O’zbek davlatchiligi tarixi va shaharsozlik madaniyati



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə1/6
tarix11.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#143869
  1   2   3   4   5   6
Murtozayev M

O’zbek davlatchiligi tarixi va shaharsozlik madaniyati

Murtozayev Matlubxon

Dunyo tarixida Shaharlar, siyosiy birlashmalar, uyushmalar, keyinroq esa davlatlarning paydo bo‘lishi uzoq davom etgan jarayondir. E.V.Rtveladzening fikricha, bu jarayon turli xalqlarda turli yo‘llar bilan bo‘lib o‘tgan.

  • Dunyo tarixida Shaharlar, siyosiy birlashmalar, uyushmalar, keyinroq esa davlatlarning paydo bo‘lishi uzoq davom etgan jarayondir. E.V.Rtveladzening fikricha, bu jarayon turli xalqlarda turli yo‘llar bilan bo‘lib o‘tgan.
  • Birinchidan, davlatlar paydo bo‘lishining osiyocha ishlab chiqarish usuliga asoslangan «Sharq yo‘li» bo‘lib, unda iqtisodiyotning asosini sug‘orma dexqonchilik tashkil etgan; dexqonchilik jamoasi jamiyatning birlamchi yacheykasi edi; aholining katta qismini safarbar etish zarauriyati prinsipial boshqaruvchilarni taqazo etgan.
  • Ishlab chiqarishning osiyocha usuli mil.avv. IV ming yillikdan milodiy I asrgacha yirik daryolar vodiylarida joylashgan Misr, Bobil, Xitoy, Hindiston, O‘rta Osiyo kabi hududlarda yoyilgan.
  • Davlat tuzilmasining ikkinchi, «Evropacha yo‘li» Evropa hududida mil.avv. V asrdan boshlab milodiy III asrgacha qadimgi Yunon polislarida mavjud bo‘lgan. Ularda xususiy mulkchilik shakllanishi tufayli kelib chiqqan jamiyatning ijtimoiy mulkiy tabaqalanish jarayoni (tabaqalar shakllanish jarayoni) asosiy omil bo‘ldi.
  • Jamiyat hayotida metallning keng yoyilishi – dastlabki Shaharlar va davlatchilikning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib O‘rta Osiyoning juda ko‘plab bronza va ilk temir davri yodgorliklaridan (Anov, Sopolli, Jarqo‘ton, Qiziltepa, Ko‘zaliqir, Afrosiyob, Daratepa, CHust, Dalvarzin
  • va boshq.) ishlab chiqaruvchi xo‘jilik bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan metall qurollar topib o‘rganilgan. Mehnat qurollarining metalldan ishlanishi mehnat unumdorligining yanada oshishiga keng imkoniyatlar yaratdi.
  • So‘nggi bronza davriga kelib hunarmandchilikning ixtisoslashuvi va alohida xo‘jalik tarmog‘i sifatida shakllanib rivojlanishi jamiyatdagi iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, asosini ilk Shaharlar tashkil etgan davlatchilikning paydo bo‘lishi uchun muhim bo‘lgan qo‘shimcha mahsulot ko‘payishiga turtki bo‘ldi. Ilk davlatlarning paydo bo‘lishida ilk Shaharlardagi o‘zaro ayirboshlar, savdo- sotiq va madaniy aloqalarning ham ahamiyati nihoyatda katta bo‘lgan. So‘nggi bronza davriga kelib Shimoldagi ko‘chmanchi chorvador kabilalar va janubdagi o‘troq dexqonchilik aholisi o‘rtasida o‘zaro mol ayrboshlash va madaniy aloqalar yanada jadallashadi. Janubiy va Shimoliy hududlaridan topilgan topilmalardagi juda ko‘pgina o‘xshashliklar bu hududlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalardan, qadimgi yo‘llarning taraqqiy etganligidan dalolat beradiki, bu jarayonlar ham dastlabki Shaharlar bilan birga ilk davlatchilikning asosiy omillarilan hisobalanadi. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, O‘rta Osiyoda eng qadimgi davlatlarning shakllanish jarayoni dexqon-chorvachilik iqtisodiyoti, ixtisoslashgan hunarmandchilik va Shahar markazlarining paydo bo‘lishi bilan uzviy bog‘liqdir. Hozirgi kunga qadar olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari bu hududlarda ilk temir davridagi ijtimoiy-siyosiy rivojlanishning ayrim muhim masalalarini yangi asosda izohlashga imkoniyat yaratadi. Ammo, shunga qaramasdan bu masala to‘liq echimini topmagan bo‘lib, xususan, O‘rta Osiyo qadimgi davlatlari tipologiyasi va xronologiyasi, davlatchilik taraqqiyotida ilk Shaharlarning ahamiyati muammosi shular jumlaschidandir.
  • A.Sagdullaevning fikricha, Aryoshayona kabi viloyatlar uyushmasi vaqtinchalik va qoloq bo‘lib, Qadimgi Baqtriya kabi nisbatan yirik siyosiy uyushmalarning paydo bo‘lishiga O‘rta Osiyo o‘troq va ko‘chmanchi aholi o‘rtasidagi doimiy siyosiy qarama-qarshiliklar sabab bo‘ladi.
  • Aholi aralash joylashuvi hududlarida o‘troq viloyatlar siyosiy uyushmalarining shakllanishiga turtki bo‘lgan omillardan biri – O‘rta Osiyoning janubidagi dasht hududlarda joylashgan ko‘chmanchi kabilalar hujumi xavfli edi. Mil.avv.VII-VI asrlarga kelib bunday hujumlar tez-tez bo‘lishi muqarrar edi. CHunki, O‘rta Osiyoning ko‘pgina tog‘ va dasht hududlarida yilqichilik keng tarqalib, ko‘chmanchilarning o‘zlari esa katta jangovar muvaffaqiyatlarga erishib, jiddiy xavf tug‘dira boshlaydilar.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə