Ispaniya iqtisodiyoti



Yüklə 3,18 Mb.
tarix11.10.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#126777
ISPANIYA IQTISODIYOTI

  • OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QO'QON UNIVERSITETI Iqtisodiyot va ta'lim fakulteti "Iqtisodiyot " yo'nalishi 1-kurs EKS-5-22-guruh talabasi Rahimova Kamolat AbduxamidovnaningIqtisodiy ta'limotlar tarixi” fanidan tayyorlagan taqdimoti

ISPANIYA IQTISODIYOTI

TARMOQLARI ARO KO’RSATKICHLAR


Ispaniya iqtisodiy o'sish sur'atlari bo'yicha Yevrohududda yetakchi davlatga aylandi

Iqtisodiyoti bo'yicha yevro hududning to'rttinchi yirik davlati hisoblangan Ispaniya yalpi ichki mahsuloti (YIM ) shu yilning dastlabki 6 oyida 0,6 foizga o'sish tendensiyasini ko'rsatib, Markaziy bank prognozlaridan yuqori bo'ldi.
Qishloq xo`jaligi. Xo`jaligida qoramolchilik rivojlangan. Qishloq xo`jaligida g`alla ekinlari yetishtirish yetakchi o`rinni egallaydi. Asosiy tarmoq dehqonchilik, qishloq xo`jaligi mahsuloti qiymatining yarmiga yaqini uning ulushiga to`g`ri keladi. Mamlakat maydonining 71% da dehqonchilik qilinadi
Ispaniyada vino (dunyoda 3-o`rin) tayyorlanadi, tsitrus mevalar (apelsin hosili bo`yi-cha Yevropada 1-o`rin, yiliga 3 mln. tonna), bug`doy (ekin maydonining 20%), sholi (dunyoda eng yuqori hosildorlik: gektaridan 60—70 tsentner), bodom, tamaki, paxta, qand lavlagi, sabzavot (ekin maydonining 69%), kungaboqar yetishtiriladi.
Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari
Ispaniyada temir yo`llarining umumiy uzunligi — 14378 km, avtomobil yo`llari uzunligi — 324 ming km. Asosiy dengiz portlari: Kartaxena, Barselona, Bilbao, Santa-Krus-de-Tenerife. Madrid va Barselona shaharlaridagi aeroportlar mamlakatdagi eng yirikaeroportlardir. Ispaniya chetga mashinasozlik (kema va avtomobillar), qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat sanoati maxsulotlari (tsitrus mevalar, meva-sabzavot kon-servalari, vino, zaytun yog`i) chiqariladi.
Quyosh va geotermal stansiyalardan keng miqyosda foydalaniladi. Asosiy sanoat markazlari — Barselona, Madrid, Bilbao, Ovedo shaharlari hisoblanadi. Mamlakat jahon turizmida alohida e’tiborga molik davlatlardan biri hisoblanadi. Ispaniya milli iqtisodiyotining kattagina ulushini turizmdan oladi.
Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Yevropa Ittifoqi mamlakatlari (import — 56%, eksport — 66%), AQSH (import — 8% va eksport 9,2%), Yaqin Sharq mamlakatlari (8,6% va 8,1%), Lotin Amerikasi mamlakatlari (6,1% va 4,2%).
Chet el sayyohligidagi — muhim daromad manbai. Har yili Ispaniyaga 52 million sayyoh kelib ketadi, bu soha 20 mlrd. dollargacha daromad beradi (AQSH dan keyin 2-o`rin). Sayyoxlarga 6 mln. kishi xizmat qiladi. Pul birligi — peseta.
Sanoatida og`ir sanoat yetakchi o`rinda turadi. Tog`-kon sanoati, qora metallurgiya, mashinasozlik, avtomobil va kemasozlik, stanoksozlik, elektrotexnika, kimyo sanoati va to`qimachilik g`oyat ri-vojlangan. Sanoatning eng qad. tarmog`i — to`qimachilik ham ravnaq topgan. Elektron sanoati tez sur’atlar bilan taraqqiy etmoqda. Ammo konchilik va metallurgiya tarmoq-laridagi ishlab chiqarish qisqarib bormoqda. Mamlakatda to`qimachilik, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati korxonalari deyarli butun hudud bo`ylab yoyilgan.
Ispaniyada yiliga 155,7 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Elektr energiya, asosan, GES larda hosil qilinadi. 3 ta AES mavjud. Yoqilg`i taqchilligi muqobil energiya manbalarini izlashni taqozo qiladi.
100 turdagi foydali qazilmalardan 16 tasi qayta ishlanadi.
Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə