Guruh talabasi genetika va genomika fanidan tayyorlagan



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə2/10
tarix01.06.2023
ölçüsü2,71 Mb.
#115040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KURS ISHI GENOMIKA 1.2

Mavzuning ahamiyati. O'zbekistonda genetika fanining shakllanishi va rivojlanishida dunyoga mashhur olim akademik N.I.Vavilovning o'simliklar genetikasi, selektsiyasi va urug'chiligi haqidagi nazariy va metodik ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi katta ahamiyatga ega bo'ldi. Ayniqsa uning madaniy o'simliklarning kelib chiqish markazlari haqidagi ta'limoti hamda N.I.Vavilov va uning hamkasblari tomonidan sobiq Ittifoqda dunyoda eng boy o'simliklar genofondidan iborat madaniy o'simli1klar va ular-ning yovvoyi ajdodlarining dunyo kollektsiyasining yaratilishi O'zbekistonda madaniy o'simliklar genetikasi va selektsiyasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish uchun asos bo'ldi.O'zbekistonda genetika fanining aksariyat yo'nalishlari bo'yicha ilmiy- tadqiqot ishlarining hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyor-lashning samarali bo'lishida O'zbekistonda ko'p yillar ishlagan mashhur olimlar – akademiklar B.L.Astaurov, V.A.Strunnikov hamda rossiyalik olimlar – akademiklar N.P.Dubinin, V.A.Shumnыy, professorlar – M.E.Lobashev va D.V.Ter-Avanesyanlarning xizmati katta bo'ldi.
O'zbekistonda madaniy o'simliklar dunyo kollektsiyasini yaratish va boyitish sohasidagi ishlar – O'zbekiston o'simlikshunoslik, O'zbekiston FA ning Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi, O'zbekiston G'o'za selektsiyasi va urug'chiligi institutlarida olib borilmoqda. O'zbekis-tonda madaniy o'simliklar genofondi kollektsiyasini yaratishda atoqli olimlar N.I.Vavilov, D.V.Ter-Avanesyan, G.S.Zaytsev, F.M.Mauyer, N.N.Konstantinov va A.A.Abdullayevlarning xizmati katta bo'ldi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Hozirgi vaqtda g'o'za genofondini fundamental tadqiq qilish va uning takomillashgan sistematikasini yaratish sohasidagi ilmiy ishlar akademik A.A.Abdullayev va uning shogirdlari (S.M.Rizayeva, M.A.Axmedov, R.D.Dariyev, R.Sh.Shodmonov, X.S.Saydaliyev) tomonidan amalga oshirilmoqda. Uning rahbarligida qator mamlakatlarga uyushtirilgan ekspeditsiyalar natijasida g'o'za genofondi kollektsiyasi boyitildi, sifati ko'tarildi. Bu kollektsiyada yig'ib o'rganilgan g'o'za yovvoyi turlari 50 ga yaqinlashib qoldi. Bunday kollektsiya dunyoda birinchi o'rinni egallaydi. G'o'za o'simligining yovvoyi va madaniy turlarining kelib chiqishi, evolyutsiyasi va sistematikasi sohasidagi fundamental ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida Gossypium L. turkumiga kiruvchi g'o'za turlarining morfobiologik, sitogenetik va genetik dalillarga asoslangan yangi sistematikasi asoslari yaratildi.
O'zbekiston G'o'za selektsiyasi va urug'chiligi institutidagi g'o'za kollektsiyasi genofondida 12000 dan ortiq namuna va navlar, O'zbekiston FA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi institutida g'o'zaning 6500 nav va namunalari bor. O'simlikshunoslik institutida yaratilgan madaniy o'simliklarning dunyo kollektsiyasi tarkibida 80 turdan ortiq ekinlarning 30000 dan ko'proq nav va namunalari, g'o'zaning 5400 dan ortiq namunalari mavjud. Qayd etilgan madaniy o'simliklarning dunyo kollektsiyasi genofondi O'zbekistonda o'simliklar genetikasi, selektsiyasi sohasidagi olib borilayotgan fundamental, amaliy va metodik tadqiqotlarni rivojlantirish uchun boshlang'ich material sifatida katta ahamiyatga ega.O'zbekistonda g'o'za genetikasi va selektsiyasining barpo etilishi va rivojlanishi vatanimiz atoqli olimlari G.S.Zaytsev, S.S.Kanash, A.A.Avtonomov, L.V.Rumshevich, L.G.Arutyunova, V.I.Kokuyev, K.A.Vыsots-kiy, B.P.Straumal, S.S.Sodiqov, A.D.Dadabayev, Sh.I.Ibragimov, A.A.Ab-dullayev, D.A.Musayev, S.M.Mirahmedov, N.N.Nazirov, A.E.Egamberdiyev, O.J.Jalilovlarning nomlari bilan bog'liq. Ular g'o'zada tur ichida, geografik va genetik uzoq turlar va kenja turlarni duragaylash, eksperimental mutagenez metodlarini qo'llashning nazariy va metodik muammolarini tadqiq qilib g'o'za selektsiyasining samaradorligini oshirib, qator o'rta va va ingichka tolali navlarni yaratdilar. Bu navlarni amaliyotda qo'llash natijasida sobiq Ittifoqda ekilayotgan navlarning o'rniga yuqori samarali navlar ekib almashtirishlar o'tkazildi. Mustaqillik davrida nav almashtirish jarayoni samarali amalga oshirilmoqda. 1922 yildan boshlab to hozirga qadar respublikada 6 marta nav almashtirish o'tkazildi.Har vaqtning o'ziga xos biogeotsenoz xususiyatlari namoyon bo'lishligi evaziga selektsiya jarayoni uzluksiz va doimiy xarakterga ega. Irsiyatning genetik qonuniyatlariga asoslanib selektsioner yaqin kelajakdagi sharoitlarga adaptiv bo'lgan navlarning genmanbalariga ega bo'lgan selektsion materiallarni hozirdan zaxirada yaratishi lozim. Bu strategik muhim ahamiyatga ega bo'lgan yo'nalishda mavjud bo'lgan boy genofonddan foydalangan holda ilmiy-amaliy tadqiqotlar G'o'za selektsiyasi va urug'chiligi institutida A.B.Amanturdiyev rahbarligida keng miqyosda olib borilmoqda va bugungi kunda ushbu institutda yaratilgan navlar Respublikamiz paxta maydonining katta qismini egallab turibdi. O'simliklar genetikasi sohasidagi dunyo adabiyoti dalillariga binoan ilmiy asoslangan genetik tadqiqotlarning samaradorligi genetik tahlil uchun olinadigan biologik ob'ektning irsiy tozaligiga bog'liq. Ma'lumki, g'o'za o'simligi to'liq o'z-o'zidan changlanuvchi o'simlik bo'lmasdan, ma'lum darajada chetdan changlanishga ham moyil. Shuning uchun bu o'simlikning navlari va namunalari ma'lum darajada geterozigotali va geterogen bo'ladi. Shu tufayli ham akademik N.I.Vavilovning fikriga ko'ra, g'o'za genetikasi bo'yicha ilmiy tadqiqotlar qilish uchun dastavval uning gomozigotali belgilariga ega bo'lgan genetik kollektsiyasini yaratish zarur. Bu sohadagi ilmiy-tadqiqot ishlar O'zbekiston Milliy universitetida keyingi 50 yil davomida D.A.Musayev va uning shogirdlari va xodimlari (M.F.Abzalov, A.S.Almatov, S.A.Zakirov, Sh.Turabekov, S.T.Musayeva, G.N.Fatxullayeva, H.Xolmatov va boshqalar) tomonidan olib borildi va borilmoqda. O'zbekistonda ko'p yillik amalga oshirilgan fundamental genetik tadqiqotlar natijasida g'o'zaning tola hosildorligining irsiylanishini belgilovchi genlar kashf etildi va ularning funktsiyasi aniqlandi. Olingan dalillarga asoslanib tola hosildorligi (tola chiqishi) ning genetik determinatsiyasi haqida yangi nazariya yaratildi. Bu nazariyaga binoan tola hosildorligini rivojlantirishda allel bo'lmagan ko'p genlar ishtirok etib, ularning faoliyatida bir vaqtning o'zida polimeriya, komplementariya, dominant va retsessiv epistaz, pleyotropiya tipidagi genlarning o'zaro ta'siri tola hosildorligining irsiylanishi va rivojlanishini ta'min etadi. Bu nazariyaga asoslanib 40 yildan ortiq vaqt ichida izogen (gomozigotali) liniyalar duragaylari avlodlarini genetik tahlil qilish natijasida bu muhim belgi bo'yicha har xil gomozigotali genotipga va alьternativ fenotipga ega bo'lgan dunyoda tenggi yo'q izogen liniyalar kollektsiyasi yaratildi. Bu mutant va izogen genkollektsiya liniyalari duragay avlodlarida ko'p yillik tanlash va baholash sohasidagi tadqiqotlar natijasida selektsiya uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan tola chiqishi 40-42%, chigiti yirik (1000 ta chigit og'irligi 150 g.), ko'sagi yirik (bir dona ko'sakdagi paxta xom-ashyosi 8-9 gr.) bo'lgan liniyalar yaratildi. Professor A.T.G'ofurov g'o'za o'simligining madaniy turlari G.hirsutum L. va G.barbadense L. navlari duragaylarini genetik tahlil qilish sohasida hamda shogirdi S.Fayzullayev bilan g'o'za genetik kollektsiyasining turli variantlarda genetik nishonlangan izogen liniyalarida o'simliklar evolyutsiyasining genetik asoslarini tadqiq qilish sohasida noyob ilmiy- tadqiqot ishlarini amalga oshirdi.
Mavzuning o’rganilganligi. Mavzu bo’yicha dunyo olimlari tomonidan ko’plab tadqiqotlar o’tkazilgan. Ushbu mavzu bo’yicha ma’lumotlar kllasik manbalarda, zamonaviy darsliklardan, elaektron bazalardan va internet saytlaridan ko’plab topildi, lekin asosan ingliz va xorijiy tilaridagi ma’lumotlarni topish mumkin.Bizning kurs ishi bo’yicha bajargan ishlarimiz bu boradagi ishlarga ma’lum xissa bo’lib qo’shuladi. Mavzuning maqsadi va vazifalari. Mavzu bo’yicha dunyo olimlari tadqiqotlarining o’rganish asosida biologiya sohasida oid eng so’ngi yangiliklarni jamoatchilika ma’lum qilish, fan yutuqlaridan unumli foydalanish, sohaga oid adabiyotlarni tahlil qilish va fan tarmoqlarida qo’llash ishning maqsadi hisoblanadi. Ushbu mavzu bo’yicha muammoli jumboqlarga yechim izlab topish, ushbu mavzu bo’yicha rivojlanish bosqichlarining insoniyat hayotida tutgan o’rnini tushuntirish, yangi fan yutuqlarini kashf qilish, tahlil qilish va xulosalar asosida ma’lum yechim uchun tavsiyalar ishlab chiqishga xissa qo’shish kurs ishining vazigasini belgilaydi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ushbu kurs ishini bajarish mobaynida fan yutuqlari adabiyotlar va internet manbalari asosida yig’ildi va tahlil qilindi.Olingan ma’lumotlar kurs ishini rasmiylashtirish talablari asosida qayta ishlandi va boytildi; yig’ilgan ma’lumotlar boblar va ular tarkibidagi bandlarga taqsimlanib, rasmlar va jadvalar bilan to’ldirildi; kurs ishining asosiy qismi yuzasidan xulosa va ilovalar keltirildi.


Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə