Qadimgi Misr tarixining о‘rganilish manbalari


Ilk va Qadimgi shoxliklar davrida Misr tarixshunosligi



Yüklə 185 Kb.
səhifə6/7
tarix28.11.2023
ölçüsü185 Kb.
#138463
1   2   3   4   5   6   7
Ehromlar davrida qadimgi Misr

Ilk va Qadimgi shoxliklar davrida Misr tarixshunosligi
XIX asr boshigacha Qadimgi Misr madaniyati va tarixi bilan hech kim shug'ullanmadi. Misr yozuvi unitilgan edi. Faqat XIX asr boshlarida fransuz olimlari 1809-1828-yillari 48 tomli «Misr tasviri » nomli kitobni nashr etdilar. 1822 - yili Jak Fransua Shampolon qadimgi misr yozuvini o'qidi. Shampolon misrshunoslik asoslarini yaratgan olim hisoblanadi. Nemis olimlari Lepsius va Brugsh «Misr xronologiyasi», «Misr fir'avnlari to'g'risida kitob» asarlarini yaratdilar.
XIX asrning 80-yillaridan boshlab misrshunoslikda yangi bosqich boshlandi.
1) Katta hajmdagi maydonlarda olib boriladigan arxeologik qazilmalarni o'tkazishning ilmiy asoslangan qat'iy metodikasi ishlab chiqildi, topilmalar o'rganildi va doimiy saqlana boshlandi.
2) Topilgan yozma yodgorliklar fflologik va tarixiy tahrir bilan chop etila boshlandi.
3) Qadimgi Misr tarixi va madaniyatning turli muammolari ishlanib, yirik asarlar to'plami chop etila boshlandi. Misr topilmalari muzeyini tashkil qilgan va yirik arxeologik qazishmalar olib borgan olim O.Mariyettinmg misrshunoslik fanining taraqqiyotidagi xizmati katta bo'ldi. Ingliz tarixchisi Flinders Pitri uning davomchisi bo'ldi.
U III tomli «Qadimgi davrda Misr tarixi», Brested II tomli «Misr tarixi», Maspero «Misr tarixi» va Ed.Meyer «Qadimshunoslik tarixi» asarlarini yozdilar. Misrshunoslikning yangi davri XX asrning 20-yillariga to'g'ri keladi. Faqat XX asrning 20-yillaridan boshlab, o'zi misrlik bo'lgan olimlar arxeologik qazishmalarni boshladilar. Rus olimlari ham Misr tarixini o'rganishda muhim o'rin egallaydilar. V. G. Barskiy degan odam 1727-1730-yillarda bir necha sharq mamlakatlarini aylanib chiqqan, shunda Misrda ham bo'lgan, Barskiy, Qoxira, Rozett va Iskandariyada bo'lib, o'zining «Sayohat» degan asarida u Iskandariyadagi vaqtlarda mashhur yodgorliklaridan birini mufassal tasvirlangan.
Barskiy bu tasvirlarga rasmlarni ilova qilgan, muallif bu rasmlarni shu qadar sinchiklab ishlaganki, unda yodgorlikdagi iyeroglifni yozuvchi o'z zamonasiga ko'ra juda aniq aks ettirgan. Mashhur rus olimlari V. To'rayev, I. Nikolskiy, E. Avdiyev va boshqalar misrshunoslik fanini rivojlantirishda muhim o'rin egallaydilar4.
Ilk dehqon jamoalari er. av. VI—V ming yillikda Quyi Misrda Fayum vodiysida mayjud bo'lgan. Fayum manzilgohida g'alla ekinlari ekilgan, yirik va mayda qoramol boqilgan va baliq tutilgan. Bu madaniyatga mansub bo'lgan manzilgohdan suyak-garpun, toshdan yasalgan o'roqlar va loy idishlar topilgan. Shu vaqtda Yuqori Misrda chorvador dehqonlar yodgorligi topilgan joyiga qarab Tasiy madaniyati deb ataladi. Bu yerdan ko'plab qabrlar topilgan. Bug'doy ekilgan, mayda chorva mollari boqilgan, sirti qora va kulrang loy idishlar yasalgan. Tasiylar urug' jamoasi bo'lib yashaganlar. Ulardan ko'ra yuqori rivojlangan Badari madaniyati (er. av. IV ming yillik) ga tegishli aholi urug' jamosi bo'lib yashab chorvachilik va dehqonchilik bilan shug'ullanganlar. Yerga motiga bilan ishlov berilib, kichik kanallar qazilgan. Ov va baliqchilik ham mayjud bo'lgan. Badariylar kulolchilikni takomillashtirganlar. Er.av. IV ming yillikning I-yarmida Amrat manzilgohlari yanada yuqoriroq rivojlangan. Bu davrda ilk mustahkamlangan qo'rg'onlar paydo bo'lgan. Aholi soni o'sgan. Mis buyumlari ko'paygan, garpunqarmoqlar yasalgan, ilk tilla bezaklar paydo bo'lgan. Kulollar naqshli idishlar tayyorlay boshlaganlar (ilk sulolagacha bo'lgan davr).
Er. av. IV ming yillikning II yarmida Gerzey davri (hozirgi Gerzi qishlog'i nomidan) sulolaviy davrgacha bo'lgan 2-bosqichda sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqqan. Ilk ijtimoiy tabaqalanish yuz beradi. Qazib ochilgan qabrlardan ko'plab buyumlar topilgan. Bu vaqtda ilk ibtidoiy qulchilik paydo bo'lgan. Qullar „tirik murdalar” deb atalgan. Misrning ilk davlatlari xo'jalik faoliyatini birgalikda olij borishga intilgan dehqon jamoalarining birlashmalaridan paydo bo'ldi.
Sug'orish inshootlarini rivojlantirish va yiriklashtirishga bo'lgan ehtiyoj davlat hokimiyatini shakllanishini rag'barlantirdi. Davlat hokimiyati sug'orish tizimini yaratish va ta'mirlashda yetakchilik qila boshladi. Misrning ilk davlatlari hajmi jihatidan uncha katta bo'lmagan edi. Keyinchalik Yuqori Misr 22 ta, Quyi Misr 20 ta katta bo'lmagan viloyat — nomlar (Misr viloyatlarini antik yozuvchilar «nom» deb, ularni hokimlarini «nomarx» deb ataganlar) ga bo'lindi. Nomlarda iqtisodiy ehtiyojlardan kelib chiqib, birlashuv jarayoni kuchli bo'lgan. Nomlar o'rtasidagi uzoq urushlar natijasida er. av. IV ming yillik oxirida Yuqori va Quyi Misrda ikkita yirik davlat vujudga keladi.
Yuqori Misr hukmdori oq rangli toj, quyi Misr hukmdori qizil rangli toj kiygan. Birinchisining poytaxti Exnab (Nexen), ikkinchisining poytaxti Buto shahri bo'lgan. Misrning ilk podsholaridan biri sanalgan Narmer yodgorliklarida yuqori misr podsholarining g'alabalari ularning ishtiroki bilan muhim marosimlar abadiylashtirilgan. Yodgorliklarda harbiy tasvirlar ko'pchilikni tashkil etadi.

Yüklə 185 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə