Reja: Neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi



Yüklə 84,67 Kb.
səhifə1/4
tarix21.10.2023
ölçüsü84,67 Kb.
#130148
  1   2   3   4
1-mavzu Oʻzbek-WPS Office Japakov Otabek mutahasislikka kirishish 1-fayil[1]



1-mavzu: Oʻzbekiston Respublikasi Neft va gaz sanoati karxonalari va ularning rivojlanish tarixi.

Reja:


1. Neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi.
2. Òzbekiston Respublikasida gaz sanoatining tarkib topishi.
3. Òzbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgandan sòng neft va gaz sanoatini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar.

Neft va gaz insoniyatga juda qadimdan ma’lum bо‘lib, ulardan olinadigan mahsulotlarning xalq xо‘jaligidagi iste’mol qilish о‘rni hamda ularga bо‘lgan ehtiyoj yil sayin ortib borgan.О‘zbekistonda qadim zamonlardayoq neftdan foydalanib kelingan. Neftning о‘ziga xos о‘tkir hidi tufayli qishloq xо‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda undan foydalanilgan. Neftdan dori-darmon tayyorlash maqsadida Abu Ali ibn Sino neftni haydashga oid tajribalar о‘tkazgan. Xorazm geografigi Bakrom (XIII asrda) Bakudagi neftni haydash texnologiyasi haqida birinchi bо‘lib eslatib о‘tagan. Shuning uchun ham neft va uni qayta ishlash О‘zbekistonda eng qadimiy tarmoqlardan biridir. О‘zbekistonda neft qazib chiqarish 1876 yildan boshlangan. Farg‘onaning Qamishboshi qishlog‘ida rus tadbirkori D.P. Petrov tomonidan XIX asrning 80-yillari boshida 25 metrgacha burg‘ilangan 2 ta quduqning har biridan kuniga 10 pud (160 kg) gacha neft qazib olgan. 1880-1883 yillar davrida bu quduqlar soni 4 taga yetgan. Quduqlar zarbali usul bilan qazilgan. Ularning devorlari taxta bilan qoplangan va neft maxsus uzun chelaklar (qovg‘alar) yordamida tortib olingan. Ba’zi ma’lumotlarga muvofiq bunday quduqlardan kuniga 5-10 tonnagacha neft olingan.Rus tadbirkori D.P. Petrov 1885 yilda SHо‘rsuvda ikkita quduq qazdirgan va ulardan kuniga 400-500 kg neft olingan, undan maxsus qozonda kerosin va qoramoy ajratib olina boshlangan. Aynan, shuning uchun ham manbalarda О‘zbekistonda neft sanoatining boshlanishi 1885 yildan deb kо‘rsatilgan.О‘ zbekistonda dastlabki neft koni 1904 yilda ochilgan, u Farg‘ona vodiysidagi Chimyon neft konida 278 m chuqurlikdan (avvalgi Vankovsk) qazib olingan. Undan kuniga qariyib 130 tonna neft otilib chiqqan. О‘sha yili Oltiariq temir yо‘li stansiyasi yaqinida neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirilgan. О‘zbekistonda neft sanoatining paydo bо‘lishi shu sanadan boshlanadi degan fikrlar ham mavjud. Qayta ishlangan neftdan asosan kerosin olingan. Kerosin va qoldiq qoramoy aravalarga va tuyalarga yuklanib, О‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Xitoy bozorlarida, Toshkent, Andijon, Qо‘qon paxtani qayta ishlash zavodlariga, moyjо‘vozlarga va aholiga sotilgan. Neft qoldiqlari temir yо‘l taransportida yoqilg‘i sifatida ishlatilgan. Keyinroq Farg‘ona botig‘ida bir nechta konlar ochilgan (Chimyon yonidagi Yorqо‘ton va Moylisoy maydonlarida), Chimyon- Oltiariq neft quvuri qurilgan, neftni qayta ishlash zavodi kengaytirilgan. Bu davrda rus va chet el kapitali neft qazib olish, uni qayta ishlash, neft mahsulotlarini sotishni tо‘la nazoratga olgan. 1913 yilda jami 13 ming tonna neft qazib olingan. Sobiq chor Rusiyada oktabr oyidagi tо‘ntarishdan keyin neft konlari va neftni qayta ishlash korxonalari davlat tasarrufiga о‘tkazilgan, neft konlarini izlash, ishga tushirish ham shо‘rolar hokimiyati ixtiyoriga berilgan. Bundan keyingi yillarda yangi neft konlari ochilgan va tez fursatlarda ishga tushirilgan. Oltiariq zavodi kengaytirilgan. О‘sha davrda respublikada neft sanoatining infratuzilmasi ham vujudga kelgan. 1941 yilda 196 ming tonna, 1945-yilda 478 ming tonna neft qazib olingan. 1950-yilga kelib О‘zbekistonda neft qazib chiqarish 1 mln 342 ming tonnaga yetgan. XX asr 50 yillaridan neft konlarida mexanizatsiya vositalari qо‘llanilgan, turbinali burg‘ilash joriy qilina boshlangan. Farg‘ona vodiysi va Surxondaryo viloyati 1959 yilda 9 ta neft konining о‘zidan 1 mln 460 ming tonnadan ziyod neft qazib olingan. О‘sha davrda Buxoro–Xiva hududlarida topilgan neft konlari ishga tushirilgan, ularning negizida neft va gaz qazib olish boshqarmasi tashkil etilgan. XX asr 70 yillarning boshida ayrim neft konlaridagi zaxiralarning tugashi natijasida neft qazib olish kamaygan. Yangi neft konlarini topish uchun chuqur quduqlar qazishga tо‘g‘ri kelgan. Voruxda 5200 m, G‘umxonada 5670 m, Chust-Popda 5805 m, Mingbuloqda 6006 m о‘ta chuqur neft quduqlari burg‘ilangan.Keltirilgan ma’lumotlardan kо‘rinib turibdiki, О‘zbekistonda dastlabki neftgaz konlari Farg‘ona botig‘ligidan topilgan va ishga tushirilgan.Respublikamizda gazdan birinchi foydalanish ham Farg‘onadan boshlangan. 1944 yil Farg‘ona vodiysidagi Andijon konidan Andijon shahrigacha gaz quvuri tortilgan, 1951 yil Polvontosh konidan gaz qazib olina boshlangan. Surxondaryodagi Xovdok maydonida 1933 yil chuqur razvedka qudug‘ini burg‘ilashga kirishilgan va 1934 yil 158 m chuqurlikdan neft favvora holida otilib chiqqan.
О‘zbekistonda gaz sanoatining tarkib topishi va rivojlanish tarixi asosan 1953 yilda Qizilqum chо‘lida Setanlantepa hududida birinchi gaz koni ochilishi bilan boshlangan. Buxoro viloyatining gaz–neftli hududlarida katta hajmdagi ishlar olib borilgan. 1956 yilning 17 oktabrida Gazli maydonidagi 600 metrlik quduqdan kuchli gaz favvorasi otilib chiqqan. Bu bilan О‘zbekistonda gaz sanoatida yangi davr boshlangan.Keyinchalik Buxoro-Xiva hududida SHо‘rtan, Zevarda, Pomiq, Alan, Kо‘kdumaloq, Shimoliy О‘rtabuloq, Kruk konlari qidirib topilgan va ishga tushirilgan.Ustyurt о‘lkasida mustaqillik yillarida Urga, Sharqiy Berdax, Uchsoy, Surg‘il kabi qator gazkondensat konlari topilgan va ulardan ayrimlari ishga tushirilgan.О‘zbekistonda neft va gaz sanoatining rivoji va taraqqiyotini Respublikamiz mustaqilligi bilan tо‘g‘ridan–tо‘g‘ri bog‘lab, shundan keyingi yillarda bu sohada erishilgan jiddiy yutuqlar haqida fikr yuritish maqsadga muvofiqdir.О‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan sо‘ng neft va gaz sanoatini rivojlantirish masalasi muhim ishga aylangan. 1992-yilda 23 dekabrda neft va gaz sanoati hamda u bilan bog‘liq barcha korxona va tashkilot muassasalar yagona boshqaruvga birlashtirilgan va «О‘zbekneftgaz» korporatsiyasi tashkil etilgan. 1993 yil Farg‘ona botig‘ining о‘ta chuqur qatlamlaridan (Mingbuloq tuzilmasidan) neft otilib chiqgan, qidiruv-burg‘ilash ishlari natijasida 6000 metrdan chuqurlikdan anomal yuqori bosimli neft qatlami topilgan va bugungi kunda uni ishga ishlari jadal davom etmoqda. Respublika neft sanoati xalq xо‘jaligining neftga bо‘lgan talablarini tо‘liq qondirish imkoniyatlariga ega bо‘lindi. Ayniqsa, Kо‘kdumaloq neftgazkondensat koni ochilgandan keyin Fransiyaning TEKTER firmasi bilan hamkorlikda Buxoro viloyatining Qoravulbozor tumanida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 1996 yilda qurib tugallandi. 1997 yilda yuqori sifatli surkov moylari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan О‘zbekiston-AQSH “О‘z-Teksako” qо‘shma korxonasi tashkil etildi. 2000 yilda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi tо‘liq ta’mirlandi. Mazkur zavodda surkov moylari va yonilg‘i ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bо‘lib, 30 dan ortiq texnologik moylar ishlab chiqariladi va Oltiariq neft zavodi yonilg‘i yо‘nalishda qayta jihozlandi.О‘zbekiston neftni qayta ishlash zavodlarida yuqori oktanli benzin (shu jumladan, B-92 aviabenzin), dizel yonilg‘isi, koks, parafin, motor moylariga qо‘shilmalar, yengil avtomashinalar uchun motor va surkov moylari (kompressor, turbina, urchuq moylari) kerosin, bitum, mazut kabi 50 turdan ortiq neft mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni о‘zlashtirish dasturiga muvofiq yangi texnologiyalar о‘zlashtirilmoqda. Keyingi yillarda mamlakatimizda neft (gaz kondensati bilan birga) qazib olish hajmi keskin oshirildi. 1991-2003 yillarda О‘zbekistonda neft va kondensat olish 2,8 marta oshdi (1990 yilda 2,81 mln tonna, 1995 yilda 7 mln tonnaga yaqin, 1997 yilda 7,9 mln tonna neft va gaz kondensat bilan qazib olindi) va 1995 yilda neft importi tugatilib, respublikaning neft mustaqilligini ta’minlashga imkoniyat yaratildi. О‘zbekiston neft mustaqilligiga erishgach, chetdan neft va neft mahsulotlari tashib keltirishga zarurat qolmadi. 2001 yilning yanvariga kelib konservatsiyadagi 13 ta kon qidiruv holatida. 2000 yilda О‘zbekiston neft va gaz kondensati bilan birga 7,53 mln tonna qazib olindi. Neftni qayta ishlash zavodlarida 1,7 mln. tonna benzin, 1,9 mln. tonna dizel yoqilg‘isi, 0,4 mln. tonna kerosin, 1,7 mln. tonna mazut ishlab chiqarilgan.

2-mavzu: Neftning fizik-kimyoviy xususiyati.



Reja:
1. Neftning òziga xos xususiyatlari.
2. Neftning qadim zamonlardan ishlatilib kelishi.
3. Neftni ishlab chiqarish usullari.

Neft (turkcha: neft; forscha: نفت - naft), qoramoy — suyuq yonuvchi qazilma boylik, organik birikmalarning, asosan, uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat modda. Yer yuzasidan, asosan, 1,2—2,0 km chuqurlikdagi yer osti gumbazlarining gʻovak yoki seryoriq togʻ jinslari (qum, qumtosh, ohaktoshlar)da joylashgan. Chiqarilayotgan neft, asosan, burgʻilangan quduqlardan olinadi.²Neft oʻta muhim yonilgʻi-energiya manbai boʻlib, benzin, kerosin dizel yonilgʻisi, mazut, moylash materiallari va bitumlar olishda asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladi.Neft Qora yoki qoʻngʻir, baʼzan och malla rangli boʻlib, oʻziga xos hidi bor. Zichligi 750–970 kg/m³. Zichligi 20° da 850 kg/m³ dan past boʻlgan Neftlar yengil,851 –885 kg/m³ — oʻrtacha ogʻirlikdagi va 885 kg/m³ dan yuqorilari ogʻir Neft hisoblanadi. Qaynash temperaturasi 28° dan yuqori. Qotish temperaturasi —60°dan —26° gacha, 50° dagi qovushoqligi 1,2—55 mm2/s, solishtirma issiqlik sigʻimi 1,7—2,1 kJ/(kg. K), yonish issikligi 43,7—46,2 MJ/kg ga teng. Chaqnash harorati 35— 120°. Organik erituvchilarda eriydi, suvda erimaydi, lekin suv bilan turgʻun emulsiya hosil qiladi.Neft tarkibida parafin, naften va aromatik uglevodorodlar boʻladi, uglerod 82—87%, vodorod —11,5—14,5%, oltingugurt 0,1—5,5%ni tashkil etadi. Bundan tashqari, vanadiy, nikel, kalsiy, magniy, temir, alyuminiy, kremniy, natriy kabi 20 dan ortiq elementlar, 5% gacha har xil aralashmalar — naften kislotalar, asfalt-smola moddalar, merkaptanlar, vodorod sulfid, tiofen va tiofanlar, disulfidlar, piridin, piperidin va boshqa mavjud. Neft tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab kam oltingugurtli (0,6% gacha), oltingugurtli (0,6—1,8%) va koʻp oltingugurtli (1,8%dan ortiq) sinflarga boʻlinadi.Neft juda qadimdan ishlatib kelingan. Yaqin Sharkda joylashgan qadimiy davlatlarda aholi Neft va bitumdan foydalanganligi haqida maʼlumotlar saqlanib qolgan. Jumladan, tarixiy manbalarda Suriya va Iroqsan oqib utadigan Furot daryosining sohillarida milloddan 4—6 ming yil avval, ikki daryo oraligʻida joylashgan Shumer davlati (hozirgi Iroq)da, Bobilda, Qadimgi Misrda yunon va rimliklar idishlar yasashda, haykallarni bezashda, saroy va yoʻl qurilishlarida, jasadlarni balzamlash va mumiyolashda Neftdan ishlatganliklari qayd etilgan. Neft kuygan joyni, shish, revmatizm va teri kasalliklarini davolashda ishlatilgan. Yunon tabibi Gippokrat Neft bilan tayyorlangan dorilar tarkibini, italiyalik mashhur sayyox. Marko Polo (1254—1324) Kavkazda "yer moyi" borligini, undan yonilgʻi sifatida foydalanish va tuyalarni davolashda ishlatish mumkinligini yozib qoldirganlar. Qadimda sharqda Neftdan harbiy maqsadlarda ham foydalanganlar. Shuningdek, miloddan avvalgi 331 yil Neftdan Genuya (Italiya) koʻchalarini yoritishda foydalanganliklari maʼlum.Neft chiqarish qadim zamonlardan maʼlum. Miloddan avvalgi Kissiyada Neft quduqlardan chiqarilgan. Midiya, Bobil va Suriyada Neft ochiq suv havzalari yuzidan yigʻib olingan. Oʻsha davrda yerni burgʻilamasdan yer yoki suv yuzasidagi, quduqlardagi tayyor Neftni yigʻib olganlar. 15-asrda Italiyada Neftli qumtosh va ohaktoshlarni qizdirib va siqib Neft olingan. 1868-yilda Qoʻqon xonligida koʻldan ariqlarda oqib chiqadigan suv yuzasidan Neft yigʻib olingan; buning uchun ariqlarga ostidan suv oʻtadigan, yuzida esa Neft yigʻiladigan toʻsiq qilingan. 17-asrda Bokuda quduqlardan Neft chiqarilgan. Bunday quduqlarning chuqurligi 27 m gacha boʻlib, devorlari toshlar yoki yogʻochlar bilan mustah-kamlangan.19-asrning 60-yillaridan Neft burgʻi quduqlari orqali chiqarila boshladi. 1865-yilda AQShda birinchi marta Neft mexanik usulda (nasos yordamida) chiqarilgan. Bu usul 1874—95 yillarda Gruziya, Boku va Groz-niydagi konlarda ham joriy etilgan. Neftni burgʻi quduqlari orqali chiqarish usuli, asosan, 20-asrning 30-yillariga kelib ancha takomillashdi.Neftni chiqarish uchun neft atrofida joylashgan suv yoki gaz bosimini oshirish usuli bilan qatlam gʻovaklaridagi neft quduq zaboyiga yigʻiladi. Suv bosimi, odatda, boshlangʻich neft zaxirasining 50—80% ini, gaz esa atigi 20— 50%ini siqib chiqaradi. Odatda, tashqaridan berilayotgan suv qazib chiqarilayotgan neftning oʻrnini toʻla egallay olmaganligidan bosim kamayib ketadi. Natijada neftning favvora boʻlib tabiiy otilishi tugaydi. Shundan keyin neft kompressor yordamida chikariladi.Neftni kompressor bilan chiqarishda quduqga neft gazi yoki havo haydaladi; ular neftga aralashib, zichligini kamaytiradi, natijada neft va gaz aralashmasining sathi quduq yuzasigacha koʻtarilib, neftning favvora boʻlib otilishi davom etadi. Neft quduqlardan neft nasosi yordamida ham chiqariladi.Qatlam bosimining pasaya borishi natijasida quduq debitining tushishi neft chiqarishning iqtisodiy koʻrsatkichlarini yomonlashtiradi. Neft konlarini ishga tushirish nazariyasi, ayniqsa, yer osti gidrogazodinamikasining rivojlanishi natijasida Neft chikarishning yangi usullari ishlab chiqildi. Bularda Neft qatlamlariga suv yoki gaz haydash yoʻli bilan qatlam bosimini butun ekspluatatsiya mobaynida deyarli birday ushlab turish mumkin.

3-mavzu: Gazning fizik-kimyoviy xususiyatlari


Reja:
1. Gazlarning umumiy xususiyatlari.


2. Gazlar moddiy dunyoning energetik boshqaruvchisidir.
3. Gazlarning fizik xossalari.


Gazlar (frans. gaz) — modda holatlaridan biri. Har bir modda harorat va bosim oʻzgarishiga qarab qattiq, suyuq va gaz holatda boʻladi. Mac, suv qattiq (muz), suyuq (suv) yoki gaz (bugʻ) holatda boʻlishi mumkin. Gazlar molekulalari siqiluvchan, harakatchan, zichligi juda kichik, birbiri bilan tez aralashadi. Gazlar tashqi taʼsir boʻlmaganda idish hajmining hammasini egallaydi. Gazlar molekulalari orasidagi tortishish kuchi qattiq va suyuq jism molekulalarinikidan ancha kichikdir. Normal sharoit (273, 15K temperatura va 101 105 Pa bosim)da Gazlar zichligi suyukliklar zichligiga nisbatan 1000 baravar kam yoki gaz molekulalari orasidagi masofa suyuqliklarnikiga nisbatan 10 baravar katta boʻladi. Shunday boʻlsa ham normal sharoitda 1 sm3 gazda 310" dona molekula bor. Gazlar uchta kattalik: bosim (r), hajm (V) va temperatura (T) bilan ifodalanadi. Bu kattaliklar maʼlum boʻlsa, gaz holatini aniqlash mumkin. r, V va T kattaliklarning oʻzgarishi bir-biriga bogʻliq. Holatining oʻzgarishiga qarab, Gazlar har xil xususiyatli boʻladi. Mas, kuchli siqilgan gazning fizik xususiyatlari normal bosimdagi gaznikidan farq qiladi. Normal bosim va temperaturadagi Gazlar holati Klapeyron tenglamasi ifodalanadi Bu tenglamada molekulalarning oʻzaro taʼsir kuchi va xususiy hajmi hisobga olinmagan, shuning uchun bu qonunga boʻysunuvchan Gazlar ideal Gazlar deyiladi. Tabiatda ideal Gazlar yoʻq, lekin normal sharoitdagi va yana ham yuqori temperatura va past bosimdagi Gazlarga Klapeyron tenglamasini tatbiq qilish mumkin. Bosim juda yuqori va temperatura juda past boʻlgan sharoitda Van-der-Vaals tenglamasi R + -jkW ʻ b) = f RT tatbiq qilinadi. Bunda Pi = -^g — molekulalarning oʻzaro taʼsiridan paydo boʻlgan ichki bosim, — molekulalarning xususiy hajmi; a — berilgan Gazlar uchun oʻzgarmas kattalik. Van-der-Vaals tenglamasiga boʻysunuvchi Gazlar real Gazlar deyiladi. Normal sharoitda Gazlarda issiqlik oʻtkazuvchanlik, diffuziya hodisalari va boshqa ichki hodisalar kuzatiladi. Bu hodisalar molekulalarning doimo tartibsiz harakati va bir-biri bilan toʻqnashuvi natijasidir Normal sharoitda Gazlar oʻzidan elektr toki oʻtkazmaydi, lekin bosim va temperaturaning oʻzgarishi bilan Gazlarning bu xususiyati oʻzgaradi. Har qaysi real gaz oʻziga xos kritik temperatura (Tk) gacha sovitilganda suyuqlikka aylanadi. Mas, suv uchun Tk=374,2°K, shunda suv bugʻ holatida, kislorod uchun TK=91,14°K, shunda u gaz holatida boʻladi va h.k.Gazlarning barcha turlari moddiy dunyoning ham energetik boshqaruvchisidir, chunki kislorod-azot Gazlar aralashmasi yoqilgʻilarni (ichki energiyasi moʻl moddalar majmuasi) turli sohalarda yoki umuman tabiatda yonishi (vulkanlar harakati, katta oʻrmon hududlarining oʻt olishi va boshqalar) maʼlum darajada planetamizning hozirgi energetik holatini ham boshqarib turadi. Gazlarning noyob oksidlanish va oksidlash, yoqish va yondirish, portlash va portlatish xossalaridan hayotimizda, xalq xoʻjaligida, texnikada va ulkan hajmdagi loyihalarni amalga oshirishda foydalaniladi. Gazlar chiroklari, lampalari, alangalatkichlari, oʻchoqlari, kavsharlagichlari, yoritkichlari, turbinalari, isitkichlari, dvigatellari, kondensatorlar, sovitgichlar, ochgichlar, turbinali elektr stansiyalar, turbinali avtomobillar, lokomativ turbovozlari, lazerlari va boshqa taraqqiyotning asosiy mohiyatini belgilaydi. Bunda yuqorida keltirilgan aynan Gazlardan tashqari neftni qayta ishlash, yoʻlakay, tabiiy yonuvchan (metan, etan, propan, butan) Gazlardan amalda keng foydalaniladi Neftni qayta ishlash Gazlari neftning termokrekingi yoki haydash mahsulotlarining katalitik krekingi, pirolizi hamda katalitik gidrogenlashdan hosil boʻladi. Neftning tezlik krekingidan hosil boʻladigan Gazlar tarkibi aynan olingan neft turiga, chuqur kimyoviy qayta ishlanganda esa jarayonlar olib borish usullari va sharoitlariga bogʻliq boʻladi Neftni chuqur kimyoviy qayta ishlash jarayonida Gazlar tarkibida toʻyinmagan Gazlar ham hosil boʻladi. Bu Gazlar sanoatda organik va neft-kimyoviy sintezlarda yarim mahsulot yoki monomerlar sifatida koʻp qoʻllaniladi. Respublikamizda Koʻkdumaloq "neft-gazokondensat-gaz" konida yoʻlakay Gazlardan foydalanish tajribadan oʻtmoqda. Bu Gazlar tarkibida metan — 89%, etan — 0,3%, propan — 0,2%,butanlar — 0,6%, Gazlar kondensati — 6—7% va boshqa Gazlar (N2, CO2, H2S) - 1,2% boʻladi. Gazlar sanoatda keng ishlatiladi.G'azo tabiiy va sun'iy jihatdan bo'lingan. Hozirgi vaqtda gaz ta'minoti asosan tabiiy gazlardan foydalaniladi. Ularda murakkab ko'p shasoratli kompozitsiya mavjud. Tabiiy gazlarga qarab, tabiiy gazlar uch guruhga bo'linadi:
1. Toza gaz konlaridan qazib olingan gaz 82. ..98% metandan iborat;
2. 80 ta gaz kondensati konlarining gazlari 80.95% metan;
3. 30 ... 70% metan va og'ir uglevodorodlarning katta miqdoridagi neft konlarining gazlari. Og'ir uglevodorodlar tarkibiga ega bo'lgan gazlar (propandan va undan yuqori) 50 g / m 3 dan kam, quruq yoki "yupqa" deb ataladigan va uglevodorodlar uchun katta miqdordagi "yog '".Yaqinda ular to'rtinchi tabiiy gazlar guruhi haqida - Slanan gaz va ko'mir qatlamlaridan metan haqida gapira boshladilar. Slanet gazi - asosan metandan iborat shiferdan ishlab chiqarilgan tabiiy gaz. Slanet gazi yonadigan slanetsda mavjud bo'lgan kerogen buzilish natijasida hosil bo'ladi; Gaz bu erda mikrokreditlar mavjud. 2000-yillarning boshlarida "Barnet" depozitida 2000-yillarning boshlarida AQShda slanets gazining keng ko'lamli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. 2009 yilda Qo'shma Shtatlar ommaviy axborot vositalarida "Gaz inqilobi" deb nomlanganligi sababli, 2009 yilda Amerika Qo'shma Shtatlari gaz qazib olish sohasida dunyo lideri bo'ldi va 40 foizdan ko'prog'ini tashkil etuvchi manbalar (ko'chani shakllantirish va slanetsdan mete) bo'lgan. gaz). Metan ko'mir hosil bo'lish ko'mir cho'kindilarda mavjud. Ko'mir konlarida portlashlar sababidir. Metan ko'mir hosil bo'lish ko'mir va samarali yoqilg'i ekologik tozalagich hisoblanadi.Gaz quvurlarini gidravlik va termal hisoblashni o'tkazish va kompressor stantsiyalarining ishlash rejimini hisoblash uchun tabiiy gazlarning asosiy xususiyatlarini: zichlik, yopishqoqlik, gazning doimiy xususiyatlari, harorat va bosimning psevutarikligi, issiqlik quvvati , issiqlik o'tkazuvchanligi koeffitsientlari, siqilish koeffitsientlari va joulson - Tomson.

4-mavzu: Neftni qayta ishlashga tayyorlash.



Reja:
1. Neftni qayta ishlash usullari.
2. Neftni haydash yòllari.
3. Neftni stabillash va tozalash.


Neftni qayta ishlash - Neftdan neft mahsulotlari (benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi, mazut, moy, bitum, gudron, parafin va boshqalar) olishda qoʻllanadigan texnologik usullar majmui. Neftni qayta ishlashdan avval neft tarkibidagi suv, tuz va mexanik aralashmalar tozalanadi, keyin uni stabillashtirish, yuqori haroratda bugʻlatib haydash, distillyatlarni tozalash, qoʻshimchalar qoʻshish va boshqalar bajariladi.Neftni haydash usuli miloddan avval maʼlum edi. Bu usul neftdan dori-darmon tayyorlash maqsadida qoʻllangan. Qadimgi yunon tabibi Kassiy Feliks va Abu Ali ibn Sino neftni haydashga oid tajribalar oʻtkazishgan. Xorazm geografi Bakron (13-asr) Boku neftini haydash haqida birinchi boʻlib eslatib oʻtadi. XVIII asrga kelib neft konlarini qidirish va oʻrganish munosabati bilan neftni haydashga katta eʼtibor berildi. Neftni haydash laboratoralari qurildi. 1823-yilda aka-uka Dubininlar Mozdok shahri yaqinida davriy ishlaydigan neftni haydash zavodini qurdilar. Ular kubga quyilgan 40 chelak neftdan 16 chelak haydalgan neft olganlar. Shu tariqa neftni haydash zavodlari taraqqiy eta boshladi.Neftni qayta ishlab yonilgʻi va moylar olishda uni toʻgʻri haydash birlamchi va asosiy jarayon hisoblanadi (sxema). Toʻgʻri haydash pech quvurlarida harakatda boʻlgan neftni qattiq qizdirib bugʻlatish, bugʻni rektifikatsiya ustuni (kolonnasi)da fraksiyalarga boʻlish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Quvurli pechlarda neft 330—350° gacha qizdirilib, keyin rektifikatsiya ustunining oʻrta qismiga yuboriladi. Neftning suyuq qoldiqlari ustunning devorlaridan pastga sizib tushadi, yengil uglevodorod bugʻlari esa ustunning tepa qismiga qarab intiladi va rektifikatsiya tarelkalariga urilib, kondensatga (suyuqlikka) aylanadi. Tarelkalar ustunning har xil balandliklarida joylashgan boʻlib, pastki tarelkalarda ogʻir uglevodorodlar, yuqoriroqdagi tarelkalarda yengilroq uglevodorodlar kondensatga aylanadi.Neftni toʻgʻri haydashda rektifikatsiya ustunlaridagi bosim atmosfera bosimiga teng boʻladi. Rektifikatsiya ustunining tagida yigʻilgan mazut kreking qurilmalarida qayta haydalishi yoki yoqilgʻi mazuti sifatida ishlatilishi mumkin. Mazutlarning ikkilamchi qayta ishlanishi vakuum qurilmalarida bajariladi. Vakuum ustunlarining yuqori qismidan solyar frakiyalari kondensatlari, quyiroqda moy fraksiyalari, ustunning pastki qismida esa gudron yoki yarim gudron yigʻiladi.Neft tarkibida uglevodorodlarning butan propanli, qisman pentanli fraksiyalari bo'ladi.Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Oʻzbekistonda yangi neft konlari ochilishi bilan Neftni qayta ishlash sanoatii.s. jadal surʼatlar bilan rivojlandi, texnika darajasi va ishlab chiqarish koʻlami oʻsdi. 1959-yilda Fargʻona neftni qayta ishlash zavodining 1nav-bati ishga tushirildi. Koʻkdumaloq neft-gaz koni ochilganidan keyin Fransiyaning TEKNEP firmasi bilan hamkorlikda Buxoro viloyatining Qo-rovulbozor tumanida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 1996-yilda qurib bitkazildi. 1997-yilda yuqori sifatli surkov moylari ishlab chiqarish ga ixtisoslashgan Oʻzbekiston—AQSH "Oʻz-Teksako" qoʻshma korxonasi tashkil etildi. 2000-yilda Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi toʻliq taʼmirlandi. Mazkur zavod surkov moylari va yonilgʻi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, ishlab chiqarish boʻyicha 30 dan ortiq tex-nologik qurilmaga ega, Oltiariq neft zavodi esa yonilgʻi yoʻnalishida.Neftni qayta ishlash zavodlarida yuqori oktanli benzin (shu jumladan, B-92 aviabenzini), dizel yonilgʻisi, koks, parafin, motor moylariga qoʻshilmalar, yengil avtomashinalar uchun motor va surkov moylari (kompressor, turbina, ur-chuq moylari), kerosin, bitum, mazut kabi 50 turdan ortiq neft mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yangi mahsulot turlari ishlab chiqarishni oʻzlashtirish dasturiga muvofiq yangi texnologiyalar oʻzlashti-rilmoqda. Keyingi yillarda mamlakatimizda neft (gaz kondensata bilan bir-ga) kazib olish hajmi keskin oshirildi. Neftni qayta ishlash sanoatii.s. AQSH, Yaponiya, Germaniya, Italiya va Buyuk Britaniyada, ayniqsa, rivojlangan Neftni tashish va saqlashda eng zarur uglevodorodlarning yoʻqolishini kamaytirish, neftni haydash qurilmasiga kelayotgan neft bug'lari bosimini bir xil tutib turish uchun bu fraksiyalar ketkaziladi. Bu ish suvsizlantirish va tuzsizlantirish qurilmalari bilan birga qurilgan kompleks yoki maxsus qurilmalarda bajariladi. Stabillash natijasida ajratib olingan propanbutan fraksiyasi neft-kimyo sanoati uchun muhim xom ashyo hisoblanadi.Neft idishga quyilib qizdirilganda, uning harorati ko'tariladi va bir qismi hatto 30—40° dayoq bugʻlanib havoga koʻtarila boshlaydi. Nisbatan past temperaturalarda bugʻlangan uglevodorodlar neftning yengil qismi (fraksiyasi), idishda qolgan uglevodorodlar neftning ogʻirroq qismi hisoblanadi. Bugʻlangan neft sovitilsa, u yana suyuq holatga oʻtadi. Neftni bugʻlatib, keyin bugʻlangan uglevodorodlarni suyuqlikka aylantirish jarayoni neftni toʻgʻri qaydash deb, olingan mahsulot distillyat deb ataladi.Neft mahsulotlarining sifatini yaxshilash maqsadida olingan distillyatlar tozalanadi. Distillyatlarni oltingugurt, azot, kislorod va toʻyinmagan uglevodorodlardan tozalash uchun gidrotozalash jarayoni qoʻllanadi. Gidrotozalash 350—420° da va 1,7 — 40 MPa bosimda katalizator yordamida amalga oshiriladi. Gidrotozalash, asosan, dizel yonilgʻisi va moy distillyatlarini oltingugurtdan tozalashda va ayrim distillyatlarni ikkilamchi jarayonga tayyorlashda ishlatiladi.Yonilgʻi distillyatlaridagi kislorod va oltingugurtli birikmalarni yoʻqotishda ishqor bilan tozalash usuli ham qoʻllanadi. Bu jarayonda tozalanayotgan mahsulotga ishqor va suv qoʻshilib, hosil boʻlgan birikmani mahsulotdan ajratib olinadi.Yonilgʻi va moy distillyatlarining sovuq paytda qotib qolmasligini taʼminlash maqsadida ular parafinsizlantiriladi. Bunda tez quyuqlashadigan parafin uglevodorod distillyatlardan ajratib olinadi.Neftni toʻgʻri haydalganda ajralib chiqqan benzin, kerosin va dizel yonilgʻisi fraksiyalarining jami ulushi neft hajmining 40—50 % idan oshmaydi. Yonilgʻilarni ajratib olish ulushini oshirish va ularning sifat darajasini yanada koʻtarish maqsadida neftni kimyoviy qayta ishlash, yaʼni ikkilamchi jarayonlar qoʻllanadi. Ular orasida kreking jarayoni — uglevodorodlarni parchalash jarayoni keng tarqalgan. Benzinlarning detonatsiyaga turgʻunligini oshirish maqsadida uglevodorodlarni alkillash va izomerlash jarayenlari ham qoʻllanishi mumkin.Neft mahsulotlarining sifatini yaxshilash uchun qoʻshimchalar qoʻshiladi.Neftli qatlamlar Yer poʻsti tarixining hamma davrlariga mansub qavatlarida uchraydi, ammo eng koʻp zaxirasi devon, yura, bur va toʻrtlamchi davr yotqiziqlarida joylashgan. Neftli qatlamlar maydoni 1000 km², qalinligi 100 m gacha yetib, bir konda bir necha Neftli katlam mavjud boʻlishi mumkin.Neft juda qadimdan ishlatib kelingan. Yaqin Sharkda joylashgan qadimiy davlatlarda aholi Neft va bitumdan foydalanganligi haqida maʼlumotlar saqlanib qolgan. Jumladan, tarixiy manbalarda Suriya va Iroqsan oqib utadigan Furot daryosining sohillarida milloddan 4—6 ming yil avval, ikki daryo oraligʻida joylashgan Shumer davlati (hozirgi Iroq)da, Bobilda, Qadimgi Misrda yunon va rimliklar idishlar yasashda, haykallarni bezashda, saroy va yoʻl qurilishlarida, jasadlarni balzamlash va mumiyolashda Neftdan ishlatganliklari qayd etilgan. Neft kuygan joyni, shish, revmatizm va teri kasalliklarini davolashda ishlatilgan. Yunon tabibi Gippokrat Neft bilan tayyorlangan dorilar tarkibini, italiyalik mashhur sayyox. Marko Polo (1254—1324) Kavkazda "yer moyi" borligini, undan yonilgʻi sifatida foydalanish va tuyalarni davolashda ishlatish mumkinligini yozib qoldirganlar. Qadimda sharqda Neftdan harbiy maqsadlarda ham foydalanganlar. Shuningdek, miloddan avvalgi 331 yil Neftdan Genuya (Italiya) koʻchalarini yoritishda foydalanganliklari maʼlum.Neft chiqarish qadim zamonlardan maʼlum. Miloddan avvalgi Kissiyada Neft quduqlardan chiqarilgan. Midiya, Bobil va Suriyada Neft ochiq suv havzalari yuzidan yigʻib olingan. Oʻsha davrda yerni burgʻilamasdan yer yoki suv yuzasidagi, quduqlardagi tayyor Neftni yigʻib olganlar. 15-asrda Italiyada Neftli qumtosh va ohaktoshlarni qizdirib va siqib Neft olingan. 1868-yilda Qoʻqon xonligida koʻldan ariqlarda oqib chiqadigan suv yuzasidan Neft yigʻib olingan; buning uchun ariqlarga ostidan suv oʻtadigan, yuzida esa Neft yigʻiladigan toʻsiq qilingan. 17-asrda Bokuda quduqlardan Neft chiqarilgan. Bunday quduqlarning chuqurligi 27 m gacha boʻlib, devorlari toshlar yoki yogʻochlar bilan mustah-kamlangan.Oʻzbekistonda Neft chiqarish 1876-yildan boshlangan. Fargʻonaning Qamishboshi qishlogʻida tadbirkor D. P. Petrov tomonidan 19-asrning 80-yillari boshida 25 metrgacha burgʻilangan 2 ta quduqning har biridan kuniga 10 pud (160 kg) gacha Neft chiqarilgan.19-asrning 60-yillaridan Neft burgʻi quduqlari orqali chiqarila boshladi. 1865-yilda AQShda birinchi marta Neft mexanik usulda (nasos yordamida) chiqarilgan. Bu usul 1874—95 yillarda Gruziya, Boku va Groz-niydagi konlarda ham joriy etilgan. Neftni burgʻi quduqlari orqali chiqarish usuli, asosan, 20-asrning 30-yillariga kelib ancha takomillashdi.

5-mavzu:. Neftning paydo bolishi haqida gepotezalar



Reja:
1. Neftning òziga xoz xususiyatlari.
2. Neftning qanday paydo bòlganligi haqida ma'lumotlar.
3.Neft qatronining fizik-kimyoviy xususiyatlari.

Neft (turkcha: neft; forscha: نفت - naft), qoramoy — suyuq yonuvchi qazilma boylik, organik birikmalarning, asosan, uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat modda. Yer yuzasidan, asosan, 1,2—2,0 km chuqurlikdagi yer osti gumbazlarining gʻovak yoki seryoriq togʻ jinslari (qum, qumtosh, ohaktoshlar)da joylashgan. Chiqarilayotgan neft, asosan, burgʻilangan quduqlardan olinadi.Neft oʻta muhim yonilgʻi-energiya manbai boʻlib, benzin, kerosin dizel yonilgʻisi, mazut, moylash materiallari va bitumlar olishda asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladi.Neft Qora yoki qoʻngʻir, baʼzan och malla rangli boʻlib, oʻziga xos hidi bor. Zichligi 750–970 kg/m³. Zichligi 20° da 850 kg/m³ dan past boʻlgan Neftlar yengil,851 –885 kg/m³ — oʻrtacha ogʻirlikdagi va 885 kg/m³ dan yuqorilari ogʻir Neft hisoblanadi. Qaynash temperaturasi 28° dan yuqori. Qotish temperaturasi —60°dan —26° gacha, 50° dagi qovushoqligi 1,2—55 mm2/s, solishtirma issiqlik sigʻimi 1,7—2,1 kJ/(kg. K), yonish issikligi 43,7—46,2 MJ/kg ga teng. Chaqnash harorati 35— 120°. Organik erituvchilarda eriydi, suvda erimaydi, lekin suv bilan turgʻun emulsiya hosil qiladi.Neft tarkibida parafin, naften va aromatik uglevodorodlar boʻladi, uglerod 82—87%, vodorod —11,5—14,5%, oltingugurt 0,1—5,5%ni tashkil etadi. Bundan tashqari, vanadiy, nikel, kalsiy, magniy, temir, alyuminiy, kremniy, natriy kabi 20 dan ortiq elementlar, 5% gacha har xil aralashmalar — naften kislotalar, asfalt-smola moddalar, merkaptanlar, vodorod sulfid, tiofen va tiofanlar, disulfidlar, piridin, piperidin va boshqa mavjud. Neft tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab kam oltingugurtli (0,6% gacha), oltingugurtli (0,6—1,8%) va koʻp oltingugurtli (1,8%dan ortiq) sinflarga boʻlinadi.Baʼzi olimlar Neft ni tabiatdagi kimyoviy oʻzgarishlar natijasida hosil boʻlgan deb hisoblaganlar. Bu haqda 2 qarama-qarshi fikr — anorganik va organik gipotezalar mavjud. Anorganik gipoteza asoschisi fransuz kimyogari M. Bertlo (1866) Neft yer qaʼrida karbonat kislotaning ishqoriy metallarga taʼsiri natijasida, shunga oʻxshash, D. I. Mendeleyev (1877) yer qaʼriga sinish zonalari orqali tushgan suvning uglerodli metall (karbid) larga taʼsiri natijasida hosil boʻlgan, degan fikrni bildirganlar.20-asr boshlarida esa Neft hosil boʻlishining organik gipotezasi rivojlanti-rildi va choʻkindi jinslardagi sapropel (organik balchiq) bilan Neft uzviy aloqada deb topildi. Bu gipotezaga koʻra, Neft koʻl va dengiz ostida choʻkindi jinslar bilan birga choʻkadigan har xil yirik hayvonlar (qad. ixtiozavrlar, kitlar va hashalotlar)dan tortib planktonlargacha boʻlgan jonivorlar va oʻsimlik qoldiqlaridan hosil boʻlgan. Dengiz va koʻl tubida yigʻilgan organik moddaning bir qismi dengiz jonivorlariga oziq boʻlsa, bir qismi suvda erigan kislorod bilan oksidlanib yoʻqolgan va organik moddaning juda oz (2—3% gacha) miqdori dengiz tubida loyqaga aralashib, unga qoramtir tuye bergan. Loyka ichida organik modda kislorodsiz muhitda anaerob bakteriyalar taʼsirida oʻzgargan. Choʻkindi jinslar tarkibidagi sapropelning bir necha mln. yillar davomida oʻzgarib Neft hosil boʻlishi labaratoriya sinovlarida amaliy jihatdan oʻrganilgan. Bunda Yer poʻstining 1200–1500 m chuqurligidagi organik moddalarning murakkab molekulalari parchalanib, gazeimon, suyuq va qattiq uglevodorodlar ajralib chiqishi mumkin. Undan ham chuqurroq (3000–4000 m)da jarayon yanada tezlashib, Neft hosil boʻlishining bosh fazasini vujudga keltirgan va uglevodorodlar maksimal miqdorda ajralib chiqqan.Turli tadqiqotchilar “qora oltin” sayyorada qanday paydo bo‘lganligi to‘g‘risida o‘zlarining farazlarini ilgari surishadi. Nega ular neft kelib chiqishining yagona nazariyasiga ega emas?Neft va gaz doimiy ravishda yer qa’ridagi tabiiy bo‘shliqlar (teshiklar, yoriqlar) bo‘ylab harakatlanadi. Biroq, mineralning aynan qayerda va qanday hosil bo‘lishi bugun ham aniqlanmagan. Topilgan konlar esa shunchaki qusursiz to‘planish joylar: u yerdan neft qochib qutula olmaydi.Shunga qaramay, olimlar neft hosil bo‘lishining ikkita - organik va noorganik ehtimoliy taxminini aniqlashdi.Neft birikmalarini aniqlay oladigan ko‘rsatkichlar mavjud. Ulardan biri gil jinslardir. Bu bir vaqtlar dengiz tubida yotib qolgan loy. Vaqt o‘tishi bilan u dengiz hayvonlari qoldiqlari, qum va loy bilan aralashib, to‘planib, yanada chuqurroq joylashadi.Million yillar o‘tgach, zichlanish, yuqori harorat va yer bosimi ta’siri ostida bunday loy tog‘ jinsiga aylanadi.Yer ostida chuqur joylashgan organik moddalar yuqori harorat va bosim ta’sirida parchalanib, kimyoviy reaksiyalar jarayonida neftga aylanadi. Bu o‘zgarish uchun 50-350 million yil kerak bo‘ladi, bu esa geologlarning sayyora rivojlanishi bo‘yicha bergan ma’lumotlariga to‘liq mos keladi.Yer yuzidagi barcha neft va gaz kompaniyalari aynan shu nazariyaga amal qilib kelmoqda, shu sababli neft loyli slanets bor joyda izlashdan boshlanadi.Kimyo sanoatining rivojlanishi neft va gaz noorganik birikmalardan laboratoriya sharoitida olish mumkinligini ko‘rsatdi. Masalan, uglerod oksidi va vodorod aralashmasi (sintez gazi) uglevodorodlarga aylanishi mumkin. Aynan shular neft va tabiiy gazdan iborat.Bundan tashqari, uglevodorodlar ko‘pincha kutilmagan joylarda, masalan, Rossiyaning Kolsk shahridagi o‘ta chuqur qudug‘ida yoriqlar natijasida hosil bo‘lgan ko‘llar tubida va yer ostidagi vulqon otadigan moddalar tarkibida paydo bo‘ladi.Shuning uchun ba’zi geologlar neft yer tubining 50 dan 240 kilometrdagi chuqurligida hosil bo‘lgan deb hisoblashadi. Ular yonuvchan suyuqlik metan zaxiralaridan kelib chiqadi, so‘ngra yangi zarb qilingan neft bo‘shliqlar va yoriqlar orqali sayyoramizning yuqori qatlamlariga yetib boradi, deb aytishadi.Ushbu nazariyadagi nuqson shundaki, bu tarzda shakllangan manba klasterlari har qanday joyda to‘planishi mumkin. Undan ko‘ra loyli slanetsni izlab topish ancha osonroq. Biroq, mabodo neft va gazning kelib chiqishi noorganik bo‘ladigan bo‘lsa, unda ularning zaxiralari bitmasdir. Gap ularni qanday izlab topishda.Neft qatronining fizik-kimyoviy xususiyatlariFizik xususiyatlari: Xom ashyo sifatida C9 fraktsiyasidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan neft qatronlari C9 neft qatronlar deyiladi. Qattiq fraktsiyali yorilish yog'idan benzin, Petroleum Resin toluol va ksilolni ajratgandan keyin qolgan fraktsiyalarni (C8 ~ C11) polimerizatsiya qilish orqali olinadi. Xona haroratida bu shisha termoplastik qattiq, mo'rt, neftli qatron och sariqdan och jigar ranggacha, o'rtacha molekulyar og'irligi 500 ~ 1000. Nisbiy zichligi 0.97 ~ 1.06, yumshatish nuqtasi 40 ~ 1400C, Neft Qatronlaridagi shisha o'tish harorati 810C, ateşleme indeksi 2600C dan yuqori, sinishi indeks 1.5120 S, metil etil keton, neft qatroni tsikl etil keton, benzol, toluol, etil asetat, dixloroetan va quruq moy, suvda va etanolda erimaydigan neft qatroni. Ring tuzilishi, katta birlashma, yaxshi suvga chidamliligi, kislota va ishqorga chidamliligi, ob-havoga chidamliligi va kimyoviy qarshiligi, neft qatroni, ammo yomon yopishishi. Benzolli kauchuk va shunga o'xshashlarning mosligi yaxshi, ammo tabiiy kauchuk bilan muvofiqligi biroz yomonroq.Kimyoviy xossalari: Neft qatronlarining yuqori qobiq yopishqoqligi, neftni qatronlar bilan yopishqoqligi, barqaror yopishqoq ishlashi, mo''tadil eritma yopishqoqligi, yaxshi issiqlikka chidamliligi, neft qatroni polimer matritsasi bilan yaxshi muvofiqligi va arzonligi tufayli asta-sekin rivojlana boshlaydi ( rozin va terpen qatroni). Issiq eritma yopishtiruvchi tarkibidagi neft qatronlarining xususiyatlari: yaxshi suyuqlik, asosiy materialning namligini, yaxshi yopishqoqligini, neftni qatronlarini va ajoyib yopishqoq ishlashini yaxshilaydi. Qarish uchun a'lo darajadagi qarshilik, ochiq rang, neft qatroni shaffof, kam hid, past uchuvchi modda. Issiq eritma yopishtiruvchi moddalarda ZC-1288D seriyasidan faqat qat'iylashtiruvchi qatron, Petroleum Resin sifatida foydalanish mumkin yoki issiq eritmaning yopishtiruvchi xususiyatlarini yaxshilash uchun uni boshqa yopishtiruvchi qatronlar bilan aralashtirish mumkin.Neft qatronlari yaxshi yopishqoqlikni oshiruvchi, moslashuvchan, Petroleum qatroni termal barqarorligi va yorug'lik barqarorligiga ega va yopishqoqlikni, Petroleum qatronining yopishqoq ish faoliyatini yaxshilashi mumkin va ko'plab yopishqoqlarning ajralmas yopishqoqligini oshiruvchi tarkibiy qismdir. Issiq eritmalar, bosimga sezgir yopishtiruvchi, neftni qatronlar tuzilishi va qurilish sanoatining bezaklari, avtomobil yig'ish, shinalar, tovar qadoqlash, kitobni bog'lash, neftni qayta ishlash kabi sanitariya-texnik vositalar, poyabzal ishlab chiqarish, issiq eritilgan yo'lni markalash bo'yoqlari kabi sohalarda keng qo'llaniladi. asfalt va boshqalar.

6-mavzu: Neftning tasnifi.



Reja:
1. Kirish.
2. Neftning fizik-kimyoviy xossalari.
3. Neftning tarkibiy qismi va ularni o'rganish.
4. Benzin va dizel yoqilg'ilari tarkibida uchraydigan smola va smola hosil qiluvchi birikmalar.
5. Yoqilg'i turlari va ularning yonish issiqligi.
Kirish. Neftning fizik-kimyoviy xossalari.
Neftning tarkibiy qismi va ularni o'rganish.
Neft hamda gaz yer qobig'iniig turli chuqurlikdagi qatlamlarida turli-tuman g'ovak va boshqa tog' jinslari orasida yotadi. Bosim, temperatura va ichki oʻzgarishlar ta'sirida neft katta masofalarga siljishi mumkin. Tashqi ko'rinishlarga ko'ra neft o'ziga hos hidli quyuq moysimon suyuqlik turli tusdagi Jigar rang ko'rinishga ega. Neftning zichligi 770-920kg/m3, yonish issiqligi 43000-45500 kDJ/kg. Neftda uglerod miqdori taxminan 84-86%, vodorod miqdori - 10-14%, oltingugurt, kislorod va azot miqdori 1-3% bo'ladi. Massa bo'yicha uglevodorodlarning umumiy miqdori 97-98% ni tashkil etadi.
Tarkibidagi elementlarning o'xshashligiga qaramasdan turli joydan olingan neftlarning fizik va kimyoviy xossalari har xil boʻladi. Bunga sabab, uglerod va vodorod atomlarining o'zaro turli shaklda birika olishida. Neftning asosiy sifatini belgilaydiganlaridan yana biri bu uning fraksion tarkibidir. Fraksion tarkib laboratoriyada neftni har xil haroratda haydash yo'li bilan aniqlanadi. Avval qaynash darajasi past, molyar masasi kichik moddalar haydaladi, so'ngra yuqori haroratda molekulyar massasi yuqori bo'lgan moddalar haydaladi. Ichki yonuv dvigatellarida yonilg'innng ximiyaviy energiyasi issiqlik energiyasiga, issiqlik energiyasi esa mexanik ishga aylanadi, dvigatelning foydali ish koeffitsiyenti qancha yuqori boʻlsa, uning ko'rsatkichlari ham shuncha yuqori bo'ladi. Yonuvchi aralashma hosil boʻlish harakteriga ko'ra dvigatellar ikki turga: aralashma silindrlar ichida hosil bo'ladigan dizel dvigatellari va aralashma silindrlar tashqarisida hosil boʻladigan karbyuratorli dvigatellarga boʻlinadi. Neftdan olingan barcha yonilg'ilar turli qaynash temperaturasiga ega bo'lgan uglevodorodlarning murakkab aralashmasidir. Masalan, benzin 35-200°C da qaynaydi, dizel yonilg'isi esa, 170-360°C temperaturada qaynaydi. Qishki sort yonilg'i va benzinlar yengil fraksion tarkibga ega va ular past temperaturada bug'lanishlari lozim. Yonilg'i sifati koʻrsatiladigan pasportlarda bugʻlanuvchanlik fraksion tarkib bilan baholanadi, Fraksion tarkib quyidagicha aniqlanadn. Maxsus priborda 100 ml yonilg'i qizdiriladi. Ajralib chiqayotgan bug'lar sovitiladi, natijada u suyuqlikka aylanadi. Bu suyuqlik o'lchov silindriga yig'iladi, Haydash vaqtida avval benzinning qaynay boshlash temperaturasi, so'ngra 10, 50, 90% benzinning qaynab bug'lanish temperatusasi hamda, qaynab bugʻlanish oxiridagi tenperaturasi yozib qo'yiladi (dizel yonilg'isi uchun faqat 50 va 97 % qaynash nuqtalari yozib qo'yiladi). Bu maʼlumotlar, odatda, standartlarda va sifat pasportlarida keltiriladi. Bazi yonilgʻilarning haydash egri chizig'i rasmda koʻrsatilgan. Yonilg'ida osongina bug'lanadigan fraksiyalarning juda ko'p bo'lishi maqsadga muvofiq emas. Bu holda dizel dvigatellarida yonilg'i kuchli yonadi, karbyuratorli dvigatellarning yonilg'i naychalarida bugʻlar tiqilib qoladi, buning natijasida dvigatel meyorda ishlamaydi (o'ta qizib ketadi, quvvati pasayadi, ba'zan to'xtab qoladi va uni sovitmasdan yurgizib yuborish mumkin boʻlmaydi). Bu hodisa koʻpincha qishki sort benzinlarni yozda ishlatishda sodir boʻladi. Shuning uchun ham yengil fraksiyalarning miqdori cheklanadi, benzii qaynay boshlash temperaturasi 35 °C dan past bo'lmasligi lozim.

Yonilg'ining 10% dan 95% gacha qismi qaynab bug'lanadigan temperatura uning asosiy qismining bug'lanishini harakterlaydi. U ishchi fraksiyasi deb ataladi. Dvigatelning ish harakteri, qizish muddati karbyuratorli dviga-tellarni bir ishchi rejimidan boshqasiga tez o'tkazish imkoniyati (yoqilg'ini qabul qiluvchanligi) ishchi fraksiyasiga bogʻliq. Stendlarda ishchi fraksiyasi 50% qaynash nuqtasi bilan meyorlanadi. U qancha past bo'lsa, yonilg'ining tarkibi va uning xossalari shuncha bir-biriga yaqin boʻladi, hamda dvigatel shuncha turg'un ishlaydi. 90% qaynash nuqtasidan to qaynab bug'lanishning oxirigacha ogʻir uglevo-dorodlar bugʻlanadi (egri chiziqning pastki qismi). Bu nuqtalar orasidagi temperaturalar farqi qancha kam bo'lsa, yonilg'ining sifati, uning tejamligi shuncha ko'p bo'ladi va dvigatellar shuncha kam yeyiladi. Yonilg'ida ogʻir uglevo-dorodlarning bo'lishi maqsadga muvofiq emas, chunki ular batamom bugʻla-nib ketmaydi. Ular suyuq tomchi holatida qolib, porshen halqalari orasida-gi timqishdan dvigatel karteriga tushadi, surkov moylarini yuvib ketadi, moyni suyultiradi, natijada detallar tez yeyiladi va yonilg'i sarfi ortadi. Yonilg'ining fraksion tarkibi karburatorli dvigagellar uchun muhim ahamiyatga ega. Dizellarda yonilg'ining toʻzitilish sifati, chiqayotgan gazning tutashi, qurum hosil boʻlish tezligi ham yonilg'ining fraksion tarkibiga bog'liq. Agar dizel yonilg'isida yengil uglevodorodlar ko'p bo'lsa, dizel qattiqrok taqillab ishlaydi, qaynash temperaturasi yuqori bo'lgan og'ir yonilg'i yirik tomchilar tarzida to'zitiladi, bunda yonuvchi aralashma sifati yomonlashadi va yonilg'i sarfi ortadi. Ish bajargan gazlar qorayib chiqadi, silindr-porshen gruppasi zonasida quran miqdori ortadi, forsunkalar to'zitgichi koloslanis qoladi. Zamonaviy kuchli dizellar faqat ma'lum fraksion tarkibga ega boʻlgan yonilg'i bilangina yaxshi ishlashi mumkin. Yonilg'ining bug'lanuvchanligi, uning qovushqoqligi, zichligi va boshqa fizik xossalari ham dvigatellaming ekspluatatsion xossalariga ta'sir ko'rsatadi. Masalan, benzin uchun to'yingan bug' bosimining (bugʻlanish sodir bo'ladigan idish devorlariga tushadigan bug' bosimining) meyori belgilangan. Bu bosim MPa da yoki simob ustunining millimetri bilan o'lchanadi. Yozgi benzinlar uchun bu bosim 0.06 MPa dan (500 mm simob ustuni) oshmasligi zarur, shunda gaz tiqilib qolmaydi. Yilning sovuq vaqtida dvigatellarni yurgizib yuborishni osonlashtirish uchun qishki sort benzinlarining bosimi 0.06-0.09 MPa(500-700 mm simob ustuni) bo'lishi lozim. O't oldirish temperaturasi yonilg'ining fraksion tarkibi bilan uzviy bog'liq. Bu temperaturada neft mahsulotlari havo bilan birga yonuvchi aralashma hosil qiladi. Shu aralashrua olov manbaiga yaqinlashtirilganda alanganadi. Benzinning o't oldirish temperaturasi juda past bo'lib, hatto benzin qor ustida to'kilganda har uning bug'lari osongina o't oladi. Shuning uchun hamma benzinlar ham oson alangalanadigan, ham portlovchi suyuqliklar hisoblanadi. Kerosinlar va dizel yonilg'isining ba'zi sörtlari ham oson alangalanadi, ulaming bug'lari 25-300Cida va 350C dan yuqori musbat temperaturalarda alangalanadi. Benzin va dizel yoqilg'ilari tarkibida uchraydigan smola va smola hosil qiluvchi birikmalar Benzin va dizel yonilg'isida deyarli har doim erigan holda smola va smola hosil qiluvchi birikmalar boʻladi. Yonilg'i tarkbidagi smolalar yonilg'i baklari tubiga va quvurlar devorlariga o'tiradi, karbyuratorli dvigatellarning jikdyorlarini berkitib qo'yadi. Smolali birikmalar karbyuratorli dvigatellar chiqarish kollektorlarining issiq devorlarida, dizel forsunkalarining o'zagida, klapanlarida va porshenlar tubida, yonish kamerasida, porshen ariqchalarida va boshqa joylarda ham to'planadi. Qurumlar ko'p to'planganda dvigatelning yeyilishi ortadi, yonilg'ining yonish jarayoni yomonlashadi, yonilg'i sarti ortadi, ba'zi dvigatel butunlay ishdan chiqadi. Smola hosil qiluvchi moddalar jumlasiga, masalan, to'yinmagan uglevodorodlar kiradi. Ular vaqt o'tishi bilan, yuqori temperatura, havodag kislorod va boshqa omillar ta'siri ostida suolalarga aylanadi (ular koʻpincha potensial smolalar deb ataladi) jarayon davomida keyinchalik lak hosil qiladi. Standardarda haqiqiy smolalarning miqdori meyorlanadi. Ularning aniqlashning mohiyati ma'lum miqdorlardagi yonilg'ilarni issiq havo bilan yuqori temperaturada (benzinni 150°C, dizel yonilgisini 250°C da) bug'lantirishdan iborat. Yonilg'i bug'latilgandan keyin qolgan qoldiq haqiqiy smolalar miqdorini bildiradi. U 100ml yorilg'i hisobiga milligrammda o'lchanadi. Benzinning turli markalari uchun bu miqdor 7-15 mg/100 ml, dizel yolg'isi uchun 30-50 mg/100 ml ga teng. Benzinning oksidlanib smolali moddalar hosil qilishga moyilligi (barqarorligi) induksion davr bilan baholanadi. Bu davr benzinning tashish, saqlash va undan foydalanish sharoitlari toʻgʻri bo'lganda o'z tarkibini o'zgartirmasdan saqlash hususiyatini belgilaydi. Bu ko'rsatgich laboratoriya qurilmasida benzinni sun'iy ravishda oksidlab aniqlanadi. (0.7 MPa=7kgk/sm2) bosimda, quruq va toza kislorod atmosferasida, 100°C temperaturada). Induksion davr benzin oksidlana boshlagan vaqtdan to kislorodni faol yuta boshlaguncha oʻtgan vaqtdir. Bu vaqt minutlarda oʻlchanadi. Turli markadagi benzinlar uchun bu qiymat 600-900 min.ga, sifat belgisi berilgan benzinlar uchun 1200 min.ga teng. Ko'pincha hozirgi zamon benzin markalari uchun induksion davr kamida 900 min ga teng. Tekshirishlar bunday benzinni 1-1,5 yil mobaynida saqlash mumkinligini, bunda sifati sezilarli darajada oʻzgarmasligini koʻrsatadi. Karbyuratorli dvigatellarda smolali oʻtirindilar koʻpincha benzin tindirgichlarda, karbyurator detallarida to'planadi. Yonuvchi aralashma hosil boʻlish jarayonida smolali birikmalar bug'lana olmay, so'rish trubalari va klapanlarga o'tiradi. Natijada klapan berkilmasdan, osilib qoladi. Yonish jarayoni juda murakkab boʻlib, keng tarqalganligiga qaramasdan, kam o'rganilgan. Har qanday yonilg'i yonishi natijasida karbonat angidrid, suv bug'lari va oltingugurt oksidlar (agar yonilg'ida oltingugurt boʻlsa) hosil boʻladi. Lekin bular hosil bo'lguniga qadar yonilg'ida ancha o'zgarishlar boʻladi, chunonchi uning molekulalaridagi bog'lar uziladi, atomlarining holati oʻzgaradi. Har xil bug' va gazlar ajralib chiqadi. Bu bug' va gazlar kislorod bilan birikkanda alanga hosil qiladi. Yonilg'i qoldig'i alangasiz yonib tutaydi. Yonish jarayonida gazlarning temperaturasi 1500-2400°C ga yetadi. Yonilg'ining yonishida aralashma kamerasiga beriladigan havoning miqdori katta rol o'ynaydi. Agar u yetarli bo'lmasa, yonilg'i sekin yonadi, temperatura past bo'ladi, chala yonish mahsulari, ya'ni uglerod (II)-oksid, qurum va boshqalar hosil boʻladi. Ish bajargan gazlar to'q rangda, ba'zan qora rangda chiqadi, Havo miqdorini keragidan oshirib yuborish ham yaramaydi. Havoda kislorod hajm bo'yicha faqat 21% ni, qolganini esa inert gaz-azot N2 tashkil etadi. Demak, ko'p havo berilsa, Issiqlikning anchagina qismi azot va ortiqcha kislorodni isitishga sarflanadi, bunda temperatura pasayadi, yonish tezligi kamayadi, yonilg'i ortiqcha sarf bo'ladi. Dvigatelning suyuq aralashmada ham, quyuq aralashmada ham ishlash rejimi foydali emas. Birinchi holda yonuvchi aralashma ko'p miqdorda inert azot va ortiqcha kislorod vositasida suyuladi, yonish tezligi va ikkinchi holda kislorod yetarli boʻlmaydi, yonilg'ining chala yonish mahsulotlari paydo boʻladi, qurum ko'payadi, dvigatel tutaydi, yonilg'i sarfi ortadi, quvvati kamayadi. Barcha tipdagi dvigatellarning hamma ish rejimlarida yonilg'ining to'la yonishiga bunda ortiqcha havo koeffitsiyenti mumkin qadar kichik bo'lishiga erishish zarur. Quyida turli dvigatellarda va issiqlik-kuch moslamalarida yonilg'i yonishi uchun kerak bo'ladigan ortiqcha havo koeffitsiyentining taxminiy qiymatlari keltirilgan:
Yonish issiqligi deb, yonilg'ining massa birligi -1 kg suyuq yoki qattiq yonilg'i 1 m3 gazsimon yonilg'i to'la yonganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdoriga aytiladi. Xalqaro birliklar sistemasi Siga ko'ra barcha energiya turlari Joulda (J) oʻlchanadi. Joul-1 Nyuton (N) kuch 1 m yo'lda bajargan ish. Joul uncha katta bo'lmagani uchun ko'pincha Jouldan 1000 marta katta boʻlgan kiloJouldan (kJ) foydalaniladi. Ilgari issiqlik kaloriyalarda (kal) va kilokaloriyalarda (kkal) o'lchanardi, I kal=4.1868 J; 1 kkal=4.1868 kJ. Turli markadagi suyuq yonilgilar (dizel yonilg'isi, benzin) to'la yonganda deyarli bir xil miqdorda issiqlik ajraladi. Uning, foydali (yoki past) yonish issiqligi Qpast-10200- 10500 kkal/kg yoki 42500-43800 kJ/kg ga teng. Dvigatelga yonilg'i emas, balki yonilg'i va havodan iborat yonuvchi aralashma keladi. Yonilg'ining issiqligi ortadi, yonish uchun ko'proq havo berilganda esa kamayadn. Yonilgi bugʻlarining havo bilan har qanday aralashmasi ham dvigat dda alangalanib yonavermaydi. Aralashmaning yuqori va past alangalanish chegaralari bo'ladi, aralashmaning yuqori chegarasida havoda yonilg'i bug'lari shuncha miqdorda boʻladiki, aralashana bundan ham quyuqlashib ketganda u alangalanmaydigan boʻlib qoladi. Alangalanishning past chegarasida havoda yonilg'i bug'lari yetarli bo'lmaydi, agar endi aralashma bundan ham suyuqlashsa, u yonmaydigan bo'lib koladi. a=0.45-0.5 boʻlganda benrianing alangalanish chegarasi yuqori, a -1.35-1.40 da esa past bo'ladi. Bosim va temperatura ko'tarilish bilan bu chegaralar bir az kattalashadi.

7-mavzu: Choʻrtan gaz kimyo jamlanmasi va Uz-Kor Gas Chemisal MShJ.



Reja:
1.Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi hozirgi kunda.
2.Ishlab chiqariladigan mahsulotlar.
3. Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi tarixi haqida.
Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi – O'zbekistondagi eng yirik gaz sanoati korxonalaridan biri. "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi unitar sho'ba korxona. Qashqadaryo viloyatining G'uzor tumanidagi Sho'rtan shaharchasida joylashgan. 150 ga dan ortiq maydonni egallaydi. Mahalliy konlardan olinadigan gazni qayta ishlab, organik sintez, polietilen, yoqilg'i gazi, suyultirilgan gaz, gaz kondensati, donador oltingugurt, polietilen tagliklar, polietilen plenkalar ishlab chiqaradi.Mamlakatning eng yirik soliq to'lovchi 20 ta korxonasidan biri (2020)
SHo'rtan GKM qurilishi 1998-yildan boshlangan. "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasining mustaqillik yillarida amalga oshirgan eng yaxshi loyihalaridan va xalqaro hamkorlik mahsullaridan biridir. 2001-yilda ishga tushirildi. 2002-yil 15- avgustda birinchi polietilen olindi.
Majmua qurilishida AQShning "ABB Lummus Global", "Honeywell", Germaniyaning "Fisher", "Ermafa", Kanadaning "Nova Chemicals", Italiyaning "Renco", "ABB Soimi", Yaponiyaning "Mitsui", "Nisho Ivai", Fransiyaning "Upedex", Rossiyaning "Soyuzvneshtrans", VNIIGaz firma va kompaniyalari faol qatnashdi. Shuningdek, AQSH ning "Eksimbank", "Cheyz Manxetten Bank", Fransiyaning "Pariba", Germaniyaning "Kommersbank", Yaponiyaning "Eksimbank", "Germes" sug'urta agentligi o'z investitsiyalari bilan ishtirok etdi. Majmuaning texnologiya qismi gazni tozalash qurilmasi, polietilen granula (donacha)lari ishlab chiqaradigan zddan iborat.
Loyiha quvvatiga ko'ra, majmua bir yilda 4,2 mlrd. m³gazni qayta ishlaydi, 125 ming t polietilen granulalari, 137 ming t suyultirilgan gaz, 103 ming t gaz kondensati, 4 ming t donador oltingugurt, shuningdek, 4,2 mlrd. m³ tovar gaz (yoqilg'i) ishlab chiqaradi. 2004-yilda 100 ming t polietilen, 85 ming t suyultirilgan gaz, 88 ming t gaz kondensati, 2,6 mlrd.m3tovar gaz, 100 t oltingugurt ishlab chiqarildi.
Majmua mahsulotining 60% dan ortig'i xorij - Ukraina, Rossiya, Qozog'iston, Boltiqbo'yi, Polsha, Vengriya, Avstriya, Gretsiya, Turkiya, Eron, Pokiston, Xitoy va boshqalar mamlakatlarga eksport qilinadi.
1996-yil 11-noyabr O'zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi ning "Polietilen mahsulotlari ishlab chiqaradigan Sho'rtan gaz-kimyo majmui qurilishi to'g'risida" gi 395-sonli Qarori qabul qilindi.
1998-yil 13-iyun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ning "O'zbekneftgaz korporatsiyasi markasiy apparati tarkibida Sho'rtan gaz-kimyo kompleksi qurilishi boshqarmasini tashkil etish to'g'risida" gi 249-sonli Qarori qabul qilindi. G'uzorda majmua qurilishi boshlandi.
1998-yil fevral "O'zbekneftgaz" MXK ABB Lummus Global (AQSh), ABB Soimi (Italiya), Mitsui & Co, Toyo Engineering, Nisho Iwai Corp (Yaponiya) kompaniyalaridan iborat konsorsium bilan Sho'rtan gaz-kimyo majmuasining texnologik qismini "foydalanishga tayyor holgacha" qurilishini amalga oshirish to'g'risida shartnoma imzoladi. Loyihaning umumiy qiymati $500 mln. ni tashkil qiladi, bu mablag'ning taxminan yarmi xalqaro konsorsium ishtirokchilari tomonidan moliyalashtiriladi.
2001-yil 21-dekabr Majmuaning rasmiy ochilish marosimi o'tkazildi. Marosimda o'sha paytdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va yuqori darajadagi ishtirok etdi.
2002-yil 30-iyul kuni majmuada spesifikatsiyasiga ko'ra birinchi polimer etileni olindi. Loyihalash paytida majmua yiliga 140 ming tonna etilen ishlab chiqarishi rejalashtirilgan. 15-avgust kuni UzClear savdo belgisi ostidagi birinchi "o'zbek" polietileni ishlab chiqarildi. Loyihalash paytida majmua yiliga 125 ming tonna polietilen ishlab chiqarishi rejalashtirilgan.
2004-yil sentabr oyida AQShda "Mahsulot sifati uchun" mukofoti, Shveysariya (Jeneva shahri) da "Ishlab chiqariladigan mahsulotning sifati va biznesda ajoyib ko'rsatkichi uchun" medali bilan taqdirlandi.
2005-yil Shahrisabz tumani Miraki qishlog'ida "Lochin" bolalar sog'lomlashtirish oromgohi ishga tushirildi. Oromgohda neft-gaz tizimida ishlovchi xodimlarning farzandlari xordiq chiqaradi. Shu yili TUV CERT (Germaniya) sertifikatlashtirish tashkiloti yordamida korxonada ISO 9001:2000 xalqaro standart talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimi joriy etildi va sertifikat olindi.
2006-yil Sho'rtan GKM hisobidan Nishon tumani Nuriston shaharchasida "Erkatoy" bolalar bog'chasi hamda 844 o'rinli maktab qurib beildi. 10-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qarshitermoplast davlat korxonasini qayta tashkil etish to'g'risida" gi PQ-406-sonli Qarori bilan "Qarshitermoplast" korxonasi majmua balansiga o'tkazildi va kimyoviy jihatdan barqaror bo'lgan 0- 40C gacha haroratdagi suyuq va gazsimon moddalarni uzatish uchun diametri 25 mm. dan 250 mm. gacha bo'lgan polietilen quvurlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.
2007-yil Dekabr oyida "Qarshitermoplast" korxonasida polietilen quvurlarni bog'lovchi qismlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.
2008-yil OHSAS 18001 kasbiy sog'liq va xavfaizlikni boshqarish tizimiga muvofiq xalqaro standart talablariga javob beradigan kasbiy xavfaizlik va sog'liq tizimi joriy etildi.
2009-yil lyul oyida suvi tanqis boʻlgan hududlardagi xo'jaliklar uchun tomchilatib sug'orish tizimi butlovchi qismlarini ishlab chiqarishga mo'ljallangan liniya ishga tushirildi.
2010-yil Navoiy EIZda Sho'rtan GKMning "Polietilen quvurlari" sho'ba korxonasi tashkil etildi. Maay oyida polietilen quvurlar assortimenti 315 mm. dan 630 mm. gacha bo'lgan diametrdagi polietilen quvurlar ishlab chiqaruvchi ekstruzion liniyani ishga tushirish hisobiga kengaytirildi. Aprel oyida binolarning old qismini jihozlashga moʻljallangan alyumin kompozitli panellar ishlab chiqarishga mo'ljallangan liniya ishga tushirildi.
2011-yil Dehqonobod tumani da makaron va pechenie mahsulotlari hamda energiya tejovchi chiroqlar (uchchalasi alohida-alohida joyda joylashgan) ishlab chiqarish sexi ochildi.
2012-yil ShGKM yordamchi xoʻjaligida parrandachilik fabrikasi ochildi.
2015-yil Majmua unitar sho'ba korxona (USHK) mas'uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) shaklida qayta tashkil etildi. "Sho'rtan GKM" MChJ qoshidagi Qarshitermoplast sexida "Polimer bo'yog'i ishlab chiqarish" loyihasi amalga oshirildi.
2017-yil Navoiy EIZdagi "Polipropilen quvurlari" ShK negizida "Shishabazalt tola asosida polipropilen trubalar ishlab chiqarish" loyihasi yo'lga qo'yildi.

8-mavzu: Neftdan olinadigan mahsulotlar.

Reja:
1.Neftdan nima ishlab chiqarish mumkin. Neftdan olinadigan mahsulotlar, ularning qo'llanilishi. Tibbiyot va kosmetika mahsulotlari
2. Neftdan olinadigan mahsulotlar.
Shunday qilib, keling, neftdan nima yaratilganini batafsil ko'rib chiqaylik. Neft qora oltin deb bejiz aytilmagan, chunki ishlab chiqarishda va kundalik hayotda ajralmas bo'lgan ushbu noyob mineraldan juda ko'p miqdordagi kompozitsiyalar yaratilgan.
Neftdan nima tayyorlanadi, degan savolga javob berganda, birinchi navbatda, neftni qayta ishlash yo'li bilan olinadigan mahsulotlarni nazarda tutamiz, chunki hozirgi vaqtda u xomashyo shaklida deyarli qo'llanilmaydi. Yog'dan foydali mahsulotlarni olish uchun avval uni tozalash va keyin qayta ishlash kerak. Va qayta ishlash asosiy yoki ikkilamchi bo'lishi mumkin.
Birlamchi qayta ishlash jarayonida moy distillanadi va shu bilan uning tarkibiy qismlariga - fraksiyalarga bo'linadi. Birlamchi qayta ishlash turli xil yoqilg'i turlarini olish imkonini beradi: benzin, reaktiv va dizel yoqilg'isi, dizel yoqilg'isi, kerosin. Biroq, bu neftdan tayyorlangan barcha mahsulotlardan uzoqdir. Shuningdek, distillashdan keyin neftdan suyultirilgan gaz va mazut olinadi. Aytgancha, keyingi qayta ishlash jarayonida mazut bitum, kerosin, moylar va suyuq qozon yoqilg'isini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Bitum mineral birikmalar bilan aralashtirib asfalt yotqiziladi, undan yo'l qoplamasi, suyuq mazut esa binolarni isitish uchun ishlatiladi.
Biroq, yoqilg'i, yoqilg'i moyi, bitum va qozon yoqilg'isi neftdan tayyorlangan barcha narsalardan uzoqdir. Yog 'moylash uchun moy ishlatiladi. Ushbu tabiiy resursdan moylash, gidravlik, elektr izolyatsion, kesish moylari, plastmassa moylash materiallari va moyli jele olinadi.

Bundan tashqari, komponentlar yog'dan ishlab chiqariladi, keyinchalik ular kosmetikada qo'llaniladi. Bularga parfyum va vazelin moylari, kerosin, propilen glikol, petrolatum va boshqalar kiradi.


Shunday qilib, barcha tarkibiy qismlar ajratiladi va nima qoladi? Tar neft konsentratidir. Tar uylar va yo'llarni qurishda ishlatiladi, chunki bu modda ajoyib gidroizolyatsiya vositasidir. Tarni olgandan so'ng, moyni ikkilamchi qayta ishlash boshlanadi. Qayta ishlash jarayonida neftning tuzilishi, to'g'rirog'i, neftni tashkil etuvchi uglevodorodlarning tuzilishi oʻzgaradi.
Qayta ishlash bilanmi? Qayta ishlangan xomashyodan kauchuk, sintetik kauchuk, sintetik gazlamalar va plastmassalar, polimerlar, polietilen, polipropilen, bo'yoqlar, laklar, erituvchilar, maishiy bo'yoqlar, mum, pestitsidlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Va hatto bu moydan qilingan barcha narsalardan uzoqdir! Hatto neft chiqindilari ham o'z foydasini topadi! Ular sanoatda keng qo'llanilishi mumkin bo'lgan koks ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
Zamonaviy dunyoda neftdan nima ishlab chiqariladi? Keling, buni batafsilroq tushunishga, shuningdek, bunday mahsulotlar qanchalik xavfsiz va amaliy ekanligini tushunishga harakat qilaylik. Ma'lumot uchun: moy - suvda erimaydigan, jigarrang yoki deyarli shaffof rangga ega bo'lgan yog'li suyuqlik. Ushbu mineralni qayta ishlash parametrlari va xususiyatlari dastlabki tarkibdagi uglerod va boshqa qo'shimcha komponentlarning foiziga bog'liq.



Yüklə 84,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə