Al- xorazmiy hayoti va ijodi Reja



Yüklə 159,08 Kb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü159,08 Kb.
#141995
  1   2
Al- xorazmiy hayoti va ijodi


Al- xorazmiy hayoti va ijodi
Reja
1.Al-Xorazmiy yashagan davr va uning ilmiy faoliyati.
2. Al-Xorazmiyning hayoti va ijodi.
3. Al-Xorazmiy algebra fani asoschisi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Algebra fanining asoschisi boʻlgan Xorazmiy dunyo faniga gʻoyat katta hissa qoʻshdi. “Algebra” soʻzining oʻzi esa uning “Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala” nomli risolasidan olingan. Uning arifmetika risolasi hind raqamlariga asoslangan boʻlib, hozirgi kunda biz foydalanadigan oʻnlik pozitsion hisoblash tizimi va shu tizimdagi amallarning Yevropada tarqalishiga sabab boʻldi. Olimning ismi — “al-Xorazmiy” esa “algoritm” shaklida fanda abadiy oʻrnashib qoldi. Uning geografiyaga doir asari arab tilida oʻnlab geografik asarlarning yaratilishiga asos boʻldi. Xorazmiyning “Zij”i Yevropada ham, Sharq mamlakatlarida ham astronomiyaning taraqqiyot yoʻlini koʻrsatib berdi. Lekin, afsuski, fanning bir necha tarmoqlariga asos solgan, “oʻz davrining eng buyuk matematigi va agar barcha shart-sharoitlar inobatga olinsa, hamma davrlarning ham eng buyuklaridan biri” (J. Sarton) boʻlgan bunday siymoning hayoti haqida maʼlumotlar deyarli saqlanmagan.
Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan asarlari tahlili shuni koʻrsatadiki, u yunon, hind va eron astronomiyasi hamda matematikasini yaxshi bilgan.

Xorazmiyning “Bayt ul-hikma”dagi faoliyati


Maʼlumki, al-Maʼmun 809-yildan Marvda dastlab xalifa Horun ar-Rashidning noibi, soʻng 813-yildan boshlab xalifa boʻladi va 819-yili Bagʻdodga koʻchadi. Al-Maʼmun Marvdaligida Xorazmiyni, movarounnahrlik va xurosonlik boshqa olimlarni oʻz saroyiga jalb qilgan.
Ular orasida Xorazmiy bilan bir qatorda Marvdan Yahyo ibn Abu Mansur, al-Fargʻoniy, Habash al-Marvaziy, Xolid ibn Abdumalik al-Marvarrudiy, Forobdan Abul Abbos al-Javhariy va boshqa olimlar ham bor edi.
Maʼmun Bagʻdodda otasi tomonidan asos solingan ilmiy markaz — “Bayt ul-hikma” faoliyatini har tomonlama takomillashtirib, unga yirik davlat muassasasi tusini berdi. Xorazmiy bu ilmiy markazning mudiri sifatida uning faoliyatini kuzatib turadi.

Al-Xorazmiyning Xivadagi haykali. Manba: wikipedia.org
Marvlik mashhur astronom va matematik Habash al-Hosib (“Hisobchi habash”) laqabi bilan maʼlum boʻlgan Ahmad ibn Abdulloh al-Marvaziy ham Bagʻdodda Xorazmiy bilan hamkorlikda ishlagan. U ikkita “zij” tuzgan boʻlib, bulardan oʻrta asr astronomlari keng foydalangan. Tadqiqotchilarning koʻrsatishicha, u tangens va kotangens, kosekans funsiyalarini kiritib, ularning jadvallarini ham keltirgan.
Xorazmiy bilan Bagʻdodda, keyinchalik “Maʼmun akademiyasi” deb tanilgan “Bayt ul-hikma”da ijod etgan olimlarning barchasini ham markaziy osiyolik yoki xurosonlik deyish xato boʻlardi. U yerda Suriya, Iroq, Eron va xalifalikning boshqa yerlaridan kelgan olimlar ham ishlagan. Biroq ular orasida markaziy osiyoliklar salmoqli oʻrin egallagan. Xorazmiy ana shunday ilmiy muhitda yashab ijod qildi va 850-yilda Bagʻdodda vafot etdi.

Yüklə 159,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə