Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar daryolar haqida umumiy ma’lumot


DARYOLARNING SUV REJIMI VA TO‘YINISH MANBALAR



Yüklə 425,02 Kb.
səhifə3/4
tarix03.06.2023
ölçüsü425,02 Kb.
#115290
1   2   3   4
Oybekjon 03

3.DARYOLARNING SUV REJIMI VA TO‘YINISH MANBALAR
Daryo oqimi yomg‘ir suvlaridan hamda qor va muzliklarning erishi hisobiga hosil bo‘ladi. Bu jarayonlarda yer sirtida hosil bo‘lgan suvning bir qismi yer ostiga shimiladi, bir qismi bug‘lanadi, faqat qolgan qismigina oqim hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Yomg‘irning yog‘ishi yoki qor va muzlikning erish jadalligi yer ostiga shimilish hamda bug‘lanishning birgalikdagi jadalligidan katta bo‘lgandagina oqim hosil bo‘ladi. Yuqoridagi shart bajarilgandan so‘ng hosil bo‘lgan oqim yuza oqim yoki yonbag‘irlar oqimi deyiladi. Bunda oqim juda kichik jilg‘alar ko‘rinishida bo‘ladi. Ana shu kichik jilg‘alar qo‘shilib, vaqtinchalik oqar suvlarni, ular esa, o‘z navbatida, qo‘shilib, o‘zanda doimiy oquvchi soylarni hosil qiladi. Soylar suvining qo‘shilishidan daryo oqimi hosil bo‘ladi. Daryo oqimiga yer osti suvlari ham kelib qo‘shiladi. Demak, daryo oqimi yer yuzasi va yer osti suvlarining yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
Yuqorida daryo oqimining hosil bo‘lish jarayoni juda sodda ko‘rinishda tasvirlandi. Lekin, aslida, daryo oqimining hosil bo‘lishi juda murakkab tabiiy jarayondir.
Daryo oqimining hosil bo‘lishiga havzaning geografik o‘rni, geologik tuzilishi va relyefi, iqlimi, tuproq va o‘simlik qoplami, gidrografik sharoiti (muzlik, ko‘l, botqoqlik) kabi tabiiy geografik omillar ta’sir etadi. Oqim hosil bo‘lish jarayoniga insonning daryo havzasidagi xo‘jalik faoliyati ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Daryo havzasi geologik tuzilishining ta’siri. Daryolar to‘yinishida ishtirok etadigan yer osti suvlarining to‘planish va sarflanish sharoiti havzaning geologik tuzilishiga bog‘liqdir. Shu bilan bir qatorda, tog‘ jinslarining litologik tarkibi, suv o‘tkazmas qatlamlarning joylashish chuqurligi oqim hosil bo‘lishiga, uning miqdoriga hamda yil ichida taqsimlanishiga ta’sir etadigan jiddiy omillardan hisoblanadi.
Ma’lumki, suvni yaxshi o‘tkazadigan tog‘ jinslaridan iborat qatlamlar ko‘p miqdordagi suvni o‘ziga shimib oladi. Bunday sharoitda ular nam to‘plagichlar vazifasini o‘tab, yil davomida daryolarning yer osti suvlari bilan bir tekis to‘yinishini ta’minlaydi.
Karst hodisalari keng tarqalgan hududlarda daryo havzasi geologik tuzilishining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri yanada yaqqol seziladi. Bunday yerlarda daryolar deyarli uchramaydi, chunki yog‘inning asosiy qismi yer ostiga shimilib, yuza oqim hosil bo‘lmaydi. Relyefning ta’siri. Daryo oqimining hosil bo‘lishiga havzaning relyefi bevosita va bilvosita ta’sir etishi mumkin. Relyefning oqimga bevosita ta’siri havzaning nishabligi orqali ifodalanadi. Agar havzaning nishabligi katta bo‘lsa, oqim jadal sur’atda hosil bo‘lib, uning daryo o‘zaniga oqib kelish vaqti qisqaradi. Shu bilan birga yer ostiga shimilish va bug‘lanishga ham kam miqdorda suv sarf bo‘ladi.
Havza relyefining oqim hosil bo‘lishiga bilvosita ta’siri juda kattadir. Bu ta’sir daryo havzasi suv balansining asosiy elementlari bo‘lgan yog‘insochin, bug‘lanish, yer ostiga shimilish va havzada to‘planadigan suv miqdori orqali seziladi.
Yillik yog‘in miqdori ma’lum
balandlikkacha ortib boradi, shundan so‘ng balandlik ortishi bilan yog‘in
miqdori kamaya boradi. Yog‘in miqdoriga tog‘ yonbag‘irlarining nam
havo oqimi yo‘nalishiga nisbatan joylashishi katta ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, Xisor tog‘ tizmasining janubig‘
arbiy yonbag‘irlariga yiliga
1500-2000 mm yog‘in yog‘sa, Pomir tog‘larining ichki qismida bu qiymat
atigi 400-600 mm ni tashkil etadi.
Balandlikning ortishi yog‘in turiga ham ta’sir etadi. Ma’lumki,
balandlikka mos ravishda yog‘inning umumiy miqdoriga nisbatan qorning
hissasi ortib boradi. Bu esa, o‘z navbatida oqim koeffitsiyentining
o‘sishiga olib keladi.
XULOSA
Bizga berilgan mavzu ,,daryo, daryo vodiysi haqida” yozdik. Bunda biz daryoning to’yinish manbalari turlari haqida va daryo vodiysi bo’yicha yetarli ma’lumotlarga ega bo’ldik. Bu mavzu turli chizmalar yordamida ham yoritilgan. Daryolarning yillik, oylik, haftalik sarflari turli jadvallarda keltirilgan.



Yüklə 425,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə