Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar daryolar haqida umumiy ma’lumot


- okean va dengiz suvayirg‘ichlari –



Yüklə 425,02 Kb.
səhifə2/4
tarix03.06.2023
ölçüsü425,02 Kb.
#115290
1   2   3   4
Oybekjon 03

- okean va dengiz suvayirg‘ichlari – yuza oqimni okeanlar va dengizlar havzalari bo‘yicha taqsimlaydi;
- daryo suvayirg‘ichlari - daryolar suv to‘playdigan havzalarni bir-biridan ajralib turishini ta’minlaydi.
Tog‘li hududlarda suvayirg‘ichlar tog‘ cho‘qqilarining eng baland nuqtalaridan o‘tadi va uni aniq o‘tkazish mumkin. Biroq tekislik hududlarida, buning aksicha, su Yuqorida aytib o‘tilganidek, daryolar yer usti va yer osti suvlari hisobiga to‘yinadi. Shunga mos ravishda yer osti va yer usti suvayirg‘ichlari mavjud.
Yer sirtining daryo sistemasi joylashgan va suvayirg‘ich chiziqlari bilan chegaralangan qismi daryo havzasi deyiladi. Daryo sistemasi suv yig‘adigan maydoni suv to‘plash maydoni deyiladi.vayirg‘ich Ko‘pchilik hollarda daryo havzasi va suv to‘plash maydoni mos tushadi. Lekin ayrim hollarda suv to‘plash maydoni daryo havzasi maydonidan kichik bo‘ladi. Masalan, Ob bilan Irtish, Irtish bilan Ishim daryolari orasidagi kichik daryochalar bosh daryoga yetib borolmaydi. Natijada, ular suv to‘playdigan maydon asosiy daryoga suv bermaydi.chizig‘ini o‘tkazish ancha murakkabdir.
Daryo sistemasining shakl va o‘lcham ko‘rsatkichlari. Daryolar uzunligi, irmoqlari soni, ularning yer yuzasida joylashish shakli va boshqa ko‘pgina belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. Mazkur farqlarni daryo sistemasining quyidagi morfologik va morfometrik, ya’ni shakl va o‘lcham ko‘rsatkichlarini solishtirish orqali aniqlash mumkin:
- bosh daryo va uning uzunligi;
- irmoqlar va ularning uzunliklari;
- daryoning egriligi;
- daryo yoki uning ma’lum qismining nishabligi.
Bosh daryo uzunligi (L) uning boshlanishidan quyilish joyigacha bo’lgan masofaga aytiladi.

2. DARYO VODIYSI VA DARYO O‘ZANI
Daryo vodiysi suv oqimining yer sirtida bajargan ishi natijasida vujudga keladi. U daryoning boshlanishidan quyi qismi tomon ketgan yassi yonbag‘irlari va nishabligi bilan xarakterlanadi. Har qanday daryo vodiysida quyidagi elementlar mavjud bo‘ladi (10.4 – rasm):
- daryo o‘zani - vodiyning oqar suv egallagan qismi;
- qayir - daryoda toshqin yoki to‘linsuv bo‘lganda vodiyning suv bosadigan qismi;
- vodiy tubi - daryo o‘zani va qayir birgalikda vodiy tubi deb ataladi;
- talveg - daryo uzunligi bo‘yicha o‘zandagi eng chuqur nuqtalarni tutashtiradigan egri chiziq;


10.4-rasm. Daryo vodiysining ko‘ndalang qirqimi
1 - vodiy tubi, 2 - daryo o‘zani, 3 - qayir, 4 - vodiy kengligi, 5 - vodiy poyi, 6 - vodiy qoshi, 7 - yonbag‘ir poyi, 8 - vodiy yonbag‘irlari, 9 - vodiyga tutash yerlar.

- terrasalar - yonbag‘irlardagi gorizontal yoki biroz qiyalikka ega bo‘lgan maydonchalar;


- yonbag‘irlar - vodiy tubini ikki yondan chegaralab turuvchi va daryoga qarab qiya joylashgan maydonlar;
- vodiy qoshi - vodiy uzunligi bo‘yicha yonbag‘irlarning eng yuqori nuqtalarini tutashtiruvchi chiziq.
Quyida daryoning, aniqrog‘i, daryo o‘zanining ko‘ndalang qirqimi, uning elementlari, daryolarning bo‘ylama qirqimlari, ularning turlari haqida to‘xtalib o‘tamiz. Daryo o‘zani va uning ko‘ndalang qirqimi. Daryo o‘zanining shakli vodiyning tuzilishi, daryoning suvlilik darajasi, o‘zanni tashkil etgan jinslarning geologik turiga bog‘liq holda daryo uzunligi bo‘yicha o‘zgaruvchan bo‘ladi. Daryo o‘zanining shakli planda izobatlar bilan ifodalanadi. Izobatlar - daryo o‘zanida bir xil chuqurlikdagi nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqlardir.
Daryoning oqim yo‘nalishiga perpendikulyar qirqim o‘zanning
ko‘ndalang qirqimi deyiladi. Ko‘ndalang qirqimning suv oqayotgan qismi
esa jonli kesma maydoni deb nomlanadi. Ba’zan ko‘ndalang qirqimda suv
oqmaydigan joy uchraydi. Ular harakatsiz - o‘lik maydon deyiladi.
Daryo o‘zani ko‘ndalang qirqimining barcha gidravlik kattaliklari daryoda suvning oz yoki ko‘pligiga bog‘liq holda o‘zgarib turadi.
Daryolarning bo‘ylama qirqimlari. Ma’lumki, daryoda suvning harakati -oqishi balandliklar farqi tufayli yuzaga keladi. Daryo uzunligi bo‘yicha balandlikning o‘zgarishini bo‘ylama qirqimlarda tasvirlash mumkin. Daryolarning bo‘ylama qirqimlari suv yuzasi yoki o‘zan tubi bo‘yicha olingan balandlik ma’lumotlari asosida chiziladi. Bo‘ylama qirqimlar joyning geologik tuzilishiga, relyefiga b Botiq bo‘ylama qirqim - tog‘lardan tekislikka oqib tushadigan daryolarda kuzatiladi. Daryoning tog‘li qismida nishablik katta bo‘lib, tekislikka chiqqach nishablik kamayadi. Amudaryo yoki Sirdaryoning bo‘ylama qirqimi bu turga yorqin misol bo‘ladi. To‘g‘ri chiziqli bo‘ylama qirqim - tekislik daryolarida kuzatiladi. Bu turga misol sifatida Volga daryosining bo‘ylama qirqimini ko‘rsatish mumkin.
Qabariq bo‘ylama qirqim - tog‘ platolaridan boshlanadigan kichik daryolarga xosdir. Pog‘onali yoki zinasimon bo‘ylama qirqim – asosan, tog‘ daryolari uchun xarakterlidir. Lekin bunday shakldagi bo‘ylama qirqimlar tekislik daryolarining ba’zi qismlarida ham uchraydi. Daryoda oqayotgan suv miqdori, ya’ni suv sarfi, suv sathining holati, suvning oqish tezligi, harorati, tiniqligi, suvda erigan moddalar oqimi miqdori va boshqalar ma’lum omillar ta’sirida vaqt davomida o‘zgarib turadi. Daryoda mana shu qayd etilgan elementlarning birbiriga bog‘liq holda o‘zgarishi uning suv rejimini ifodalaydi.
Suv sarfi (Q) deb, daryoning ko‘ndalang qirqimidan vaqt birligi ichida oqib o‘tadigan suv miqdoriga aytiladi. U m3/s yoki l/s larda ifodalanadi. Suv sathi (H) - ma’lum bir o‘zgarmas, gorizontal holatdagi doimiy ”0” tekislikka nisbatan o‘lchanadigan suv yuzasi balandligidir. Suv sathi sm larda ifodalanadi. Suvning oqish tezligi ( ) m/s larda ifodalanadi. Uning qiymatini ko‘ndalang qirqimning ayrim nuqtalarida, alohida vertikallar yoki butun jonli kesma bo‘yicha o‘rtacha qiymat sifatida aniqlash mumkin. Yuqoridagilar bilan bir qatorda daryo suvining harorat rejimi, gidrokimyoviy rejimini o‘rganish ham muhim ahamiyatga ega. Shularni e’tiborga olib, quyida daryolar suv rejimining asosiy elementlari alohida
mavzularda yoritiladi. Daryolar suv rejimining yillik o‘zgarishini bir necha xarakterli qismlarga - ko‘p suvli, ya’ni to‘linsuv, kam suvli va toshqin davrlariga
ajratish mumkin. Ular umumiy nom bilan suv rejimi davrlari deb ataladi. Daryolar suv rejimining davrlari soni turli tabiiy geografik zonalarda joylashgan daryolar uchun turlicha - ikkitadan to to‘rttagacha bo‘lishi mumkin. Masalan, tekislik hududlarida quyidagi to‘rt davr kuzatiladi:
bahorgi to‘linsuv davri (polovode), yozgi kam suvli davr (yozgi mejen), kuzgi toshqin davri (pavodok), qishki kam suvli davr (kuzgi mejen). Ba’zi tekislik daryolarida kuzgi toshqin davri kuzatilmasligi mumkin, yozgi to‘linsuv davri uzoq muddatga cho’ziladigan daryolar esa yozgi kam suvli davri kuzatilmaydi.
O‘rta Osiyoning nisbatan yirik daryolarida esa, asosan, ikkita davr, bahorgi - yozgi to‘linsuv davri va kuzgi - qishki kam suvli davr kuzatiladi. To‘linsuv davri deb, daryoda suvning ko‘payishi har yili deyarli bir xil mavsumda takrorlanadigan va uzoq vaqt (2-6 oy) davom etadigan davrga aytiladi. Bu davrda daryo qayirlari suv ostida qoladi. Suv sathining keskin ko‘tarilishi esa ayrim hollarda ko‘ngilsiz hodisalarga sabab bo‘ladi.
To‘linsuv davrining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: to‘linsuv davrining boshlanish vaqti, ko‘tarilish tezligi va bu ko‘tarilishning davom etish vaqti, to‘linsuv davrining balandligi va cho‘qqisi, to‘linsuv davrining pasayishi va bu pasayishining davom etish vaqti, to‘linsuv davrining tugash vaqti, to‘linsuv davrining umumiy davom etish vaqti, to‘linsuv davridagi oqim hajmi. Toshqin davri deganda, daryo havzasiga yoqqan jala yomg‘irlar natijasida daryodagi suv sathi va sarfining juda tez ortishi va shunday keskin kamayishi tushuniladi. Toshqin davri o‘zining qisqa muddatliligi, oqim hajmining nisbatan kichikligi hamda ayni bir daryoda butun yil davomida turli davrlarda kuzatilishi bilan to‘linsuv davridan farq qiladi. Tog‘li hududlarda, jumladan O‘rta Osiyo daryolarida havo haroratining keskin ko‘tarilishi natijasida qor yoki muzliklarning jadal erishi hisobiga Kam suvli davr - daryolar suv rejimining to‘linsuv va toshqin davrlariga nisbatan kam suvliligi bilan farq qiladigan davridir. Kam suvlilikning asosiy sababi suv to‘plash havzasidan daryoga kelib tushadigan suv miqdorining keskin kamayishidir.
Suv rejimining turlariga ko‘ra daryolarni oddiy va murakkab rejimli daryolarga ajratish mumkin. O‘z suvini har xil geografik zonalardan yig‘adigan katta daryolar uchun (Nil, Amur, Yenisey, Pechora, Dunay va boshqalar) murakkab rejim xosdir. Bir xil geografik zonada joylashgan o‘rta va kichik daryolar oddiy rejimga ega bo‘ladi.
Daryolarni suv rejimi davrlariga ko‘ra guruhlarga ajratish, ya’ni tasniflash mumkin. B.D.Zaykov MDH hududidagi daryolarni quyidagi 3 ta guruhga bo‘lgan (10.7 - rasm):
a) to‘linsuv davri bahorda kuzatiladigan daryolar;
b) to‘linsuv davri yozda kuzatiladigan daryolar;
v) toshqinli suv rejimiga ega bo‘lgan daryolar.
O‘rganilayotgan hududda to‘linsuv davri bahorda kuzatiladigan daryolar ko‘pchilikni tashkil etadi. To‘linsuv davrining xususiyatlariga va suv sarfi hamda suv sathi rejimlarining boshqa davrlardagi o‘zgarishlariga bog‘liq holda bu guruhdagi daryolar beshta turga bo‘linadi: Qozog‘iston, Sharqiy Yevropa, G‘arbiy Sibir, Sharqiy Sibir va Oltoy turlari.
To‘linsuv davri yilning iliq vaqtlarida kuzatiladigan daryolar guruhiga Uzoq Sharq va Tyanshan turlari kiradi.
Toshqinli rejimga ega bo‘lgan daryolarda to‘linsuv davri bo‘lmaydi. Ular katta yoki kichik vaqt oraliqlariga bo‘lingan, ketma-ket kuzatiladigan yomg‘irli toshqin davrlari bilan ajralib turadi. Bu guruhdagi daryolar nisbatan kam tarqalgan. Toshqin davrining yil davomida taqsimlanishiga ko‘ra ushbu guruh daryolari quyidagi uchta turga bo‘linadi: Qora dengiz bo‘yi, Qrim va Shimoliy Kavkaz.
Bu tasnifni hozirgi kun talablariga to‘la javob beradi, deb bo‘lmaydi. Turli balandlik zonalaridan suv to‘playdigan va shu tufayli turlicha to‘yinish manbalariga ega bo‘lgan O‘rta Osiyo daryolarining yagona Tyanshan turiga kiritilishi buning yorqin misolidir Daryolar to‘yinishining asosiy manbai atmosfera yog‘inlaridir. Yomg‘ir ko‘rinishida tushgan yog‘inlar yer yuzasida oqim hosil qiladi va daryolar to‘yinishining bevosita manbai bo‘ladi. Agar yog‘in qor ko‘rinishida yog‘sa, u yer sirtida yig‘ilib, havo harorati ko‘tarilgach eriydi. Qorning erishidan hosil bo‘lgan suvlar ham daryolar to‘yinishida qatnashadi.
Yer yuzasining baland tog‘li qismiga yoqqan qorlar bir yoz mavsumida erib ulgurmaydi, natijada u yerdagi qor zaxirasini boyitib, doimiy qorliklar va muzliklarni to‘yintiradi. Ana shu baland tog‘lardagi asriy qorliklar va muzliklar suvi daryolar to‘yinishining yana bir manbai hisoblanadi.
Yomg‘ir suvlari hamda qor va muzliklarning erishidan hosil bo‘lgan suvlarning bir qismi yer ostiga sizilib, grunt va yer osti suvlariga qo‘shiladi. yer osti va grunt suvlari ham daryo o‘zaniga sekin-astalik bilan qo‘shiladi, natijada, daryolarda doimiy suv bo‘lishi ta’minlanadi.

Yüklə 425,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə