I-bob suv omborlari haqida umumiy ma'lumotlar



Yüklə 29,79 Kb.
səhifə2/3
tarix13.10.2023
ölçüsü29,79 Kb.
#127673
1   2   3
V = Ve+ Vo
Ishchi chuqurlik-me'yoriy dimlanish sathi bilan foydasiz hajm sathi orasidagi balandlikdir. Suv omboridan foydalanish jarayonida undagi suv sathi shu balandlik chegarasida o'zgaradi. Suv omborlarining yuqorida qayd etilgan ko'rsatkichlari ularda to'plangan suvdan samarali foydalanish va shu bilan bog'liq bo'lgan muammolarni oldindan rejalashtirishda juda muhimdir. Suv omborlarining o'rni va me'yoriy dimlanish sathini tanlash bir nechta bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda quyidagilar e'tiborga olinadi:
daryo suvidan foydalanish sxemasi (tizimi);
> joyning geologik tuzilishi;
joyning topografik sharoiti;
>joyning iqtisodiy sharoitlari.
Geologik va topografik sharoitlar inshootning o'rnini, to'g'on balandligini va bu esa o'z navbatida suv omborida hosil qilinishi mo'ljallangan gidrostatik naporni aniqlashga imkon beradi. Aniqroq qilib aytganda, geologik sharoit inshoot tipini, o'lchamlarini va natijada uning harajatlarini belgilaydi.
Ikkinchi bosqichda, ya'ni suv omborining o'rnini tanlashda quyidagilarga e'tibor beriladi: suv ostida qolishi mumkin bo'lgan foydalanishga yaroqli yer maydonlari, xalq xo'jaligi ob'ektlariga; yirik aholi punktlaridan iloji boricha yiroq joylashtirishga (ayniqsa baland to'g'onli bo'lsa); Me'yoriy dimlanish sathini tanlash geologik va topografik sharoitlar bilan birga ko'proq pul va capital mablag'lar bilan bog'liqdir.
Ko'rinib turibdiki, har ikki masala ham muhimdir. Shuning uchun suv xo'jaligi inshootlarini loyihalashda ularga katta ahamiyat beriladi. Yuqoridagi talablarni bajarishda e'tiborga olinishi lozim bo'lgan omillar ko'p bo'lgani uchun ularni hisoblash yo'li bilan aniqlab bo'lmaydi. Shu muammoning yechimini topishga qaratilgan bir necha variantlar taklifetiladi va ulardan eng maqbuli tanlab olinadi.
Suv omborlarining foydasiz hajmi sathi (FHS) va foydasiz hajmi (FH) ni aniqlashda quyidagilarga e'tibor berish zarur: suv inshootining butun faoliyati davomida unga daryo suvlari bilan quyiladigan loyqa oqiziqlarni tutib qolishiga;
GES ning samarali ishlashi uchun minimal naporni ta'minlashiga; suv omboridan suv oladigan inshootlar (kanal, quvur, nasos stansiyalari)ning ishlashini uzluksiz ta'minlashiga; suv transporti harakatini uzlusiz ta'minlashiga; me'yordagi sanitariya sharoitini ta'minlashiga (chunki suv omborining juda sayoz bo'lishi yilning issiq mavsumlarida kasallik tarqatuvchi zararli mikroorganizmlarning rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi).
Foydasiz hajm sathini tanlash ham sarflanadigan mablag'ga bog'liq. Uning qiymati ham taklifetilgan bir nechta variantlardan tanlab olinadi. Suv ombori hajmini tanlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Dastlab suv ombori o'rnini, me'yoriy dimlanish sathini tanlash bilan biz suv omborining to'la hajmini va eng katta suv sathini ham aniqlagan bo'lamiz. O'z navbatida esa foydali hajmni ham tanlagan bo'lamiz. Umuman ular o'zaro bog'liqdir. Shuning uchun ularni tanlashda birgalikda tahlil qilish kerak. Tahlilni quyidagi tartibda amalga oshirgan ma'qul:
1) suv omborining o'rni va me'yoriy dimlanish sathining variantlari belgilanadi. Tanlanadigan sath taklif etilgan variantlar oralig'ida bo'lsin;
2) me'yoriy dimlanish sathining har bir varianti uchun ishchi chuqurlikning (h,) turli variantlari belgilanadi. Natijada foydasiz hajm sathi aniqlanadi. Har bir variant uchun hisobkitoblar va texnikiqtisodiy asoslash o'tkaziladi;
3) har bir variant uchun bajarilgan texnikiqtisodiy asoslashlar o'zaro solishtiriladi. Eng maqbul variant tanlanadi va natijada suv omborining me'yoriy dimlanish sathi (MDS), foydali hajmi (V4) va foydasiz hajmi (V, )ning qiymatlari aniqlanadi. Ma'lumki, daryolardagi suv miqdori yil davomida mavsumdan mavsumga va u yildan bu yilga o'zgarib turadi. Yer yuzidagi, ayniqsa, O'rta Osiyo kabi arid iqlimli hududlardagi ba'zi bir daryo va soylarning suv miqdori yil davomida shu qadar notekis va noqulay taqsimlanganki, oqibatda milliardmilliard metr kub suv xalq xo'jaligiga hech qanday foyda keltirmasdan behuda oqib ketadi. Ayrim paytlarda, masalan, toshqin va to'linsuv davrlarida to'libtoshib oqib, katta zarar ham keltiradi. O'lkamiz sharoitida, qishloq xo'jaligida suvga bo'lgan talab ortgan mavsumlarda esa bunday daryo va soylardagi suv keskin kamayib ketadi, ayrim hollarda butunlay qurib qoladi.
Mana shunday sharoitda daryo va soylar suvidan to'la va samarali foydalanish hamda toshqinlarni oldini olish maqsadida ularning oqim rejimini boshqarib turish zarur. Bu muammoni daryolarda sun'iy ko'llarsuv omborlari barpo etish yo'li bilan hal etish mumkin. Suv omborlari qurish o'lkamiz kabi qurg'oqchil hamda qishloq xo'jaligi sug'orishga asoslangan hududlarda ayniqsa zarurdir. Ko'pchilik suv omborlarini qurishda ekinzorlarni suv bilan ta'minlashdan tashqari, ulardan gidroenergetika, baliqchilikni rivojlantirish, yirik sanoat korxonalari va shaharlar suv ta'minotini yaxshilash maqsadida foydalanish ham nazarda tutiladi.
Daryolardagi suv va energiya boyliklari(resurslari)dan to'laroq foydalanish maqsadida Yer kurrasida juda ko'p suv omborlari qurilgan. Dunyodagi eng yirik suv ombori ViktoriyaNil daryosida qurilgan OuenFols (Viktoriya) suv ombori bo'lib, Keniya, Tanzaniya, Uganda davlatlari hududida joylashgan. Uning suv sig'imi 205 km' (Viktoriya ko'li bilan qo'shib hisoblanganda) bo'lib, Nil daryosi oqimini yillararo boshqarishga mo'ljallangan. Rossiya hududida joylashgan Bratsk (Angara daryosi),
Krasnoyarsk (Yenisey daryosi), Kuybishev (Volga), Buxtarma (Irtish) kabi suv omborlari nafaqat mazkur mamalakat hududida, balki butun Yevrosiyo materigida ham eng yirik suv omborlari hisoblanadi. Eramizdan 3000 yil avval Qadimgi Misrda o'n minglab odamlar tog'day harsangtoshlarni maxsus moslamalar yordamida yumalatishib, shiddat bilan oqayotgan daryoga tashlab to'g'on quradilar. Daryo to'silgach suv asta-sekin ko'tarilib, asrlar mobaynida qaqrab yotgan cho'l tarafga buriladi. Buni ko'rgan odamlar raqsga tushib ketadi. Shu lahzalarda tarixiy voqea yuz beradi. Dunyoda eng birinchi suv ombori qurilib ishga tushiriladi. Uning tug'onini balandligi 15 metr, uzunligi esa 450 metr bo'ladi. Endi har xil sehrgarlar va qoxinlarning, bu yil qurg'oqchilik keladimi, seryog'in keladimi singari bashoratlarini kutib o'tirishga hojat qolmaydi. Shu lahzalardan boshlab ming yilliklar qiyofasini o'zgartirib yuboradigan voqea yuz beradi. Qadimgi Misr haritasiga nazar solsangiz, kata shaharlar asosan Nil daryosi qirg'og'i bo'ylab joylashganligini ko'rasiz. Bu azim
daryoning poyonida mamlakat poytaxti - Memfis shahri joylashgan.
Qadimgi Misrda dehqonchilik rivojlangan. Eng qadimgi motiga, mola, omochlar ayni shu yerda yasalgan. Dehqonlar bug'doy, arpa, kunjut, poliz ekinlari yetishtirishgan. Podsho Menee davriga kelib tarkibida qirqqa yaqin mayda davlatchalar bo'ladi, Misr yagona davlat bayrog'i ostida birlashadi. O'zaro jangler to'xtaydi. Dehqonchilik, chorvachilik, savdo-sotiq yanada barq urib rivojlanadi. Yangi yerlarni o'zlashtirish zarurati paydo bo'ladi. Bu esa Nil daryosiga band solishni taqazo etar edi.Shu tariqa hukmdor Menee eramizdan 3000 yil avval insoniyat tarixidagi birinchi marta suv ombori qurilishiga qo'l uradi. Daryo to'siladigan kuni podshoxning o'zi to'g'on boshiga keladi. Menee va uning avlodlarining uzoq davom etgan hukmronligidan keyingi podshoxdar «fir'avn»lar deb atala boshlanadi. Dunyodagi birinchi suv ombori fir'avnlar davridan ham avvalroq bunyod etilgan.
Eramizdan 2800 yil avvalgi Qohira. Bu yerda Sadd al-Kafar nomli ulkan suv ombori qurib bitkaziladi. To'g'onining uzunligi 108 metr, balandligi esa 12 metr bo'lgan bu suv ombori ham qudratli texnika vositalari bo'lmagan, mehnat qurollari o'ta ibtidoiy bo'lgan davr uchun chinakam mahobatli bir gidrotexnik inshoot bo'lgan. Ammo uni tez orada suv yuvib ketdi. Eramizdan 2300 yil avvalgi mashhur va sirli Myoris suv ombori ham Qohira shahrida quriladi. Tarixchi Gerodot uni dunyoning mo'jizalaridan biri deb ta'riflagan. Unga suv Nil daryosidan uzun kanallar orqali olib borilgan. Keyingi davrlarga kelib Yaqin Sharqda to'g'onlar, suv omborlari, gidroinshootlar qurilishi boshlandi. Tigr daryosida balandligi 12 metr bo'lgan Namrud to'g'oni barpo qilinadi. Bizning eramiz boshlanganidan keyin Mesopotamiya, Persiya, Rim imperiyasi va boshqa yirik davlatlarda suv omborlari qurish ommaviy tus oldi. Fors shohi Doro I hukmronligi davrida bitta daryoning o'zida 9 ta irrigatsiya inshooti qurildi. Eramizning III-IV asrlariga kelib somoniylar davrida Band-Mijon to'g'oni quriladi. 494 yilda Seylonda Buyuk to'g'on nomli ulkan irrigatsiya inshooti nihoyasiga yetkaziladi. Shu davrda Hindistonda mashhur Sudarsana suv ombori ishga tushadi. Sharqda qurilgan gidrotexnik inshootlar mustahkamlikda va mukammallikda boshqalarni ortda qoldirib ketadi. O'sha davrlarda qurilgan bu qudratli suv inshootlarining ayrimlarining qoldiqlari saqlanib qolgan bo'lsa, ba'zilarini to'lig'icha asrlar osha saqlanib kelmoqda. Sherozdagi Band-Amir suv ombori eramizning boshlarida kurilgan, hozirgacha ekinzorlarni sug'orishda foydalanilib kelinmoqda. Amerikaning tub aholisi bo'lgan atsteklar, mayyalar, inklar yuzlab gektar yerlarni sug'oradigan yirik suv omborlarii barpo etishgan. Masalan, Taskoko ko'lini ikkiga bo'lib tashlagan Mexiko suv ombori to'g'onining uzunligi 16 km bo'lgan. Ispan istilochilari bu qabilalarning qaadimgi gidrotexnik inshootlarini yakson qilib tashlashadi. O'miga o'zlari yangidan boshqa suv omborlari quradilar. Ammo manbalarning shahodat berishicha, qadimgi qabilalarning gidrotexnik inshootlari ham har jihatdan mustamlakachilarnikidan qolishmaydigan bo'lgan. O'sha paytlarda qurilgan, maydoni 96 km2, sig'imi 220 million m' bo'lgan Jururiya suv omboridan shu kunlargacha foydalanib kelinmoqda.
Yevropada ilk gidrotexnik inshootlar, suv ayirgichlar, to'g'onlar, suv omborlari qurilishi asli milodning boshlarida boshlangan. Ammo bu harakatlar XVIII-XIX asrlarga, ya'ni kapitalizmning rivojlanish bosqichiga kelibgina ommaviy tus oladi. Bundan tashqari, zavod va fabrikalarga sanoat ehtiyoji uchun ham suv yetkazib beradigan ulkan suv havzalariga ehtiyoj tug'iladi, bunday suv omborlari G'arbiy Yevropa, Avstriya, Vengriya, Rossiyada ko'plab qurilgan. Shuningdek, kemalar qatnovi uchun daryolarda suv sathini yil davomida bir me'yorda ushlab turish uchun daryo suv omborlari ham qurila boshlaydi. Bu maqsadlarda qurilgan gidroinshootlar sirasiga Angliya, Germaniya, Rossiyadagi qator suv omborlariini kiritish mumkin.
Ayrim suv omborlari esa birdaniga bir necha vazifalarni bajarishga mo'ljallanib quriladi. Katta shaharlar aholisining suv ta'minoti, sanoat rayonlarining suv ta'minoti, yangi irrigatsiya tarmoqlariga suv yetkazib berish, dam olish zonalari sifatida faoliyat ko'rsatish, shuningdek hatto ayrim rayonlarning ekologik holatini yaxshilash uchun ham suv omborlari quriladi. Sariosiyo zaminining qaysi burchagida bo'lmasin yerga bir ketmon ursangiz, qarsillab toshga tegadiki, buning hammasi To'palangdaryoning uzoq yillar mobaynida kuchli toshqinlar payti ajdahodek buralib goh o'ngga, goh chapga o'zanini o'zgartirib oqqanidan dalolatdir. Statistik ma'lumotlarga qaraganda, suv ombori ishga tushirilgunga qadar so'nggi 10 yilda To'palangdaryo toshqinlari viloyat xalq xo'jaligiga 3 million 382 ming so'mdan (1991 yildan oldingi narxlarda) ziyod miqdorda zarar yetkazgan. Dunyo ahli sel, toshqin oqibatlaridan behad katta talofatlar ko'rmoqda. So'nggi 30 yil mobaynida AQSH birgina Missisipi daryosi toshqinlari oqibatida bir necha milliardlab dollar miqdorida zarar ko'rgan. AQSH shaharlarining 40 foiziga, ekinzorlaridan 14 million gektariga muttasil ravishda sel balosi tahdid solib turadi («Katrina», «Rita» to'fonlarini, Yapon orallaridagi sunamini eslang). Osiyo mamlakatlarida ham har yili
daryolardagi suv toshqini tufayli 4 million gektardan oshiq yerni suv bosadi, sel jabridan urtacha 17 million nafar odam jafo chekadi. Yevropa davlatlarida ham suv balosi har qanday urush yoki zilziladan kam talofat yetkazayotgani yuq. 1970 yilgi sel toshqini Ruminiyaga 10 milliard ley miqdorida ziyon keltirdi. 1 million gektar ekinzor yakson bo'ldi. 23 ming bosh qoramolni suv oqizib ketdi. Bundan mamlakat qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 15 foizga kamaydi. 800 aholi turar joylari suv ostida qolib, 48 ming xonadon, 422 ishlab chiqarish korxonalari, 4000 ta ko'prik, 4000 km avtoyo'l, 700 km temiryo'l, 2500 km elektr uzatish yo'llari shikastlanadi. Huddi shu yili sel balosi Vengriyaga ham shunday misli ko'rilmagan bir falokat keltirdi. 11000 xona- don, 57 ming gektar qishloq xo'jalik ekinlari, 378 ming gektar yaylovlar suv ostida qoldi, mamlakat iqtisodiyoti seldan 7,7 milliard forint ziyon ko'radi. Bunday misollarni dunyoning turli qit'alari, turfa mamlakatlaridan istalgancha keltirish mumkin. Ma'lumotlarga qaraganda keyingi 100 yil ichida O'zbekistonda 2500 dan ortiq sel oqimi kuzatilgan bo'lib, ulardan 1400 dan ortig'i loyqa, 350 dan ortig'i suv-toshli, 650 dan ortig'i aralash sellardir. Sel hodisasi deb tog'li hududlarda kuchli yomg'irlarning yog'ishi, muzlik va qorlarning tez yerishi natijasida sodir bo'ladigan daryo toshqinlarining tog' yon bag'rlarida nuragan tog' jinsi bo'laklarini tekislikka qarab oqizib tushirilishiga aytiladi. Sel oqimi Surxondaryo vohasi ekinzorlarining suv ta'minotini yaxshilash bilan bir qatorda, hududni sel, toshqin xavfidan asrash vazifasini ham bajarishi ham ko'zda tutilgan. Ayni paytda Yer sharida suv sigimi 1 million metr kubdan ortiq bo'lgan 30
mingta suv ombori bor. Shularning 14 %ini hajmi 100 million kub metrlik suv omborlari tashkil qiladi va ularda jami dunyo suv omborlari suvining 95 foizi saqlanib turibdi. Bugungi kunda dunyoning deyarli qariyb barcha mamlakatlarida suv omborlari qurilgan. Dunyo bo'yicha eng yirik suv omborlari bo'lgan mamlakatlar ishtirokida Katta suv omborlari qo'mitasi tuzilgan. Unga sig'imi 100 million metr kub va undan ortiq bo'lgan suv omborlari qurilgan mamlakatlar a'zo hisoblanadi. Bu tashkilot yilma-yil o'zining hisobotlari, byulletenlari, tadqiqotlarini e'lon qilib boradi. Suv omborlari harakteri, tevarak-atrofga ta'siri, foydasi va hokazo tomonlari olimlar tomonidan o'rganilmoqda. Minglab ilmiy maqolalar e'lon qilinmokda, kitoblar yozilmokda, ilmiy ishlar yoqlanmoqda. Dunyoda sig'imi 100 million metr kubdan ziyod suv omborlari soni 240 tadan ortiq. Jahon suv omborlari suv hajmi, foydalanish yo'nalishi, kelib chiqishi va boshqa harakterli xususiyatlariga qarab turlarga ajratilgan. Ular, masalan, paydo bo'lish manbasiga qarab quyidagi turlarga bo'linadi:
> Daryo suv omborlari (bunday suv omborlari oqar daryo suviga band solinib yaratiladi).
> Boshqariladigan ko'llar (ko'l-suv omborlari, ya'ni suv omboriga aylantirilgan ko'llar).
> Sun'iy ravishda suv quyilib suv omborlari (masalan, nasoslar yoki kanallar yordamida). to'ldiriladigan
> Dengiz suv omborlari (ochiq dengizlarning to'g'on qurish yo'li bilan ajratib suv omborlari). Olingan qismidan yasalgan Suv omborlari joylashish o'rni, joy relefiga qarab ham turlarga bo'linadilar:
1.Tekislikdagi suv omborlari.
2.Tog' oldi va tepaliklardagi suv omborlari.
3.Tog' suv omborlari.
Bunday bulinishda To'palang suv omborini tog' suv omborlari sirasiga kiritish mumkin. To'g'oni baland suv omborlari dunyoda kam uchraydi. Bu borada dunyoda oldingi o'rinlarda turadigan Tojikistondagi Nurek suv omborini (to'g'oni balandligi 305 m), Shveysariyadagi (to'g'oni balandligi 284 m) Grand-Diksans suv omborini, (to'g'onining balandligi 262 m) Italiyaning Vayont suv omborini ajratib ko'rsatishadi. Tarixiy ma'lumotlarga ko'ra O'rta Osiyo davlatlari hududida kichik suv
omborlarihovuzlar eski eraning oxiri va yangi eraning boshlaridayoq qurilgan. Ularni qurishdan maqsad kichik soylar suvini to'plab, so'ng undan sug'orish ishlarida foydalanish bo'lgan. Keyinchalik ancha yirik suv omborlari qurilgan. Ulardan biri X asrda barpo etilgan Xonbandi suv omboridir. Bu suv ombori Pasttog' darasining (Jizzax viloyati, Forish tumani) eng tor joyida qurilgan bo'lib, to'g'onining balandligi 15 metrdan ortiq bo'lgan hamda 1,5 mln.m' dan ko'proq suvni sig'dira olgan. O'rta asrlarda (XVI asr) qurilgan yirik suv omborlaridan biri Samarqand viloyati Oqchob qishlog'i yaqinida barpo etilgan Abdullaxonbandi suv omboridir.
1.1-jadval O'rta Osiyo davlatlari hududidagi eng yirik suv omborlarining doir ma'lumotlar Loyihada ko'rsatilgan

Suv ombori



Daryo



Oddiy loyixada kursatilgan



Suv sig’imi, mln.m3

Maydoni, km2

O’rtacha chuqurligi, m

Tuxtagul

Norin

19500

284,0

68,7

Rog’un

Vaxsh

12400

160,0

77,5

Norak

Vaxsh

10500

98,0

107,0

Tuyamuyin

Amudaryo

7300

790,0

9,2

Chordara

Sirdaryo

5700

900,0

7,9

Qayroqqum

Sirdaryo

4200

513,0

8,2

Chorbog

Chirchiq

2000

40,3

50,0

Andijon

Qoradaryo

1750

60,0

29,1

Tolimarjon

Amudaryo

2530

77,4

19,8

Tudako’l

Zarafshon

875

225,0

3,8

Kattaqo’rgon

Zarafshon



845

83,6

10,1

Janubiy Surxon

Surxondaryo

800

65,0

12,3

XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, Rossiya imperiyasi O'rta Osiyo yerlaridan yanada ko'proq boylik olish maqsadida irrigatsiya shoxobchalarini ta'mirlash va yangilarini qurishga alohida e'tibor berdi. 1910-1911 yillarda Turkmaniston hududidagi Murg'ob daryosida Murg'ob va Yo'lo'tan suv omborlari qurildi. Daryo suvidan yanada unumliroq foydalanish maqsadida O'rta Osiyo davlatlari hududida keyingi yillarda bir qancha suv omborlari loyihalandi va qurildi (1jadval, 1-2 grafik).
Ulaming ko'pchiligidan bir yo'la qishloq xo'jaligi, sanoat, baliqchilik va energetika maqsadlarida foydalanish mumkin. Ana shunday suv omborlariga Sirdaryodagi Chordara, Qayroqqum, Chirchiq daryosidagi Chorbog' kabilar misol bo'ladi. Ayni paytda Norin daryosida To'xtag'ul, Qoradaryoda Andijon, Vaxsh daryosida Norak kabi yirik suv omborlari qurib bitkazildi. Bu suv omborlari to'g'onlarida suv elektr stansiyalari (GES) qurilib, ular hozirgi kunda juda kata elektr energiyasi manbai bo'lib xizmat qilmoqda.
1.2-jadval O'zbekistonning eng yirik suv omborlari va ularning morfometrik ko'rsatkichlari

Suv ombori



Daryo



Oddiy loyixada kursatilgan



Suv sig’imi, mln.m3

Maydoni, km2

O’rtacha chukurligi, m

Tuxtagul

Norin

19500

284,0

68,7

Rog’un

Vaxsh

12400

160,0

77,5

Norak

Vaxsh

10500

98,0

107,0

Tuyamuyin

Amudaryo

7300

790,0

9,2

Chordara

Sirdaryo

5700

900,0

7,9

Qayroqqum

Sirdaryo

4200

513,0

8,2

Chorbog’

Chirchiq

2000

40,3

50,0

Andijon

Qoradaryo

1750

60,0

29,1

Tolimarjon

Amudaryo

2530

77,4

19,8

Tudako’l

Zarafshon

875

225,0

3,8

Oqdaryo

Zarafshon

845

83,6

10,1

Janubiy Surxon

Surxondaryo

800

65,0

12,3

Izoh: suv omborlarining boshqa o'lcham ko'rsatkichlari maxsus adabiyotlarda keltirilgan.
O'zbekistonda 20-asrning birinchi yarmida Zarafshon vodiysida- Kattaqo'rg'on, Kosonsoy daryosida Kosonsoy va SirdaryodaFarhod suv omborlari qurilgan edi. Ma'lumki, 1950 yillardan Respublikamizda sug'orma dehqonchilik misli ko'rilmagan darajada rivojlana bordi, minglab gektar bo'z va qo'riq yerlar o'zlashtirildi. Bir vaqtning o'zida Chirchiq, Angren, Bekobod, Olmaliq, Navoiy shaharlari kabi yirikyirik sanoat markazlari bunyodga keldi. Natijada suvga bo'lgan ehtiyoj yanada ortib ketdi, Shu tufayli O'zbekiston daryolarida ko'plab suv omborlari qurish ishlari boshlab yuborildi, Jumladan, Zarafshon etagida Quyimozor, Qashqadaryoda Chimqo'rg'on, Surxondaryoda-Janubiy Surxon va Uchqizil, Ohangaronda-Tuyabo'g'iz suv omborlari qurilib, ishga tushirildi. 1960 yillarda esa Chirchiq daryosida - Chorbog', Ohangaron daryosida Turk, Qash- qadaryo havzasida-Tolimarjon suv omborlari barpo etildi. 70yillarga kelib, ancha yirik bo'igan Andijon (Qoradaryo), Tuyamo'yin (Amudaryo) kabi suv omborlariqurildi. Respublikamizda ishlab turgan, nisbatan yirik hisoblangan suv omborlari to'g'risidagi ba'zi ma'lumotlar 1.2-jadval va 1.3-grafikda keltirilgan.

Yüklə 29,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə