A. Xalikovga 26-umumiy o’rta ta’lim maktgabi direktori M. Ergashevdan



Yüklə 35 Kb.
tarix14.09.2023
ölçüsü35 Kb.
#121932
Тилхат Коррупция





Toshkent viloyati
Yangiyo’l tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i
A.Xalikovga
26-umumiy o’rta ta’lim
maktgabi direktori M.Ergashevdan





Tilxat

Men Yangiyo’l tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi 26-umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori Ergashev Muhiddin Bektashevich ish faoliyatim davomida o‘z xizmat vazifamni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga qat’iy rioya qilgan holda olib borishni, xizmat burchimni vijdonan va vakolatim doirasidan chetga chiqmagan holda bajarishni, mansab vakolatimni suiiste’mol qilmaslikni o‘z zimmamga olaman.


O‘z xizmat burchimni bajarayotgan paytimda O‘zbekiston Respublikasining barcha qonun va hujjatlariga amal qilgan holda g‘arazgo‘ylik va boshqa moddiy manfaatlarni ko‘zlamasdan, o‘z lavozim xizmatidan foydalanib moddiy manfaat ko‘rmaslik, tizimdagi barcha tartib qoidalarga qat’iy amal qilish, rahbariyat tomonidan berilgan topshiriq va vazifalarni o‘z vaqtida vijdonan bajarishga va’da beraman.
Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashish, ularga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etish holatlariga chek qo‘yish choralarini ko‘raman. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 205-, 206-, 207-, 208-, 209-, 210-, 211-, 212-, 213-, 214-moddalari mazmuni va ushbu qilmishlarga nisbatan jazoning muqarrarligi yuzasidan menga batafsil tushuntirishlar berishdi.
Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida asossiz aralashib, ularga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etish holatlari bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishim haqida ogohlantirildim.
Mening egallagan lavozimim mansabdor shaxs, ya’ni doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud davlat organlarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida, mulk shaklidan qat’iy nazar, muassasalarida, tashkilotlarda tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs, shuningdek xalqaro tashkilotda yoxud chet davlatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organlarida mazkur vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs sifatida ta’riflanishi haqida ogohlantirildim.
Bundan tashqari, ish faoliyatida muassasa xodimlaridan turli bahonalar bilan asossiz pul yig‘imlarini tashkil etmaslikka, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslikga KAFOLAT BERAMAN.
26-maktab direktori: ____________ M.B.Ergashev


2022 yil 6-may
Yüklə 35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə