Mavzu: Sanatoriya-kurort xizmatlarini standartlashtirish Glossary Sanatoriy



Yüklə 9,61 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü9,61 Kb.
#182151
Mahliyo3


Mavzu: Sanatoriya-kurort xizmatlarini standartlashtirish
Glossary
Sanatoriy (lot. sano — davolayman, sogʻaytiraman) — davolashprofilaktika muassasasi Slarda tabiiy davolash omillari (iqlim, mineral suvlar, shifobaxsh balchiq va boshqalar) bilan bir qatorda davo badan tarbiyasi qoʻllaniladi, parhez ovkatlar beriladi, davo va dam olish tartibiga amal qilinadi. Sanoat korxonalariga yaqin joylarda ishchixizmatchilar uchun sanatoriyprofilaktoriylar tashkil qilinadi. Sanatoriyprofilaktoriylar korxona maʼmuriyati va kasaba uyushmalari nazoratida boʻladi. Oʻzbekiston S.larida iqlim, kuyosh, balneobalchiq bilan davolash, davolash fizkulturasi va terrenkurdan keng foydalaniladi. Slar kurortlarda va iqlimi, tabiati, sanitariyagigiyena shartsharoitlari qulay boʻlgan yerlarda (mahalliy S.) joylashadi. Bularga Shohimardon, Oqgosh, Chorvoq dam olish zonalari kiradi.
Kurort, kurortl ar (nem. Kurort — shifobaxsh joy) — odam organizmiga foydali va yoqimli taʼsir etadigan tabiiy shifobaxsh vositalar (mineral buloklar, shifobaxsh balchiqlar, kulay iqlim va boshqalar)ga ega va shu vositalarni davolash-profilaktika maqsadida qoʻllash uchun zarur shart-sharoitlar boʻlgan joy. Shunday joylarda sanatoriylar tashqil etiladi. Tabiiy davo vositalarining harakteriga koʻra, balneologik (k,. Balneoterapiya), balchiq bilan davolaydigan (qarang Balchiq bilan davolash) va iqlimiy (qarang Iqlim bilan davolash) K.lar farq qilinadi. Koʻp K.larda bir necha xil davo omillari (balchiqli balneologik, balneoiqlimiy, iqlimiybalneologik-balchiqli) boʻladi.
Kurortologiya (kurort va ...logiya) — tibbiyotning bir boʻlimi; tabiiy shifobaxsh omillar (iqlimiy, balneologik va boshqalar), ularning organizmga taʼsirini hamda ulardan davolash-profilatika maqsadlarida foydalanish usullarini oʻrganadi (qarang Balneologiya, Iqlim bilan davolash, Balneoterapiya, Balchiq bilan davolash). K. sanatoriy va kurortlar ishini tashqil qilish, ommaviy dam olish, kurortbop joylarni izlash va tanlash masalalari bilan ham shugʻullanadi. Xuddi tabiiy fizik omillardagidek (mas, karbovat angidridli, vodorod sulfidli va boshqalar) sunʼiy muhit barpo etish, fizioterapiya usulidan foydalanish ham K. vazifasidir. Oʻzbekistonda Kurortologiya ilmiy tadqiqot instituti (1919) va 1920-yilda Oʻrta Osiyo universitetida tibbiyot fakulteti tashqil etilgan vaqtdan boshlab kurort joylarni muntazam oʻrganishga kirishildi, mahalliy mineral suvlar, balchiqlar, kuyosh nuri va boshqa tabiiy omillarning odam organizmiga taʼsiri klinik hamda eksperimental jihatdan tadqiq qilindi. Hozirgi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Salomatlikni tiklash va fizioterapiya ilmiy tadqiqot instituti hamda uning shoxobchalari (Termiz, Namangan shahrida) K. sohasida faoliyat koʻrsatadi
Xalqaro standartlashtirish — standartlashtirish, unda ishtirok etish Jahondagi barcha mamlakatlarning tegishli organlari uchun ochiq hisoblanadi

Standartlashtirish deganda haqiqiy va potensial vazifalarga nisbatan umumiy va takroriy qoʻllash qoidalarini belgilash orqali maʼlum bir sohada tartibga solishga erishishga qaratilgan faoliyat holatlari tushiniladi. Ushbu faoliyat standartlarni ishlab chiqish, nashr etish va qoʻllashda keng qoʻllaniladi.



Xalqaro standart xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan standartdir. Standart mahsulot, foydalanish, saqlash, tashish, sotish va utilizatsiya qilish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish xususiyatlarini belgilaydigan hujjatdir sanaladi. Standart shuningdek, terminologiya, belgilar, qadoqlash, markalash yoki yorliqlarga qoʻyiladigan talablarni va ularni qoʻllash qoidalarini oʻz ichiga olishi ham mumkin. Amalda xalqaro standartlar deganda koʻpincha ilmiy-texnika jamiyatlari tomonidan ishlab chiqilgan va dunyoning turli mamlakatlarida norma sifatida qabul qilingan mintaqaviy standartlar va standartlar ham tushuniladi.
Standart (daninglizcha: standard) — standartlashtirish ob’ektiga normalar, qoidalar, talablarni belgilaydigan normativ-texnik hujjat. Texnik mazmunga ega boʻlmagan huquqiy normalarni oʻz ichiga olishi mumkin, lekin sanktsiyalarni oʻz ichiga olmaydi[1]. Standart turlaridan biri: spetsifikatsiyalar — faqat talablarni oʻz ichiga oladi.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati (OʻzR da) — davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratiii amalga oshiradigan, sanitariyaprofilaktika va epidemiyaga qarshi choralar ishlab chiqish va ularni amalda tatbiq etish bilan shugʻullanadigan davlat muassasalari tizimi. Oʻzbekistonda sogʻliqni saklash vazirligining davlat sanitariyaepidemiologiya nazorati departamentidan, xududiy sanitariyaepidemiologiya styalaridan, ayrim soha vazirliklari karamovdsagi sanitariyaepidemiologiya xizmatidan tashkil topgan. Xizmatni davlat bosh sanitariya vrachi — Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saklash vazirining oʻrinbosari boshkaradi. Sanitariya-epidemiologiya xizmatix.ni boshqaruvchi shaxslar epidemiyaga qarshi sanitariya tadbirlarini oʻtkazilishini talab qilish, bajarilishi lozim boʻlgan barcha gigiyenik masalalar yuzasidan tegishli xulosalar berish, isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan ozik,ovqat mahsulotlarini yoʻqotish haqida qaror chiqarish va boshqa huquklarga ega. Shuningdek, ular yuqumli kasallik bilan ogʻrigan kishilarni kasalxonaga yotqizishni, dezinfeksiya oʻtkazilishini taʼminlaydi, zarur hollarda karantin eʼlon qiladi. Sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari aholini immunlash masalalari bilan ham shugʻullanadi
Tibbiyot, meditsina, tabobat — kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.
Balchiq bilan davolash yoki peloterapiya — torfli, sulfidli, sapropel va boshqa turdagi balchiqlar (peloidlar)ni davo maqsadida ishlatish. Torfli balchiq asosan chirigan organik moddalar va oʻsimlik qoldiqlaridan iborat. Sulfidli balchiq — anchagina miqdorda sulfidlar, xususan temir sulfid saqlagan shoʻr suv havzalarining organik mineral balchiq qatlamlaridir. Sapropellar esa chuchuk suvli havzalarda hosil boʻladigan oz-moz mineral moddalar aralashgan organik tarkibli balchiq qatlamidan iborat boʻladi.
Yüklə 9,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə