‘li hududlarni o‘z tarkibiga oladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston hududi keskin farq qiluvchi tabiiy-iqlimiy sharoitlarga ega va bu o‘z navbatida, aholining yashashi uchun qulay sharoitlarni yaratish uchun zarur bo‘lgan tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi.
  • Respublikaning barcha hududlariga xos bo‘lgan yilning iliq vaqti (6-9 oy), shuningdek, issiq vaqtning uzoqligi natijasida yashash sharoitining noqulay mikroiqlim shartlari yuzaga keladi. Iqlimning bu xususiyatlari nafaqat ko‘p qavatli uylar shakllanishida maishiy jarayonlarning bir qismini yilning yetarli darajada uzoq vaqtida ochiq havoda amalga oshirilishiga imkon yaratadi, balki kichik tumanlarni tashkil etishda ham aholining turmushi va dam olishini ochiq havoda o‘tkazishi imkonini beradi. Yozda quyosh radiatsiyasining doimiyligi, yuqori harorat va havoning namlik darajasining pastligi, atmosfera yog‘inlarining deyarli yo‘qligi yashash hududlarida ko‘kalamzor hududlar tashkil etish chora tadbirlariga ehtiyojni keltirib chiqaradi.

Yüklə 54,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə