Guruh talabasi genetika va genomika fanidan tayyorlagan


Genlarning modifikator ta’siri



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə9/10
tarix01.06.2023
ölçüsü2,71 Mb.
#115040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KURS ISHI GENOMIKA 1.2

Genlarning modifikator ta’siri. Organizm genotipida belgiga bevosita ta’sir etuvchi gendan tashqari ushbu genlar faoliyatini kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi genlar ham bo‘ladi. Bunday genlar modifi kator genlar deb nomlanadi. Chunonchi, qoramol yungi ba’zan ola-bula rangda bo‘ladi.
Bu belgi bitta asosiy retsessiv gen va ikkita modifi kator genlar ta’sirida rivojlanadi. Uning bittasi oq rangning hosil bo‘lishini kuchaytiradi, ikkinchisi esa susaytiradi. Natijada birinchi holatda terida oq rangli, ikkinchi holatda qora rangli dog‘lar ko‘proq bo‘ladi. Braxidaktiliya kasalligining barmoqlar kamroq qisqarishidan tortib ko‘proq qisqarishigacha bo‘lgan shakllari bor. Barmoqlari qisqa odamlar genotipi geterozigota (Bb), sog‘lom odamlar genotipi (bb) bo‘ladi. Ushbu mutatsiyaga uchragan odamlar shajarasini o‘rganish tufayli bu belgi fenotipda asosiy (B) genidan tashqari modifi kator genlar ishtirokida namoyon bo‘lishi aniqlandi. Modifi kator retsessiv genlar (n) gomozigota holatda bo‘lsa, barmoqlarning keskin qisqarishiga olib keladi. Modifi kator genlarning dominant alleli (N) gomozigota holatda barmoqlarning kamroq qisqarishiga olib keladi, geterozigota holatda esa o‘rtacha qisqarishiga sababchi bo‘ladi.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda noallel genlarning oʻzaro taʼsiri genlarning belgilar rivojlanishidagi ishtiroki. Bir genning oʻzi bir necha xil belgilar rivojlaiishiga hamda bir necha xil genlar bir belgining rivojlanishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin. Bunday taʼsir bir gen allellari (allelli taʼsir) yoki turli genlarning allellari (allel boʻlmagan taʼsir) orasida sodir boʻladi. Genlarning allelli oʻzaro taʼsirini oʻrganish natijasida Mendel qonunlari kashf etilgan. Organizmlardagi koʻpchilik belgilarning irsiylanishi faqat bir gen emas, balki allel boʻlmagan bir necha genlarning faoliyatiga ham boglik. Allel boʻlmagan Genlarning oʻzaro taʼsiri komplementar, epistaz, polimeriya, kombinirlangan (aralash), pleyotrop taʼsir xillariga boʻlinadi.
.Allel bo'lmagan genlarning o ‘zaro ta’siri. 3 xil bo‘ladi. Bularkomplcmentar, epistaz, polimeriya. Allel bo‘lmagan genlarning o ‘zaro ta’sirida belgilarni irsiylanishining komplementar tipi Komplem entar so'zi inglizcha complement —to'ldirish degan m a’noni anglatadi. Allel bo'lmagan genlarning o'zaro ta’siri komplem entar xilining o'ziga xos jihati shundan iboratki, F, duragayda chatishtirishda qatnashgan ota yoki ona belgisi em as, balki yangi belgi rivojlanadi. Belgining rivojlanishiga ta ’sir etuvchi allel bo'lm agan genlarning qimmati bir xil
emasligi tufayli F2 avlodida belgilaming rivojlanishi turlicha ko'rinishda
namoyon bo'ladi. Noallel genlarning biri ikkinchisi ustidan dominantlik qilib, uning fenotipda namoyon bo‘lishiga to‘sqinlik qilishi noallel genlar ning epistatik irsiylanishi deyi ladi. O‘ziga allel bo‘lmagan bironta gen ning ta’sirini bo‘ g‘a di gan, ya’ni ustunlik qiladigan gen epistatik (ingibitor) gen hisoblanadi. Agar dominant gen ustunlik qilsa dominant epistaz, retsessiv gen ustun bo‘lsa retsessiv epistaz deyiladi. Dominant epistazda ingibitor genlar sifatida dominant genlar ishtirok etadi. Dominant epistazda F2 da belgilarning fenotip bo‘yicha 13:3 va 12:3:1 nisbatda ajralishi kuzatiladi. Allel bo‘lmagan genlarning polimer tipi komp- lementariya va epistazdan tubdan farq qiladi. Agar komplementar irsiylanishda belgi asosiy, to‘ldiruvchi gen allellari ta’sirida paydo bo‘lsa, epistazda belgiga bir allel gen bevosita, ikkinchi allel bo‘lmagan gen bilvosita ta’sir qilsa, polimeriyada bir-biriga allel bo‘lmagan genlar bir yo‘nalishda belgiga ta’sir ko‘rsatib uni rivojlantiradi. Polimer irsiylanish kumulativ va nokumulativ polimeriyaga ajratiladi. Kumulativ polimeriyada ikki juft noallel gen ishtirokida F2 da fenotip bo‘yicha nisbat 1:4:6:4:1 bo‘ladi. Odamlarda teri rangining irsiylanishini olish mumkin, bu belgi ikki juft noallel genning kumulativ ta’siriga bog‘liq holda yuzaga chiqadi.


Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə