Agrar munosabatlari va Agrobiznes



Yüklə 21 Kb.
tarix03.06.2023
ölçüsü21 Kb.
#115246
Agrar munosabatlari va Agrobiznes


AGRAR munosabatlari va Agrobiznes
Agrar munosabatlar va agrobiznesReja:1.Agrobiznes va uning turlari 2. Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning xususiyatlari. 3. Agrosanoat integratsiyasi va uning asosiy ko’rinishlari. 4.Agrobiznesning rivojlantirish muammolari. 5.Xulosa1. Agrobiznes va uning turlari. Qishloq xo’jalik sohalaridagi tadbirkorlik faoliyati agrobiznes deyiladi. Agrobiznes tushunchasiga bevosita qishloq xo’jaligi sohasiga kirmaydigan, biroq u bilan bevosita bo’lgan faoliyat bilan shug’ullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xo’jaligiga texnikaviy ta‘mirlash xizmat kursatish, uni mahsulotlarini qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan tadbirkorlik faoliyatidir. Agrobiznes agrosanoat integratsiyasi natijasida vujudga kelgan agrosanoat majmuasining barcha bo’g’inlarini qamrab oladi.Agrobiznes faoliyatining maqsadi – iste‘mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo’jalik mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bilan uzluksiz ta‘minlash orqali foyda ko’rishdan iborat. Agrobiznesning asosiy shakli va bo’g’ini fermer va dehqon xo’jaliklaridir. Chunki bu xo’jaliklar bevosita qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Fermer va dehqon xo’jaliklar o’z yerida yoki ijaraga olingan yerd ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning o’zi va oila a‘zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan foydalanishlari ham mumkin. Fermer xo’jaligining afzalligi shundan iboratki, unda mulk va mehnat bevosita qo’shiladi, bu esa ishlab chiqarishni yuqori samaradorligini ta‘minlaydi va ular bozor kon‘yuktura (holati)siga tez moslashaoladilar.Respublikada fermer xo’jaliklari samarali ishlash uchun zarur xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma – agrofirmalar, mashina-traktor parklari, ta‘mirlash ustaxonalari, tayyorlov punktlari, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar tizimi, aholiga xizmat qiluvchi ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‘minlash va boshqa maqsadida ham infratuzilmalarga e‘tibor berilmoqda. Birgina 2007 yili qishloq joylarda 1,6 ming kilometrdan ortiq suv quvurlari va 710 kilometr gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi. Aholini ichimlik suvi bilan ta‘minlash 84 foizga. Shu jumladan qishloq joylarida 77 foizga yetdi, tabiiy gaz bilan ta‘minlanish 82 foiz, qishloqlarda 77 foizgacha ko’paydi.Agrobiznes ham qishloqlardagi tarkibiy o’zgarishlardan biridir. Agrobiznes – bu qishloqdagi agrofirmalar bilan sanoat xos resursdagi birgalikda ishlatib, iste‘molga tayyor bo’lgan mahsulot yaratadi. Agrofirma – ma‘lum turdagi qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qo’shib olib boradigan korxonadir. Bunday korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, chunonchi oilaviy xo’jalik aosida ham tashkil topib, kichik zavodlar bilan birikishi mumkin. Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir. Agrosanoat birlashmalari– bir turdagi mahsulot ishlab chmqaruvchi va unga bog’liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi bir nechta xo’jalik hamda korxonalarning birlashmasidirQishloq xo’jalik ishlab chiqarishning xususiyatlari. Ma‘lumki, agrar sohadagi ishlab chiqarish ko’pincha yer bilan bog’liq bo’ladi. Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish hamda o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi.Qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarishining o’ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, bu yerda iqtisodiy qonunlar bilan tabiiy qonunlar bevosita bog’lanib ketadi, chunki agrar sohadagi ishlab chiqarish tirik mavjudotlar – yer, o’simlik, chorva mollari bilan bevosita bog’liqdir. Bu yerda yer - mehnat ashyosi (predmeti) va asosiy ishlab chiqarish vositasi, xo’jalik yuritish ob‘ekti bo’lib, u eskirmaydi, yeyilmaydi, unga munosabat yaxshi bo’lsa, uning unumdorligi yaxshi bo’ladi.Yerdan foydalanish huquqi – bu o’rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi.Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda ham to’rt omil – yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati, ishchi kuchi qatnashadi. Bunda yer muhim ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etadi. Bu omillarni barchasini harakatga keltirish ishchi kuchi omiliga bevosita bog’liqdir. Kapital foyda yoki foiz, yer esa renta yaratadi degan tushunchalar – xato fikr-mulohazalardir, uni barchasini jonli mehnat egasi bo’lgan ishchi kuchi yaratadiIqtisodiy rivojlanish qishloq xo’jalik tarmoqlarida doimo sanoat, savdo, transport va boshqa sohalar bilan bog’liq bo’ladi. Mamlakat aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga va qishloq xo’jalik xom ashyosidan tayyorlangan tovarlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish faqat qishloq xo’jaligining holatiga emas, balki sanoat tarmoqlari bilan uyg’un rivojlanishiga ham bog’liq bo’ladi. Bu holat tarmoqlarning yagona, yahlit tizimini keltirib chiqarishga asos bo’ladi.Agrosanoat integratsiyasi – qishloq xo’jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste‘molchilarga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o’rtasida ishlab chiqarish rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir.O’zbekistonda xo’jalik toifalari bo’yicha yalpi qishloq xo’jalik mahsulotlarining ishlab chiqarilishi (ulushi), foiz hisobida.
http://hozir.org
Yüklə 21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə