I-bob suv omborlari haqida umumiy ma'lumotlar



Yüklə 29,79 Kb.
səhifə1/3
tarix13.10.2023
ölçüsü29,79 Kb.
#127673
  1   2   3

I-bob. suv omborlari haqida umumiy ma'lumotlar
1.1. Suv omborlarning va ularning xalq xo'jaligidagi ahamiyati.
Suvni to'plab, undan kelgusida foydalanishga imkon beradigan inshoot suv ombori bo'ladi. Suv omborlari umumiy ko'rinishi, suvni to'plash shartsharoitlari, to'g'onining qurilishi usullari bo'yicha xilmaxildir, Ana shu belgilari bo'yicha ulari quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Suv omborlari ikki xil bo'ladi:
1. Dambali suv omborlari;
2. To'g'onli suv omborlari.
Dambali suv omborlari quyidagi ko'rinishlarda uchraydi:
a) bir tomonlama damba, nishab joyda seldan saqlash maqsadida quriladi;
b) gir aylana damba, gorizontal joyda quriladi;
v) yarim kovlangan damba, suv omborining suv sig'imini kattalashtirish maqsadida quriladi.
Yuqorida qayd etilgan suv omborlaridan turli maqsadlarda foydalanish mumkin va shunga bog'liq holda vazifalari ham turlicha bo'ladi.
Ma'lumki, ko'pchilik hollarda suv omborlari daryolar vodiysiga to'g'on qurish yo'li bilan barpo etiladi. Bu xildagi suv omborlari eng ko'p tarqalgan va xalq xo'jaligida ularning ahamiyati juda katta. Suv omborlarining to'g'onlari vazifasiga ko'ra ikki turga bo'linadi:
a) suv sathini ko'tarishga mo'ljallangan to'g'onlar. Ular energetika, suv transporti, daryo yoki kanaldan suv olish maqsadlarida quriladi;
b) suvni to'plash va daryo oqimini boshqarish maqsadida qurilgan
to'g'onlar. Hozirgi kunda yagona maqsadda to'g'on qurish kam uchraydi. Ko'pchilik
to'g'onlar majmualikompleks maqsadlarni ko'zlab quriladi.
Suv omborlarining asosiy ko'rsatkichlari. Suv omborlarining ko'rsatkichlari (parametrlari) ikki yo'nalishda belgilanadi:

suv omborining o'lchamlarini harakterlaydigan parametrlar;


suv omboridan foydalanish rejimini aniqlaydigan parametrlar;
Birinchi turdagi, ya'ni suv omborlarining o'lchamlarini harakterlaydigan parametrlar quyidagilardan iborat:
a) me'yoriy dimlanish sathi (MDS);
b) foydasiz hajm sathi (FHS);
v) ishchi suv sathi (ISS).
Me'yoriy dimlanish sathi (MDS) shunday sathki, suv ombori shu sathgacha to'ldirilganda to'g'on unda to'plangan suvni uzoq vaqt ziyonsiz ushlab tura oladi. MDS ning takrorlanishi va davomliligi daryoning oqim rejimiga va uning boshqarilish darajasiga bog'liq. Daryo oqimini mavsumiy boshqarishda MDS ga har yili, ko'p yillik boshqarishda esa faqat suv ko'p bo'lgan yili erishiladi . l-me'yoriy dimlanish sathi (MDS), 2-foydasiz hajm sathi (FHS), 3-yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan suv sathi, h, - ishchi chuqurlik, Vi - foydali hajm, Vo foydasiz (o'lik) hajm.
Foydasiz hajm sathi (FHS)suv omborida to'plangan suvning shu sathdan yuqorida joylashgan qismidan foydalaniladi. FHS ning takrorlanishi ham daryoning oqim rejimiga va uning boshqarilish darajasiga bog'liq. FHS daryo oqimini mavsumiy boshqarishda har yili, ko'p yillik boshqarishda esa kam suvli yillarda-mejenning oxirida kuzatiladi.
Suv omborlarining suv sig'imihajmining quyidagi ko'rinishlari mavjud va ularning har biriga o'ziga xos vazifa yuklanadi:
a) foydali hajm yoki ishchi hajm (Vi);
b) foydasiz yoki o'lik hajm (V,);
v) umumiy yoki to'liq hajm (V);
g) ishchi chuqurlik (h,).
Foydali yoki ishchi hajm MDS va FHS orasida joylashgan bo'ladi. Daryo oqimi asosan shu hajmda boshqariladi. Foydasiz hajm daryo oqimini boshqarishda ishtirok etmaydi, lekin suv inshootidan samarali foydalanishda u muhim ahamiyatga ega. Jumladan, loyqa oqiziqlarning cho'kishini, GES ni zarur napor bilan ishlashini ta'minlash foydasiz hajm o'lchami bilan bog'liqdir.
Umumiy yoki to'liq hajm foydali va o'lik hajmlar yig'indisiga teng, ya'ni

Yüklə 29,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə