Geometrik naqsh



Yüklə 2,56 Mb.
tarix24.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#158412
2 5348188655317957126

Geometrik naqsh-girih chizish


Geometrik (handasaviy) naqshlar to’rtburchak, uchburchak, aylana va yoylardan hamda ko’pburchaklardan iborat bo’ladi.
Geometrik naqsh uzluksiz rapportlardan tashkil topgan bo’lib, har bir rapport o’z tuzilishiga ega bo’ladi. Geometrik chiziqlar va shakllarning murakkab ko’rinishidan tashkil topgan naqshlar girih (forscha – ―chigal, ―tugun) deb nomlanadi. Girih naqshlar tuzilishi jihatidan to’g’ri chiziq va aralash chiziqlardan tashkil topgan girih naqshlarga bo’linadi
O’simliksimon (islimiy) naqshlar esa tabiatdagi barg, band, daraxt, buta, g’uncha va boshqalarning naqqosh tomonidan uslublashtirib olingan shaklining ma‘lum qonuniyatlar asosida takrorlanishidan hosil qilinadi
O’simliksimon naqshlar.
Murakkab (gulli girih) naqshlar geometrik va o’simliksimon naqsh elementlaridan tashkil topadi. Uning elementlariga yuqorida aytib o’tilgan geometrik va o’simliksimon naqshlar kiradi
Murakkab (aralash) naqshlar.
Ramziy naqshlar – hayvonot va insoniyat olamidagi shakllarni qayta ishlab hosil qilingan naqshla
Ramziy naqshlar.
Har bir xalq amaliy san‘at turlarida o’ziga xos tuzilishga, ko’rinishiga va mazmunga ega bo’lgan naqshlar ishlatiladi. Shu qatori naqqoshlikda ishlatiladigan naqshlar ham o’ziga xos xarakterga egadir. Tabiiyki, naqqoshlik, yog’och o’ymakorligi, tosh o’ymakorligi, kashtachilik va boshqa san‘at turlarida ishlatiladigan naqsh elementlari va naqshlari o’ziga xos ravishda bir-biridan farq qiladi.
Murakkab naqshlar kompozitsiyasi asosini tashkil etuvchi negizi va naqshga shakl beruvchi chiziq tanob deyiladi. Naqqosh naqsh kompozitsiyasini chizishdan oldin birinchi navbatda tanob tortib, keyin novdalarni chizadi, so’ngra novdalarning yo’nalishga moslab gullar joylashtirib chiqadi.
Naqshlarda san`atning boshqa hamma turlarida farqli ravishda ajdodlarning chambarchas bog`liqligini an`analarning davomiyligini ko`rish mumkin.
Grix_forscha chigal ,tugun degan ma`noni bildiradi.Handasaviy naqsh to`rtburchak uchburchak va boshqa elementlardan tashkil topgan geometric murakkab naqsh turi.Grix to`g`ri egri va aralash chiziqlarga boysundirilgan bo`lib,o`ziga xos shartlilikka ega.
Grih naqishlar
Islimiy — oʻsimliksimon shakldagi takrorlanuvchi taqsimlardan tuzilgan asosiy naqsh turi. Naqsh asosini tanob, band, barg , butalar tashkil etadi. I. bir-biriga uzluksiz ulanib, oʻralib ketadigan chirmoviqsimon, oʻsimliksimon naqshlarning takrorlanishidan tashkil topadi. Shuning uchun baʼzan ustalar uni oʻrama yoki oʻsimliksimon naqsh deb ham ataydilar. I. naqshning xillari koʻp, u qaysi shakl bilan toʻldirilsa, naqsh shu shaklning nomi bilan ataladi: I. barg , I. bar-gak, I. bofta, I. gul, I. zanjira, I. madohil, I. mehrob va b. yuzdan ortiq sodda va murakkab turlari mavjud
Bu uslub Oʻrta Osiyo, Yaqin Sharq, Hindiston, Eron, Turkiya, Afgʻoniston ustalari tomonidan keng foydalanilgan. I. naqshning naqqoshdan katta tajri-ba va mahorat talab qiladigan murakkab xillari ham bor. Xiva (Paxlavon Mahmud maqbarasi gumbaz osti bagʻallari), Buxoro, Samarqand (Registon ansambli, Sherdor Madrasa ravogʻi, mehrobi), Toshkent, Qoʻqon, Margʻilon, Andijon shaharlarida yogʻoch uymakori (A. Abdurahimov va b.), miskar (Abdulla hoji va b.), zardoʻz (N. Aminov va b.), ganchkor, kashtadoʻz ustalar ishlarida keng qoʻllanilgan, hozir ham
Pahlavon Mahmud maqbarasi
Pahlavon Mahmud maqbarasi
Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə