Guruh talabasi genetika va genomika fanidan tayyorlagan


-jadval 2.2. Noallel genlarning Polimeriya ta’siri



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə8/10
tarix01.06.2023
ölçüsü2,71 Mb.
#115040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KURS ISHI GENOMIKA 1.2

3-jadval



2.2. Noallel genlarning Polimeriya ta’siri.
Noallel genlarning polimer ta’siri. Allel bo‘lmagan genlarning polimer tipi komp- lementariya va epistazdan tubdan farq qiladi. Agar komplementar irsiylanishda belgi asosiy, to‘ldiruvchi gen allellari ta’sirida paydo bo‘lsa, epistazda belgiga bir allel gen bevosita, ikkinchi allel bo‘lmagan gen bilvosita ta’sir qilsa, polimeriyada bir-biriga allel bo‘lmagan genlar bir yo‘nalishda belgiga ta’sir ko‘rsatib uni rivojlantiradi. Polimer irsiylanish kumulativ va nokumulativ polimeriyaga ajratiladi. Kumulativ polimeriyada ikki juft noallel gen ishtirokida F2 da fenotip bo‘yicha nisbat 1:4:6:4:1 bo‘ladi. Odamlarda teri rangining irsiylanishini olish mumkin, bu belgi ikki juft noallel genning kumulativ ta’siriga bog‘liq holda yuzaga chiqadi

Genlarning o‘zaro 1:4:6:4:1 nisbatda polimer ta’siri Nokumulativ polimeriyada genotipda polimer genlardan birorta dominant alleli bo‘lsa ham belgi yuzaga chiqadi. Dominant allellar soni belgining yuzaga chiqish darajasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Nokumulativ polimeriyada ikki juft noallel gen ishtirokida F2 da fenotip bo‘yicha nisbat 15:1 bo‘ladi. Masalan, jag‘-jag‘ o‘simligida qo‘zoqcha mevasi uchburchak va tuxumsimon shaklda bo‘ladi. Agar qo‘zoqchasi uchburchak jag‘jag‘ bilan qo‘zoqchasi tuxumsimon shakldagi jag‘jag‘ chatishtirilsa, F1 avlodda qo‘zoqcha mevalarning uchburchak shakli hosil bo‘ladi, F2 duragaylarining 15/16 qismi uchburchak, 1/16 qismi esa tuxumsimon shakldagi mevaga ega bo‘ladi.
Pleyotropiya. Genlarning ko‘p tomonlama ta’siri pleyotropiya deyiladi.
Genlarning pleyotrop ta’siri biokimyoviy tabiatga ega: bitta gen nazorati ostida hosil bo‘ladigan bitta oqsil – ferment nafaqat bitta belgining yuzaga chiqishiga, shuningdek, boshqa turli xil belgi va xususiyatlarga ham ta’sir etib, ularda o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Genlarning pleyotrop ta’siri birinchi marta G. Mendel tomonidan aniqlangan, bunda u to‘q qizil gulli o‘simliklarning barg qo‘ltig‘ida qizil dog‘larni, urug‘ po‘sti esa kulrang yoki qo‘ng‘ir rangda bo‘lishini kuzatgan. Bunday belgilarning rivojlanishi bitta irsiy omil (gen) ta’sirida amalga oshadi. Odamda retsessiv irsiy kasallik – o‘roqsimon anemiya uchraydi. Gemoglobin molekulasida aminokislotalardan birining o‘rin almashib qolishi eritrotsit shaklining o‘zgarishiga olib keladi. Shu bilan bir vaqtda yurak-qon tomir, nerv, ovqat hazm qilish, ayirish sistemalarida chuqur o‘zgarishlar yuzaga chiqadi.
Mazkur kasallik bo‘yicha gomozigota organizm bolalikda nobud bo‘ladi. Shunday qilib, «gen belgining rivojlanishini belgilaydi» degan ibora ma’lum darajada shartlidir, chunki genning ta’siri boshqa genlarga bog‘liq. Genlarning o‘zaro ta’siri yuzaga chiqishiga tashqi muhit omillari ham ta’sir ko‘rsatadi. Genotip o‘zaro ta’sirlashadigan genlar sistemasidir.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə