1-laboratoriya ishi



Yüklə 103,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix30.12.2023
ölçüsü103,3 Kb.
#167231
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1 - Laboratoriya topshirig'i (2)



1-laboratoriya ishi. 
Mavzu: Electronics, Workbench, Multism, Quartus amaliy dasturiy paketlarni 
o’rganish. 
Laboratoriya ishining maqsadi. 
Electronics, Workbench, Multism amaliy dasturiy 
paketlarni o’rnatish va Electronics, Workbench, Multism amaliy dasturlardan 
foydalanib raqamli qurilmalarni tadqiq qilish
 
Laboratoriya ishi topshirig‘i. 
1.1.
Laboratoriya ishlarini virtual dasturlar yordamida bajarish ahamiyati. 
1.2.
Electronics WorkBench virtual dasturi interfeysi bilan tanishish. 
Nazariy ma’lumotlar 
 
1.1.
 
Electronics Workbench dasturiy kompleksining qisqacha tavsifi 
Zamonaviy elektron va raqamli qurilmalarni loyihalash va ishlab chiqish 
katta aniqlik va chuqur tahlilni talab qiladi. Bundan tashqari, bajariladigan 
ishlarning katta hajmga egaligi va murakkabliligi sababli kompyuter 
texnologiyalaridan foydalaniladi. 
Electronics Workbench dasturiy kompleksi elektr zanjirlarni dasturiy 
loyihalash va imitatsiya qilish vositalaridan biri bo’lib hisoblanadi. U elektr 
zanjirlarni va elektron qurilmalarni loyihalovchi korxonalarda va oliy o’quv 
yurtlarida qo’llanilishi mumkin. 
Electronics Workbench bilan ishlash kompyuter texnikasi bo’yicha chuqur 
bilimlarni talab qilmaydi. Dasturning interfeysini bir necha soat davomida 
o’zlashtirib olish mumkin. 
1.2.
 
Modellash dasturining tarkibi. 
Hozirgi vaqtda jahonda ko’plab kompyuterda modellash dasturlari qatorida 
o’quv yurtlarida eng ko’p qo’llaniladigan dasturlardan biri Interactive Image 
Technologies firmasining Electronics Workbench dasturidir. 
Zanjir elementlarining ma’lumotlar bazasi ko’plab elementlar - rezistorlar, 
kondensatorlar, g’altaklar, diodlar, tranzistorlar, mantiqiy elementlar


mikrosxemalar va boshqa elementar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan. 
Ma’lumotlar bazasidagi har bir element o’zining ekvivalent sxemasi va 
parametrlarining tavsifiga ega. 
Qurilmaning sxemasini kiritish uchun ma’lumotlar bazasidan kerakli 
elementlar olinadi (chaqiriladi). Ekranda elementning shartli belgisi, nomi (turi) va 
asosiy parametrlari hosil bo’ladi. Elementlar bir-biriga simlar bilan ulanadi. 
Modellash dasturida sxemaning ichki tavsifi hosil qilinadi. U sxemadagi elementlar, 
har bir element ulangan tugunlarning tartib raqamlari, har bir elementning 
parametrlari va boshqa zarur qo’shimcha axborotlarni o’z ichiga oladi. 
Sxemaning tugunlariga tartib raqamlar avtomatik tarzda berib boriladi. 
Sxemaning korpusiga, odatda, 0 tartib raqami beriladi. 

Yüklə 103,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə