Men konsepsiyasi



Yüklə 306,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix20.05.2022
ölçüsü306,62 Kb.
#87472
  1   2   3   4
1-amaliy
4-vazifa


AMALIY MASHG’ULOTLAR 
1-MAVZU:“MEN – KONSEPSIYASI” VA SHAXSNING O‘Z O‘ZINI 
AKTUALIZATSIYA QILISHI. 
Reja 
1. “Men – konsepsiyasi” va shaxsning o‘z o‘zini aktualizatsiya qilishi 
muammosining rus olimlari tomonidan yoritilishi 
2. “Men – konsepsiyasi” va shaxsning o‘z o‘zini aktualizatsiya qilishi 
muammosining g’arb olimlari tomonidan yoritilishi 
3.«Men» siymosi va o‘z-o‘ziga baho 
Tayanch tushunchalar:
Shaxs, “Men – konsepsiyasi”, o’z-o’ziga baho, o‘z 
o‘zini aktualizatsiya qilish, “Men – konsepsiyasi”ning tarkibiy qismlari 
 
1.“Men – konsepsiyasi” va shaxsning o‘z o‘zini aktualizatsiya qilishi 
muammosining rus olimlari tomonidan yoritilishi 
Hozirgi kunda “Shaxs” muammosi tabiiy va ijtimoiy gumanitar fanlarning 
umumiy tadqiqot obyektiga aylanib bormoqda. Shular jumlasiga psixologiya ham 
inson sifatlarini, shaxsning individual xususiyatlarini va bu xususiyatlarning 
shakllanishi masalalarini о‘rganadi. Shaxsdagi bunday individual xususiyatlardan 
biri: inson о‘zini anglashi va о‘ziga bergan bahosidir. Psixologiyada bu kabi 
muammolarni tahlil qilish orqali shaxsni har tomonlama о‘rganib chiqish 
imkoniyati paydo bо‘ladi. 
Olimlarning ta’kidlashicha, shaxsdagi “Men” siymosi о‘zni anglash va 
о‘zga baho berish jarayonida tevarak-atrof bilan bо‘lgan munosabatlarda 
shakllanadi. Ushbu muammoni о‘rganishda kо‘plab pedagog va psixolog olimlar-
inson ongining rivojlanish tarixi, hamda shaxsning ijtimoiylashuvi haqidagi 
ta’limotlarga asoslanib ish olib boradilar. Olimlar “Men” siymosi shakllanganlik 
xolatini shaxsning о‘zini anglashning mahsuli hamda muhim jihati deb 
qaraydilar. О‘zini baholash-о‘zni anglash kabi fenomenlar ijtimoiy xususiyatga va 
mezonlarga asoslangan bо‘ladi. 
Muammo yuzasidan rus psixologlari ham qator fikrlarni bildirib о‘tganlar. 
B.G.Ananyevning ta’kidlashicha – “Shaxs о‘zi haqda bir fikrga kelishida, jamoa 
hayotini hamda о‘ziga baho berishni shakllantiruvchi baholash munosabatlarining 
tо‘g‘ri rivojlanishi muhimdir”. Shaxsda о‘zini anglash va baholashning paydo 
bо‘lish omili-odamning individual xususiyati, faoliyat subyektliligi, shaxs 
xususiyatlarining tarkib topishi notekis va geteroxrondir. Olimning mulohazasiga 
kо‘ra, о‘zini anglash va baholash ushbu xususiyatlarni о‘zaro muvofiqlashtiradi va 
shu tariqa ongning individualligini ta’minlaydi. 
Rus psixologi L.S.Vigotskiy fikricha, shaxsning о‘ziga baho berishida 
muloqotnig о‘rni juda ahamiyatlidir. Muloqot psixikaning fundamental asosi 
bо‘lganligi uchun ham shaxs shakllanishiga va uning xususiyatlariga ta’sir 
kо‘rsatadi. Kishi atrofdagilar bilan muloqot о‘rnatish bilan birga о‘zi bilan ham 
muloqot о‘rnatadi. Bunday vaziyatlarda shaxsda о‘ziga nisbatan tanqidiy qarashlar 
kuchayadi, qolaversa, tahlil kuchayib о‘ziga nisbatan shaxsda past baho berish 
vujudga keladi. 


R.P.Chatitaning fikricha, bolalarda о‘ziga baho berish jarayonining 
rivojlanishi ikki bosqichda amalga oshadi: 
-birinchi bosqichda bola, asosan, harakatlari va xulqini baholash bilan 
cheklanadi; 
-ikkinchi bosqichda, ichki holati, shaxsiy sifatlaridan kelib chiqib baho bera 
boshlaydi. Ushbu bosqich, asosan, oliy bosqichning shakllanishi bо‘lib, о‘smirlik 
davridan boshlanib, ijtimoiy tajribaning ortib borishi va aqliy rivojlanish asosida 
insonning butun hayotida davomida о‘zgarib boradi. 
Shaxsdagi intililish darajasi va atrofdagi g‘oyalarni о‘zlashtirish yuqori 
bо‘lsa, kishining muvaffaqiyati ham shuncha yuqori bо‘ladi.
N.A.Menchinskayaning fikricha, о‘zini past darajada hurmat qiladigan 
shaxslar о‘zlarini keraksiz insondek his qiladilar.
Kishining ruhiy holatining tushib ketishi, uning xatti- harakatlarining 
о‘zgarishida, о‘ziga baho berish darajasining pasayib ketishida namoyon bо‘ladi. 
О‘ziga past baho beradigan kishilar uchun qiyinchiliklar hal bо‘lmaydigandek 
tuyuladi, shuning uchun ular xayollarda yashay boshlaydilar. 
N.A.Menchinskaya, bolalar, odatda, maktabga ijobiy tasavvurlar bilan 
keladilar, deydi. Ayrim, qobiliyati past yoki tayyorgarligi past bо‘lgan о‘quvchilar, 
о‘quv faoliyatini о‘zlashtirishda qiyinchiliklarga duch kelishadi, pirovardida, past 
baho olishadi, buning natijasida, ularda ta’lim muassasasiga nisbatan yomon 
munosabat paydo bо‘ladi, qolaversa, bu motivatsiyaning о‘zgarishiga sabab bо‘lib, 
maktab va о‘qishga bо‘lgan munosabatni salbiylashtiradi. Bu kabi salbiy 
munosabatlarga, qiyinchilikka bardosh bera olmay, bola о‘ziga past baho bera 
boshlaydi. Olimning fikricha, bunday bolalarga о‘qituvchi rolini topshirish 
maqsadga muvofiqdir. Shunda о‘quvchida о‘z bilimidagi kamchiliklarni tо‘ldirish 
extiyoji tug‘iladi va bunday muvaffaqiyat о‘quvchidagi о‘ziga baho berish 
mexanizmini barqarorlashishiga yordam beradi. 
Adevkat baho berish о‘qishga yaxshi tayyorgarlik kо‘rgan о‘quvchilarda 
ham buzilishi mumkin. Yaxshi tayyorgarlik ularni ta’limda muvaffaqiyatli 
о‘qishga yordam beradi. Oddiy muvaffaqiyatlar orqali doimiy rag‘batlantirishga 
bо‘lgan intilishni mustahkamlaydi. 
Keyinchalik, о‘quv materiali murakkablashgani sari о‘quv kо‘nikmalariga 
ega bо‘lmagan о‘quvchilarda о‘z-о‘ziga baho berish keskin pasayib ketadi. 
О‘qituvchi tomonidan qо‘yiladigan bahoda faqatgina sо‘nggi natija emas, balki 
о‘quvchining mehnati va uning muvaffaqiyati ham hisobga olinsa, bu 
о‘quvchining urinishlarini kerakli darajada tutib turadi hamda о‘z-о‘ziga adekvat 
bahoning shakllanishiga turtki bо‘ladi. Olimning fikriga kо‘ra, о‘quvchida о‘ziga 
nisbatan adekvat bahoni shakllanishi о‘qituvchining ustanovkasiga ham bog‘liq 
bо‘lishi mumkin. 
S.L.Rubinshteyn-shaxsning 
о‘z-о‘ziga 
baho 
berishning 
ijtimoiy 
munosabatlar determininantalarini talqin etib: insonning ijtimoiy baholashi-u 
qanday odamligiga, u nimaga qodir ekanligiga va foydali mehnatiga asoslanadi 
degan fikrni bildiradi. Shu bois uning о‘ziga baho berishi ijtimoiy individ sifatida 
jamiyat uchun nima qilganligi bilan belgilanadi. О‘zini о‘zi anglash va baholashni 


shakllantirishning manbai ong hamda insonning tarkib topishi va rivojlanishi 
sanaladi.
S.L.Rubinshteyn-faoliyatni psixikani aks ettirish sharti sifatida gap yuritar 
ekan, u odamda turlicha namoyon bо‘lishini, umumiy shartlar ichidan xuddi mana 
shu in’ikos, faoliyatning maxsus shartini ajratib olishimiz zarur bо‘ladi, deb 
ta’kidlaydi. О‘zni anglab baho berishni ta’minlovchi maxsus shartni aniqlash 
subyekt tо‘g‘risidagi muammoni hal qilishning muayyan yо‘l-yо‘riqlariga va 
oqilona usullariga asoslanuvchi yechimini topishni taqozo qiladi.
L.I.Bojovichning fikricha, boshqa insonni bilish, о‘zini-о‘zi bilishdan ilgari 
sodir bо‘ladi va uning uchun manbaa, asos bо‘lib xizmat qiladi. О‘z-о‘zini 
baholashda umumiy qabul qilingan mezon, о‘zini boshqalar bilan solishtirish 
hamda taqqoslashdir. Inson faoliyat davomida о‘zini boshqa odamlar bilan 
taqqoslab, dastlab boshqalarda kо‘rganini о‘zida seza boshlaydi va natijada 
о‘zining shaxs sifatlarini anglab yetadi. Boshqa odamlarda kо‘rgan shaxsning turli 
xususiyatlarini о‘zlashtirishi va о‘zida shakllantirishi о‘ziga xos hodisa sifatida 
boshqa bir qator olimlar tomonidan о‘rganilgan. Olimlarning fikricha, о‘zini о‘zi 
baholash insonda idealning mavjudligi bilan uzviy bog‘liqdir. Psixologik 
tadqiqotlarda idealni о‘zlashtirilishi, uning funksiyalari yosh xususiyatlari va shaxs 
rivojlanishida ochib berilgan. Idealning xarakteri va mustahkamlik darajasi bolani 
rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatadi. Anglab yetilgan ideal namunaviy mezon sifatida 
о‘quvchilarning о‘zini hamda boshqalarni harakatlarini baholash paytida ishtirok 
etadi. 
L.Bojovich, atrofdagilarning insonni xulqi, faoliyat natijalari hamda bevosita 
uning shaxsiy sifatlarini baholashlari ham undagi о‘ziga baho berishni 
rivojlantiruvchi muhim manbaadir, deydi. Uning fikricha, о‘quvchini о‘z-о‘zini 
anglashidagi ijtimoiy baho ikki hil bо‘ladi: 
-uning xulqi atrofdagilar talablariga mos keladigan mezon hisoblanib, u 
bolaga gо‘yoki atrof-muhit bilan uning о‘zaro munosabatlari xususiyatlarini 
kо‘rsatib beradi va shu bilan birga, uning emotsional uyg‘unligi va xulqini subyekt 
sifatidaga baholanishini belgilab beradi.
-ijtimoiy baho berish bolaning xulqi hamda faoliyatida u yoki bu sifatlarni 
ajratib olishga va о‘zining bahosi qilib olishga yordam beradi. L.I.Bojovich о‘z 
tadqiqotlarida о‘quvchining о‘zini о‘zi anglashining shakllanishida ijtimoiy baho 
berish funksiyasi va uning pedagogik ahamiyatini asoslab berdi va 
L.I.Bojovichning shaxs rivojlanishini davrlashtirish tizimi aynan “Men” siymosi 
rivojlanganligi va anglanganligiga asoslangan edi. 
A.N.Leontev tadqiqotiga kо‘ra, individual (yakka shaxsga oid) ongdagi 
mohiyat bilan mazmun о‘rtasidagi ziddiyatda о‘z-о‘zini anglash va “Men”likni 
baholash yotadi. 
Bu borada kо‘plab psixolog olimlar qatori taniqli fiziolog-olim I.P.Pavlov 
ham ish olib borgan. Uning fikricha, о‘zini о‘zi muvofiqlashtirish о‘zini о‘zi 
takomillashtirish tizimidir. Ta’rifda keltirilganiday, har ikkala sо‘z ham о‘xshash 
va “О‘zini о‘zi” degan sо‘zlar takrorlanib kelmoqda. Bizning har birimiz ana shu 
“о‘zini о‘zi” degan sо‘zlarni qanchalik kо‘p ishlatdigan bо‘lsak, ya’ni biz 
о‘zimizni qanchalik kо‘proq anglab yetgan bо‘lsak, о‘zimizni qanchalik 


takomillashtirib, foydali ishlarga safarbar qilsak, shu qadar kuchli shaxsga 
aylanamiz. 
I.P.Pavlovning izdoshlari shaxs haqidagi bilimlarni guruhlashtirib borib, 
kishi о‘zini va о‘zgalarni qanday qilib baholashi mumkinligini kо‘rsatib berdilar. 
Bunda eng avvalo har bir kishi: “Men nimani istayman, nimalarga intilaman?” 
degan savolga javob berishi kerak. Ana shu javoblarda bizning yaqin kelajakdagi 
va uzoq istiqboldagi orzu-umidlarimiz, qiziqishlarimizning yо‘nalishi, bizning 
hayotiy qoidalarimiz, ehtiyojlarimiz, ideallarimiz ayon bо‘ladi. 
V.V.Davidovning tadqiqotiga kо‘ra, insonning о‘ziga bergan bahosining qay 
darajada shakllanganligini о‘rganishda asosiy e’tiborni shaxsdagi “qо‘zg‘alishni 
boshqara olish mexanizmlariga” qaratish kerak. Psixologning ta’kidlashicha, 
ta’limning yaxshi tadqiq etilishi о‘quvchi yoshlarning о‘z shaxsini baholashiga 
ijobiy ta’sir kо‘rsatishi mumkin. Albatta, buning uchun pedagogga ham katta 
mas’uliyat yuklanadi. V.V.Davidovning fikricha, shaxsning о‘ziga baho berishi 
shaxsdagi asosiy va xarakterli xususiyatdir. Buni qanday tushunish mumkin? 
О‘ziga baho berish-о‘z faoliyati va о‘zining odamlarga bо‘lgan munosabatiga baho 
berishidir. Bu xususiyat tufayli kishining faolligi о‘zgaradi. U sekin-astalik bilan 
rivojlanadi va atrofdagilarning ehtiyoji, talabi va shaxsning о‘ziga bо‘lgan 
munosabati orqali namoyon bо‘ladi. Kim о‘zini yuqori baholasa, ular о‘zlariga 
yuqori baho berilishini talab qilishadi.

Yüklə 306,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə