Turichi duragaylarida vegetatsiya davri davomiyligining irsiylanishi



Yüklə 30,58 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü30,58 Kb.
#133767
  1   2
2 5260300752424808469


TURICHI DURAGAYLARIDA VEGETATSIYA DAVRI DAVOMIYLIGINING IRSIYLANISHI
H.A.Mo‘minov, R.J.Xamroyev
Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Chirchiq, O’zbekiston, Chirchiq shahri, Amir Temur ko'chasi 104 uy. Tel.: +99870 716-68-05
x.mominov@cspi.uz
Ma'lumki, g‘o‘za o‘simligida tezpisharlik eng muhim xo‘jalik ahamiyatga ega bo‘lgan belgilaridan biri hisoblanadi. Chunki, erta yig‘ib olingan paxta hosili kelgusi yilga puxta zamin yaratilishi bilan birga, uning sifatiy baholanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ertapisharlik barcha miqdoriy belgilar qatorida polimer genlar ta'sirida irsiylanadi. Polimer irsiylanish nazariyasiga ko‘ra, polimer genlar ta'sirining yig‘indisi ma'lum bir belgining namoyon bo‘lishini, ya'ni irsiylanish darajasini belgilab beradi. Belgining rivojlanishiga faol, ya'ni dominant allel genlarning har biri bir xilda hissa qo‘shadi. O‘z navbatida o‘simlik genotipida dominant allel genlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, belgi shunchalik kuchli namoyon bo‘ladi [10, 11, 12, 18, 19, 20].
Shu boisdan, hozirgi davrda tezpishar g‘o‘za navlarini yaratishda uning genetik asosi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki chatishtirish uchun tanlangan boshlang‘ich ashyoning genotipidagi belgilar qamroviga bog‘liq ravishda keyingi avlodlardagi ajralish jarayonida kerakli rekombinantlarni tanlash imkoniyati turlicha bo‘ladi [1, 2, 11, 14, 15, 16, 17]. Bunda ayniqsa tezpisharlik, turli xil kasallik va zararkunandalarga chidamlilik va boshqa shu kabi belgilarni aniqlash va madaniy navlarga o‘tkazishda g‘o‘za genofondidagi manbalarning, ayniqsa yovvoyi turlarning xilma-xilliklaridan foydalanish yuqori samara berishi ko‘pchilik olimlar tomonidan ta'kidlangan [1, 3, 4, 5, 6, 9].
Mavjud adabiyotlar tahlilidan G.herbaceum L. turichi xilma-xilliklarining yovvoyi, ruderal va tropik shakllarida tezpisharlik belgisining irsiylanish xarakteri deyarli o‘rganilmaganligi, aksariyat tadqiqotlar madaniy navlarga tegishli ekanligi ma'lum bo‘ldi [7, 8, 16, 18, 19, 20].
Duragaylash ishlari umumiy qabul qilingan uslublar asosida olib borildi. Boshlang‘ich manbalar va ularni o‘zaro duragaylash natijasida olingan 2n = 13 xromosomali diploid duragaylarning chigitlarining mikropilyar qismidagi qobig‘ ozgina kesib tashlanib, Petri kosachasida (chashka) 30-350S haroratdagi termostatda undirildi. So‘ngra nish otgan urug‘larni 1:1:1 nisbatda go‘ng, tuproq va qum aralashmasi solib tayyorlangan qog‘oz tuvakchalarga ekib undirildi. Tuvakchalardagi nihollar 2-3 haqiqiy chinbarg hosil qilgandan Vagner idishlarga o‘tkazildi. Ushbu unib chiqqan F1-o‘simliklari umum qabul qilingan uslublar asosida kuzatuv ishlari olib borildi. O‘suv davrining oxirida F2-o‘simliklarning asosiy mofobiologik va qimmatli xo‘jalik belgilariga tavsif berildi [13].
Tajribada boshlang‘ich manba sifatida Gossypium L. turkumiga kiruvchi G.herbaceum L. turlarining bir qator yovvoyi, ruderal, tropik hamda subtropik shakllari hamda ularni turichi va turlararo duragaylash asosida olingan F1-o‘simliklari o‘rganildi.
Bu turlarga kiruvchi kenja turlar va shakllar F.M. Mauyer [5] klassifikatsiyasida yaxshi yoritilgani uchun tadqiqotimizda ushbu klassifikatsiyadan foydalandik:
Тurkum. Gossypium L.
Кenja turkum. Eugossypium Tod. ampl. (Mauer).
Sektsiya. Indica Tod. ampl. (Mauer).
Кenja sektsiya. Indica Tod. em. (Mauer).
Тur: G.herbaceum L.
Кеnja tur va shakllar: subsp. africanum (Watt) Mauer; subsp. pseudoarboreum Mauer; f. harga; subsp. euherbaceum Mauer; (377 navi).
Shundan kelib chiqqan holda, Afro-Osiyo (G.herbaceum L.) g‘o‘za turlarining yovvoyi, ruderal, tropik va madaniy shakllarini chatishtirish natijasida olingan turichi va turlararo duragaylarida ertapisharlik belgisining irsiylanish va o‘zgaruvchanlik xususiyatlari o‘rganildi. Fenologik kuzatishlar tahlili G.herbaceum L. turichi xilma-xilliklarining vegetatsiya davrining davomiyligi turlicha ekanligini, yovvoyi subsp. africanum kenja turida bu muddat 136,0  0,5 kunni, ruderal, tropik va madaniy kenja turlar va shakllarida 117,0-122,0 kunni tashkil qilishini ko‘rsatdi (1-jadval).
G.herbaceum L. turichi genetik xilma-xilliklarini chatishtirish asosida olingan F1-o‘simliklarida vegetatsiya davrining davomiyligi kombinatsiyaga bog‘liq ravishda 106,0-133,5 kunni tashkil etdi. Yovvoyi va ruderal shakllarini o‘zaro chatishtirish asosida olingan F1-o‘simliklarida vegetatsiya davrining davomiyligi 121,7-125,1 kunni, o‘zgaruvchanlik amplitudasi yuqori bo‘lmagani tufayli variatsiya koeffitsiyenti 1,9-2,0 % ni tashkil etdi. subsp. pseudoarboreum x subsp. africanum retsiprok duragay kombinatsiyasida vegetatsiya davri davomiyligi 121,7-125,1 kun bo‘lib, (hp=-0,68; hp=-0,28), ota-ona shakllariga nisbatan oraliq holatda irsiylanish kuzatildi. Yovvoyi va madaniy hamda ruderal shakllarni o‘zaro chatishtirish natijasida olingan F1 duragaylarida o‘rganilayotgan belgining oraliq holatida irsiylangani (hp=-0,40; hp=-0,71; hp=-0,73) aniqlandi.

Yüklə 30,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə