Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar daryolar haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 425,02 Kb.
səhifə1/4
tarix03.06.2023
ölçüsü425,02 Kb.
#115290
  1   2   3   4
Oybekjon 03




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


Mavzu: Daryo, daryo vodiylari haqida
Reja:
1.Daryolar haqida umumiy ma’lumot;
2. Daryo vodiysi va daryo o‘zani;
3. Daryolarning suv rejimi va to‘yinish manbalari;
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

1.DARYOLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
O‘z suvini okeanlarga, dengizlarga va ko‘llarga quyadigan daryolar bosh daryo deyiladi. Bosh daryolar qanday suv havzasiga quyilishiga bog‘liq holda okean daryolari va kontinent daryolariga bo‘linadi. Okean daryolari - bunday daryolar okean yoki okean bilan tutash bo‘lgan dengizlarga quyiladi. Masalan, Amazonka, Amur, Don, Dunay, Lena, Nil va hokazo. Kontinent daryolari - berk havzalardagi dengizlar yoki ko‘llarga quyiladi. Masalan, Amudaryo, Sirdaryo, Volga, Ural va boshqalar. Ayrim hollarda kontinent daryolari suv havzalarigacha, hatto, bosh daryogacha ham yetib bormasligi mumkin. Masalan, Zarafshon daryosi, Qashqadaryo va boshqalar. Bosh daryoga quyiladigan daryolar uning irmoqlari deyiladi. Irmoqlar bosh daryoga quyilish holatiga ko‘ra tartiblarga bo‘linadi. Bosh daryoga bevosita quyiladigan daryolar 1 - tartibli, ularga quyiladiganlari esa 2 - tartibli irmoqlar deyiladi va hokazo Bosh daryo va uning irmoqlari birgalikda daryo sistemasini tashkil etadi.

Daryo sistemasi va gidrografik to‘r


Daryolar ko‘pchilik hollarda ko‘llardan, buloqlardan, botqoqliklardan, muzliklardan, doimiy qorliklardan boshlanadi. Ma’lum bir hududdagi daryolar, ularning irmoqlari, buloqlar, ko‘llar, botqoqliklar, muzliklar, doimiy qorliklar shu hududning gidrografik to‘rini hosil qiladi. Har qanday daryoni, uning uzunligi bo‘yicha, bir-biridan farq qiladigan umumiy belgilariga qarab, quyidagi uch qismga - yuqori oqim, o‘rta oqim va quyi oqimlarga bo‘lish mumkin. Tog‘ daryolarining yuqori oqimlari uchun nisbatan katta nishabliklar xos bo‘lib, shu tufayli suvning oqish tezligi ham ancha katta bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘zanda eroziya jarayonining jadal borishiga olib keladi. Daryoning o‘rta oqimida uning nishabligi va suvning oqish tezligi kamayadi. Eng muhimi, daryoning suvliligi ortadi. Daryoning quyi oqimida nishablik va suvning oqish tezligi yanada kamayadi. Bu qismda tezlik kamayishi natijasida oqiziqlar cho‘ka boshlaydi. Aksariyat hollarda daryoning quyi oqimida daryo uzunligi bo‘yicha undagi suv miqdori kamaya boradi.
Daryoning ko‘llarga, dengizlarga yoki ikkinchi bir daryoga qo‘shiladigan qismi uning quyilishi deyiladi. Ko‘llarga, dengizlarga quyiladigan yirik daryolarning quyilish qismida ular tarmoqlanib, o‘zanning murakkab shakllari - deltalar hosil qiladi.
Yer sharining quruqlik qismiga yoqqan yog‘inlardan hosil bo‘lgan yuza suvlarni jahon suvayirg‘ich chizig‘i quyidagi ikki yo‘nalishda taqsimlaydi:
1. Tinch - Hind okeanlari yo‘nalishida.
2. Atlantika - Shimoliy Muz okeanlari yo‘nalishida.
Jahon suvayirg‘ich chizig‘i Janubiy Amerikadagi Gorn burnidan boshlanib, And, Kordilera tog‘laridan Bering bo‘g‘oziga, undan Chukotka tizmalari, Anadir yassi tog‘lari, Gidan, Stanovoy, Yablonovoy, Markaziy Osiyo tog‘liklari, Tyanshan, Pomir, Kopettog‘, Arabiston yarim orolining shimoliy qismi, Afrikada esa meridian yo‘nalishi bo‘yicha o‘tadi. Materikning janubiy qismiga yaqinlasha borganda, Hind okeani qirg‘oqlari tomon buriladi (Dunyo tabiiy xaritasiga qarang).
Jahon suvayirg‘ich chizig‘idan tashqari nisbatan kichik o‘lchamdagi quyidagi suvayirg‘ichlar mavjud:
- ichki suvayirg‘ichlar - materiklarga yoqqan yog‘inlardan hosil bo‘lgan yuza oqimni okeanga tutash (chekka oqimli hudud) va berk havzalar (ichki oqimli hudud) bo‘yicha taqsimlaydi. Orol-Kaspiy berk havzasini chegaralaydigan suvayirg‘ich chizig‘i ichki suvayirg‘ichlarga misol bo‘ladi;

Yüklə 425,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə