1-laboratoriya ishi



Yüklə 103,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix30.12.2023
ölçüsü103,3 Kb.
#167231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1 - Laboratoriya topshirig'i (2)

1.3.
 
Electronics Workbench dasturining interfeysi 
Electronics Workbench (EWB) dasturi real vaqt masshtabida ishlovchi
o’lchash asboblari bilan jihozlangan tadqiqotchining real ish joyi-radioelektron 
laboratoriyani imitatsiya qiladi. Dastur yordamida har qanday murakkablikdagi 
analog va raqamli radioelektron qurilmalarni tuzish, modellash va tadqiq qilish 
mumkin. 
Foydalanuvchining interfeysi menyu, asboblar paneli va ishchi sohadan iborat 
(1.1-rasm). 
Menyu quyidagi komponentlarga ega: fayllar bilan ishlash menyusi (File), 
tahrirlash menyusi (Edit), zanjirlar bilan ishlash menyusi (Circut), sxemalarni tahlil 
qilish menyusi (Analysis), oynalar bilan ishlash menyusi (Window), yordam fayllari 
bilan ishlash menyusi (Help). 
Asboblar panelida radioelektron sxemalar elementlarining tasvirlari bo’lgan 
knopkalar mavjud (1.2-rasm). Knopkalar bosilganda ularga mos bo’limlar ochiladi, 
masalan, diodning tasviri bosilsa diodlar bo’limi ochiladi. 


1.1-rasm. Electronics Workbench kompleksining interfeysi va asboblar paneli 
1 .2 - rasm. EWB dasturining bosh oynasi 
Dasturning bosh oynasi 2-rasmda keltirilgan. Ko’rinib turganidek, dastur 
standart interfeysga ega. 
Menyular 
paneli 
Asboblar paneli 
Elementlar paneli 
Jarayonni 
boshlash/to’xtatish 
va pauza tugmalari 
Ishchi oyna 
Diodlar tugmasi bosilganda 
Diod turlari keltirilgan 
Analysis Graphs 
funksiyasi oynasi 
Oscilloscope 
funksiyasi oynasi 


Buyruqlar menyusi oynasi 
dastur oynasining yuqori qismida joylashgan. 
Sxema oynasi 
dastur oynasining markaziy qismini egallaydi. Ushbu oynada 
elektr zanjirlar hosil qilinadi va ularga kerakli o’zgartirishlar kiritiladi. 
Belgilar (ikonalar) oynasi 
sxema oynasining yuqori qismida joylashgan. 
Yuqori qatordagi belgilar menyu buyruqlarini qaytaradi. Keyingi, ya’ni sxema 
oynasining yuqorisida joylashgan belgilardan zanjirga ulanuvchi elementlar va 
o’lchash asboblarini tanlash uchun foydalaniladi. Diodlarni (Diodes) va o’lchash 
asboblarini (Instruments) tanlash oynalari 1-rasmda ko’rsatilgan. 
Sxemani hisoblashni aktivlashtirish va to’xtatish (Activate/Stop) 
hamda 
pauza 
(Resume) 
knopkalari dastur oynasining yuqori o’ng burchagida joylashgan. 
Activate/Stop knopkasi 0 va 1 raqamlariga ega. Ulardan birini bosish yo’li bilan 
sxemani hisoblashni aktivlashtirish yoki to’xtatish mumkin. 
Sxemani uzoq vaqt davomida aktivlashgan holatda ushlab turish maqsadga 
muvofiq emas. CHunki ma’lumotlarni uzoq vaqt davomida intensiv qayta ishlash 
natijasida hisoblashlardagi xatoliklar ortib ketishi mumkin. EWB dasturida ishlash 
quyidagi uch etapni o’z ichiga oladi: 

sxemani tuzish; 

sxemaga o’lchov asboblarini ulash; 

sxemani 
aktivlashtirish, 
ya’ni 
tadqiq 
qilinayotgan 
qurilmadagi 
jarayonlarni hisoblash. 

Yüklə 103,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə