Qadimgi Misr tarixining о‘rganilish manbalari



Yüklə 185 Kb.
səhifə1/7
tarix28.11.2023
ölçüsü185 Kb.
#138463
  1   2   3   4   5   6   7
Ehromlar davrida qadimgi Misr


Ehromlar davrida qadimgi Misr
Reja:


1. Qadimgi Misr tarixi manbashunosligi.
2. Podsholiklar davri, Harbiy yurishlar.
3. Qadimgi Misr madaniyati.
4. Ilk va qadimgi shohliklar davrida Misr.


Qadimgi Misr tarixining о‘rganilish manbalari
Mamlakat va aholi Qadimgi Misr deb Nil daryosining birinchi ostonasidan boshlab keng Nil deltasini hosil qilgan tor Nil vodiysiga (kengligi I kmdan 20 km.gacha) aytiladi. Tor Nil vodiysi Yuqori Misr, deltaning quyi qismidagi viloyat Quyi Misr deb atalgan. (Yegipet nomi yunoncha, Misr poytaxti Memfis misrcha Xetkau-Ptax yoki xikupta xudo Ptaxning ruhi qal'asi ma'nosini bildiradigan so'zdan kelib chiqqan.) Misrliklar o'z mamlakatlarini Nil vodiysining haydalgan qora tuproqli yeriga qarab Kemet-qora yer deb ataganlar. Misr Afrika qit'asining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan, Suvaysh bo'yni orqali Misr Old Osiyoning madaniy markazlari bilanbog'langan.
Misr Nil daryosi orqali Tropik Afrika va O'rtayerdengiziga tutashgan. Gerodot Misr—Nilning sovg'asi, — deb ta'riflaydi. Chunki, Nil daryosi Misr iqtisodiy hayotida yetakchi o'rin tutgan. Nilda har yili 19-iyunda toshqin ko'tarilgan. Bu toshqin sentabro'rtalarigacha davom etgan. Noyabrda daryo o'z o'zaniga tushgan. Ekilgan yer aprel-mayda hosil keltirgan. Nil daryosi Misr iqtisodiyotining asosi dehqonchilikda muhim o'rin tutgan. Mo'I-ko'l hosil sun'iy sug'orish asosida olingan. Misrliklar dehqonchilik ishlariga ko'ra yilni 3 mavsumga bo'lganlar: to'la suv mavsumi — Nil toshqini (iyul o'rtalari), ekin, unish mavsumi ekishdan hosil yig'ishgacha bo'lgan qishloq xo'jalik ishlarini to'liq sikli (noyabr va may o'rtalari), quruq mavsum-yerni dam olish vaqti va shafqatsiz jazirama (may o'rtalaridan iyul o'rtalarigacha) davri. Suv omborlari qurilib, Nil vodiysi to'g'on, kanallar bilan to'g'ri burchakli havza (basseyn) larga bo'lingan. Ekinlar: arpa, bug'doy, kunjut, kanop, xurmo, kokos palmalari, akatsiya (qurilish materiallari uchun), uzum va mevali daraxtlar o'sgan. Asosiy ovqat hisoblangan baliq ko'p bo'lgan. Chorva mollari: qo'y, echki, sigir, eshak, cho'chqa boqilgan1.
Qadimgi Misrliklar o'rta bo'yli, to'ladan kelgan, soqoli qirilgan, sochlari qisqa qirqilgan. Ozgina turtib chiqqan daxan. Qalin lablar, uzunchoq bosh, «negroid» va «Osiyo» belgilari qo'shilgan. Kiyimlar qisqa, old yubka, lungidan iborat bo'lgan.
Ovqat: arpa non, quruq baliq, piyoz, sarimsoq va bodring. Qadimda misrliklar dunyo tarixida birinchi bo'lib pivoni kashf qilganlar va arpadan tayyorlangan pivo asosiy ichimlik bo'lgan. Go'sht kam iste'mol qilingan. Nil vodiysida qadimgi aholi Saxara, Liviya sahrosi va Efiopiyadan er.av.VI ming yillik oxirida kelib joylashgan. Bu etnik guruhlarning qo'shilishidan qadimgi Misr xalqi kelib chiqqan.


Yüklə 185 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə