Abu Mansur as Saolibiy



Yüklə 1,81 Mb.
tarix29.11.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#138918
Abu Isloq Saolibiyning

Abu Isloq Saolibiyning “Al-Kashf val bayon an tafsiril Quron”

Saolibiy, Abu Mansur Abdulmalik ibn Muhammad ibn Ismoil asSaolibiy (961 — Nishopur — 1038) — yozuvchi, adabiyotshunos, tilshunos va tarixchi olim.

Arabiston, Iroq, Ispaniya, Xuroson va Movarounnahr boʻylab sayoxat qilgan. 992 y.da Buxoroga, soʻng Xorazmga kelgan. Xorazmshoh Abul Abbos Maʼmun (hukmronlik davri: 1009— 17) saroyida xizmat qilgan, unga atab asarlar yozgan.

Saolibiyning "Yatimat uddahr fi mahosin axl alasr" ("Asr axlining fozillari haqida zamonasining durdonasi") tazkirasi mashhur boʻlib, u oʻsha davr Movarounnahr, Xorazm, Xuroson va arab adabiyoti haqidagi noyob manbadir. 

 Asarning ilk nusxasi 994— 1000 y.larda yozilgan boʻlib, muallif 1011 —1117yillarda uni qayta ishlab toʻldirgan va xorazmshoh Abul Abbos Maʼmunga taqdim etgan. Tazkira muqaddima va 4 qism (40 bob)dan iborat boʻlib, unda 1000-asr hamda 1011-asr boshlarida arab tilida ijod qilgan movarounnahrlik va bir qancha xurosonlik shoirlar hayoti hamda ijodi yoritilgan.

Tatimmat alYatima" ("Yagona durdonaga qoʻshimcha", 1032—38) asarida esa "Yatimat uddaxr" ga kirmay qolgan yoki keyinchalik tanilgan yana 209 shoir (ulardan 104 nafari Movarounnahr va Xurosondan) haqida maʼlumot berilgan.

Saolibiyning "Kitob latoif almaorif" ("Ajoyib maʼlumotlar haqida kitob") asari buvayhiylar sulolasi vaziri asSohib (995 y. v.e.)ga bagʻishlangan.Saolibiy islomgacha va islom davrida oʻtgan koʻplab shoirlar, mashhur kishilar, xalifalar, lashkarboshilar va ularning taxalluslari, toʻgʻrisida nodir maʼlumotlar keltirgan.

 Asarda muhim tarixiy etnografik maʼlumotlar, Saolibiy va unga zamondosh arabiynavis shoirlarning sheʼrlaridan parchalar mavjud. "Fypap axbor muluk alfurs va siyarihim" ("Eron podshoxlari haqidagi xabar va hikoyalar sarasi") nomli tarixiy asar, "Shohnoma" va bir sheʼriy devon ham yaratgan.

"AtTamassul valmuxozarat" va "Mubhij" asarlarini Qobus ibn Vushmgir (hukmronlik davri: 978—1012) ga bagʻishlagan. Saolibiyning koʻplab asarlari Ismatulla Abdullayev tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Savollar: 1.Saolibiy qachon va qayerda tug’ilgan? 2.Qaysi xorazmshoh saroyida xizmat qilgan? 3.Yatimat ud dahr asari qachon yozilgan? 4.Saolibiyning yana qanda asarlarini bilasiz? 5.Saolibiyning ko’plab asarlari kim tomonidan tarjima qilingan?


Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə