Ekonomеtrik modellashtirish asoslari



Yüklə 115,91 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü115,91 Kb.
#136478
  1   2
1- mavzu ekono.

EKONOMЕTRIK MODELLAShTIRISh ASOSLARI

Reja


Modellashtirish tushunchasi, turlari

Modellashtirish tushunchasi, turlari

Model — bu shunday moddiy yoki xayolan tasavvur qilinadigan ob’ektki, qaysiki tadqiqot jarayonida haqiqiy ob’ektning o’rnini shunday bosadiki, uni bevosita o’rganish haqiqiy ob’ekt haqida yangi bilimlar beradi. Modellarni qurishda tadqiq qilinayotgan hodisani belgilovchi muhim omillar aniqlanadi va qo’yilgan masalani echish uchun muhim bo’lmagan qismlar chiqarib tashlanadi.

Modellashtirish deganda modellarni qurish, o’rganish va qo’llash jarayoni tushuniladi. Modellashtirish jarayoni quyidagi uch elementni o’z ichiga oladi:


sub’ekt (tadqiqotchi);
tadqiqot ob’ekti;
o’rganuvchi sub’ekt bilan o’rganilayotgan ob’ektning munosabatlarini vositalovchi model.
Iqtisodiy-matematik model — bu iqtisodiy ob’ektlar yoki jarayonlarni tahlil qilish yoki boshqarish maqsadida ularning matematik tasvirlanishi, ya’ni iqtisodiy masalaning matematik yozuvi. Iqtisodiy ob’ektning matematik modeli — bu uning funktsiyalar, tenglamalar, tengsizliklar, mantiqiy munosabatlar, grafiklar majmuasi ko’rinishidagi aks ettirilishi. Bunday aks ettirish o’rganilayotgan ob’ekt elementlarining munosabatlari guruhlarini model elementlarining shunga o’xshash munosabatlariga birlashtiradi.

«Iqtisodiy-matematik usullar va modellar» fanining predmeti:


makroiqtisodiyot (xalq xo’jaligi) va uning tarmoqlarida kechayotgan iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish asoslarini o’rganish;
aniq iqtisodiy tizim misolida modellashtirish masalasini qo’yish va iqtisodiy ma’nosini tushunish;
iqtisodiy masalalarni echish usullarini, shuningdek kompyuterda hisoblash tajribalarini o’tkazish va ularning natijalarini tahlil qilishni o’rganishdan iborat.

«Iqtisodiy-matematik usullar va modellar» fanining vazifalari:


iqtisodiy jarayonlarning matematik modellarini qurish va ularni echish usulini tanlash;
matematik modellarni tahlil qilish asosida iqtisodiy jarayon qonuniyatlari haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish;
makro- va mikroiqtisodiyotda qo’llanilayotgan turli matematik modellarni o’rganishdan iborat.
Moddiy modellar asosan o’rganilayotgan ob’ekt va jarayonni geometrik, fizik, dinamik yoki funktsional tavsiflarini ifodalaydi. Masalan, ob’ktning kichiklashtirilgan maketi (masalan, litsey, kollej, universitet) va turli xil fizik, ximik va boshqa xildagi maketlar bunga misol bo’la oladi. Bu modellar yordamida turli xil texnologik jarayonlarni optimal boshqarish, ularni joylashtirish va foydalanish yo’llari o’rganiladi. Umuman olganda, moddiy modellar tajribaviy xarakterga ega bo’lib, texnika fanlarida keng qo’llaniladi.
birlashtiradi.
Abstrakt (ideal) modellar inson tafakkurining mahsuli bo’lib, ular tushunchalar, gipotezalar va turli xil qarashlar sistemasidan iborat. Iqtisodiy tadqiqotlarda, boshqarish sohalarida, asosan, abstrakt modellashtirishdan foydalaniladi.
Determinirlangan modellar model o’zgaruvchilari orasidagi qat’iy funktsional bog`lanishlar borligini nazarda tutadi. Stoxastik modellar tadqiq qilinayotgan ko’rsatkichlarga tasodifiy ta’sirlarning borligiga yo’l qo’yadi hamda ularni tasvirlash uchun ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning vositalaridan foydalanadi.
Ekonometrika — iqtisodiyotdagi miqdoriy qonuniyatlar va o’zaro bog`liqliklarni matematik statistika usullari yordamida tadqiq qiluvchi fan. Bu usullarning asosi — korrelyatsiyaviy-regressiyaviy tahlil. Ekonometrika empirik ma’lumotlarni o’rganish asosida iqtisodiy boѓliqliklar va modellarni statistik baholash va tahlil qilish bilan shuѓullanadi. Iqtisodiy o'lchash - tom ma'noda ekonometriyani anglatadi.

Yüklə 115,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə