I-bob suv omborlari haqida umumiy ma'lumotlar


Suv omborlarining tasniflari



Yüklə 29,79 Kb.
səhifə3/3
tarix13.10.2023
ölçüsü29,79 Kb.
#127673
1   2   3
1. 2. Suv omborlarining tasniflari.
Ko'llar kabi suv omborlarini ham bir qancha belgilariga qarab tasniflash, ya'ni guruhlarga ajratish mumkin. Quyida suv omborlarini daryolarning oqim reji- mini boshqarish sharoitiga va joylashish o'rniga bog'liq holda tasniflash ustida to'xtalamiz. Daryo oqimini boshqarishiga ko'ra tasniflash. Daryo va soylar oqimini
tartibga solish sharoitiga bog'liq holda suv omborlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:
a) daryolar oqimini kun yoki hafta davomida tartibga solib turadigan suv omborlari. Bunday suv omborlarini qurishdan asosiy maqsad sanoat korxonalari, aholi punktlari, chorvachilik fermalarini suvga bo'lgan ehtiyojini doimiy ta'minlashga erishishdir. Ularda suv to'plash dam olish kunlari yoki tungi soatlarda amalga oshiriladi. Bu turdagi suv omborlari ko'pincha suvi nisbatan oz va bir me'yorda oqadigan daryolar, soylar va buloqlar suvi hisobiga to'ldiriladi;
b) daryolar oqimini mavsumlararo tartibga solishga mo'ljallangan suv omborlari. Bunday suv omborlarining asosiy vazifasi to'linsuv va toshqindavrlarida suvni to'plash va undan daryolarda suv kamaygan paytlarda foy- dalanishdir. Mazkur turdagi suv omborlari oqimi yil ichida notekis taqsimlangan va to'linsuv davri erta kuzatiladigan daryolarda quriladi. O'lkamizdagi ko'pgina suv omborlari shu turga mansubdir. Misol qilib Kosonsoy, Chorbog', Andijon, Pachkamar, Tolimarjon kabi suv omborlarini aytib o'tish mumkin;
v) daryolar oqimini yillaroaro tartibga solishga mo'ljallab qurilgan suv omborlari. Bu turdagi suv omborlari ko'p suvli yillarda suvning bir qismini saqlab qolish va undan kam suvli yillarda foydalanish maqsadida quriladi. Masalan, Norin daryosidagi To'xtag'ul, Vaxsh daryosidagi Norak suv omborlari shu turga mansubdir. Joylashish o'rniga bog'liq holda tasniflash. Suv omborlari joylashish o'miga ko'ra quyidagi ikki turga bo'linadi: o'zan suv omborlari; to'ldiriladigan suv omborlari. O'zan suv omborlari daryo yoki soylar vodiylarida baland to'g'onlar qurib, suv oqimini bevosita to'sish yo'li bilan barpo etiladi. Bunday suv omborlari ko'pchilik hollarda ensiz va cho'ziq shaklda bo'ladi. Ularning to'g'onoldi qismi eng chuqur bo'lib, undan daryo o'zani bo'yicha yuqorilashgan sari chuqurlik kamayib boradi. Mazkur turdagi suv omborlarini qurish iqtisodiy nuqtainazardan ancha tejamlidir. O'lkamizdagi ko'pchilik suv omborlari, jumladan, Chorbog', Kosonsoy, Qayroqqum, Chordara, Tuyabo'g'iz, Pachkamar suv omborlari shu turga misol bo'ladi. Samarqand viloyatida joylashgan Oqdaryo suv ombori Zarafshon darayosining Oqdaryo irmog'ida joylashgan. To'ldiriladigan yoki quyilma suv omborlari daryo o'zanidan chetda joylashgan tabiiy chuqurliklar, botiqlarni suvga to'ldirish yo'li bilan barpo etiladi. Botiqlar yetarli darajada chuqur bo'lmasa, ularning tevaragi dambalar bilan ko'tarilib yoki tubini chuqurlashtirish yo'li bilan suv sig'imi orttiriladi. Ular daryo o'zanidan chetda bo'lganligi sababli suv maxsus kanallar orqali keltiriladi…
Samarqand viloyatidagi Kattako'rg'on suv ombori to'ldirilgan suv omborlari tarkibiga kiradi. Bu suv ombori tabiiy cho'kmada joylashgan bo'lib, unga kanal orqali suv Zarafshon daryosidan keltirib qo'yiladi.
Yüklə 29,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə