Bolalarda nutq madaniyatini shakllantirishga



Yüklə 317,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü317,3 Kb.
#145178
  1   2
bolalarda-nutq-madaniyatini-shakllantirishga-ta-sir-etuvchi-omillar




192
-
BOLALARDA NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHGA 
TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Adizova Gulzoda TDPU 
“Pedagogika va psixologiya” 
fakulteti magistranti
Abduaxatova E’zoza TDPU 
“Pedagogika va psixologiya” 
fakulteti talabasi
Annotatsiya:
 
Mazkur maqolada o‘quvchi-yoshlarda nutq madaniyatini 
shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar haqida fikr yuritiladi.Shuningdek, o‘quvchi-
yoshlarda nutq madaniyatini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillarning ahamiyati va 
zaruriyati, mazmuni va mohiyati hamda o‘ziga xos xususiyatlari o‘z aksini topgan.
Tayanch so’zlar
:
Ta’lim, tarbiya, talaba-yoshlar, nutq, qobilyat, ijodkorlik, 
muloqot, kognitivlik, komunikativlik, xotira, diqqat, dunyoqarash, salomatlik, sog’lom 
turmush tarsi, ma`naviy-ahloqiy barkamollik, shaxs, yetuk mutaxassis, ma’rifat 
madaniyat 
O‘sib kenlayotgan bola shaxsining madaniyati uning axloqi, odobi, xulqi, 
insoniylik sifat va fazilatlari bilan belgilanadi. Bolada shakllanadigan nutq madaniyati 
madaniy, aqliy, xuquqiy, diniy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi va 
tarkib topadi. Mazkur bilimlar o‘z navbatida bola shaxsining madaniyatlilik darajasi 
va ko‘rsatkichlari hamda ulardagi shaxsiy sifat va fazilatlarni kamol topishiga, kelajakda 
yetuk inson sifatida jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishga imkon beradi. Demak, bola 
shaxsida madaniyat o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. U egallangan bilim, ko‘nikma va 
malakaklar ta’sirida ro‘yobga chiqadi. Madaniyat - jamiyatning muayyan a’zosi ya’ni 
bola shaxsining turli faoliyati (o‘quv, o‘yin, mehnat) jarayonida to‘plangan barcha ijobiy, 
aqliy yutuqlar majmuasi sanaladi.
Ijodkor pedagog bola shaxsining nutq madaniyatini shakllantirishda orttirilgan 
boy tajribalar bilan bir qatorda xorij tajribalaridan ham kengroq foydalanishga e’tibor 
qaratishi maqsadga muvoffiq sanaladi. Bunda tarbiyachi - pedagogning tashabbuskorligi, 
krieativligi, kamunikativligi, kognitivligi va refleksiv yondashishi natijasida bola shaxsi 
ajdodlar tarixi va madaniyati, adabiyoti, san’ati, an’analari va urf-odatlari haqida chuqur 
bilim egallaydi. Madaniyatlararo konpetensiyalarni o‘rganish orqali talabalarning 
davlatlararo madaniy merosiga bo‘lgan qiziqishi va salohiyati oshadi. Til - aloqa vositasi 
bo‘lsa, nutq - aloqa shaklidir. Inson hayotida har ikkisining ham o‘rni beqiyosdir. Nutq 
shaxslararo muloqotni ta‘minlovchi vositadir. Inson dunyoga kelibdiki, atrof-muhitda 
u bilan birga bo‘lgan insonlar bilan muloqot jarayonida bo‘ladi. Aslini olganda bu 
muloqotning poydevori ona qornida shakllanadi. Bola ona qornida 3 oylik bo‘lganida 
uning yuragi ura boshlaydi. Aynan shu davrda bola onaning psixologik holatini his qiladi
hamda tovushlarni eshitadi. Bu davrda onaning bolasi bilan muloqot qilishi muhim 
ahamiyatga ega hisoblanadi. Shaxs tarbiyasining negizi ham onaning homiladorlik davriga 
borib taqaladi. Bu holat olimlar tomonidan ham o‘z isbotini topgan. Shu mavzudagi 



193
-
turli rivoyatlar bizgacha yetib kelgan. Rivoyat qilishlaricha , bir donishmandning oldiga 
6 oylik bolani tarbiyalab bering, deb olib borishadi. Shunda donishmand so‘raydi, 
“Bolangiz necha oylik bo‘ldi?” desa. “ Bolamiz 6 oylik bo‘ldi “ deb javob qaytarishadi. 
“ Bola tarbiyasiga 6 oy kechikibsizlar” deb javob beradi, donishmand. Shunday ekan, 
biz tarbiyani ona qornidan boshlashimiz zarur bo‘lgani kabi, muloqotni ham shu davrdan 
boshlashimiz lozim. Bu muloqot jarayoni u dunyoga kelgach, alla orqali bevosita olib 
boriladi.
Bola tug‘ilgandan so‘ng, ona o‘z mehrini alla ohanglariga tushirib, bolasini 
allalaydi, ovutadi, butun dil isxorlarini eshilib sochilib kuylaydi. Bola alla orqali birinchi 
navbatda onasini muhabbatini, mehrini sezadi, tovushlar va kuy bilan tanishadi, orom 
olib yotadi. Ammo bugungi kunda dilni xira qiladigan bir holat borki, aksariyat yosh 
onalar bolalariga alla aytishmaydi, yoxud alla aytishni bilishmaydi, go‘yoki eskicha 
qarash qabig‘ida ish tutadi. Oqibatda buning salbiy ta‘siri yillar o‘tgach , namoyon 
bo‘ladi. Alla bolada nutqning tezroq vujudga kelishiga yordam beradi. Masalan, alla 
ko‘p eshitgan bolalar, beshikda yotgan paytida onasi aytgan alla tembriga mos ravishda 
tovushlarni chiqarib o‘zlariga-o‘zlari alla aytadilar. Bu o‘z-o‘zidan bolada tovushga 
taqlidchilikni vujudga keltirib, muloqotga kirishishiga imkon yaratadi. Psixolog 
olimlarning fikricha, bolani besh-oylikdan boshlab nutqni tushunishga o‘rgata boshlash 
kerak. Buning uchun bolaga, biror predmetni nomini bir necha marta aytib, takror 
takror eslatib ko‘rsatish kerak. Bu holat bir necha marotaba takrorlangach, keyingi 
safar shu predmetni ko‘zi bilan qidira boshlaydi. Bu narsa bolaning kattalar nutqiga
tushuna boshlashini bildiradi. Bola nutqini shakllantirishda nafaqat muloqot qilish 
balki, ularda sensor motorikani shakllantirish ham, samarali natija beradi. Bolada yirik 
va mayda motorikalarni rivojlantirish, miya faoliyatiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatib, nutqining
rivojlanishiga, tafakkur, idrok, xotiraning shakllanishiga motivatsiya beradi. Bola 
nutqining noto‘g‘ri shaklkanishi va buzilishining yana bir sababi, ikki tilda so‘zlashuv 
muhitidir. Ayrim ota-onalar farzandini ikki tilni baravar o‘rganishini xohlaydilar va o‘z 
ona tilida ravon so‘zlay olmagan bolalariga boshqa xorijiy tillarni o‘rgatishga harakat 
qilishadi. Natijada o‘z ona tilining grammatik qurilishini yaxshi bilmagan bola, o‘zga
tilni ham mukammal o‘zlashtira olmaydi, bola nutqida ikki til qorishmasi yuzaga 
keladi. Na, u tilda na bu tilda aniq va ravon gapira olmaydi. Yoki ota-onalar va pedagog 
tarbiyachilar bola nutqini rivojlantirishda aniq rejali yondashishi kerak bo‘ladi.
Jadidchi olimlarda Mahmudxo‘ja Behbudiyning shunday so‘zlari bor: “ Avval biz 
musulmon bo‘laylik, o‘z o‘zbek tilimizni bilaylik, ana undan keyin ikkita emas, to‘rtta 
tilni o‘rganaylik.” Bu til o‘rganishga nisbatan sharqona qarashning namunasi bo‘lsa, 
g‘arbda ham til o‘rganishga nisbatan bir qancha fikrlar mavjud.
Y.I. Tixeyeva o‘zining ilmiy qarashlarida, bolalarni o‘qitishda dastlab o‘z ona 
tilisini o‘rgatish, uni mukammal o‘zlashtirishini maqsadga muvoffiq deb hisoblaydi.
Yuqoridagi muammolarni bartaraf etishda, Maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 
oila hamkorligi nihoyatda muhimdir. Bunda tarbiyachi-pedagog bolalarning ota-onasi 
bilan muloqotda bo‘lishi kerak. Pedagog bolaning psixologik va fizologik holatini 
hisobga olib, ta‘lim-tarbiya jarayonini olib borishi lozim. O‘z-o‘zidan buni qanday 
amalga oshirish mumkin degan savol tug‘iladi. Avvalambor, tarbiyachi bola bilan 



194
-
do‘stona munosabatda bo‘lishi, uning ehtiyoji nimada ekanligini bilishi kerak. Bolani 
psixologiyasi va fizologiyasini o‘rgangach, muammoning yechimini ham shunga 
qarab izlaydi. Keyingi bosqichda, metodlardan foydalangan holda, bolaning nutqidagi
nuqsonini yo‘qotishga kirishadi, uni so‘zlashga o‘rgatadi. Maktabgacha yoshdagi 
bolalarning asosiy faoliyati o‘yin bo‘lganligi sababli, o‘yin davomida bolani to‘g‘ri 
talaffuzga tiniq gapirishga, gaplarni grammatik jihatdan to‘g‘ri qurishga o‘rgatiladi. 
Bolalar nutqining buzilishiga sabab bo‘ladigan yana bir omil bu- badiiy til va 
sheva o‘rtasidagi nomutanosiblikdir. Pedagogga qo‘yilgan talablarga ko‘ra, pedagog o‘z 
nutqida, jargonlardan, shevadan foydalanishi qat‘iyan man etiladi. Shu sababli tarbiyachi 
adabiy tilda gapirishi maqsadga muvofiqdir. Biroq shu yerda yana bir ziddiyat kelib 
chiqadi. Bola pedagogning nutqi orqali badiy tilda so‘zlashishni o‘rgandi, vaholanki 
oilada shevada muloqot qilish kuzatiladi. Bu bolada ikkilanishni yuzaga keltiradi. Bu 
jarayonda pedagogning ham shevada so‘zlashishi muammoga yechim bo‘la olmaydi.
Keyinchalik maktabga chiqqandan so‘ng ham qiynaladi. Chunki, bola o‘qiyotgan 
adabiyotlar badiiy tilda yozilgan bo‘ladi. Bu holat yuz bermasligi uchun, bola bilan 
imkon qadar badiy tilda gaplashish ko‘cha so‘zlardan foydalanmaslik muhim hisoblanadi.
Bunda mas’uliyat ham ota- onaning ham tarbiyachining zimmasiga yuklanadi. Bolalarni 
badiiy tilga o‘rgatishda ertaklar, she‘rlar qo‘shiqlardan foydalaniladi. Bu bolalarda badiiy 
til savodxonligini to‘g‘ri shakllanishiga yordam beradi. Ba‘zan ko‘z ilg‘amas, arzimas 
bo‘lib ko‘ringan xatoliklar katta muammolarning ildiz otishiga imkoniyat yaratadi.
Nutq deganda biz faqatgina ravon so‘zlashni emas, balki chiroyli, emotsiyalar bilan 
so‘zlashni inobatga olishimiz kerak. Shu bilan birgalikda, odob doirasida, madaniyatli 
muloqot qilishni ham o‘rganishimiz va o‘rgatishimiz lozim. 
Farzand tarbiyasi haqida so‘z borganda, biz onani va pedagogni ma‘sul qilib 
ko‘rsatamiz, biroq bu borada otaning o‘rni ham beqiyosdir. Masalan, uzoqqa bormay, 
hayotiy misollardan oladigan bo‘lsak, ayrim otalar o‘g‘il farzandlariga so‘kinish so‘zlarini 
o‘rgatishadi va bola buni o‘rganib takrorlaganda kerilib xursand ham bo‘lib qo‘yishadi. 
Lekin bu birinchidan, bola nutqida aytadigan doimiy so‘zga aylanadi va o‘z tengqurlari 
hamda o‘zidan kattalarga ham qaytaradi. Ikkinchidan, so‘kinish bilan muloqot qilish 
bola tarbiyasiga juda salbiy ta‘sir ko‘rsatib, keyinchalik bolada axloqiy me‘yorlarning 
buzilishiga sabab bo‘ladi. Buning oldini olmaslik, qadriyatlarning toptalishiga hamda 
axloqsizlikning tup qo‘yib, palak yozishiga imkoniyat yaratib beradi.

Yüklə 317,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə