Guruh talabasi genetika va genomika fanidan tayyorlagan



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə1/10
tarix01.06.2023
ölçüsü2,71 Mb.
#115040
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KURS ISHI GENOMIKA 1.2


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARGO’NA DAVLAT UNIVERSITETI
TABIY FANLAR FAKULTETI
BIOLOGIYA YO'NALISHI
GURUH TALABASI
GENETIKA VA GENOMIKA
FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
Mavzu: Noallel genlarning ta’sirida belgilarning irsiylanishi (epistaz)
Bajardi: _______________
Qabul qildi: ______________

Farg’ona 2023
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………...........................6
I-BOB. NOALLEL GENLARNING TA’SIRIDA BELGILARNING IRSIYLANISHI (EPISTAZ)………………………… ………………..……. 10
1.1 Noallel genlarning o‘zaro ta’siri………………………………...……………10
1.2 Noallel genlarning Epistaz ta’siri. ……………………………………..…….13
II BOB NOALLEL GENLAR…….………………………………20
2.1. Noallel genlarning Komplementar ta’siri………….………………………..20
2.2. Noallel genlarning Polimeriya ta’siri. …………………………………..….24
XULOSA………………………………………………………………..……....28
ADABIYOTLAR RO`YXATI ………………………………………….…….30
ILOVALAR…………………………………………………………………..…31

Bir narsani bilishimiz kerak: ilmsiz, innovatsiyasiz oldimizga qo‘ygan maqsadlarga hech qachon erisha olmaymiz. Hisobot uchun emas, natija uchun ishlash kerak


SH.Mirziyoyev
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida qishloq xo'jaligi va uning etakchi tarmoqlaridan biri hisoblangan paxtachilikning o'rni beqiyos. Ushbu sohada rivojlanishning istiqboli ko'p jihatdan g'o'za genetikasi, seleksiyasi va urug'chiligida erishilgan fan yutuqlariga bog'liq. Keyingi yillarda Biologiya sohasiga berilayotgan etibor. Muhtaram Prezidentimizning “Biologiya yoʼnalishlarida uzluksiz taʼlim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” Qarori Respublikamizda oʼrta taʼlim, oʼrta maxsus va oliy taʼlim tizimizda kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirishda, taʼlim sifati va ilm-fan natijadorligini oshirish yoʼlida juda katta qadam boʼldi. Ikki-uch yildan soʼng ushbu Qarorning ijrosi yoshlarimizning kimyo va biologiya fanlariga qiziqishi, eʼtiborini oshishida yaqqol namoyon boʼlishiga ishonaman. Chunki kimyo va biologiya Respublikamiz iqtisodiyotida yetakchi oʼrinda turadigan tarmoqlardan hisoblanadi.Bundan tashqari, Qarorda koʼrsatilgan oliy taʼlim muassasalarida kimyo va biologiya yoʼnalishlarida samarali oʼquv jarayonini tashkil etish, fanlarni rivojlantirish uchun ularning 74 ta kafedralariga 11 ta Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari hamda ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish juda katta samara beradi. Chunki bunda yoshlarimiz nazariy bilimlarini amaliyot bilan bogʼlab oʼrganishiga imkoniyat eshiklari ochiladi. Bejizga xalqimiz «Ming marta eshitgandan bir marta koʼrgan yaxshi» deb aytmagan.
Har bitta bino mustahkam boʼlishi uchun albatta uning asosi ­fundamenti mustahkam qurilishi kerak. Bu yoʼnalishda respublikamiz tuman va shaharlarida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib oʼqitishga ixtisoslashtirilgan 150 ta maktablarni tashkil etish boshlangʼich bilimning mustahkam boʼlishini taʼminlashga xizmat qiladi, deb bilaman.
Аyniqsa, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari hamda xoʼjalik birlashmalari, ishlab chiqarish korxonalari va klasterlarga biriktirilgan oliy taʼlim muassasalarida kimyo va biologiya yoʼnalishlarida samarali oʼquv jarayonini taʼminlash, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga erishish, soha yetuk mutaxassislari rahbarligida diplom oldi amaliyotlarni oʼtash, talaba va professor-oʼqituvchilarni laboratoriyalardan foydalanish va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish uchun sharoit yaratish, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishda amaliy rahbarlik qilish borasidagi ishlarning jadallashishi va shu bilan birga ilmiy ish natijalarini amaliyotga tatbiq etishga ham keng maksimal ball berilishi imkoniyatlari oʼquvchilarimizda ilm-fanga yanada katta masʼuliyat va shijoat bilan yondashishlariga asos boʼladi deb o’ylayman.
Qarorning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, Oliy va oʼrta maxsus yoʼl ochib berilgan boʼladi. 2021 yildan boshlab ilgʼor xorijiy tajribalar asosida taʼlim muassasalari uchun kimyo va biologiya fanlaridan oʼquv va ilmiy adabiyotlarni yaratish boʼyicha milliy tanlovlar eʼlon qilinishi olimlarimizni ushbu yoʼnalishdagi ilgʼor texnologiyalar va yangi gʼoyalarni oʼzida mujassam etgan, yoshlarimiz uchun qulay va tushunarli boʼlgan, xorijiy adabiyotlar maʼlumotlarini oʼzida mujassam etgan oʼquv va ilmiy adabiyotlar yaratilishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga akademik litsey va kasb-hunar maktabi oʼquvchilariga imtiyoz beriladigan darajadagi milliy sertifikatga boʼlish davlat oliy taʼlim muassasasiga oʼqishga kirishda kimyo yoki biologiya fanidan test sinovi topshirishdan ozod etilishi, hamda unga kimyo yoki biologiya fani uchun belgilangantaʼlim vazirligi hamda Fanlar akademiyasining 2021 yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba oliy taʼlim muassasalari talabalari orasida kimyo va biologiya fanlari boʼyicha Аbu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro fan olimpiadalarini oʼtkazish toʼgʼrisidagi takliflari juda vaqtida qabul qabul qilingan boʼlib, bu iqtidorli talabalarimizning imkoniyatlarini toʼgʼri baholab borishda juda katta amaliy ahamiyat kasb eta oladigan maktab sifatida qarash mumkin. Hamda ushbu olimpiada gʼoliblarini mukofotlash va tegishli mutaxassisliklar boʼyicha oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga davlat granti asosida imtihonsiz oʼqishga qabul qilish tizimining joriy etilishi ham talabalarning ilmga boʼlgan ishtiyoqlarini yanada oshiradi. Qolaversa, Qarorda oliy taʼlim muassasalarining kimyo va biologiya taʼlim yoʼnalishlari talabalari
oʼrtasida oʼtkaziladigan respublika fan olimpiadasi gʼoliblari hamda kimyo va biologiya fanlari boʼyicha nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlarini magistraturaga tegishli mutaxassisliklar boʼyicha oʼqishga ajratilgan kvota doirasida davlat grantlari asosida imtihonsiz oʼqishga qabul qilish xam belgilab qoʼyilgan. Bu oʼz navbatida oliy taʼlim tizimida taʼlim olayotgan iqtidorli talabalarimizda oʼqishga boʼlgan intilish va qiziqishlarini yanada ortishiga olib keladi. Bu tanlovlar nafaqat talabalar oʼrtasida balki 2021/2022 oʼquv yilidan boshlab kimyo va biologiya yoʼnalishlarida kadrlar tayyorlayotgan barcha oliy taʼlim muassasalari umumtaʼlim maktablari bitiruvchi sinflari oʼquvchilari oʼrtasida koʼp bosqichli kimyo va biologiya fanlari boʼyicha olimpiadalarni oʼtkazish va 1-3 oʼrinlarni egallagan oʼquvchilarni oliy taʼlim muassasasiga imtihonsiz oʼqishga qabul qilish toʼgʼrisida kiritilgan takliflari inobatga olinganligi ham Davlatimiz Prezidentining oʼsib kelayotgan yoshlarimizning barcha fanlar, ayniqsa kimyo va biologiya sohasida oʼz imkoniyatlarini sinab koʼrmoqchi boʼlgan yoshlarimizga yaratilib berilayotgan juda katta imkoniyat hisoblanadi.Xar bir ishda olgʼa siljish hamda muvaffaqiyat kaliti bu moddiy va maʼnaviy ragʼbatlantirish hisoblanadi. Аna shu oʼrinda Qarordagi “2021 yildan boshlab kimyo va biologiya fanlari boʼyicha xalqaro va respublika olimpiadalari gʼoliblarini tayyorlagan biologiya fanlari boʼyicha talabalar uchun toʼgaraklar olib borayotgan professor-oʼqituvchilarga professor-oʼqituvchilarga bir marotaba oylik maoshining 100 % miqdorida, kimyo va oʼquv yili davomida oliy taʼlim muassasalarining byudjetdan tashqari mablagʼlari hisobidan oylik maoshlariga 25% miqdorida ustama haq toʼlash” belgilab qoʼyilganligini alohida taʼkidlab oʼtmoqchi edim. Bu oʼz navbatida kimyo va biologiya sohasida yoshlarga taʼlim berayotgan professor oʼqituvchilarga oʼz ustida yanada koʼproq ishlash va masʼuliyatni yanada oshiqroq his etishlariga asos boʼladi deb oʼylayman.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə