Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish. 1 2



Yüklə 6,25 Mb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü6,25 Mb.
#135207
1   2   3   4
MMT-94 O\'tkurova Mohira moliyaviy rejalashtirish

01
02
ijtimoiy-madaniy soha tashkilotlarini joriy saqlash uchun tovarlar va xizmatlarni davlat tomonidan sotib olinishi bozorning juda ko’p segmentlarida talab va taklif o’rtasidagi muvozanatga o’z ta’sirini ko’rsatadi;
03
maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy ta’minot ob’ektlarining kengaytirilishi, uy-joy qurilishiga davlat dotatsiyalari bilan birgalikda, faqat qurilish materiallariga bo’lgan talabni oshirib qolmasdan, balki qurilish industriyasi bilan bog’liq bo’lgan sanoatning boshqa alohida tarmoqlari uchun ham chuqur bozorni yaratadi, uzoq muddatli foydalanish xos bo’lgan predmetlar uchun talabni oshiradi.
Davlat xarajatlarini guruhlarga ajratishda funktsional printsipdan foydalanish mamlakat taraqqiyotining ichki muammolarini hal qilish va dunyo hamjamiyati bilan o’zaro munosabatlar orqali ifodalanadigan davlatning barcha funksiyalarini (ijtimoiy, iqtisodiy, tadqiqotchilik, boshqaruvchilik, tashqi siyosiy va boshqalar) namoyish qilishi mumkin. Shu narsaning o’zi tizimlashtirilgan ko’rinishda yo’nalishlarning ustuvorligini aks ettirishga va davlat tomonidan tartibga solish jarayonining ta’sirchanligini baholashga imkon beradi. Masalan, davlatning ijtimoiy funksiyalarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar aholi kam ta’minlangan qatlamlarining kvalifikatsiya, tibbiy xizmat, uy-joy, kafolatlangan minimal pensiya va nafaqalar olishga tegishli sharoitlarni yaratadi. Bu esa sotsial munosabatlarning barqarorligini qo’llab-quvvatlab, jami talabning hajmi va tarkibiy tuzilmasiga keskin ta’sir ko’rsatadi va bu ta’sir quyidagilarda namoyon bo’ladi:
Bundan tashqari, davlatning ijtimoiy-madaniy tadbirlar xarajatlari bu o’ziga xos tarzda malakali ishchi kuchini tayyorlashga qilingan investitsiyalardan iboratdir. Bundan uning ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va tadbirkorlik sohasini qo’llab-quvvatlashning strategik chorasi ekanligi ham yaqqol ko’rinadi. Davlatning boshqa funksiyalarini amalga oshirilishi jarayonida ham, xususan, sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalariga subsidiya va kredit berishda, infratuzilma ob’ektlarini yaratish va ularni takomillashtirishda, harbiy qurilish uchun qurol-aslahalarni sotib olishda, davlat qarzlarini va ular bo’yicha foizlarni qaytarishda ham bozor kon’yunkturasini keskin o’zgaradi. Yuqorida bayon etilgan xarajatlar hajmining o’zgartirilishi investitsiyalarning o’lchamiga, jami talabning hajmiga va taklifning tarkibiy tuzilmasiga bevosita o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Shunday qilib, davlat xarajatlari jami talab shakllanishining unumli yo’naltirilishida ijobiy tarkibiy qism (element) bo’lib hisoblanishi mumkin. Teskari holatlarda esa, ya’ni harbiy, boshqaruv, mafkuraviy xarajatlar salmog’ining yuqoriligida, shuningdek, davlat qarzlariga xizmat qilish xarajatlari hajmining katta-ligida davlat xarajatlari faqat qalbaki ijtimoiy talabning o’sishiga olib keladiki, ular oxir oqibatda, qutulib bo’lmaydigan buzuvchan (vayronagarchilik) kuchlarni vujudga keltiradi (jahon amaliyotida bunday misollar juda ko’p, masalan, o’tgan asrning 70-80-yillarida dunyoning katta qismini qamrab olgan inflyatsiya, 1998 yilning avgustida Rossiyada sodir bo’lgan moliyaviy tanazzul, 2008-2010 yillarda yuz bergan jahon iqtisodiy inqirozi, 2014 yilgi Rossiya moliyaviy inqirozi va boshqalar).

Yüklə 6,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə