Qadimgi Misr tarixining о‘rganilish manbalari



Yüklə 185 Kb.
səhifə4/7
tarix28.11.2023
ölçüsü185 Kb.
#138463
1   2   3   4   5   6   7
Ehromlar davrida qadimgi Misr

Qadimgi Misr madaniyati
Ebers katta papirusi va Edvin Smit papiruslari kabilar qadimgi Misrda ilmiy bilimlarni rivojlangani to'g'risida ma'lumot beradi.
Bular me'moriy ansambllar piramida, mastaba (hokim, zodagonlarning sog'onalari), shahar va ibodatxona qal'a, dengiz porti va nekropollardan iborat. Ayniqsa, III-IV sulolalar davrida qurilgan piramidalar noyob tarixiy-madaniy yodgorlik hisoblanadi. Eng qadimgi qabr-sarkofaglar jumlasiga, Yuqori 15daniylashtirisha boshlagan Misr podshosining Enxab (Nexen) shahridagi qabr-sarkofagni aytish mumkin.
Misrda mavjud bo'lgan, bizgacha saqlanib kelgan piramidalar, mastaba va boshqa sog'onalar qadimgi davrdayoq o'g'ri-qaroqchilar tomonidan talangan. Faqatgina bitta piramida bizgacha talanmay yetib kelgan. Ingliz arxeologi Karter 1922-yilda topgan va tekshirgan fir'avn Tutanxamon piramidasida topilgan buyumlar oltin va qimmatbaho toshlar, temir metalli hamda 19 yoshda vafot etgan Tutanxamonning mumiyolangan jasadi ilmiy-tarixiy nuqtai nazardan o'ta qimmatli hisoblanadi.
Yangi podsholik fir'avnlarining mumiyolari «ombori» hisoblangan Dayr-al-Baxrdagi umumiy qabrda topilgan ko'pgina ashyolar diqqatga sazovordir. Bu ashyolar qadimgi Misr ijtimoiy-iqtisodiy hayoti to'g'risida qimmatli ma'lumotlar beradi.
Er.av.IV ming yillik boshlariga oid Yuqori Misrning poytaxti deb taxmin qilingan Enxab shahri dunyo tarixida barpo etilgan eng qadimgi shahar hisoblanadi. Misrda qadimgi Fayum vodiysidagi Illaxun shahri qoldig'i, El-Amarnadagi Axetaton shahri, Tanais kabi shaharlar qoldig'i arxeolog-tarixchi olimlar tomonidan qazib ochilib, tadqiq etugan.
Antik mualliflar asarlaridan Gerodot tarixi (er. av. V asr), Sisiliyalik Diodorning «Tarixiy kutubxona» asari «Strabon geografiyasi» (er. av. II—I asri) Plutarxning «Osiris» va «Isida» traktati qadimgi Misrning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti to'g'risida batafsil ma'lumotlar beradi.
Misrliklar boshqa ko'pgina qadimgi Sharq xalqlari singari bir qancha qabilalarning sekin-asta aralashib ketishi natijasida tashkil topgan. Qadimgi Misr xalqini tashkil qilgan bu qabilalar Shimoliy va Sharqiy Afrikaning mahalliy qabilalaridir. Misrdagi arxaik davrga mansub bo'lgan kishilarning o'ziga xos haykalchalari, Misr hududidagi arxaik mozorlardan topilgan bosh suyaklarini o'lchab ko'rish natijalari, shuningdek, qadimgi Misr tipining somali va boshqa qabilalarning tipiga birmuncha o'xshab ketishi eng qadimgi misrliklarning tropik Sharqiy Afrikadagi qabilalar bilan qarindoshligini ko'rsatadi. Qadimgi Misr tasvirlariga ko'ra Sharqiy Afrikada (Punt mamlakatida) yashagan qadimgi qabilalar o'zlarining tashqi qiyofalari bilan misrliklarga juda ham o'xshab ketadilar.
Qadimgi Misrdagi, samoviy sigir shoxli ayol qiyofasida tasvirlangan hosildorlik ma'budasining tasviri hamda sersoqol, pakana xudo Bes tasviri Misrning Afrika xalqlarning diniy e'tiqodlari bilan mahkam bog'langanidan dalolat beradi. Qadimgi Podsholikka oid yozuvda Nubi- yadan maxsus «xudo raqsi» ni bajaruvchi pakana odamning Misrga keltirilganligi to'g'risida ma'lumot beriladi. Bundan tashqari, eng qadimgi Misr qabilalari ShimoUy Afrikaning luviyalik qabilalari bilan ham juda yaqin bo'lganlar. Qadimgi Misr tili o'zining ba'zi xususiyatlari bilan ShimoUy Afrikadagi berber tillariga ham o'xshab ketadi. Misrda va Nil vo-diysini o'rab olgan baland tog'liklarda o'tkazilgan arxeologik qazishmalarning ko'rsatishicha, o'ziga xos Misr madaniyatini vujudga keltirgan qabilalar qadimgi tosh davridan buyon Shimoliy-Sharqiy Afrikada yashaganlar.

Yüklə 185 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə