Sifat xarajatlari hisobini yuritish



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix05.10.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#125589
sifat-xarajatlari-hisobini-yuritish



[271] 
SIFAT XARAJATLARI HISOBINI YURITISH 
Shaxobov Shoxrux Qurbon o’g'li 
Toshkent Davlat Transport universiteti 
Buxgalteriya hisobi yo’nalishi, 2 kurs magistri 
Annotatsiya:
Maqolada sanoat korxonalarida sifat bilan bog‘liq xarajatlar hisobini 
yuritishda boshqaruv hisobining o‘rni, mahsulot tannarxini kalkulyasiya qilishda sifat bilan 
bog‘liq xarajatlarni aks ettirish masalalari, sohaviy xususiyatlar, sifatni boshqarishda 
buxgalteriya hisobiga oid jihatlari yoritilgan.
Kalit so‘zlar
: buxgalteriya hisobi, mahsulot tannarxi, sifatni boshqarish hisobi, 
sifatni baholash, mahsulot bahosi.
O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantrishning eng muhim vazifalaridan
biri iqtisodiy o‘sishni jonlantirish va aholining turmush darajasini oshirish uchun qulay 
sharoitlarni yaratish hisoblanadi. Mazkur vazifani amalga oshirish va ta’minlashning zarur 
sharti respublika hududlarining investitsion salohiyatini oshirish va ushbu jarayonni 
muvaffaqiyatli olib borishga hududlarning geografik joylashuvi, tabiiy resurslarning 
mavjudligi, uning zahirasi, mehnat resurslarning soni, yoshi va malakasi, shuningdek, 
hududlarda bir necha yillardan beri saqlanib kelinayotgan ixtisoslashuv darajasi, 
infratuzilmalarning holati kabi bir qancha omillarni inobatga olish asosiy shartlardan 
hisoblanadi.
Bugungi kunda iqtisodiyotni modernizatsiyalash, islohotlarni chuqurlashtirish, yangi 
ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, amalda faoliyat yuritayotgan texnika va
texnologiyalarni yangilash investitsion jarayonlarni nechog‘li to‘g‘ri va samarali amalga
oshirishga bog‘liqdir. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyev
tomonidan iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonlarini izchillik bilan amalga oshirishda 
investitsion siyosatni to‘g‘ri va aniq maqsadlarni ko‘zlagan holda olib borishga alohida 
e’tibor qaratilishi ta’kidlab o‘tilgan (Mirziyoev, 2017). Shu maqsadda xorijiy investitsiyalar 
va kreditlarni o‘zlashtirishga hamda ulardan samarali foydalanish masalalariga urg‘u 
berilmoqda.
Mamlakatimizda mahsulot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlar
faoliyatini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilashni davom ettirish, 


[272] 
sanoat korxonalarining iqtisodiyotdagi o‘rnini barqaror rivojlantirish uchun qulay shart-
sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu bilan birga, korxonalarda ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirish va ularning bir maromda faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirish, 
sifat jihatidan xalqaro standartlarga javob beruvchi mahsulotlar ishlab chiqarish va pirovard 
natijada bunday mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish hajmini oshirish kabi masalalar 
mamlakatimizda izchil rivojlanmoqda. Shuni nazarda tutish lozimki, ishlab chiqarilgan 
mahsulotning sifat darajasi va uning mahsulot tannarxidagi o‘rni, boshqacha aytganda 
aynan sifatni yaxshilash bilan bog‘liq xarajatlar hisobini to‘g‘ri tashkil etish, sifatni 
yaxshilashga qilingan xarajatlar samaradorligini baholash bugungi kunning dolzarb
masalalaridan biridir.
Prezidentimiz Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, bunday samaraga erishish uchun 
“Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy 
moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini 
amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali 
foydalanish orqali erishish mumkin bo‘ladi”. Bunday ijobiy samaralarga erishishning 
asosiy yo‘llaridan biri bu sifat jihatidan jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlar 
ishlab chiqarishni ko‘paytirishdir. 
Inson xavfsizligini ta’minlovchi mahsulotlarning narxidan qat’iy nazar, ularning sifati 
eng yuqori darajada bo‘lishi shart. Qimmat xom ashyo va mehnatdan foydalanib ishlab 
chiqarilgan mahsulotning maqbul sifat chegarasi oddiy iste’mol tovarlarining chegarasidan 
tabiiy ravishda baland bo‘ladi. 
Korxonada mahsulot sifatini oshirish uchun qilingan har qanday harakat xarajatsiz 
bo‘lmaydi, buxgalteriya va boshqaruv hisobida bu masalaga oydinlik kirtiladi. Sifat 
boshqaruvini amalga oshirishda xarajatlarni turkumlarga bo‘lib olish ularni optimal 
boshqarishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. CHunki vujudga kelishi kutilgan xarajatlarga muqobil 
rejalar ishlab chiqish yoki ularni me’yoriy ravishda hisobga olib mahsulotga rejaviy narxlar 
belgilanadi. Aks holda, mahsulot narxining asossiz ortishi va iqtisodiy zarar ko‘payishi 
kuzatiladi.


[273] 
Har qanday mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, aholi turmush 
sharoiti farovonligini yanada oshirish bevosita ishlab chiqarish tarmog‘ining
samaradorligiga bog‘liq. Chunki, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish – bozor
munosabatlari sharoitida korxonaning xo‘jalik faoliyati natijalarini umumlashtiruvchi 
asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi.
Mahsulot sifatining yuqori bo‘lishi mahsulotning raqobatbardoshliligini belgilovchi
asosiy omillardan biri hisoblanadi va u juda ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib, bu o‘z navbatida 
turli sarf-xarajatlarni keltirib chiqaradi. Albatta mahsulot sifatining oshishi eksport 
hajmining oshishiga keskin ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’lumki, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini tashkil etuvchi
ko‘rsatkichlarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishdan maqsad sodir etilgan xo‘jalik
operatsiyalarini haqqoniy aniqlash hamda soliqqa tortishda qo‘llanilayotgan tartibning 
me’yoriy – huquqiy hujjatlarda keltirilgan talablarga mos kelishini aniqlashdan iborat.
Sifatni boshqarish xarajatlari auditini o‘tkazishda auditor mahsulot sifati uchun 
sarflangan xarajatlarni aniqlashda yuqorida ta’kidlangan schetlardagi ma’lumotlardan 
foydalanib o‘z ishini tezda tugatishga erishadi va bunday xarajatlarning korxonada tutgan 
o‘rni yuzasidan maqbul qarorga keladi.
Mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishda 
sarflanadigan xarajatlar jumladan, asosiy xarajatlardan biri hisoblangan sotib olinadigan 
xom ashyoni tanlay bilish, ularni zamonaviy texnologiyalar asosida saqlash va qayta ishlash 
jarayonida undan tejab-tergab foydalanishga bo‘lgan e’tibor kun sayin ortib bormoqda. 
Chunki, ayrim mahsulot ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalarida mahsulot tannarxining 
asosiy qismini unga sarflangan xom ashyo va qo‘shimcha yarim tayyor mahsulotlar tashkil 
etadi.
Mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik 
faoliyatlari kengayib bormoqda. Ular sherikchilik asosida sifatli mahsulotlar ishlab 
chiqarishda o‘zaro manfaatli faoliyatlarni amalga oshirmoqdalar.Buning natijasida yuqori 
sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Chunki raqobatga faqatgina sifatli mahsulot bilan 


[274] 
jahon bozoriga chiqilishini inobatga olsak, bunday mahsulotlar uchun sarflanadigan 
xarajatlarni to‘g‘ri hisobga olish muhim o‘rin tutadi.
Bugungi kunda xalqimizning ehtiyojlarini to‘liq qondira oladigan mahsulotlar ishlab 
chiqarish borasida olimlar tomonidan turlicha izlanishlar olib borilishi (mahsulotlarga 
turlicha dizaynlar kiritish, sinovdan o‘tkazish va boshqalar) sifat bilan bog‘liq bo‘lgan 
xarajatlarning oshishiga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli ham sifat bilan bog‘liq xarajatlarni 
aniqlash va to‘g‘ri hisobga olish korxona rahbari va buxgalterlari oldidagi muhim 
masalalardan biri hisoblanadi.
Adabiyotlar: 
1. Qosimova N. S. O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlikni tashkil etish masalalari:– 
Toshkent: TDIU, 2017yil, 165 b.
2. Madiyarov G‘.A. Iste’mol mahsulotlarida marketing tizimini rivojlantirilishi: Iqt. 
fan. nom dis...avtoref. –T.: TDIU, 2018yil, 23 b.
3. Murodova N.Q. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlashning nazariy asoslarini takomillashtirish:–T.: 2016 yil, 44 b.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə