Tasdiqlayman” Kafedra mudiri b f. f d.(PhD). I. Z. Baxramov Laboratoriya mashg`uloti-3 Mavzu: Patologik anatomiyaning tekshirish usullari Ishdan maqsad



Yüklə 28,02 Kb.
səhifə1/5
tarix15.09.2023
ölçüsü28,02 Kb.
#122063
  1   2   3   4   5
P-LAB-3


TASDIQLAYMAN”
Kafedra mudiri ___________
b.f.f.d.(PhD). I.Z. Baxramov
Laboratoriya mashg`uloti-3
Mavzu: Patologik anatomiyaning tekshirish usullari
Ishdan maqsad: Patologik anatomiyaning vazifalarini hal qilishda olib boriladigan tekshirish usullari, qo`llaniladigan vositalar, ularning ahamiyati haqida tasavvur hosil qilish. Eksperiment tajribada asosiy tekshirish usullari bilan tanishish, organizmning holatiga ko`ra yuz beradigan o`zgarishlarni, ularning oqibatlarini o`rganish.
Kerakli jihozlar: Mavzuga oid slaydlar, texnika vositalari, laboratoriya ishlanmalari, doimiy mikropreparatlar, mikroskop. Shtativ ilmoqchasi bilan preparoval asboblar, katta va kichik qaychilar, pinsetlar, 0,15 %, 0,35 %, 0,50 % va 1,00 %, 1,0 % li sulfat kislota eritmasi solingan stakanlar, baqani yuvish uchun suv solingan stakan.
Nazariy tushuncha: Patologiya grekcha «pathos»«kasallik», «logos» – «ilm» so‘zlaridan olingan bo‘lib, kasallikning asosini va kelib chiqishini o‘rganuvchi fan. Umumiy va xususiy patologiya tafovut qilinadi.
Umumiy patologiya kasallik va patologik jarayonlarni rivojlanish qonuniyatlarini: ularning sababi (etiologiya), mexanizmi (patogenez), kechishi va oqibatini o‘rganadi. Umumiy patologiyani o‘rganish turli kasallikni rivojlanish qonuniyatlarini, ularning irsiyatga va immunitetning holatiga bog‘liqligini tushunishga asos soladi.
Xususiy patologiya kasalliklar tasnifini, ayrim kasalliklarni rivojlanish qonuniyatlari, ularning asorati va oqibatini o‘rganadi.
Patologiya patologik fiziologiya va patologik anatomiyaga bo‘linadi. Patologik fiziologiya, fiziologik usullardan foydalangan holda kasal organizmdagi funksional o‘zgarishlarni o‘rganadi, patologik jarayonlarning kelib chiqish, paydo bo‘lish, kechish va oqibatlarining umumiy qonuniyatlarini belgilaydi.
Odamda uchraydigan kasalliklarning strukturaviy asoslari organizm, organ, to`qimalar, hujayralar, hujayra ichidagi strukturalar va molekulalar doirasida organiladi. Ayni vaqtda kasallikning asosida yotgan struktura o'zgarishlari dag'al va katta, oddiy ko‘zga ko'rinadigan bolishi mumkin (anatomik o'zgarishlar). Lekin ular mayda, ko`z ilg'amaydigan, faqat mikroskop bilan tekshirilgandagina topiladigan bo'lishi mumkin.
Patologik anatomiya yuqorida aytib o'tilgan vazifalarini hal qilish yo'lida uchta asosiy tekshirish usullaridan foydalanadi: autopsiya, biopsiya, insonda uchraydigan kasalliklarni ilmiy tajribada vujudga keltirish.

Yüklə 28,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə