Virusologiya sohasining fan sifatida rivojlanishi



Yüklə 16,21 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü16,21 Kb.
#142277
Virusolog olimlar (2) (1)


Virusologiya sohasining fan sifatida rivojlanishi.
M.O’.Saxaddinova, B.N.Fayziyeva
Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Chirchiq, O’zbekiston, Chirchiq shahri, Amir Temur ko'chasi 73- uy. Tel.: +99899 008-25-89
saxaddinovaulmasoy@gmail.com

Bizga ma’lumki virusoligiya biologiya fanlarini ichida eng yosh fan bo‘lib, rivojlanishi yaqin 100 yilga tog‘ri kelib, bu sohada bir qancha olimlar ham o’z hissalarini qo‘shgan. Fanni asosiy yaratilishida tarixga nazar tashlaydigan bo ‘lsak Djennerni chechak kasalligi ustida olib borgan tatqiqotlari va unga qarshi vaksina yaratilishiga hissa qo‘shgan bo‘lsa, Lui Paster esa qutirish kasalligini o‘rganganligi bunga yaqol misol bo‘ladi [3]. Virusologiya fanini chuqurroq o‘rgangan sari elektron mikroskopni yaratilishi ham sabab bo‘ldi . Bundan tashqari molekulyar biologiya fanini ham jadallik bilan rivojllanishiga turtki bo‘ldi. Bularning natijasi o‘laroq tibbiyot sohasi bir muncha rivojlanib epidemiologiya sohasi yanada takomillashdi [4]. Nafaqat tibbiyot virusologiya sohasi bo‘libgina qolmay, o‘simlik viruslari fitopatologiyasi, hayvon viruslari hamda odam viruslari ham keng ko‘lamda o‘rganilmoqda. Ushbu sohani rivojlanishiga faqatgina tarixda emas balki O‘zbekistonda ham ko‘pgina olimlar izlanishlar olib bormoqda. Jumladan O‘zbekistonda A.H.Vahobovni olsak. U virusologiya fan doktor prafessori tomat va pomidor virusi, kartoshka virusi, tamaki va makkajo‘xori viruslari bo‘yicha ham ishlagan. V.H.Vahobov, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU “Mikrobiologiya” kafedrasi professori biologiya fanlar doktori. Tamaki mozaika virus (TMV) ustida tajribalar olib borgan va qisman deproteinizatsiya qilingan TMV ni fraksiyalarga ajratgan. Shuningdak pomidor (Solanum lycopersicum) va makkajo‘xori (Zea mays L) viruslarni o‘rgangan. O‘zbekiston sharoitida tarqalgan turli fitopatogen viruslarni aniqlagan ular ustida tajribalar olib borgan. A.X.Vahobov va Atabekov bilan qisman deproteinizatsiya qilingan TMVni fraksiyalarga ajratdi [1]. A.X.Vahobov tomonidan 2004-yil virusologiyadan amaliy mashg‘ulotlar qo‘llanmasi talabalar uchun bajarishga mo‘jallangan amaliy mashg‘ulotlar hamda magistr talabalari uchun toza preparat va uni ajratib olish, fitopatogen viruslar simptomlari, preparatni olish usullari optimallashtirish, yuqtirish kabi viruslarni diagnostika qilishda ishlatiladigan tezkor hamda sezgir usullari to‘g‘risida o‘quv qo‘llanmani ham ishlab chiqqan [2]. Bundan tashqari virusologiya sohasini rivojlantirishda o‘rganish va amaliy ishlari bilan kelayotgan virusolog professor F.V.Baxromovich. fanda yangiliklar yaratib kelyapti. Olimning ishlari kartoshkani PVX, PVN, PVXN viruslarini aniqlagan. Bundan tashqari V.B.Fayziyev “Tomonidan tuproq mikrofiziologiyasi” (2018), “Batanika” (2019) o‘quv uslubiy qo‘llanma, “Umumiy mikrobiologiya”(2020) “Hujayra va gen injeneriyasi” (2022) kabi ko‘plab kitob va o‘quv qo‘llanmalarini yaratgan olim hisoblanadi. Hozirda olim V.B.Fayziyev Chirchiq Davlat Pedagogika universitetining Biologiya kafedrasini mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Shu bilan birgalikda universitetda virusologiya sohasida o‘z ishlarini davom ettirmoqda. Universitetimizda bir qancha yosh soha vakillarimizga ustozlik va ilmiy izlanishlarda rahbarlik qilish bilan yosh olimlarimizga yo’nalishlar berib kelmoqda.
Hozirgi kunda ham virusologiya sohasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq bu sohani to‘liq o‘rganilmaganligi uchun dunyoda ko‘plab odamlar virusli kasalliklar natijasida halok bo‘lmoqda. Aynan O‘zbekiston bo‘yicha O‘zbekiston vaksinatsiya ishlab chiqish bo‘yicha ishlari samarasiz bo‘lib kelmoqda. Davosi o‘rganilmagan chora topish o‘simliklarda turli xil viruslar uchrashi aholini sifatli oziq-ovqat bilan taminlash hamda mevali daraxtlar virusini ham o‘rganish tizimini samarali va tezkor usulini ishlab chiqish lozim. Bir so‘z bilan aytganda biz yoshlar har sohada dunyoga yuzlashishimiz zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  1. Vahobov.A.H Virusologiya. –T.:Universitet,2020. -318b.

  2. Vahobov.A.H. umumiy virusologiyadan amaliy mashg‘ulotlar. Toshkent.

  3. Inog‘omova.M., Vahobov.A.H. Mikrobiologiya va virusologiya asoslari. T.: “Universitet” nashriyoti, 2010. 224b.

  4. Agol.V.I., Atabekov.I.G., Krolov.V.N, Tixonenko T.I. Molekulyarnaya biologiya virusov// Izd. <>. Moskva, 1971. -234b

Yüklə 16,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə