Reja: Kirish Asosiy qism



Yüklə 3,43 Mb.
səhifə1/3
tarix27.05.2023
ölçüsü3,43 Mb.
#113582
  1   2   3
Fond bozori instrumentlari kurs ishi


Fond bozori instrumentlari

Reja:
Kirish


Asosiy qism
Fond bozorining mazmuni, iqtisodiyotdagi ahamiyati va o`rni.
Fond bozorini tartibga solishning huquqiy-iqtisodiy asoslari
Fond bozori instrumentlari tasnifi va tavsifi
Jahon fond bozorining rivojlanishi tendensiyalari va muammolari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

KIRISH
Bugungi kunning eng dolzarb muammosi – bu 2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi va inqirozdan kiyingi ta‘siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo`llarini izlashdan iborat1.


O`zbekistonning bozor munosabatlariga o`tishi, ayniqsa, muomala sohasida tub o`zgarishlar bilan birgalikda ro`y berishi kuzatilmoqda. Bozor iqtisodiyotida muomala sohasining asosiy elementlaridan biri birjalar hisoblanadi. Zamonaviy bozor tizimiga kiradigan birjalar jamiyatda mahsulot ishlab chiqarish aylanmasining tezlashuviga va kengaytirilgan ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligiga xizmat qiladi. Birjalar tufayli tovarlarning muomalada bo`lish vaqtining qsqarishi asosiy fondlar va mehnat vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirai, bank kreditlari va aylanma vositalarga ehtiyojni kamaytiradi va shu tariqa boshqa tarmoqlarga yo`naltirilgan resurslar hajmini oshirishga imkon beradi. shu sababli birja tizimi orqali mablag`lar aylanish tezligini oshirish hozirgi kunda dolzarb sanalgan asosiy iqtisodiy vazifalardan biri sanaladi.
Davlatimiz va iqtisodiyotimizning uzoq davomli kelajagini va manfaatlarini ko`zlab, strategik va ustuvor dasturlarni amalga oshirishda, boshimizdan kechirgan og`ir va keskin vaziyatlardan chiqishda, bugun ko`pchilik qatorida moliyaviy- iqtisodiy inqiroz ta‘sirini bartaraf qilishda davlat boshqaruv tizimi va usullariga suyanish va ularning rolini kengaytirish va kuchaytirish o`zini to`la oqlab berganini hayotimizning o`zi tasdiqlab berdi va bermoqda.2
Har bir mamlakatda iqtisodiy o‘sishni, milliy valyuta va narxlar barqarorligini
ta’minlash hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni saqlab qolish o‘ta muhim makroiqtisodiy vazifalardan biri hisoblanadi. Makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash esa, har bir mamlakat Hukumati hamda Markaziy bankining zimmasiga yuklangan.
Makroitqiodiy barqarorlikning muhim shartlaridan biri narxlar va iqtisodiyot real sektorida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasining barqaror rivojlanishdir.
Taraqqiy etgan davlatlarning ilg‘or tajribalari tahlili ko‘rsatadiki, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda monetar siyosat yillar davomida innovatsion g‘oyalar ta’sirida takomillashib borgan. Dunyo iqtisodiyoti tarixida turli davlatlarda kuzatilgan moliyaviy yoki iqtisodiy inqirozlarni hal etishda monetar siyosat muhim rol o‘ynagan hamda u doimo innovatsion g‘oyalar asosida takomillashtirib borilgan.
O’z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3272-sonli “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida umumiqtisodiy, soliq-byudjet va pul-kredit siyosati o‘rtasidagi muvofiqlashtirish amaliyotini takomillashtirish, pul-kredit siyosatining likvidlilikni berish va jalb qilish operatsiyalari bo‘yicha qo‘llanilayotgan foizli instrumentlardan foydalanishni kengaytirish kabi pul-kredit siyosatini takomillashtirish bo‘yicha dolzarb vazifalar qo‘yilgan3.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshirilayotgan monetar siyosatni takomillashtirish orqali uning makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashdagi rolini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar mavjud. Ulardan asosiylari, fikrimizcha, quyidagilardan iborat. Jumladan, monetar siyosat vositalaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar. Xususan, Markaziy bank diskont siyosatining mavjud emasligi, Markaziy bank ochiq bozor operatsiyalari hajmining kichikligi, Markaziy bank majburiy zaxira stavkalarining yuqori ekanligi.

FOND BOZORINING MAZMUNI, IQTISODIYOTDAGI AHAMIYATI VA O`RNI.



Iqtisodiyotning rivojlanishi tarixiga nazar tashlansa, fond bozorini avvalambor insoniyat jamiyatida pulning paydo bo`lishi va u bilan bog`liq bozor munosabatlarini amalga oshirila boshlashidan shakllanishini ko`rish mumkin. Asrlar davomida fond bozori, uning mazmuni va unga oid tushunchalar shakllanib va uzluksiz rivojlanib kelmoqda. Bunga sabab, inson tsivilizatsiyasining moliya sohasidagi tajribasini boyishi, unda shaxslarning (yuridik va jismoniy) moliyaviy munosabatlari va qiziqishlari kengayib, maqsadlari va faoliyat turlari ortib, manfaatlari tobora o`sib, ularning xaq-huquqlari borgan sari mustahkamlanib va ta‘minlanib borishidadir.
Hozirda fond bozori yuqori darajada tashkillashgan va uzluksiz rivojlanayotgan, borgan sari jahon miqyosida globallashib borayotgan alohida bir butun va o`z muhitiga ega munosabatlar va institutlar (qatnashchilar) majmuasi sifatida namoyon bo`luvchi murakkab tizim ekanligi aniq bo`lmoqda. Bunda moliya bozorlari na faqat milliy iqtisodiyot, balki global iqtisodiyot rivojini belgilamoqda. Uning mazmun-mohiyati quyidagi konseptual tushuncha va qonuniyatlar asosida belgilanadi.
Fond bozorini, umuman olganda, quyidagicha ta‘riflash mumkin: fond bozori – bu monetizatsiyalashgan real investitsion bazisga ekvivalent moliyaviy instrumentlar bilan bog`liq tashkillashgan iqtisodiy-huquqiy mexanizm bilan ta‘minlangan munosabatlarni maqsadli amalga oshiruvchi, iqtisodiyot subyektlari uchun zaruriy bozor sharoitlarini yaratib beruvchi majmua sifatida namoyon bo`luvchi tizim. Ushbu tizim mexanizmi iqtisodiyotning barcha subyektlari tomonidan ularni har birining alohida manfaatli maqsadlari doirasida harakatga keltiriladi.
Boshqa sohalardan farqli fond bozori esa ushbu imkoniyatni beruvchi, uning uchun zaruriy shart-Sharoitlarni yaratuvchi muhit, alohida iqtisodiy-huquqiy mexanizm bilan ta‘minlangan, institutlari (qatnashchilari) va ularning moliyaviy instrumentlar bilan bog`liq munosabatlari majmuasi sifatida namoyon bo`luvchi tizimdir.
Aynan shu va yuqorida aytilganlar bilan fond bozori boshqa turdagi bozorlardan keskin farq qiladi.
Fond bozori o`z ichiga quyidagi segmentlarni (hususiy bozorlarni) oladi:
pul-kredit (bank va boshqa kredit tashkilotlari kapitallari) bozori;
qimmatli qog`ozlar (fond, kapitallar) bozori;
valyuta va unga tenglashtirilgan avuarlar (qimmatbaho metallar, kamyob elementlar, san‘at asarlari va h.k.) bozori;
sug`urta va pensiya fondlari bozori, lotoreya o`yinlari instrumentlari.
Fond bozori iqtisodiyotda qo`yidagilar mavjud bo`lgandagina samarali faoliyat ko`rsatishi mumkin:
effektiv (samarali) mulkchilik tizimi4;
investitsiya uchun mo`ljallangan yetarli jamg`armalar (moliyaviy resurslar, mablag`lar) va iqtisodiy-huquqiy mexanizm bilan ta‘minlangan moliyaviy instrumentlar.
talab va taklifni obyektiv mutanosibligi;
fond bozori infratuzilmasini samarali faoliyati;
bozor qonunlari, tamoyillari va qonunchiligini xukm surishi;
-moliyaviy barqarorlik, raqobatbardoshlilik va xavfsizlik, risklarni bashoratliligi.
Fond bozorida moliyaviy resurslar jarg`armachilardan iste‘molchilarga tomon va aksincha yo`nalishda harakat qiladi. Bunda jamg`armalar investitsiyalarga transformatsiyalanadi (aylanadi).
Fond bozorida resurslar harakati quyidagi omillarga bog`liq:
bozorning daromadlilik darajasi;
bozorni soliqqa tortish shart-Sharoitlari;
kapitalni yo`qotish yoki nazarda tutilgan foydani ololmaslik riski;
bozorni samarali institutsional va funksional tashkillashgani;
bozorni samarali muvofiqlashtirilganligi va nazorat qilinishi;
moliyaviy instrumentlarning real bazis bilan ta‘minlanganligi va shu asosda iqtisodiyot va fond bozorini ekvivalentligi;
jamiyatning mentalitetiva tanlab olgan rivojlanish modeli;
makro va mikroiqtisodiy barqarorlik;
tashqi kuchlar va hodisalarning bozorga ta‘siri va boshqalar.
Ushbu omillar (tashqi va ichki fundamental omillar) fond bozoridagi voqeliklar (jarayonlar, hodisalar) rivojini shakllantiradi.
Fond bozorining yuqori darajada tashkillashganligi uning alohida faoliyat mexanizmi bilan belgilanadi. Bu mexanizm iqtisodiyotning qonun va kategoriyalarini to`liq amal qilishi negizida va davlatning regulyativ (administrativ va indikativ tarzda) siyosati asosida fond bozorining barcha qatnashchilarini bevosita ishtiroki natijalari bilan belgilanadi, davlat va iqtisodiyot subyektlari tomonidan birgalikda harakatga keltiriladi.
Fond bozorining hossalari quyidagilardan kelib chiqadi:
moliyaviy instrumentlar va ular bo`yicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni ta‘minlovchi tashkillashgan murakkab infratuzilmaga (institutsional va funksional tuzilmaga) va faoliyat mexanizmiga ega dinamik tizim;
ochiqlik, teng imkoniyat, erkin raqobat, obyektiv bozor bahosi, risklilik, omillar va voqeliklarni (jarayonlarni) o`lchamliligi (tahlil qilinishi, baholanishi va prognozlanishi mumkinligi);
moliyaviy instrumentlarning monetizatsiyalashgan real bazis va sifat bilan ta‘minlanganligi, standartlashganligi va unifikatsiyalan-ganligi;
bozor va uning qatnashchilarini transparentliligi (informatsion shaffofligi);
moliyaviy instrumentlarning optimal hajmi va baholarini obyektiv talab va taklifdan kelib chiqqan holda shakllanishi;
moliyaviy instrumentlarning erkin muomalasi industriyasi uchun bozor infratuzilmasi bilan ta‘minlanganligi;
bozor qatnashchilarining biznes quvvati potensiali (sifat parametrlari darajasi miqdori bo`yicha);
bozorni tartiblashtirilganligi (muvofiqlashtirilishi va nazorat qilishishi darajasi bo`yicha).
Fond bozorining muhim hossalariga quyidagilar kiradi: bozor geografiyasi kengligi va chegaralari, bozorning tashkiliy modeli parametr-lari, bozorni raqobatbardoshliligi va xavfsizligi darajasi, bozorning risklilik darajasi, bozorning jalbdorliligi, bozorning egiluvchan moslashuvchanligi daradasi, bozorni iqtisodiyotga ekvivalentlilik darajasi, bozorning funksiyalarini bajarishi darajasi, bozorni omillarga ta‘sir-chanligi darajasi. Sanab o`tilgan hossalar fond bozori muhitining quvvat potensialini belgilaydi va rivojini shakllantiradi. Ya‘ni, fond bozori muhitining quvvat potensiali darajasi – bosh (integral) hossa sifatida – fond bozorining sanab o`tilgan hossalari darajasi miqdori bilan belgilanadi va baholanadi.
Fond bozorining bozor munosabatlari tizimidagi ahamiyati uni tomonidan quyidagi qulay sharoitlarni ta‘minlanishi bilan bog`liq asosiy vazifalari asosida belgilanadi:
iqtisodiyotning real sektoriga investitsion moliya resurslarni samarali jalb qilinishi;
kapitalni samarasiz tarmoqdan samaralisiga qayta taqsimlanishi;
davlat budjetiga xizmat ko`rsatishi, uning kamomatini (defitsitini) qoplash uchun pul mablag`larini samarali jalb qilinishi;
iqtisodiyotning holatini aniq bozor indikatorlari yordamida baholanishi;
inflyatsiya sur‘atlari (templari) va valyuta kurslari o`zgarishiga operativ ta‘sir ko`rsatilishi;
davlatning kredit-pul va budjet-soliq siyosatini obyektiv va mutanosiblikda olib borilishi;
mulkka egalik huquqini ishlab chiqarish vositalariga qayta taqsimlanishi;
jahon globallashuvi jarayonlariga milliy iqtisodiyotni integrallashuvi.

FOND BOZORINI TARTIBGA SOLISHNING HUQUQIY-IQTISODIY ASOSLARI



Fond bozorini tarkibiy qismlari xisoblangan pul-kredit, qimmatli qog`ozlar, investitsiyalar va boshqa segmenlarda muvofiqlashtirish smiyosatini olib borishda davlat va o`z-o`zini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar xamkorligini ta‘minlash muxim axamiyatga ega. Fond bozorini asosiy segmenti xisoblangan qimmatli qog`ozlar bozoridagi tartiblashtirish xususiyatlari, usullari va elementlarini jaxon tajribasi va mavjud huquqiy iqtisodiy mexanizm asosida tadqiq etamiz. Qimmatli qog`ozlar bozori rivojlanishining tarixiga nazar tashlaydgan bo`lsak, shunga amin bo`lamizki, qimmatli qog`ozlar bilan savdo qilishning me‘yoriy jarayoni faqat fond bozori ishtirokchilarining o`zlari tomonidan yoki davlat tomonidan belgilangan aniq qoidalar asosda amalga oshadi, shuningdek, ularga rioya etilishi doimiy ravishda nazorat qilingan hollarda amalga oshirilishi mumkin. Amaliyotda ushbu shartlarga rioya etmaganlik makro yo/yoki mikro darajadagi jiddiy okibatlarga, ba‘zan umumiqtisodiy tanglikka o`sib boruvchi global moliyaviy fojialarga olib kelganligiga misollar juda ko`p. Qimmatli qog`ozlarning bir maromda va xatarsiz muomalada bo`lishi uchun mazkur sohaga oid qonuniy-me‘yoriy hujjatlarni barpo etish hamda ularni doimiy ravishda takomillashtirib borishni, oddiy fukarodan tortib, to davlat organlarigacha qimmatli qog`ozlar bozorining barcha ishtirokchilari tomonidan qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishni o`zida uyg`unlashtiruvchi tizim zarur. Tizim sarmoyadorlarning qonuniy huquqlarini himoya qilishga va saqlashga yo`naltirilishi lozim, chunki aynan ular qimmatli qog`ozlar bozori ishtirokchilarining ichida eng zaif hamda ko`p sonli unsur hisoblanishadi. Ushbu tizimda tanglik xolatini sog`lomlashtirishga yoki fond bozori ishtirokchilarining turli qatlamlari o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tizimida sodir bo`ladigan nomutanosibliklarni, fond bozori va bozor iqtisodiyoti boshqa sektorlarining o`zaro aloqalari sohasidagi kelishmovchiliklarni qidirib topish, qimmatli qog`ozlar bozoriga tuzatib bo`lmaydigan zararlar keltirishga, mavjud barqarorlikni buzishga qodir bo`lgan omillarni o`rganishga yo`naltirilgan chora-tadbirlar qo`llanishiga alohida o`rin berilishi kerak. Fond bozorini davlat tomonidan tartibga solishdan maqsad, qimmatli qog`ozlarning bir maromda va xatarsiz muomalada bo`lishi, qimmatli qog`ozlar oldi sotdisi orqali iqtisodiyotga investitsiya qilish uchun sharoitlar yaratish, investitsiyani amalga oshirishda sarmoyadorlar tomonidan mumkin bo`lgan yo`qotishlarni eng kam holatga keltirish, savdolar tashkilotchilari va fond bozorining professional ishtirokchilarining barqaror ishlashini ta‘minlashdir. Fond bozorida barqarorlikka erishgan xolda, davlat bu bilan iqtisodiyotning o`zini o`zi tartibga solishi, pul mablag`larining bir tarmoqdan boshqasiga oqib kelishi uchun sharoit yaratadi, shu tariqa xalk xo`jaligi mustahkamlanadi (qimmatli qog`ozlar bozorining bir maromda faoliyat ko`rsatishi iqtisodiyotga samarali ta‘sir ko`rsatadi). Rivojlangan mamlakatlarning tajribalari shundan dalolat bermokdaki, qimmatli qog`ozlar bozorini tartibga solish nuqtai-nazardan tartibga solishni davlat va professional (ya‘ni maxsus tashkil etilgan qimmatli qog`ozlar bozorining professional ishtirokchilarining tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan) bo`laklarga bo`lish eng maqsadga muvofiq usul sanaladi. Bunday taksimotga muvofiq qimmatli qog`ozlar bozorini tartibga solishning bir necha asosiy modellari mavjud.
Birinchi model qimmatli qog`ozlar bozorining asosan davlat idoralari tomonidan tartibga solinishini va bunday tartibga solish bo`yicha vakolatlarning kichik qismini o`zini-o`zi tartibga muvofiqlashtiruvchi tashkilotlarga berilishini nazarda tutadi (Fransiyada bu amaliyot qo`llaniladi).
Ikkinchi model, aksincha, fond bozorini tartibga solish bo`yicha mavkelarning eng katta hajmini o`zini o`zi tartibga soluvchi tashkilotlarga berilishini nazarda tutadi, bunda davlat faqat asosiy nazorat qilish vakolatlarini saqlab koladi (Buyuk Britaniya amaliyoti).
Ko`pchilik xollarda esa birinchi va ikkinchi modellarning uyg`unlashuvi ko`zga tashlanadi. Qimmmatli kog`ozlar bozorini muvofiqlashtirish jarayonida davlat quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
Qonun chiqarish vazifasi (qimmatli qog`ozlar bozorini rivojlantirish konsepsiyasini, uni amalga oshirish dasturini ishlab chiqish, dasturni boshqarish) — fond bozoridagi munosabatlar rivojlanishining maqsadi va asosiy yo`nalishlarini belgilash, qimmatli qog`ozlar bozoridagi munosabatlarning tamoyillariga, bozor infratuzilmalarining faoliyat ko`rsatishiga, professional ishtirokchilar hamda savdolar tashkilotchilarining maqomiga, sarmoyadorlar huquq va manfaatlarini himoya qilishga taallukli asosiy (fundamental) huquqiy me‘yorlarni belgilash.
"O`yin qoidalari" ni belgilash (emitentlarga, sarmoyadorlarga, professionallarga qo`yiladigan talablar, operatsiya va hisob andozalarini tasdiklash).
Bozorning moliyaviy barkarorligi va xavfsizligini nazorat qilish (qimmatli qog`ozlarni ro`yxatga olish, investitsiya muassasalarining moliyaviy ahvolini nazorat qilish, huquqiy va axlokiy me‘yorlarga rioya etilishini nazorat qilish, jazolar qo`llash).
Fond bozori ishtirokchilarini mazkur bozorning ahvolidan xabardor qilish, emitentlar, sarmoyadorlar, investitsiya muassasalari, fond birjalari va shu kabilar tomonidan axborotning oshkor etilishini ta‘minlash, yo`qotishlardan sug`urtalash.
Fond bozorida sarmoyadorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo`yicha chora tadbirlar ishlab chiqish, shu jumladan, emissiyalarni ro`yxatga olish, chet el qimmatli qog`ozlarini milliy bozorlarda muomalada bo`lishiga ruxsat berish, emitentlar va qimmatli qog`ozlar bozori professional ishtirokchilarining faoliyatini nazorat qilish, shuningdek, qimmatli qog`ozlar bozori to`g`risida qonun hujjatlarini qabul qilish.
Investitsiya institutlarini qimmatli qog`ozlar bozoridagi faolligini yanada oshirish uchun mavjud qonunchiliklardagi kamchiliklarni bartaraf etish lozim. Xozirgi kunda fond bozorining qonuniy-me‘yoriy bazasini yangilash va muammolarni bartaraf etish maqsadida qimmatli qog`ozlar bozoriga oid 1993-2001 yillar mobaynida qabul qilingan mavjud 4 ta qonun o`rniga, jahon tajribasini va milliy fond bozorimiz xususiyatlarini o`rgangan holda, yagona qonunni hukumatimiz qabul qildi. Buni quyidagida ko`rishimiz mumkin. Qonunlar:
«Qimmatli qog`ozlar va fond birjasi to`g`risida»;
«Qimmatli qog`ozlar bozorining faoliyat mexanizmi to`g`risida»;
«Qimmatli qog`ozlar bozorida depozitariylar faoliyati to`g`risida»;
«Qimmatli qog`ozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida» birlashtirilib, o`rnga yangisi «Qimmatli qog`ozlar bozori to`g`risida» gi Qonun qabul qilindi. Shuni aytish joizki, «Aksiyadorlik jamiyatlar va aksiyadorlarni huquqlarini himoya qilish to`g`risida» gi Qonun ham takomillashtirilmoqda, ya‘ni 2017-2018 yillarda bu qonunga qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritildi. Bundan tashqari, «Qimmatli qog`ozlar bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish» Markazi tomonidan mavjud me‘yoriy hujjatlarni takomiillashtirish borasida ishlar amalga oshirilmoqda. 2017-yilda quyidagi normativ hujjatlarga o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritildi:
«Korporativ obligatsiyalarni chiqarish, davlat ro`yxatidan o`tkazish va ular bo`yicha qarzlarni uzish tartibi to`g`risida» gi Nizom;
«Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini chiqarish, davlat ro`yxatidan o`tkazish va chiqarilgan aksiyalarni bekor qilish tartibi to`g`risida» gi Nizom;
«Tijorat banklar tomonidan qimmatli qog`ozlarni chiqarish, davlat ro`yxatidan o`tkazish va ular bo`yicha qarzlarni uzish (bekor qilish) tartibi to`g`risida» gi Nizomlarga va boshqalar.

FOND BOZORI INSTRUMENTLARI TASNIFI VA TAVSIFI




Yüklə 3,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə