Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish. 1 2



Yüklə 6,25 Mb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü6,25 Mb.
#135207
  1   2   3   4
MMT-94 O\'tkurova Mohira moliyaviy rejalashtirish


Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish.
1
2
3
REJA:
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga davlatning ta’siri
Davlat xarajatlari
Davlat daromadlari
Zamonaviy iqtisodiyotning eng muhim jihatlaridan biri uning aralash mulkka asoslangan ekanligidadir. Lekin jahonning rivojlangan birorta davlatida ham davlat mulki yoki xususiy mulklardan birortasining mutloq hokimligi uchramaydi. Rivojlangan davlatlarda turli mulk shakllarining birgalikdagi harakatlariga asoslangan iqtisodiyot o’zining hayotchan ekanligini allaqachon isbotladi.
Lekin tan olish kerakki, iqtisodiy hayotning u yoki bu bosqichida davlat yoki bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarining ta’siri sezilarli bo’ladi. Masalan, bozor iqtisodiyoti qonunlarining harakati ob’yektiv xarakterga ega bo’lib, ularni bekor qilish mumkin emas. Xuddi shuningdek, bozor institutlari “nomenklatura”sining kengayishi, ular o’rtasidagi aloqalarning murakkablashuvi, yangi tizimlarning (evolyutsiya yoki taraqqiyot qonunlariga muvofiq ravishda) shakllanishini ham rad etib bo’lmaydi.
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga davlatning ta’siri esa quyidagi maqsadlar uchun zarur:
hayotiy faoliyatning umumiy sharoitlarini va iqtisodiy qarorlarning amalga oshirilish asoslarini ta’minlash (butun jamiyat uchun xavfsiz yashash sharoitini yaratish, mulkka egalik qilish huquqi himoyalashga va shaxsning erkin rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan huquqiy rejimni o’rnatish va qo’llab-quvvatlab turish, samarali raqobatni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish);
barqarorlashtiruvchi tadbirlarni amalga oshirish (davlat iqtisodiy o’sishning sur’atlarini, inflyatsiya va ish bilan ta’minlash darajasini tartibga solib turishi, iqtisodiyotning tarmoq va mintaqaviy tuzilmasidagi progressiv (ijobiy) o’zgarishlarni rag’batlantirishi, tashqi iqtisodiy muvozanatni va milliy valyutaning kursini qo’llab- quvvatlashi lozim);
resurslarning ijtimoiy yo’naltirilgan qayta taqsimlanishini amalga oshirish (davlat jamiyatga kerak bo’ladigan, lekin u bilan xususiy sektor shug’ullanmaydigan ishlab chiqarishni tashkil qilishi, ish haqi, pensiyalar, nafaqalarning minimal darajasini kafolatlashi, ijtimoiy himoyaga muhtojlarga yordam berishi, qat’iylashtirilgan daromadlarning indeksatsiyasini amalga oshirishi zarur).
Turli sotsial-iqtisodiy jarayonlarda moliyaning rolini (moliyaviy tartibga solishning rolini) to’liq idrok etish uchun tizimning shakllantiruvchi asoslarini – davlat xarajatlari va davlat daromadlarini - hamda ular har birining rolini atroflicha tahlil qilib chiqmoq lozim.
Dastlab, davlat xarajatlarining tavsifiga murojaat qilish kerak. Chunki aynan davlat xarajatlari davlat moliyasining ijtimoiy mo’ljallanganligi nimadan iborat ekanligini aniq ko’rsatadi. Shunga mos ravishda, aynan davlat xarajatlarining tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va hajmi moliyaviy tizim faoliyatining natijalarini o’zida aks ettiradi va bu tizim ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida o’zining funksiyalarini bajarayaptimi yoki yo’qmi, degan savolning javobini oldinroq aniqlashga imkon beradi.
Business Power point
Xorijning mashhur nazariyotchi olimlaridan biri E.Xansen o’zining oxirgi asarlaridan biri bo’lgan “AQShning urushdan so’nggi iqtisodiyoti” da shunday deb yozadi: “Ijtimoiy xarajatlari eng past darajada bo’lgan mamlakatni menga ko’rsatingchi, men sizga turmush darajasi eng past bo’lgan mamlakatni aytaman”. Yana u davom etib ta’kidlaydi: “Hatto Qo’shma Shtatlarda ham maorif ishiga yo’naltirilgan 100 dollar ishlab chiqarish binolari, inshootlari, mashinalar va asbob-uskunalarga sarflangan 100 dollarga nisbatan yuqoriroq bo’lgan mehnat unumdorligiga olib keladi”
Agar davlat xarajatlariga tovarlar yoki mehnatda ifodalangan xizmatlar qarama-qarshi turadigan bo’lsa, u holda davlat pul mablag’lari oqimlarining boshqa ne’matlarga o’ziga xos tarzda transformatsiyalashuvi sodir bo’ladi va shu munosabat bilan bunday xarajatlarni transformatsion xarajatlar tarkibiga kiritiladi. Ularning orasidan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:
  • davlat iste’moli (davlat sektori ishchilarining ish haqi, joriy ehtiyojlarni qoplash uchun davlat tomonidan sotib olingan tovarlar uchun to’lovlar, ishlab chiqarishga dotatsiya berish; davlat qarziga xizmat ko’rsatish, byudjetlararo subsidiyalar va shu yerda ko’rsatilgan maqsadlar uchun foydalaniladigan ssudalar);
  • davlat investitsiyalari (davlat korxonalari va tashkilotlarining asosiy kapitali va aylanma fondla-rining o’sgan qismiga investitsiyalar, davlat zaxiralarini yaratish, uzoq muddatli byudjet kreditlari).

ijtimoiy subsidiya oluvchilar aholining moddiy ne’-matlar iste’moli qismiga nisbatan barqaror to’lovga qobiliyatli talabning barqarorligini ta’minlaydi;

Yüklə 6,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə